N. E. Avezov, Sh. K. Ismailov, B. G’. Samandarov, “Elektronika va sxemalar 1” fanidan O’quv qo’llanma



Download 7,65 Mb.
bet65/72
Sana26.01.2022
Hajmi7,65 Mb.
#411827
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
Elektronika oquv qullanma

LABORATORIYA ISHI №.9
YARIMO’TKAZGICHLI DIOD PARAMETRLARI VA XARAKTERISTIKALARINI TADQIQ ETISH
Ishniig maqsadi: Yarim o’tkazgichli diodning xossalarinn o’rganish, uniig volt-amper xarakteristikalarini olish, amaliyotda qo’llanilishi bilan tanishish.

Boshlang’ich ma’lumotlar

Diod bir tomonlama o’tkazuvchanlikga ega va, asosan o’zgaruvchan tokni to’g’rilash uchun ishlatiladi. To’g’ri yo’nalishda ulangan diodda o’zgarmas kuchlanish tushishi mavjud bo’ladi, uning qiymati germaniyli diodlar uchun 0,3 V va kremniyli diodlar uchun 0,6 V. Ushbu kuchlanish tushishi diod to’g’ri yo’nalishda ulangandagi kuchlanish tushishi yoki diodniig to’g’ri kuchlanishi deb ataladi.

Diodning elektr sxemalarda ishlashi uniig volt-amper xarakteristikasi (VAX) bilai aniqlanadi.

To’g’ri yo’nalishda ulangan yassi diodning volt-amper xarakteristi­kalari 1-rasmda ko’rsatilgan.





To’g’ri yo’nalishdagi siljish, V

1-rasm. To’g’ri yo’nalishda ulangan germaniyli va kremniyli diodlarning xarakteristikalari.

Siljitish kuchlanishi potentsial to’siqning qiymatidan katta bo’lganda dioddan o’tayotgan tok keskin ortadi. Bunda siljitish kuchlannshining kichik o’zgarishi ham dioddan o’tayotgan tokning katta o’zgarishiga olib keladi. Diodning to’g’ri kuchlanishidan kachik bo’lgan kuchlanishlarda dioddan, odatda hisobga olinmaydigan, juda kichik (mikroamperlar) tok o’tadi,

Teskari yo’nalishda ulangan yassi diodning xarakteristakasi 2-rasmda ko’rsatilgan. Teskari ulangan dioddan asosiy bo’lmagan tashuvchilar hosil qiladigan juda kichik teskari tok o’tadi (mikroamperlar).



2-rasm. Teskari yo’nalishda ulangai yassi diodning xarikteristikasi.

Teskari tokning qiymati, kuchlanish p-n-o’tishning proboy kuchlanishi debataluvchi maksimal qiymatga etguncha amalda o’zgarishsiz qoladi. Kuch­lanish proboy kuchlanishidan katta bo’lsa proboy yuz beradi na teskari tok keskin optib, diodning ishdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun diod ulanayotgan sxemada diodga qo’yilishi mumkin bo’lgan teskari kuch­lanish diodning proboy kuchlanishidan ortib ketmasligi kerak. Teskari ulangan germaniyli diodlarning qarshiligi kremniyli diodlarnikiga nisbatan kichikroq teskari (silqish) toklari esa kattaroq bo’ladi.

Laboratoriya ishi Electronics Workbench dasturidai foydalanib bajariladi.

1-Laboratoriya ishini bajarishda kerak bo’ladigan Electronics Workbench dasturining komponentlari.

Laboratoriya ishini bajarishda quyidagi komponentlardan foydalaniladi:

1- sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generagori;


  • kalit;

  • voltmetr va ampermetr;

  • vaqtrelesi;

  • ostsillograf;

  • rezistorlar;

  • tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori.

Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori (3-rasm) uchta chiqishga ega; umumiy (er), musbat (+), manfiy (-).

3-rasm. Sinusoidal, arrasimon va impuls kuchlanishlar generatori.

Generatorning tasviri ustida sichqonchaniig chap tugmasi to’xtovsiz ikki marta bosilsa, uning oynasi ochiladi (4-rasm).

4-rasm. Kuchlanishlar generatorining oynasi.

Ochilgan oynaning yuqori qismida kerakli shakldagi signalning tasviri bosiladi va uning quyidagi parametrlari o’rnatiladi:


    • Chastota Frequency maydonida Hz, kHz yoki MHz lapda o’rnatiladi

    • Signal shaklinin! simmetrikligi Duly cycle parametri orkali ob riladi;

Signal o’zgaruvchan tashkil etuvchisining amplitudasi pV, mV, yoki kV larda Amplitude maydonida ko’rsatiladi;

4. Agar zarur bo’lsa, signal o’zgarmas tashkil etuvchisining amplitudasi Offse maydonida ko’rsatiladi. Kalitning tasviri 5-rasmda ko’rsagilgan.



5-rasm. Kalit.

Kalitni almashtirib ulash uchun kvadrat qavs ichida ko’rsatilgan kla­visha bosiladi, masalai [probel].

Voltmetr va ampermetr 6-rasmda ko’rsatilgan. Ularning ichki qarshiliklari xossalarida beriladi.



6-rasm. Voltmetr va ampermetr.

Vaqt relesi (7-rasm) ulanish vaqti (on) va uzilish vaqti (ofa) parametrlariga ega.

7-rasm. Vaqt relesi.

Ostsillograf (8-rasm) ikkita kanalga va to’rtta kirishga ega.

8-rasm. Ostsillograf.

Uning kirishlari quyidagilar:


  • Umumiy (er);

  • Tashqi sinxronizatsiya;

  • A kanal;

  • V kanal.

Ostsillografning tasviri sichqonchaniig chap tugmasi to’xtovsiz ikki marta bosilganda, uning oynasi hosil bo’ladi (9-rasm).

9-rasm. Ostsillografning oynasi.

Oynadagi Expend tugmasini bosish yo’li ostsillografni kattalashtirilgan ko’rinishga o’tkazish mumkin (10-rasm).

10-rasm. Ostsillografni kattalashtirilgan ko’rinishdagi oynasi.

Ostsillografning Time base qismida uning ishlash rejimini beruvchi U/T, V/A, A/V ulab-uzgichlar joylashgan. Y/T rejimida kirishlar A va V, abstsissa o’qi vaqt bo’ladi, vaqtning qadami beriladi. V/A yoki A/V rejimida ostsillografning og’diruvchi plastinalariga A va V kirish kanallaridan kuchlanish beriladi,

Kuchlanish bo’yicha masshtablar Channel A va Channel V sohalarida o’rnatiladi. Pastda kirish ulab-uzgichlari AS (o’zgaruvchan) / 0 (nol) / DS (o’zgarmas) joylashgan.

Bir Omli rezistorlar (11-rasm) sxema tarmoqlarida qiymati tokka teng bo’lgan kuchlanish olish uchun ishlatiladi.

11-rasm. Bir Omli qarshilik.

Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori (12-rasm) qiymati tokka teng yoki proportsional bo’lgan kuchlanish olish uchun foydalaniladi. Bunda, bir Omli qarshilikdan farqli ravishda tadqiq qilinayotgan zanjirda qo’shimcha qarshilik kiritilmaydi.

12-rasm. Tok bilan boshqariluvchi kuchlanish generatori.




Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish