nasolabiales
ning yo‘llari ko‘rinib turadi. Bu bezlar suyuqlik ajratib chiqaradi va
burun-lab yaltirog‘ini namlab turadi.
Pastki lab –
labium ventralis
pastki jag‘ suyagining oraliq qismiga birlashib
turadi. Ikkala lablar ham tashqi tomondan dag‘al,
uzun sezuvchi junlar bilan
o‘ralgan.
Lablarga og‘iz bo‘shlig‘i tomonidan ko‘p qavatli qalin epiteliy hujayrasidan
tuzilgan shilliq parda –
tunica mucosa
chiqadi. Shilliq parda bilan teri oralig‘ida
muskullar va bezlar joylashadi. Lab bezlari –
glandulae labialis
lab burchagining
shilliq osti qavatida joylashadi va ko‘p sonli teshikchalari og‘iz dahliziga ochiladi.
Pastki lab iyak –
mentum
ga o‘tadi. Yuqorigi labning shilliq pardasida konussimon
so‘rg‘ichlar –
papillae conicae
mavjud.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otlarning lablari uzun, yupqa,
yumshoq, juda harakatchan va sezuvchanligi yuqori bo‘ladi; sezuvchi junlari juda
uzun va dag‘al; lab bezlari lab burchagi yonida joylashadi. Cho‘chqalarning lablari
kam harakatchan, qisqa va kam tukli; pastki labining oldingi tomoni o‘tkirlashgan;
og‘iz yirtig‘i keng; yuqorigi labi xartum –
rostrum
ga aylanadi; lab bezlari yaxshi
taraqqiylashgan. Itlarning lablari otlarnikiga qaraganda kam harakatchan, og‘iz
yirtig‘i keng, og‘iz burchagi pastga osilgan bo‘ladi, pastki labning og‘iz
burchagiga yaqin uchida teshikchalar mavjud; lab bezlari yaxshi rivojlanmagan.
Lunj
–
bucca
bu og‘iz bo‘shlig‘ining yon
yumshoq devorlarini hosil
qiluvchi teri – muskul burmasidir. Lunj og‘iz burchagidan to shilliq pardaning
qanotsimon pastki jag‘ burmasi –
plica pterygomandibularis
gacha boradi. Lunj
tashqi
tomondan teri bilan qoplangan, ichkarisida sariq-qizg‘ish rangdagi shilliq
pardasi bo‘ladi. 4-nchi yuqorigi tishning to‘g‘risida shilliq pardada so‘lak
so‘rg‘ichlari –
papilla salivalis
bo‘ladi. Unga quloq orti so‘lak bezining yo‘llari
ochiladi. Lunj jag‘ tishlar bilan birgalikda lunj orqa dahlizi –
vestibulum buccales
ni hosil qiladi. Lunj bezlari –
glandulae buccales
lunjning ichki qavatida 3
qator
bo‘lib joylashadi va yuqorigi, o‘rtangi va pastki lunj so‘lak bezlariga bo‘linadi.
Yuqorigi lunj bezlari –
glandulae buccales dorsales
yuqorigi jag‘ tishlari
oldidan to lab burchagigacha cho‘ziladi.
O‘rta lunj bezlari –
glandulae buccales intermediae
lablar burchagida kuchli
taraqqiy etgan.
Pastki lunj bezlari –
glandulae buccales ventrales
katta
chaynash
muskulining oldingi burchagidan to lablar burchagigacha boradi. Bu bezlarning
ko‘p sonli yo‘llari shilliq pardasiga ochiladi. Lunjning shilliq pardasida ham ko‘p
lunj so‘rg‘ichlari
– papillae buccales
bo‘ladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – lunjning shilliq pardasi
tekis, so‘lak bezi so‘rg‘ichi 3-nchi yuqorigi jag‘ tish to‘g‘risida ochiladi.
Cho‘chqada – lunj bezlari ikki qator bo‘lib joylashadi. Itda –
yuqorigi lunj bezi
yonoq yoyining medial tomonida yotadi va orbital bez –
glandulae orbitalis
deb
yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: