N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Oyoq suyaklari. 
Oyoq suyaklaridan kamar suyaklari tuzilishida juda katta 
farq bor. Elka kamari suyaklarida reptiliyalarnikiga o‘xshash uchta: kurak, o‘mrov 
va korakoid suyaklar mavjud. 
Kurak suyagi 
– 
scapula
uzun plastinka shaklida bo‘lib, umurtqalar yonida 
joylashadi. Uning oldingi qismi elka, o‘mrov va korakoid suyaklar bilan birlashadi, 
kurak tog‘ayi bo‘lmaydi. 
Korakoid suyak 
– 
os soracoideum
parrandalar elka kamari suyaklarining 
eng yaxshi rivojlangani hisoblanadi. U yuqori tomondan elka, kurak suyaklari 
bilan jips bog‘langan. 
O‘mrov suyagi 
– 
claviculae 
juft suyak bo‘lib, pastki tomondan bir-biri bilan 
birlashib ayri – 
furcula
hosil qiladi, u yuqoridan elka, korakoid va kurak suyaklari 
bilan birlashadi. 
Tos kamari suyaklaridagi farq shundan iboratki, o‘tirg‘ich va qov 
suyaklarining pastki qismi ochiq qolgan, bu esa urg‘ochilari tuxum qo‘yishida 
(tug‘ishida) katta ahamiyatga ega. Qolgan tos suyaklari aniq tuzilgan bo‘ladi. Qov 
va o‘tirg‘ich suyaklari o‘ng va chap tomondan qo‘shilmagan, tosning ko‘p qismi 
umurtqa pog‘onasi bilan birlashib ketgan. 
Yonbosh suyagi 
– 
os ilii
juda katta plastinkasimon suyak bo‘lib, bel-
dumg‘aza suyagiga tutashib ketadi. 
O‘tirg‘ich suyagi
– 
os ischii
yonbosh 
suyakning davomi hisoblanib, bel-dumg‘aza suyagiga qo‘shilib, tos bo‘shlig‘ining 
qopqog‘i shaklida joylashadi. Uning ventral yuzasida buyrak joylashadi. YOnbosh 
va o‘tirg‘ich suyaklari o‘rtasida oval shaklda o‘tirg‘ich teshigi – 
foramen 
ischiadicum
bo‘ladi. 
Qov suyagi 
– 
os pubis
uzun lentasimon bo‘lib, o‘tirg‘ich suyagining pastki 
tomonida joylashadi. O‘tirg‘ich va qov suyaklari o‘rtasida uzun va tor yopqich 
teshik bo‘ladi. 
Oldingi oyoq yoki qanotning erkin harakat qiluvchi suyaklaridan barmoq 
suyaklari keskin o‘zgargan.
Elka suyagi
– 
os humeri
yaxshi rivojlangan medial – proksimal yuzasida 
havo teshigi – 
foramen pneumaticum
bo‘lib, u orqali havo bilan to‘lib turadi. Bu 
suyakning boshi oval shaklda, distal qismida bo‘g‘im yuzalari bo‘lib, unga bilak va 
tirsak suyaklari birlashadi. 



Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish