N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Barmoq uchi organi. 
Bu organ yirtqich hayvonlarda changal – 
unguvis
odam va maymunlarda tirnoq – 
unguvicus,
juft tuyoqlilarda – tuyoqcha, bir 
tuyoqlilarda – tuyoq deyiladi. 
Tuyoqcha – qoramol va cho‘chqalarda – tuyoqcha aylanasi, tuyoqcha toji, 
tuyoq devori, tuyoq kapsulasining kaft qismidan tuzilgan. 
Tuyoq aylanasi 
– limbus ungulae
qisqa junsiz yo‘l ko‘rinishida tuyoqning 
yuqorigi cheti bo‘ylab cho‘zilgan bo‘ladi. U epidermis chin terisi, teri osti 
qavatidan tashkil topgan. 
Epidermis – 
epidermis limbi ungulae
shox moddasi tuyoq aylanasining 
yaltirog‘i – 
stratum tectorium ungulae
hosil qiladi. U tuyoqchaning kapsulasini 
qoplab turadi va teriga tushadigan bosimni kamaytiradi. 
Chin terisi 
– corium limbi
qon tomirlariga boy bo‘lib, juda nafis va uzun 
so‘rg‘ichlardan tashkil topgan. 
Teri osti qavati – 
stratum subcutoneum limbi
terining teri osti qavatiga o‘tib 
ketgan bo‘ladi. 
Tuyoq toji – 
corona ungulae
ham epidermis chin teri yoki teri asosi, hamda 
teri osti qavatlaridan tashkil topgan. Epidermis – 
epidermis coronae ungulae 
naysimon, odatda pigmentli, tuyoq devorini himoyalovchi shox moddasi hosil 
qiladi. Tuyoqcha tojining teri asosi – 
corium coronae ungulae
valiksimon bo‘lib, 
tuyoq devoriga yopishib turadi. Nerv va qon tomirlarga boy. 
Teri osti qavati – 
stratum subcutoneum corona ungulae
tuyoq aylanasining 
teri osti qavatiga o‘tib ketgan. 
Tuyoqcha devori – 
paries ungulae
tuyoqcha suyagida yotadi va 2 qavatdan 
iborat: Epidermis – 
epidermis parietis ungulae
tuyoq kapsulasi devorining eng 
chuqur pigmentlashmagan yaproqsimon qismini hosil qiladi. Tuyoqcha devorining 
chin terisi – 
corium parietis ungulae
ichki qavati suyakni o‘rab turuvchi parda 
bilan jipslashib ketadi. 
Tuyoqcha kaft qismi – 
solea ungulae
epidermis va chin teridan tashkil 
topgan. 
Tuyoq 
– 
ungula
otlarda shox kapsulasi, chin teri va teri osti qavatidan 
tuzilgan. 
Tuyoq kapsulasi – 
capsula cornea ungulae
tuyoq aylanasi, jiyagi, devori, 
kaft qismi epidermisining hosilasi bo‘lib hisoblanadi. Unda tuyoq aylanasi, jiyagi, 


devori va kaft qismi farqlanadi. Lekin unda faqatgina devori va kaft qismi ko‘zga 
tashlanadi. 
Tuyoq devorining yuqori qismida jiyak ariqchasi bo‘ladi, pastki qismi erga 
tegib turadi. Tuyoq devorida tuyoq yaltirog‘i, jiyak va varaqsimon qavatlari 
mavjud. 
Tuyoq yaltirog‘i – tuyoq devorining eng yuza qavati bo‘lib, naysimon, 
yumshoq, elastik, suvda tez shishadigan shox moddasidan tarkib topgan. 
Tojsimon yoki o‘rta qavati – naysimon tuzilishga ega bo‘lib, pigmentlar 
varaqsimon yoki ichki qavati pigmentlashmagan, oqsil yumshoq varaqlardan 
iborat. Bu qismning varaqchalari tuyoq devori ortida yuqoridan pastga qarab 
joylashgan va yuza tomondan tojsimon qavat bilan qo‘shilishadi. Shuning uchun 
ham tuyoq devorining kaft chetida tuyoqning oq yo‘li (liniyasi) ko‘rinib turadi. 
Tuyoq devori erga o‘tkir burchak hosil qilib tegib turadi. 
Teri kapsulasining kaft qismi – 
solea cornea ungulae
naysimon shox 
qavatdan iborat bo‘lib, u tuyoqning devor qismi bilan va yumshoq tovonning 
strelkasi bilan qo‘shilishib ketadi. 
Tuyoq terisining asosi – 
corium ungulae
tuzilishiga ko‘ra tuyoq aylanasi, 
tuyoq jiyagi, devori va kaft qismi terisining asosiga bo‘linadi. Bu qismida juda 
ko‘p ekstraretseptorlar bo‘lib, sezish funksiyasini bajaradi. 
Tuyoqning teri osti qavati – 
subcutis ungulae
faqatgina tuyoq aylanasida va 
jiyagida yaxshi rivojlangan. 
Tirnoq – 
unguiculus
uch qismdan iborat: tirnoq aylanasi, tirnoq devori va 
kaft qismi.
Tirnoq aylanasi – 
bumbus corucus
terining tirnoqqa o‘tadigan joyi 
hisoblanadi. Tirnoq aylanasining epidermisi va chin terisi III barmoqning 
ariqchasiga kirib boradi va u erda tirnoq kapsulasining ildizi kirib turadigan tirnoq 
ariqchasini hosil qiladi.
Tirnoq devori – 
paries corneus
yoki tirnoq yuzasi deb ham ataladi. 
Tirnoqning kaft qismi – ingichka yo‘l shaklida tirnoqning kaft tomonida 
joylashadi. 
Tirnoqning bu uchala qismi tirnoqning shox kapsulasini va chin terisini 
hosil qiladi. 



Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish