N. E. Avezov, Sh. K. Ismailov, B. G’. Samandarov, “Elektronika va sxemalar 1” fanidan O’quv qo’llanma



Download 7,65 Mb.
bet24/72
Sana26.01.2022
Hajmi7,65 Mb.
#411827
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
Elektronika oquv qullanma

O ddiy ketma-ket-parallel zanjir. Bunday zanjirni (7.2-rasm) hisoblash birmuncha murakkabroq. Ikki parallel shoxobchani ekvivalent (rE) qarshilik bilan almashtirib
rE = r2 r3 / (r2 + r3) (7.6)

umumiy tokni


I1 = E /( r1 + rE), (7.7)

hamda ikki parallel shoxobchada kuchlanishni aniqlaymiz:

7.2-rasm

U2 = U3 = rE ·I1 , (7.8)

undan so’ng toklarni aniqlaymiz:


I2 = U2 /r2; I3 = U3 /r3 (7.9)

Keyingi ifodalarga (2.7)dan U2=U3 ni qo’yib, so’ngra I1 va rE ni (7.6) va (7.5)dan aniqlab, barcha toklar uchun ifodalarni qulay holatga keltirish mumkin:



, (7.10)

bunda quyidagi uch shoxobchaning barcha qarshiliklaridan har ikkisi ko’paytmalari yig’indisi


= r1 r2 + r2 r3 + r3 r1. (7.11)

Ushbu umumlashtirilgan ta’rif I2, I3 toklarni va ular yig’indisiga teng bo’lgan I1 tokni aniqlash uchun zarurdir.

(7.10) ifodalardan toklar orasidagi bog’lanishlar xam yaqqol ko’zga tashlanadi:

(7.12)

(7.10)-(7.12) bog’lanishlar zanjirlarni hisoblashda ko’p uchrab turadi. Ularni qaytadan keltirib chiqarmasdan eslab qolish zarur.



Parallel ketma-ket shoxobchali zanjir. Murakkab elektr zanjirini ko’pincha bir qator ketma-ket va parallel ulangan qarshiliklar sifatida tasavvur qilish mumkin. Masalan, qarshiliklari ryu1; ryu2;... bo’lgan birnechta yuklamalar, alohida bo’laklarining qarshiliklari rl,1; rl,2;...ga teng bo’lgan bitta liniyaga ulangan bo’lsin (7.3-rasm).

7.3-rasm
Bir o’tkazgichdan oqayotgan barcha tok, ikkinchi o’tkazgichdan qaytib keladigan ikki o’tkazgichli liniya ko’rilayotgan holat uchun uning ixtiyoriy bo’lagi qarshiligi (masalan, rl,1) to’g’ri va teskari (ikkala) o’tkazgichlar qarshiliklarini (aytaylik, rl1/2 va rl1/2) qo’yilib, bir liniyaga ulangan deb hisoblash mumkin. Qarshiliklarning bo’nday o’rin almashinuvi natijasida liniyaning bo’lagidagi kuchlanishlar pasayuvi o’zgarmaydi.

7.3-rasmda keltirilgan sxemani o’rganish natijasida, ryu,4+rl,4 qarshilikli shoxobcha (oxirgi yuklanish oxirgi liniya bo’lagi bilan birga) ryu,3 (oxiridan oldingi bo’lak yuklanishi shoxobchasi) bilan parallel ekanligini ko’rish mumkin. Ushbu ikki shoxobchalarni bitta ekvivalent qarshilik bilan almashtirish mumkin. Bu qarshilik esa, o’z navbatida rl,3 (oxiridan oldingi liniya) qarshiligiga ketma-ket ulangan bo’ladi.

Shu ta’riqa, barcha zanjir qarshiliklarini «yig’ish» va, natijada murakkab zanjirni soddalashtirilgan (7.1,a-rasm) xolatga keltirish mumkin. Soddalashtirilgan zanjir uchun manba toki Il,1 ni aniqlash qiyin emas. Bundan so’ng birinchi yuklanishdagi kuchlanishni


Uyu1 = E - rl1·Il1 (7.13)

va uning tokini aniqlash mumkin:


Iyu1 =Uyu1/ryu1 ,

so’ngra ikkinchi bo’lakdagi liniya toki Il2 = Il1 - Iyu1 ni aniqlanadi va h.k.



Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish