Qov suyagi – os pubis
kranial tomonda joylashib, qov chokini va bu
quymich choki bilan birgalikda tos choki –
symphysis pelvis
ni hosil qiladi. Qov
suyagida ham 2 ta butoq bo‘ladi: a) o‘yiq butog‘i –
ramus acetabularis;
oldingi
tomonida qov tarog‘i –
pecten ossis pubis
va qov bo‘rtigi –
tuber pectineus
bo‘ladi; b) chok butog‘i –
ramus symphyseus
– uzunasiga joylashgan. Qov
suyagining oldingi tomonida qov bo‘rtigi –
tuber pubis
joylashgan bo‘lib, u
ayniqsa erkak hayvonlarda yaxshi rivojlangan. Erkak hayvonlarda – ventral
devori gorizontal joylashadi, quymich yoyi va katta quymich kesigi chuqur,
quloqsimon o‘simtasi orqaga siljigan bo‘ladi. Urg‘ochilarda – ventral devori
oldinga egilgan, qov bo‘rtigi kam, quloqsimon o‘simta oldinga siljigan bo‘ladi.
Quymich suyagi – os ischii
orqa tomonida yotadi. Suyakning tanasi –
corpus ossis ischii
ning pastki qavariq va yuqorigi botiq yuzalari bo‘ladi.
Tanasining oldingi tomonida yopiluvchi teshik –
foramen obturatorium,
orqa
tomonidan quymich yoyini –
arcus ischiadicus
va quymich bo‘rtigi –
tuber
ischiadicum
ni hosil qiladi. Quymich suyagining lateral tomoni quymichning
kichik kesigi –
incisura ischiadica minor
ni hosil qiladi, medial uchi esa quymich
chokini hosil qilishda ishtirok etadi. Oldinga qarab 2 ta butoq chiqadi: a) chok
butog‘i –
ramus symphyseus
– tos chokini hosil qiladi; b) o‘yiq butog‘i –
ramus
acetabularis
bug‘im hosil qilishda ishtirok etadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Otda – tos bo‘shlig‘i konus
shaklda, quymich suyagi varaqsimon bo‘ladi, yonbosh suyagining qanoti yaxshi
rivojlangan. Cho‘chqada – yonbosh suyagining qanoti kichik, sag‘ri yuzasining
tarog‘i yaxshi rivojlangan, qov va quymich suyaklari qisqaroq va kuchli, bo‘rtiklari
yaxshi o‘sgan bo‘ladi.
Tos kamari
A-itniki, B-cho‘chqaniki, V-qo‘yniki,-echkiniki, D-sigirniki, E-biyaniki, J-
ayg‘irniki. 1-maklok, 2-yonbosh, tarog‘i, 3-dumg‘aza do‘ngi , 4-yon suyakning
sag‘ri yuzasi, 5-sag‘ri chizig‘i, 6-yonbosh suyakning tanasi, 7-katta quymich
o‘yig‘i, 9-bo‘g‘im chuquri, 15-quymich suyagi o‘qi, 16-kichik quymich o‘yig‘i, 17-
quymich suyagi do‘ngi, 18-quymich suyagining choki, 19-quymich suyagining
bo‘g‘im qismi, 20-quymich suyagi tanasi, 21- yoyi, 22-qov suyagining bo‘g‘im
qismi, 23-qov suyagining chok qismi, 24-yopiq teshik, 25-qov suyagining do‘ngi,
26-qov tarog‘i, 28-chanoq choki.
Do'stlaringiz bilan baham: |