atlantning oldingi chetidan bo‘yinturuq o‘simtasiga boruvchi yon paylari –
ligamentum lateralia
bo‘ladi.
Atlant – epistrofey bo‘g‘imi
–
articulation atlantoaxialis
epistrofeyning
tishsimon o‘simtasi va atlantdan hosil bo‘lgan. Bu bo‘g‘im oddiy bir o‘qli bo‘lib,
bo‘g‘im kapsulasidan tashqari, bir qancha paylari ham bo‘ladi. Bo‘g‘im kapsulasi
–
sapsula articularis
atlant bo‘g‘im yuzasining chetidan boshlanib,
tishsimon
o‘simtaning bo‘g‘im yuzasi chetida tugaydi.
Yoylararo pay -
ligamentum interarcuale
atlant yoyidan epistrofey
yoyigacha boradi.
Elka o‘simtalariaro pay –
ligamentum interspinale
atlant do‘ngligidan
epistrofey tarog‘igacha cho‘ziladi.
Ichki tishsimon pay –
ligamentum dentis internum
tishsimon o‘simtadan
boshlanib, atlant yoyida tugaydi.
Tashqi tishsimon pay –
ligamentum dentis externum
atlantning ventral
do‘ngligidan tishsimon o‘simtagacha boradi.
Qovurg‘alar umurtqa bilan 2 ta bo‘g‘im vositasida birikadi: 1-nchisi –
qovurg‘a boshi bo‘g‘imi –
articulatio capituli costae;
2-nchisi – qovurg‘a
do‘ngligi bo‘g‘imi –
articulatio tuberculi costae.
Bo‘g‘im kapsulasi va 4 ta maxsus
paylar bo‘ladi. Bo‘g‘im kapsulasi –
sapsula articularis
qovurg‘a
boshida ikkita
bo‘lib, qovurg‘a bo‘g‘im boshining chetidan boshlanadi va bitta kapsula – bir
umurtqaning qovurg‘a chuqurchasi chetida; ikkinchi kapsula bir necha
umurtqalarning qovurg‘a chuqurchasi chetida tugaydi. Uchinchi kapsula esa
qovurg‘a do‘ngligining bo‘g‘im yuzasi chetidan boshlanib, ko‘ndalang
o‘simtalarning bo‘g‘im yuzalarigacha cho‘ziladi.
Qovurg‘a boshining radial payi –
ligamentum capituli costae radiatum
qovurg‘a boshidan to umurtqa tanasigacha boradi; qovurg‘a boshining biriktiruvchi
payi –
ligamentum coniugale costarum
qovurg‘a boshining chuqurchasidan
umurtqa orqali ikkinchi tomondagi qovurg‘a boshining chuqurchasiga boradi;
qovurg‘a do‘ngligining payi –
ligamentum tuberculi costae
– qovurg‘a
do‘ngligidan to ko‘ndalang o‘simtalargacha boradi; qovurg‘a bo‘ynining payi –
ligamentum collum costae
qovurg‘a bo‘ynidan to oldingi umurtqa yoyigacha
boradi.
Qovurg‘a tog‘ayi va to‘sh tomoni qovurg‘a tog‘ayi bilan sinxondroz orqali
ikkinchidan to to‘qqizinchi qovurg‘agacha bevosita zich bo‘g‘im orqali birikadi.
Qovurg‘a tog‘ayi to‘sh bilan to‘sh-qovurg‘a bo‘g‘imi –
articulatio
sternocostalis
hosil qiladi va uning kapsulasi to‘sh-qovurg‘a payi bo‘ladi. Bo‘g‘im
kapsulasi –
sapsula articulatio
qovurg‘a tog‘ayining bo‘g‘im yuzasi chetidan
boshlanib, to‘shning bo‘g‘im chuqurchasiga boradi. Radial qovurg‘a-to‘sh payi –
ligamentum sternocostale radiatum
qovurg‘a tog‘ayining
pastki chetidan
boshlanadi va taroq tutam ko‘rinishida to‘sh suyagining ichki yuzasiga boradi.
To‘sh suyagining segmentlari (bo‘g‘inlari) bir-biri bilan tog‘ay orqali –
synchondrosis
birikadi.
To‘sh suyagining dastasi to‘sh suyagining tanasi bilan to‘sh dastasi
bo‘g‘imi –
articulatio manubrium sterni
orqali birikadi. Bo‘g‘imning kapsulasi va
2 ta maxsus payi bo‘ladi. Bo‘g‘im kapsulasi –
sapsula articularis
to‘sh dastasi
bo‘g‘im yuzasining chetidan boshlanadi va tanasining bo‘g‘im yuzasigacha boradi.
To‘shning maxsus ichki payi -
ligamentum sterni proprium internum
to‘sh
dastasidan yuqori yuzasi bo‘ylab, to qalqonsimon tog‘aygacha boradi. To‘shning
maxsus tashqi payi -
ligamentum sterni proprium ixsternum
to‘shning ichki yuzasi
bo‘ylab to‘sh dastasidan qalqonsimon tog‘ayga boradi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Qo‘yda
xuddi qoramoldagidek
tuzilgan. Otda
– to‘sh suyagida to‘shning maxsus ichki payi bo‘ladi; to‘sh dastasi
to‘sh tanasi bilan tog‘ay yordamida bilan birlashadi; qovurg‘a tog‘ayi qovurg‘a
bilan sinxondroz birikkan. Cho’chqada
–
bo‘yin usti payining bo‘yin qismi va
tashqi tishsimon payi bo‘lmaydi. Epistrofey tishidan atlant yoyi orqali to ensaning
katta teshigi chetigacha boruvchi ikkita qanotsimon payi bo‘ladi. 2-nchidan to 6-
nchi qovurg‘alar tog‘aylar bilan bo‘g‘imlar hosil qiladi. Itda
Do'stlaringiz bilan baham: