Yana bir maslahat:
asarda ilgari surilgan g‘oyani
to‘liq anglashga harakat qiling. Shu bilan birga o‘z
falsafangizni yarating. O‘qilgan asar haqidagi
taassurot va xulosalaringizni yozib qo‘ying. Asarni
ikkinchi marta o‘qing va shundan keyingi
xulosalaringizni ham yozing. Ularni birinchi
o‘qishdan keyingi xulosalaringiz bilan solishtiring.
O‘rtadagi farq sizga ko‘p narsani tushunishga
yordam beradi.
54
Dunyoda yana bir haqiqat bor. Hamma tillarda
go‘yoki aynan o‘sha tilni o‘rgatish uchun
yaratilganday yozilgan adabiyot va o‘z asarlari
bilan til o‘rgatuvchi adiblar bo‘ladi. Masalan, ingliz
tili uchun Agata Kristi asarlari, fransuz tili uchun Gi
de Mopassan, nemis tili uchun Erix Mariya Remark,
italyan tili uchun Alberto Moravia asarlari. CHet
tillarni o‘qitish bo‘yicha tajribali kafedralarda buni
biladilar va ko‘p yillardan buyon shu usuldan
foydalanadilar.
Inson miyasi to‘xtovsiz tahlil qilish va filtrlash
xususiyatiga ega. Qandaydir ikkinchi yoki uchinchi
darajali so‘zlarga yigirma-o‘ttiz marta duch
kelganingizdan so‘ng, hech qanday lug‘atlar
yordamisiz ham uning asl ma’nosini tushuna-
veradigan bo‘lasiz. Chunki miyadagi tahlil jarayoni
hech
qachon
to‘xtamaydi
va
hatto
uxlayotganingizda - sizning ishtirokingizsiz ham
davom etaveradi. Agar tushingizda o‘zingiz
o‘rganayotgan tilda so‘zlay boshlasangiz yoki shu
tilda tush ko‘rsangiz, bilingki, miyangiz sizga yon
bosibdi.
Shu o‘rinda mavzuga daxldor bo‘lmagan bir
voqeani so‘zlamoqchiman. Institutga endigina
qabul qilingan kunlarimizning birida kafedra mudiri
bo‘lmish chiroyli o‘qituvchi ayol dars xonamizga
55
kirib keldi va shunday dedi: «Orangizda ko‘pchilik
hammasini noldan boshlayotgani aniq. Agar
shundaylar bo‘lsa, omadli ekansizlar. Sizlarga
hammasini o‘rganish juda oson kechadi. Orangizda
maktabda shu til bo‘yicha muvaffaqiyatlarga
erishgan a’lochilar borligi ham ayon va ular tilni
qandaydir darajada biladilar. Bundaylar biroz
omadsiz ekan. Sizlarning birinchi qiladigan ishingiz
maktabda
o‘rganganlaringizning
hammasini
miyadan
o‘chirib
tashlash.
O‘sha
bema’nigarchiliklarning barchasini xotirangizdan
bir umrga o‘chirib tashlang». Bu voqea xuddi
kechagiday esimda. Ha-a, oltin davrlar edi... .
Yaxshisi, mavzuga qaytaylik.
Til o‘rganish jarayonida yosh sezilarli
ahamiyatga ega. Afsuski, 18-20 yoshdan keyin bu
sohada tezkor muvaffaqiyatga erishishimiz qiyin
bo‘lib qoladi. Men mumkin bo‘lmay qoladi,
demayapman. Tilni 50 yoshda ham o‘rganish
mumkin. Faqat 20 yoshdan keyin miyamizdagi
«beton» qota boshlaydi.
Bizda tilni bolalar kattalarga qaraganda tezroq
va muvaffaqiyat-liroq o‘rganadilar degan tushuncha
bor. Bu fikrga qaysidir ma’noda qo‘shilaman.
Ammo til ummoniga bolalar o‘z xohishlari bilan
sakramaydilar, ularni itarib yuboradilar va endi
56
bolalar uchun bu ummonda suzib ketishdan boshqa
chora yo‘q. Bolalar hech qaysi tilni o‘z ichki
istaklari asosida o‘rganishga jazm qilmaydilar. Ular
tilni ham non yeyish va suv ichishni o‘rganganday
o‘rganadilar. Biz kattalarda esa tanlash imkoniyati
bor. Biz hammasini o‘z istagimizga ko‘ra, aql bilan
bajaramiz. Bizda majburiylik yo‘q. Endigina yerga
qadagan urug‘imiz erta-indin yoki bir oydan keyin
emas, kuzda hosil berishini yaxshi bilamiz va
ekinimizni sabr bilan har kuni parvarishlaymiz.
Qaysi bola shunday qilganini ko‘rgansiz?
Xullas, bolalarning til o‘rganish salohiyatiga
havas qilishning va o‘tgan yillar uchun
afsuslanishning hech hojati yo‘q. Siz omadlarga
erishadigan ayni yoshdasiz. Axir sizda erk bor,
tanlash imkoniyati, kuch-quvvat, rejalar tuzish
salohiyati, oldindan ko‘ra bilish qobiliyati, aql,
mustaqil fikrlash, ishchanlik, falsafa va hayotiy
tajribalar bor. Bularning hammasi til o‘rganish
jarayonida omadga yetaklovchi omil hisoblanadi.
Ehtimol, men imkoniyatlarimizning hammasini
sanamagandirman. O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring,
do‘stim, bizning yana juda ko‘p ajoyib qirralarimiz
bor.
57
Xullas, mening qadrdonlarim, biz siz bilan
ancha-muncha
haqiqatlar
borasida
miriqib
suhbatlashdik.
Qaysi soha kishisi bo‘lishingizdan qat’i nazar
aslo unutmangki, hech bir soha bo‘yicha
mukammal qo‘llanmalar bo‘lmagan, hozir ham
yo‘q, bundan keyin ham bo‘lmaydi. Buni bir daqiqa
ham yodingizdan chiqarmang!
Bizning sohada ham shunday. Qandaydir
«mutaxassislar», aytaylik, ispan tilida (aynan ispan
tilida) so‘zlashuvchilarga ingliz tilini o‘rgatish
uchun mo‘ljallangan qo‘llanmalarni boshqa tillarga
(masalan, rus yoki nemis tillariga) tarjima qiladilar
va ingliz tilini o‘rganish uchun noyob qo‘llanma
sifatida
tarqatadilar.
Kechirasiz-u,
bu
g‘irromchilarning noxolis biznesi xolos. Harqalay,
ispan, rus, nemis tillari o‘rtasida yer bilan osmoncha
farq bor va bu xalq vakillariga ingliz tilini bir xil
qoida va talablar asosida o‘rgatib bo‘lmaydi.
Xo’o’sh, endi bir necha og’iz so‘z yondosh
matnlar xususida.
Bema’ni qo‘llanmalar hamisha bor bo‘lganiday,
yondosh matnlar, ya’ni, aytaylik ingliz tilidagi matn
va uning ona tilingizdagi yonma-yon tarjimasi
berilgan risolalar ham hamisha mavjud bo‘lishi
58
tayin. Ulardan ham ehtiyot bo‘lishimizga to‘g‘ri
keladi. Chunki ular bu jarayonda biz uchun juda
xavfli. Yonginasida o‘z tilingizdagi tarjimasi turgan
matn ustida hech qachon astoydil ishlamaysiz. Uni
mustaqil tarjima qilishga urinishingiz mumkindir,
ammo bu ham aldoqchi vaziyat. Bajarib qo‘yilgan
ishni ko‘rgan miyaning yalqovligi tutib qoladi. Siz
ishlayotganday ko‘rinasiz, ammo ko‘zlaringiz
satrlar ustida shunchaki yugurib yuradi xolos.
O‘zingizga kuchingiz yetmay qoladi. Bu narsa
go‘yo kichkina bolakayning oldiga bir quti
shokoladni qo‘yib, bolakaydan unga qaramaslikni
talab qilishday bir gap. Bola hech qachon bu talabni
bajarmaydi. Buni bajarish MUMKIN EMAS!
Sizning hozirgi ahvolingizda ham shunday. Tayyor
matn tomon sirpanib ketayotgan ko‘zlaringizga
kuchingiz etmasligi tabiiy. Bu ahvolda miyani
ishlashga majbur qilolmaysiz.
Shuni bilib qo‘yingki, hech qanday tarjima
to‘liq, aniq va yagona ishonchli tarjima
hisoblanmaydi. Bitta matnning ona tilingizdagi bir
nechta tarjimasi bo‘lishi mumkin va bu
variantlarning har biri qaysidir jihatlari bilan to‘g‘ri
hisoblanadi. Har bir tarjimonning so‘z tanlash
borasida o‘z uslubi bor.
59
Sizga tayyor ovqatni yeyish yoqayotgan bo‘lsa,
bu sohada uzoqqa borolmaysiz.
Subtitr tarjimasi bo‘lgan filmlarni ko‘rishdan
ham tiyilganingiz ma’qul. Chunki film yaratish
jarayonida na rejissyor va na operatorlar subtitr
tarjima borasida umuman qayg‘urmaydilar.
Shunday filmlarga ko‘zim tushganida juda ensam
qotadi. Bular shu qadar ustomon tilbuzar
«tarjimon»larni qayerdan topadilar-a?! Menga shu
sohalarda ham kimlarningdir manfaatlari yotganday
tuyuladi... .
Tarjima
borasidagi
fikrlarim
hamma
mamlakatlar va hamma tillar uchun taalluqlidir. Bu
mavzuda uzoq bahslashish mumkin. Ammo biz
bilishimiz kerak bo‘lgan bitta haqiqat bor:
tarjimalar orqali biror-bir tilni o‘rganib bo‘lmaydi!
Men o‘zimni tutib tura olmayapman va sizga
o‘zim guvohi bo‘lgan va juda asabimni buzgan
holatlarni misol tariqasida aytib bergim kelyapti.
Rus tiliga tarjima qilingan inglizcha filmlarning
birida sherigini qaltis vaziyatlarda yo‘qotib qo‘ygan
harbiy qahramon radiouzatgich orqali shunday
deydi: «Jon, bu yoqqa kel! Qayerdasan, Jon? Kel,
kelaqolsangchi!» Hatto ingliz tili va harbiy
qoidalardan umuman bexabar odam ham
radiouzatgichda aloqaga chaqirish uchun «Qabul!»,
60
«Javob bering!», «Qanday eshityapsiz?» qabilidagi
so‘zlar ishlatilishini yaxshi biladi. Aynan o‘sha
yerda inglizcha «kiring» so‘zi ishlatilgan.
Britaniyalik va amerikaliklar bu so‘zni eshik
taqillashiga javob tariqasida qo‘llaydilar, ammo
harbiylar orasidagi radioaloqalarda bu so‘z «javob
bering» degan ma’noni bildiradi.
Holbuki,
tarjimalar
tekinga
qilinmaydi.
Modomiki shunday ekan, tilni rasvo qilish hisobiga
boyishlariga ham chidab bo‘lmaydi. Yoki ular
bizning ustimizdan kulyaptilarmi?
Bir necha kun oldin oynai jahonda beriladigan
yangiliklar ko‘rsatuvi orqali g‘alati gap, to‘g‘rirog‘i
g‘aliz bir tarjimani eshitib qoldim. Nima emish,
Amerikaning sobiq vitse-prezidenti Albert Gor
Xitoy bilan savdo aloqalari chempioni emish. Bu
qanaqa savodsizlik bo‘ldi axir! Ha, hech shubhasiz,
bu Amerika telekanallaridan olingan lavhaning rus
tiliga so‘zma-so‘z tarjima qilingan sharhi edi. Ingliz
tilida «chempion» so‘zi bir necha ma’nolarni
bildiradi. Shulardan biri «butun kuch-quvvatini
ma’lum bir maqsadga yo‘naltirgan odam»
deganidir. Mana, aslida gap qayerda ekan.
Dilimni ranjitadigan yana bir narsa bor. Men
risolam orqali barcha kinematografiya, televideniye
va boshqa soha tarjimonlariga ham bir iltimos bilan
61
murojaat qilmoqchi edim. Sizlardan o‘tinib
so‘rayman, muhtaram hamkasblar, barcha xorij
politsiyachilarini «politsiya ofitserlari» deya
atashni bas qilsangiz. Ehtimol hozirgacha bu atama
va uning ma’nosi ustida bosh qotirishga hech
biringizning vaqtingiz bo‘lmagandir. Sizlarni
ishontirib aytamanki, Amerika, Britaniya, umuman
chet el politsiyachilarining hammasi ham ofitser
emas. Ularning orasida serjantlari ham va umuman
hech qanday unvonga ega bo‘lmaganlari ham bor.
Nega ularning hammasini ofitser deb ataysizlar?
Barcha tillar va qabul qilingan qoidalarda «ofitser»
so‘zi alohida ma’no va tushuncha bildiruvchi so‘z
hisoblanadi.
Pogoni
bor
maxsus
kiyim
kiyganlarning hammasi ofitser bo‘lavermaydiku.
Rossiyada
kichik
leytenantlarning
unvoni
oshirilgachgina ofitser hisoblanishini bilsangiz
kerak. Amerika va Britaniyada ham xuddi shunday.
U yoqlarda politsiya ofitserlari operativ ishlarda
umuman qatnashmaydilar, qonun bunga yo‘l
qo‘ymaydi. Ular hatto o‘z ish kabinetlaridan ham
juda kam chiqadilar. Sizlar bo‘lsangiz, kinolarda
jinoyatchini quvib yurgan formali har bir odamni
«politsiya ofitseri» deb ataysizlar. Ingliz tilida
«ofitser» so‘zining bir nechta ma’nosi bor. Ofitser
aslida «yuqori toifali shaxs» degani bo‘lib, uning
62
«xizmat qiluvchi» degan boshqa ma’nosi ham bor.
Aynan shu ma’nosiga ko‘ra bu atama xususiy
kompaniyalarning bosh hisobchilariga nisbatan
ham qo‘llaniladi.
Televideniye va kino sanoati tarjimonlariga bitta
tavsiyam bor. Dunyoda shunday kitoblar borki,
ularda bir ustunda chet tilidagi so‘zlar, yondosh
ustunda esa ularning ona tilingizdagi tarjimasi
berilgan. Fanda bu kitoblarni «lug‘atlar» deb
ataydilar. Lug‘atlarning sotuvga chiqarilganiga
ancha yillar bo‘lgan. Iltimos, ozgina vaqt ajratib,
«ofitser» so‘zining lug‘atlarda berilgan ma’nosiga
bir ko‘z yugurtirib olsangiz.
Mening qadrdon suhbatdoshim, nima uchun
tarjima qilingan filmlarni ko‘rmang, deganimni
tushunayotgandirsiz va keskin fikrlarim uchun meni
kechirgandirsiz.
Bunday
misollarni
o‘nlab
keltirishim mumkin.
Biz «As» ya’ni usta va mohir tarjimonlarga
juda-juda muhtojmiz, aziz do‘stim, judayam... .
Bu sohada mening erishgan muvaffaqiyatlarim
oz emas. Men qilgan ishlarni, shubhasiz, siz ham
qila olasiz. Bir kunda chet tilidagi asarning yuz
63
sahifasini o‘qir edim. Demak, bu sizning ham
qo‘lingizdan keladi.
O‘qishdan zerikkaningizda film ko‘ring yoki
matn tinglang, keyin yana o‘qing. Oldin
o‘qiganlaringizni ham vaqti-vaqti bilan qaytarib
turing. Maqsad bitta: o‘rganilayotgan til bilan
aloqani aslo uzmaslik. Miyaga shu hakda muntazam
uqtirib turing, kerak bo‘lsa bosim o‘tkazing. Bu
jarayonda har bir narsa sizga yo ijobiy yoki salbiy
ta’sir o‘tkaza oladi. Hatto kiyim-kechaklar ham.
Ishonmaysizmi? Unda nima uchun sportchilar yoki
rohiblar maxsus kiyim kiyadilar? Jinsi shim kiygan
rohibning ibodat qilayotganini yoki kostyum-shim
kiyib olib ringda kurash tushayotgan bokschini
tasavvur qila olasizmi? Ular maxsus kiyimlar
kiygandan so‘ng o‘zlarini sport yoki Budda
ta’limotlari olamida ekanliklarini chuqurroq his
kiladilar. Tashqi olamdan tezroq uziladilar.
Siz ham o‘z ona tilingizdagi har qanday
aloqadan qoching: ona tilingizda o‘qimang,
ko‘rmang, eshitmang! Unda atrofda bo‘layotgan
voqea-hodisalardan
bexabar
qolamanku,
demoqchisiz-a? Kechirasiz-u, hozirgacha hamma
narsadan xabardor bo‘lganingizga shubham bor.
Televideniyeda berilayotgan, gazetalarda yozilayot-
gan voqea-hodisalarning hammasi o‘zingiz uchun
64
muhimligiga ishonasizmi? Menimcha, juda
unchalik emas.
Bizning
ishimizda
shoshmashosharlik
yaramaydi. Bu yerda tezkor hujum uyushtirishlar,
qahramonliklar ketmaydi. Sabr va qat’iylikkina
sizni omadga yetaklaydi. Hamisha qat’iy reja
asosida, o‘ylab ish qiling. Butun diqqat-e’tiborni
jamlab til ummoniga sho‘ng‘ish, sho‘ng‘iganda
ham eng chuqur va qorong‘u joylargacha etib borish
kerak. Bu joylarda sizni boyitib yuboradigan asl
marvaridlar istagancha topiladi.
Orangizda
musiqa
yoki
sport
bilan
shug‘ullanganlar
bo‘lsa,
yaxshi
biladilarki,
mashg‘ulotlar bilan uzoq vaqt shug‘ullanilmasa,
hammasi esdan chiqib ketishi mumkin. Afsuski, bu
holat til bilan shug‘llanish borasida ham yuz beradi.
Men «til bilan» deyapman, «chet tili bilan»
deyayotganim yo‘q. Negaki, bu ona tili bilan ham
bog‘liq muammodir.
Ona
tili
dunyoda
mashaqqat
bilan
o‘rganiladigan va biz yaxshi biladigan tillarning
bittasi. Hech kim onasidan ona tilini o‘rgangan
holda tug‘ilmaydi. Shunday ekan bu tilni ham
doimo takomillashtirib, o‘rganib borish va zinhor
unutib
yubormaslik
kerak.
Siz
xorijga
borganingizda u yerda yashayotgan hamyurtlaringiz
65
bilan o‘z tilingizda so‘zlashib ko‘rsangiz, nega
bunday deyayotganimni tushunasiz. O‘zim ham
Amerika yoki Britaniyada rus tilida inglizcha aksent
bilan gapirayotgan hamyurtlarimni ko‘rganimda
juda
xafa
bo‘lganman.
Vaholanki,
ular
hayotlarining katta qismini Rossiyada o‘tkazganlar.
Bundaylarning «sa’y-harakatlari» tufayli rus va
ingliz tillari qorishmasidan iborat ola-quroq til
paydo bo‘lgan. Ular «Ana mening chidsrenyatlarim
stritda o‘ynayaptilar» yoki «Men bugun jop-
klubdagi velferga borishim kerak», «Suv ays bilan
bo‘lsinmi, ayssizmi?», - der edilar. Gogol, Tolstoy,
Tyutchevlar tilini braytonlik kolbasachilar tiliga
almashtirib yuborish shu qadar oson bo‘ldimi?
Ammo bu holat xorijda bir necha yil yashab
qolayotgan barcha kishilar bilan, hatto bu johillikka
qarshi bo‘lgan kishilar bilan ham, dunyodagi barcha
tillar bilan ham sodir bo‘lmoqda.
«Menga paund chiz bersangiz», - dedi
Moskvadagi do‘konlarning birida Amerikadan
kelgan rus kishisi sotuvchiga. Ketidan «shshs»
deyishni ham unutmadi.
Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, hatto ona tili
unutilar ekan, o‘zga til haqida nima deyish
mumkin? Lekin cho‘chishning keragi yo‘q.
Urganilgan hech bir narsa miyadan butunlay o‘chib
66
ketmaydi. Miyaning qorong‘u bir burchagida uni
hayotga qaytarishingizni kutib o‘tiradi va uni
faollashtirish uncha qiyin bo‘lmaydi.
Volgabo‘yi o‘lkasidagi nemislar tilining taqdiri
juda ayanchli. Ularning tili yo rivojlanishdan
to‘xtab qolgan yoki butunlay boshqa yo‘nalishdan
ketgan. O‘zagidan ajrab qolgani uchun o‘lik tilga
aylanib bormoqda. Volgabo‘yilik bir nemis
o‘qituvchi qizil maydonda bir guruh germaniyalik
nemislarni uchratib qoladi va ular bilan
so‘zlashmoqchi bo‘ladi. Uning mahalliy nemis
tilini germaniyaliklar mutlaqo tushunmaganlar.
O‘qituvchi ham ularni tushunmagan.
Mening bir tanishim g‘alati voqeani aytib
bergandi. U qandaydir delegatsiya bilan Angliyaga
borgan kunlarning birida yoshgina, yoqimtoy bir
juvon delegatsiyadagilarning ruslar ekanini eshitib,
so‘zlashgani keladi va rus tilida kuchli inglizcha
aksent bilan, juda qiynalib gaplashadi. Delegatsiya
a’zolari bu ayol Angliyadagi rus muxojirlarining
yurtdan olisda tug‘ilgan farzandi ekan, degan
qarorga keladilar va ota-bobolarining tilini
unutmagan qizdan o‘z ko‘ngillarida juda minnatdor
bo‘ladilar. Ertasi kuni xonim yana tashrif buyuradi.
Undan «Ajdodlaringizning Vatani bo‘lmish
Rossiyada hech bo‘lganmisiz?», -deb so‘raydilar.
67
Ayol ajablanadi va Rossiyada tug‘ilib o‘sganini,
Angliyada yashay boshlaganiga esa etti yil
bo‘lganini aytadi... .
Xo‘p mayli, keling o‘z ishimizga qaytaqolaylik,
mening qanoatli o‘quvchim.
Til o‘rganish jarayoni chegaralanmagan,
istalgancha vaqt sarf qilish mumkin bo‘lgan
mashg‘ulot emas. Uning ham o‘ziga xos qoidalari
bor. Dastlabki uch-to‘rt oy mobaynida siz qandaydir
yutuqlarga erishishingiz darkor. Bu narsa kurashni
davom ettirishda sizga ruhiy madad bo‘ladi. Til
o‘rganish sohasida tajribasi bo‘lmagan kishining
o‘ziga ishonchi kam bo‘ladi. U tutgan yo‘lining
to‘g‘riligiga ishonishni istaydi.
Men bu sohada anchayin tajriba orttirgan,
mazkur jarayonning past-balandini yaxshi biladigan
shaxs sifatida dastlabki mashg‘ulotlar uchun yetti-
sakkiz oy, boringki, bir yilni hech ikkilanmay sarf
qilishim va sabr bilan mehnat qilishim mumkindir.
Lekin bu sohada yangi odamning bunday qilishga
toqati yetmaydi. U qisqa fursatlarda mehnatining
natijasini ko‘rishni istaydi.
Tasavvur qiling, men uy qurmoqchiman. Sizda
ham shunday istak bor. Uy qurish uchun yerimiz
ham bor. Men o‘z ishining bo‘lajak ustasiday
qurilish ashyolari uchun buyurtma beraman.
68
Tasavvurimdagi uyning qayeriga gilam ilishdan
tortib, qaysi deraza tokchasiga qanday gultuvakda
qaysi turdagi gulni qo‘yishimgacha xayolan pishitib
qo‘yaman. Buyurtma qilingan ashyolarning
keltirilish vaqtidan tortib, har bir ishga qancha vaqt
ketishini va qanday tezlikda ishlashni aniq hisob-
kitob qilgan holda, hech shoshilmay harakat
qilaman.
Siz bu paytda shoshqaloqligingiz sabab
talvasaga tushib qolasiz. Qurilish ishi bo‘yicha
umuman tajribangiz yo‘kligi aniq. Lekin shunga
qaramay, o‘z qo‘llaringiz bilan uy qurishga ahd
qilgansiz. Poydevor bitgach, g‘isht urilsa, tomni
yopib, pol va shiftlarni bitkazilsa, eshik, deraza
o‘rnatilsa - tamom deb o‘ylaysiz. Ammo bu yerda
joy-joyiga qoqilishi kerak bo‘lgan mixlar,
o‘rnatilishi lozim bo‘lgan xalqalar, gaykalar,
shuruplar, ilgaklar bor...eh-he... Sizga juda qiyin.
Ish davomida hammayog‘ingiz tilingan, ko‘kargan,
boshdan-oyoq loyga belanib, oyoqda zo‘rg‘a
turibsiz. Ammo qurayotganingiz hecham uyga
o‘xshamayapti. To‘g‘risi, qo‘shni itning uychasi
ham bundan chiroyli edi. Siz endi qurilish
maydonida kamroq ko‘rina boshlaysiz va bora-bora
kelmay ham qo‘yasiz. Tamom. Nemischa
aytganda «kaput».
69
Yo‘q, keling davom ettiraylik. Biz siz bilan
qo‘shnilarmiz va turgan gapki, mening chiroyli
uyim havasingizni keltiryapti. Axir men bu uyni
sizning ko‘z oldingizda o‘z qo‘llarim bilan
qurdimda. Siz mendan uy qurishni o‘rgatishimni
so‘raysiz. Men jon deb sizga bu borada ma’ruzalar
o‘qiyman. Qurilish ashyolarini qanday tayyorlash
va ishlatishni o‘rgataman. Siz ham saboqlarimga
bajonidil qatnay boshlaysiz. Men sizga qurilish
uchun
kerak
bo‘ladigan
mayda-chuyda
asboblarning uzundan-uzun ro‘yxatini beraman va
ularning nomini, nimaga ishlatilishini yodlab
qolishni va ularni olib kelishni talab qilaman. Siz
ichki ishonchsizlik bilan bu ishga kirishasiz. Chunki
bu yuzlab narsalarning o‘zini ko‘rish tugul nomini
ham endi eshitib turibsizda. Shuncha harakat
qildingiz, ammo qarshingizda na poydevorni, na
devorni va na tomni ko‘ryapsiz. Atrofingizda faqat
qop-qop sement, bo‘yoq idishlari, rulonlar,
allaqanday shuruplar, temir-tersaklar qalashib ketdi.
Ularning yoqimsiz hidlari dimog‘ingizni yoray
deyapti. Ular bilan qanday qilib chiroyli va shinam
uyni
bunyod
etish
mumkinligiga
sira
tushunmayapsiz.
Shu holingizda endi men umringizda birinchi
bor ko‘rib turgan asboblarni qanday ishlatishni
70
o‘rgata boshlayman. Siz ham har qancha qiyin
bo‘lmasin meni tushunishga harakat qilib astoydil
tinglaysiz, ammo uy qurishga bo‘lgan istagingiz
qaynoq gaz pechidagi muz bo‘lagiday eriy
boshlaydi va yo‘qolib ham ketadi. Siz bu sonsiz
saboqlar
ichida
hech
qanday
amaliyotni
ko‘rmadingiz va nazaringizda mening uyim ham
tayyor holida osmonday tushganday yoki Garri
Potterning sehrli tayoqchasi yordamida bir zumda
paydo bo‘lganday, tuyula boshladi. Siz allaqanday
vintchalar va shpuntchalar, allambalo uskunalardan
zerikdingiz.
Uzundan-uzoq
saboqlarimdan
boshingiz g‘ovlab ketdi. Siz hatto mening qurilish
ishlarini
tushunishimga
ham
shubhalana
boshladingiz. Ishlarni to‘xtatishga qaror qildingiz.
Essizgina, axir biz endigina poydevor qurishni
boshlamoqchi edik. Hamma narsa tayyor bo‘lgan
edi. Yana ikki haftagina sabr qilsangiz bo‘lardiku!
Natijaga yarim qadam qolgan edi-ya!
Xullas, siz tamom dedingizmi, demak, tamom!
Endi bu ikki holatni tahlil qilib ko‘raylik.
Birinchi holatda sizda ishtiyoq ham, mehnatsevarlik
ham bor edi. Ammo tajriba yetishmadi. U holni
tavsiflab o‘tirish shart ham bo‘lmasa kerak.
Hammasi kunday ravshan.
71
Ikkinchi ko‘rinishdachi? Bunda ham siz katta
havas va qiziqish bilan ish boshladingiz. Faqat eng
katta ayb menda bo‘ldi. Chunki o‘rgatuvchi har bir
ishda insondagi ojiz tomonlarni albatta hisobga
olishi shart edi. Ishni shunday tashkillashtirish
kerak ediki, toki qisqa vaqtlar ichida o‘rganuvchi
boshlagan ishining kichik bo‘lsa ham natijasini
ko‘rib, quvona olsin.
Dastlabki saboqlardan so‘ng sizga poydevor
qurdirishim va ustiga bir qator bo‘lsa ham g‘isht
terdirishim lozim edi. Shunda siz mehnatingiz
natijasidan quvongan, o‘z kuchingizga ishongan
bo‘lardingiz. Istaklaringiz bu qadar tez so‘nmasdi.
Birinchi g‘alabaning ta’mini totib ko‘rgach,
kuchingizga kuch qo‘shilardi. Ishonch va matonat
bilan, yaxshi kayfiyatda ishni davom ettirgan
bo‘lardingiz. Afsus, bunday bo‘lmadi.
Hamma ayb - o‘qituvchida. Unda donishmand-
lik etishmadi. Quruq safsatalar bilan o‘quvchilar
ishonchini qozonib bo‘lmaydi.
Xullas,
mening
tajribasiz
«quruvchim»,
ishingizning dastlabki ikkinchi, uchinchi oylarida
kichkinagina bo‘lsa ham natija va muvaffaqiyat-
larni ko‘rish sizga albatta kerak. Bo‘lmasa
qurayotgan uyingiz chala qolishi mumkin.
O‘qituvchingiz ham oqil bo‘lmog‘i lozim.
72
O‘qituvchilik diplomi bo‘lgan har bir odam ham
o‘qituvchi sanalavermaydi. Mabodo ustozlik
qilaman degan odamingiz yuz yillik eski usullarga
sodiq bo‘lsa, siz o‘qituvchi emas, istaklaringizni
so‘ndiruvchi xavfli dushmanga duch kelibsiz.
Ha-ya, eski usullar... . Axir chet tili
fakultetlarida o‘sha eski usullar bilan ham
muvaffaqiyatlarga erishyaptilarku, to‘g‘rimasmi?
To‘g‘ri, deyishga biroz shoshmay turing.
Muvaffaqiyatga erishishda bilimdan tashqari
omadning ham ahamiyati katta. Men hayotim
davomida erishgan muvaffaqiyatlariga o‘zini loyiq
hisoblamay, vijdoni qiynalgan odamlarni ham
ko‘rganman. Har doim haqiqatning ko‘ziga tik
boqish darkor.
Biz hamisha o‘quv tizimini emas, o‘zimizni
aybdor qilishga o‘rganganmiz. Tizimga qarshi
turishni ma’qul ko‘rmaymiz. Hatto shu narsa ham
aslida, o‘sha o‘qitish tizimining ta’siridir. Axir bizni
kichkinaligimizdanoq har narsaga - xo‘p, deydigan
yaxshi bola bo‘lishga o‘rgatishganda. Bolaligimiz-
danoq shovqin solmay jim o‘tirishga, kattalarga
so‘zsiz quloq solishga, tartib-qoidalarni buzmas-
likka o‘rgatilganmiz. Mana, darslarda ham jim
o‘tirdik, uyga berilgan topshirikdarni to‘liq ba-
jardik, doimo o‘qituvchining aytganini qildik.
73
Necha yillik qoidalarni o‘qituvchiga qo‘shilib
to‘tiday takrorladik, ular tavsiya qilgan kitoblarga
bema’no tikilib o‘tirdik, butun mamlakat yillab
bajargan mashqlarni biz ham bajardik, xullas o‘quv
tizimi yaratgan barcha narsaning tilsiz ijrochisi
bo‘ldik va alaloqibat allakimlar erishgan yutuklarga
nechadir minginchi bo‘lib biz ham takror erishdik.
Ko‘pchilik buni juda yaxshi biladi va bu
muvaffaqiyatlarni meniki deyishdan or qiladi.
«Biz» deganimda men sizni nazarda tutganim
yo‘q, qadrdon suhbatdoshim. Sizni kuchsiz va
landovur deb, aslo o‘ylamayman. Men sizga
ishonaman! Agar aksi bo‘lganda, sizga dardimni
dasturxon qilmagan va qimmatli vaqtimni sarf
etmagan bo‘lardim. Men sizning yolg‘onlar va
chala haqiqatlardan chin haqiqatni ajrata olishingiz-
ga, mustaqilligingizni boy bermasligingizga, har
qanday aldoqchi ta’sirlarga berilmasligingizga
ishonaman. Ilmning jannatmakon olamiga yorug‘
yuz bilan kirib borishingizga imonim komil.
Hozirgacha men quruq safsata sotganim va
mashaqqatlarni xaspo‘shlab ko‘rsatganim yo‘q.
Shunday ekan, yana bir haqiqatni tan olaylik. Bu
jarayonda
duch
kelishingiz
aniq
bo‘lgan
to‘siqlardan yana bittasi - yaqin kishilaringizning
qarshiligidir. Ha, har qancha ko‘ngilsiz bo‘lmasin,
74
bu haqiqat! Ehtimol ularning qarshiligi ochiq-oydin
bo‘lmas va shuning uchun ham siz hozirgina
ko‘nglingizdan
«yo‘g‘-e,
bunaqa
bo‘lishi
mumkinmas»,-degan o‘yni o‘tkazdingiz.
Nadomatlar bo‘lsinkim, inson tabiati azaldan
shunday.
Yaqin
kishilarimizning
qozongan
zafarlarida hech bir ulushimiz bo‘lmasligi mumkin,
ammo ularning hayotidagi katta-kichik ko‘ngilsiz-
liklarda aniq hissamiz bor. Yaqinlarimizning
balchiqqa yuztuban yiqilishlariga sovuqqonlik bilan
qarab turamiz va ayni paytda egnimizga loy
sachramasligi uchun chetroqqa chiqib olamiz.
Oddiygina bir misol: ichishni tashlagan odamga
yaqinlari allaqanday marosimlarni pesh qilib yoki
kimlarningdir ko‘ngli uchun bir ryumkagina aroqni
«oppoq qilib olish»ni astoydil talab qiladilar.
Buning hech qanday zarari yo‘qligiga ishontirib
ham qo‘yadilar.
Mana ko‘rasiz, sizga ham albatta, dam olishni,
biroz tanaffus qilishni, miyaga orom berishni taklif
qiladilar. Dangasa miyaning qo‘li baland kelib
turgan daqiqalarda bu «mehribonchilik»lar sizga
moydek yoqadi. Ular sizga achingandek qaraydilar,
lekin nima uchun?
Mening soddagina qadrdonim, bu yo‘lda hech
kimdan sizni qo‘llashlarini kutmay qo‘yavering,
75
chunki bu maydonda yakka holda kurashiladi.
Sizning birgina hamkoringiz bor, u ham bo‘lsa -
o‘zingiz. Aynan shu sababli ham, doimo o‘z-
o‘zingizni mukofotlab boring. Hech qachon
boshqalardan maqtov yoki rag‘bat kutmang.
Hech qanday kamchilik yoki uquvsizliklar,
vaqtinchalik tushunmovchiliklar uchun o‘zingizni
koyimang va ayblamang.
O‘zingizga hammadan kuchli ekanligingizni
uqtirishdan uyalmang. Eng yaxshi va to‘g‘ri baho -
o‘zingizga bergan bahongizdir. Va hech qachon «bir
kun kelib chet elliklar ularning tilini yaxshi
o‘rganganim uchun menga qoyil qoladilar va
mahoratimga tahsinlar aytadilar», - degan
xomxayol bilan boshingizni aylantirmang. Bu
behuda gap. Negaki, ular uchun sizning til bilish,
bilmasligingiz sirayam qiziq emas. Tilda Vikont de
Brajelon darajasida mukammal so‘zlasha olasizmi
yoki tilni buzib, qo‘pol aksent bilan gapirasizmi
ularga baribir. Ular sizning xatolaringizni ko‘rsatib
bermaganlariday, yutuqlaringizni ham taqdirlamay-
dilar. Xorijliklar uchun siz ularning katta va
hamisha gavjum ko‘chalaridan o‘tib ketayotgan
o‘tkinchilardan birisiz xolos. Dunyo o‘zi shunaqa.
Shunday ekan, intilishlaringiz va yutuqlaringiz
uchun shu topdayoq o‘zingizni mukofotlang,
76
quvoning. Boshqa hech kim bunday qilmasligini va
sizni taqdirlash-taqdirlamaslik boshqalarning o‘ta
shaxsiy ishi ekanligini unutmang.
Hayotda har bitta muvaffaqiyatsizlikdan
tushkunlikka tushaverish kishini ko‘ngilsizliklar
ummoniga cho‘ktirib yuboradi. Meni hammasiga
osongina erishgan deb o‘ylaysizmi? Bu yo‘lda
hamma narsa bo‘lishi mumkin. Shunday odamlarga
duch kelasizki... . Boshimdan o‘tgan bir voqeani
aytib beraymi?
Taqdir meni bir zodagon boyga til o‘rgatish
uchun yollanma o‘qituvchi sifatida duchor qilgan
kunlarning biri edi. Aytishim kerakki, men o‘z
ishimni qimmat narxlarda baholamagan va
zodagonlar hayotiga yaqinlashishga urinmagan
insonman. Uquvchim bo‘lmish muhtaram janob
ancha kirishimli, harakatchan va hatto mehribon
ham edi. Saboqlarimiz kun sayin yaxshi natijalar
berib borar, janoblari ham yoshlik davrlari o‘tib
qolganiga qaramay, astoydil harakat qilardilar.
Ammo ich-ichimdan baribir hammasi oxirigacha
shunday silliq kechmasligini, musaffo osmonimizni
bulut qoplashi mumkinligini his qilardim. Xato
qilmagan ekanman. Tinch oqadigan suvning tubi
loyqa bo‘ladi, degan gap juda topib aytilganda.
77
Navbatdagi saboqni o‘tish uchun o‘quvchim-
ning yozgi saroyiga tashrif buyurar ekanman,
hashamatli darvozadagi juda ustalik bilan
yashirilgan kuzatuv kameralari meni har
qachongidan ko‘ra uzoqroq kuzatayotganday, hatto
fikrlarimni ham o‘qiyotganday tuyuldi. Ichkariga
kirgach,
biroz
dovdirab
qoldim.
Mening
madaniyatli ritsarim hali nonushtasini tugatmagan,
nonushta uchun ataylab Tinch okeanidan yangigina
tutib keltirilgan baliqni shoshilmay tanovul
qilgancha, bemalol gazeta o‘qirdi. Alam qiladigani,
u menga qarab ham qo‘ymadi. Saboq haqida
umuman unutganday ko‘rinardi. Oradan qancha
vaqt o‘tganini bilmayman. Janobi oliylari qorinlari
to‘yganiga ishonch hosil qildilar shekilli, yog‘li
qo‘llarini shoshilmay tozalab, mashhur xushta’m
pivo bilan nafsilarini siylagachgina, men sho‘rlikka
o‘girildilar. Uning ko‘z qarashidan badanimda
minglab chumoli o‘rmalaganday bo‘ldi.
- Sizga bir savolim bor! - sokin, deyarli mayin
ovozda so‘z boshladi zoti oliylari, uzoq jimlikdan
so‘ng.
Eshitaman, - deya oldim zo‘rg‘a. Ovozim ham
o‘zimga begonadek tuyuldi.
Men kecha kitob do‘koniga kirgan edim.
Xo‘sh?
78
U yerda ancha qimmat turadigan yangi
qo‘llanmalar bor ekan.
Xo‘sh?
- Unda biz nima uchun mana bu bo‘yicha
shug‘ullanyapmiz? - u barmog‘ini niqtab, ingliz
tilini o‘rganish bo‘yicha chiqarilgan qo‘llanmalar-
ning ichida eng ma’quli deya hisoblaganim va
mashg‘ulotlarda qo‘llayotganim arzongina risolani
ko‘rsatdi.
Men g‘alati ahvolga tushib qoldim. O‘sha kuni
mashg‘ulotimiz qanday o‘tganini bilmayman.
Faqatgina oliynasab zotning shaxsiy hayvonot
bog‘idagi Tanzaniyadan keltirilgan noyob xo‘rozlar
ayyuhannos solib tongdan xabar bermagunicha
bosinqirab chiqqanim esimda. Odamlarning bu
qadar kaltafahmlarcha fikrlash tarzi hamisha
g‘azabimni keltiradi.
O‘sha tongda saboqxonamizga shaxdam
qadamlar bilan kirib bordim. Zoti oliylari menga
«haliyam shu yerdamisan?», - deganday norozi
nazar tashladi.
Siz otda chopishni bilasizmi? - so‘radim kibor
o‘quvchimdan.
Ha, bilar edim... - ajablandi u.
Aytingchi, men ming dollarga yaxshi bir ot
sotib ololamanmi?
79
Sotib olishning hech keragi yo‘q. Yaqin bir
do‘stimning ot fermasi bor. Borib bemalol
o‘rganishingiz mumkin.
Agar ming dollarga ot sotib olsam, unda
chopishni o‘rganishimga qancha vaqt ketadi? -
so‘radim men uning taklifiga parvo ham qilmay.
Zodagon mening uncha baquvvat bo‘lmagan
jussamga biroz tikilib turdida, ishonchsiz bir
ohangda
- Yarim yilda o‘rganib olsangiz kerak, - dedi.
Agar men o‘n ming dollarlik ot sotib olsamchi?
- qat’iy ohangda davom etdim men.
Bu ot bilan chopishni ming dollarlik otga
qaraganda o‘n barobar tezroq va yaxshiroq
o‘rganamanmi?
Janob menga bir muddat tikilib qoldi. U gap
nimadaligini fahmlagan edi. Oraga chuqur jimlik
cho‘kdi. Bu jimlikni oligarxning buyurtmasi bilan
Shvetsariyadan keltirilgan noyob devor soatining
chiqillashi-yu, shaxsiy hayvonot bog‘idagi Sumatra
timsohining sekin irillashigina buzib turardi.
Oranjereyadagi Polineziya kakadusi esa kulgili
qiliqlari bilan diqqatni o‘ziga tortmoqchi bo‘lardi.
Va nihoyat janobi oliylari o‘ychan nigohlarini
mendan uzdi. Qo‘liga darslikni oldi:
- Kecha qayerda to‘xtagan edik?..
80
Men ko‘ksimni to‘ldirib nafas oldim va
hayotning juda ajoyib, go‘zal ekanligi haqidagi
fikrlar bilan ko‘nglimni ko‘tardim. Ana shunaqa!
Keling, yana o‘sha chet elliklar mavzusiga
qaytaylik.
Chet elliklar chet tilini biladilarmi? Bu qanaqa
savol bo‘ldi, deyapsizmi? Javobingiz bormi?
O‘ylanib qoldingiz-a? Mana, aziz do‘stim,
suhbatlarimizning ta’siri! Siz o‘ylab o‘tirmay javob
berishdan tiyila boshladingiz.
Oldingizga sizning tilingizni o‘rganayotgan
xitoy kishisi kelib, o‘zini qiynayotgan savollar
bilan, aytaylik, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarga
oid savollar bilan murojaat qilsa, uni qoniqtiradigan
darajada (men professional darajada demayapman)
javob bera olasizmi?
Bularni nega gapiryapman? Gap shundaki, har
bir til o‘rganuvchi, masalan ingliz tilini
o‘rganuvchilar ingliz tilida gapiruvchilarning
hammasi shu til haqidagi barcha narsani biladi, deb
o‘ylaydilar. Shuni yaxshi bilingki, aziz o‘quvchim,
xorijliklar ham siz bilan men kabi oddiy odamlar.
Ularning ham xuddi biz kabi ojiz tomonlari,
kamchiliklari bor. Ular ham eski tizimlarga
asoslangan
maktablarda
o‘qiganlar
va
grammatikani o‘rganish ishtiyoqida yonayotganlari
81
yo‘q. Ularni savollar bilan qiynamang. Oddiy
haqiqatlardan ko‘z yumishga o‘rganmang. Baribir,
savollaringizga to‘liq javob ololmaysiz. Ajnabiy
suhbatdoshingiz yo ishi ko‘pligini, yo vaqti
yo‘qligini bahona qilib qochib qoladi yoki sizni
g‘azabnok nigohlari bilan «siylaydi».
Albatta, bu ajnabiylar bilan suhbatlashish sizga
foyda bermaydi, degani emas. Ular bilan istalgan
mavzularda suhbatlar quring. Suhbatdoshingizni
diqqat bilan tinglang, leksik, grammatik, fonetik
tahlillar qiling. So‘z qo‘llash uslublarini aniqlang.
Savollaringizga javoblarni esa yaxshisi maxsus
adabiyotlardan izlang. Til egalaridan ko‘p narsani
o‘rganib bo‘lmaydi. Mabodo suhbatdoshingiz
shaloq so‘zlardan uyalmaydigan nusxa bo‘lsa
bormi!
Bir paytlar men quyoshli O‘zbekiston fuqarosi
bo‘lmish ochiq tabiatli, mehnatsevar va sodda odam
ekanligi yuzidan shundoqqina ko‘rinib turgan
o‘zbek kishisi bilan rus tilida so‘zlashib qolgan
edim. Suhbat jarayonidan bildimki, bu odam rus
tilini Rossiyada qandaydir qurilishlarda yoki qora
ishlarda o‘rgangan. Uning og‘zidan chiqayotgan
so‘zlar ichidan faqat «ona» so‘zinigina sizga
aytishga uyalmayman xolos. Men suhbatni ko‘p
cho‘zib o‘tirmadim va uyda dushdan oqayotgan
82
issiq suvda cho‘milgachgina o‘zimga keldim. Men
u odamni yomon deyish fikridan mutlaqo yiroqman.
Aminmanki, bu samimiy inson o‘z ona tilida hech
qachon bunday ohangda va ma’noda (ayniqsa
notanish odamga) gapirmaydi. Bu xalqning
nechog‘lik andishali ekanligini bilganim uchun xam
shunday deyapman.
Gap shundaki, bu o‘zbek, yurtimizdagi sayoqlar
va axlat titarlar singari odamsimon hayvonlarning
doirasida ko‘p o‘ralashib qolgan va ularning tilini
aynan rus tili sifatida qabul qilgan. Tuzukroq etibor
berilsa, hayotda bu kabi aybsiz aybdorlar soni oz
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |