N. F. Zamyatkin


Chet tilini o‘rganishning asosiy shartlaridan



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana26.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#510919
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
@kitobmakon Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi

Chet tilini o‘rganishning asosiy shartlaridan 
biri - o‘qish. 
O‘qish - eng qulay vosita. Kitobni 
istalgan joyda o‘zingiz bilan bemalol olib 
yurishingiz mumkin. Tushunarsiz so‘zlarni undan 
istaganingizcha qayta-qayta o‘qishingiz mumkin. 
Matn ustida leksik-grammatik tezkor tahlil 
o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Umuman 
kitoblar kulay va arzonligi bilan ham ahamiyatli. 
Hozirgi kunda kerakli adabiyotlarni topish ham 


47
muammo emas. Lekin aynan nimani o‘qish kerak - 
bu muammo. Xo‘sh, nimani o‘qish kerak va qanday 
o‘qish kerak? 
Bu borada o‘ziga xos qoidalar mavjud. Siz 
bularni bilishingiz shart. 
Demak, 
birinchi qoida: 
Faqat o‘zingizga qiziq bo‘lgan kitobni o‘qing. 
Avvalroq aytganlarimni yana qaytarayotganim 
g‘ashingizga tegmasin, do‘stim. Mening hech bir 
so‘zim besabab takrorlanmaydi. O‘z ona tilingizda 
qanday janrdagi asarlarni sevib mutolaa qilsangiz, 
chet tilida ham aynan shunaqasini o‘qing. 
Shekspirga qiziqishingiz bo‘lmasa, uning asarlarini 
originalda o‘qiyman, deb o‘zingizni urintirmang. 
Bu faqat til o‘rganishga bo‘lgan istagingizning 
so‘nishiga sabab bo‘ladi xolos. Qiziqishlaringizni 
qondiradigan asarlarga boshingiz bilan sho‘ng‘ing. 
Leksika va grammatikangizda kemtiklar bo‘lmasin. 
Sizga qayta-qayta so‘z beraman, asar tanlash 
borasidagi nozik tomonlaringizni hech kimga 
aytmayman. Chunki hech kim sirni uni bilmagan 
odamchalik asray olmaydi. 
Ikkinchi qoida: 
Iloji boricha katta hajmli asarlarni o‘qing. 
Katta hajmli deganda men eng kamida ikki yuz 
sahifali asarlarni nazarda tutyapman. Bu yerda 
standart hajmdagi harflar bilan, ortiqcha surat va 


48
bezaklarsiz chop etilgan to‘liq sahifalar haqida gap 
ketyapti. 
Har qancha qiziqarli bo‘lmasin, hozircha 
hikoyalarni o‘qimay turganingiz ma’qul. Nima 
uchun? Siz, albatta, behudaga hech bir so‘z 
aytmasligimni yaxshi tushunib oldingiz. Katta 
asarlarni o‘qish davomida asar qahramonlari hayoti 
orqali aks ettirilgan hudud jug‘rofiyasi, siyosati, 
tuzumi, dini, insonlar dunyoqarashi bilan tanishasiz 
va leksikangiz ham yangi so‘zlar bilan boyiydi. 
Asar sizning ish maydoningizga aylanadi. Bu yerda 
bemalol minglab so‘zlar, tushunchalar ustida ter 
to‘kish mumkin. Hikoyalar o‘qiganingizdachi? Ish 
maydoniga endi ko‘nikkaningizda hikoya tugab 
qoladi. Yangisini boshlaysiz, yana shu ahvol. 
Asarlarda yozuvchilar so‘zlarni mohirona tarzda 
ishlatadilar. Bir asarda bitta so‘zga o‘n martalab 
duch kelasiz. Ammo ular har safar har xil ma’no 
anglatadi. Matn mazmunidan kelib chiqib, 
so‘zlarning 
hatto 
lug‘atlarda 
berilmagan 
ma’nolarini anglab olasiz. Shu topqirligingiz sabab 
bu so‘zlar va ularning ma’nolari bir umrga 
xotirangizda muhrlanadi. So‘zlarning qayta-qayta 
takrorlanishi ham faqat bizning foydamizga xizmat 
qiladi. Biz takrorlash - bilim olishning garovi 
ekanligini yaxshi bilib oldik. 


49
Asar tili orqali so‘zlashuv tili - xalq tiliga 
yaqinlasha boramiz. Yangi ma’noli jumla va 
iboralarni kashf etamiz. Turgan gapki, hech qaysi 
kashfiyot mashaqqatsiz bo‘lmaydi. 
Har bir katta asar grammatika bo‘yicha katta 
saboq beradi. Asarlarning dastlabki sahifalarida 
so‘zlar «quyultirilgan» holda beriladi. Bu 
changalzorda yo‘l topish dastlab qiyin bo‘ladi. 
Ammo bora-bora o‘rmon ancha siyraklashib 
qolganini va yurishga qiynalmayotganingizni sezib 
qolasiz. 
Hikoyalarda 
esa 
hammasi 
ochiq-oydin. 
Qiladigan ishning o‘zi yo‘q. Bunga adiblarimiz 
aybdor emas. Bu janrning talabi shunday. Axir 
badiiy asar orqali grammatikani o‘rganishimiz 
ularning tushiga kiribdimi?! 
Chet tilidagi kattagina hajmli asarni o‘qib 
tugatgach, o‘zingizda qoniqish sezgan bo‘lsangiz, 
sizni katta muvaffaqiyat bilan tabriklasa bo‘ladi. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish