90
Bunaqasini
hozirgi kunda ushbu risola
muallifidan olishingiz mumkin xolos.
Bir-ikkita matnni tinglash, talaffuz va tahlil
kilishdan so‘ng kishi ayni til borasida nimadir
o‘rgangan hisoblanadimi ?
Yo‘q. O‘n besh-yigirmata dialog ustida uzoq va
qunt bilan ishlagan odam haqidagina shunday
deyish mumkin. Aslida bu ham nisbiy gap. Bu
jarayonda aniq chegarani belgilash mumkinmas.
Men matritsani o‘ttizta dialog va matnlardan
tuzishni taklif kilaman. Uzoq vaqt qunt bilan ishlash
o‘zini oqlagan usuldir.
Matritsani tugatganimdan so‘ng «marafoncha
o‘qish»ga kirishaman. Yuzlab, minglab sahifalarni
ham baland ovozda, chiroyli ohang bilan o‘qishim
kerakmi?
Yo‘q,
baland ovozda, ohangdor o‘qish faqat
matritsa bosqichiga tegishli. Katta asarlarni bu taxlit
o‘qish jismoniy jihatdan ham ilojsiz.
Matritsa bosqichidan o‘qish bosqichiga
o‘tganimdan so‘ng, o‘zimga tushunarsiz bo‘lgan
so‘zlarni qanday talaffuz qilaman? Tushunarsiz
so‘zning aynan tarjimasini bilmasam, uning
mazmunini matn orqali anglashim kerakligini
tushundim. Ammo uning talaffuzini qanday
o‘rganaman?
91
Har qanday tilda so‘zlarni talaffuz qilishning
o‘ziga xos mantig‘i bo‘ladi. Tildagi so‘zlar talaffuzi
oz
miqdordagi
artikulyasiya
namunalariga
asoslanadi. Matritsa bosqichidan so‘ng bu
namunalar
sizning
miyangizga
mustahkam
o‘rnashib qoladi. Bundan tashqari hozir internetda
so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatuvchi ovozli
lug‘atlar mavjud. Bu taxlit muammolar sizni faqat
ishning boshidagina qiynaydi xolos. Vaqt o‘tgach,
shu kabi arzimas muammolar bilan o‘zingizni
qiynaganingiz g‘alati tuyula boshlaydi,
negaki bu
vaqtda sizda til o‘rganishning hozir tasavvuringizga
ham sig‘dira olmaydigan boshqa qiyinchilik va
muammolari paydo bo‘ladi.
Hammaga o‘zi qiziqqan adabiyotni o‘qishini
maslahat berdingiz. Men adabiy asarlarni emas,
ilmiy uslubdagi kitoblarni o‘qishni xush ko‘raman.
Aytaylik, loyiha menejmenti haqidagi kitobni
o‘qimoqchiman. Ammo bunday kitoblarning tili
ancha ilmiy. Bu narsa til o‘rganishimga salbiy ta’sir
ko‘rsatmaydimi? Yoki ilmiy uslubdagi kitoblarni
o‘qimay turgan ma’qulmi?
Javobim juda oddiy va o‘sha-o‘sha.
Qanday
uslubda bitilganidan qati nazar faqat o‘zingizga
qiziq bo‘lgan, e’tiboringizni torta oladigan kitobni
92
o‘qing. Boshqalar bilan ishingiz bo‘lmasin. Oxiri
baxayr bo‘ladi.
Ieroglif yozuvli tillarni o‘rganishda matritsadan
foydalansa bo‘ladimi?
Matritsadan
barcha
tillarni
o‘rganishda
foydalansa bo‘ladi. Ieroglif yozuvli tillarni
o‘rganish hech qachon oson bo‘lmagan
va ularni
o‘rganish jarayoni biroz ko‘proqqa cho‘zilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: