N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


Mikrotexnika bo'yicha umumiy tushunchalar



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Mikrotexnika bo'yicha umumiy tushunchalar
Mikroskopik tadqiqotlar o'tkazish uchun ishlatiladigan obyekt
— gistologik preparat quyidagi ikki asosiy talablarga javob berishi 
kerak: 1) preparat orqali yorug'lik nurlari o'tishi, ya’ni u tiniq
6


1-rasm. Biologik tadqiqotlar uchun mikroskoplar:
A —optik biologik mikroskop «Биолам-С» 1 —asosi («oyog'i»); 2 —tubus
tutgkh; 3 — qiya tubus; 4 — okulyar; 5 — revolver; 6 — obyektivlar; 7 — stolcha;
8 —iris diafragmali kondensor; 9 — kondensor vinti; 1 0 —yoritgich oyna;
11 — mikrometrik vint; 12 — makrometrik vint;
В — elektron mikroskop ЭВМ-100АК (tasvimi avtomatik ishlovchi sistema
bilan); 1 — mikroskop kolonkasi (electron-optik sistema va namunalar uchun
kamera bilan); 2 — boshqaruv pulti; 3 — lyuminessent ekranli kamera;
4 — tasvimi analiz qilish bo ‘limi; 5 —ко ‘rish signali hosil qilgich.
7


bo‘!ishi; 2) uning strukturalari kontrastli bo'lishi, ya’ni nur sindi- 
rish ko'rsatkichi bo‘yicha yetarli darajada bir-biridan farq qilishi 
lozim. Aksariyat ko'pchilik hollarda hayvon organizmi to ‘qimalari 
va organlari bu talablarga javob berm aydi. Shuning uchun 
mikroskopik kuzatishlar o‘tkazishga yaroqli gistologik preparatlar 
tayyorlash maqsadida organ va to'qimalardan olingan namuna- 
bo‘lakchalarga u yoki bu darajada murkkab ishlov beriladi.
Gistologik preparat surtma (m: qon, suyak iligi, so'lak, sperma, 
orqa miya suyuqligi ya boshqalarnmg surtmasi), organlaming izi 
(m: taloq, timus, jigamiki), yupqa parda (m: biriktimvchi yum­
shoq to ‘qima, qorin pardasi, plevra, miyaning yumshoq pardasi) 
yoki yupqa kesma bo'lishi mumkin. Ko'pchilik hollarda to'qim a 
va organlaming yupqa kesmasidan foydalaniladi. Gistologik prepa­
ratlar maxsus ishlov berilm asdan ham o'rganilishi mumkin. 
Masalan, qondan tayyorlangan surtma, organlaming izi, yupqa 
parda yoki organning kesmasi bo'yalmasdan ham mikroskop ostida 
kuzatilishi mumkin. Lekin, strukturalaming kontrastliligi kuchsiz 
bo'lganligi sababli ular odatdagi yoruglik mikroskopida yaxshi 
aniqlanmaydi va maxsus mikroskoplar (fazo-kontrastli va b.) 
qo'llashni talab qiladi. Shuning uchun ko'pincha maxsus ishlov 
berilgan, fiksatsiya qilingan, qattiq muhitga joylashtirilgan va 
bo'yalgan preparatlardan foydalaniladi.
Preparatlar tayyorlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1) material olish va fiksatsiya qilish; 2) materialni yuvish; 3) suv- 
sizlantirish; 4) selloidin yoki parafinga quyib zichlashtirish va 
blok tayyorlash; 5) mikrotorn yordamida kesmalar tayyorlash; 
6) tayyorlangan kesmalarni bo'yash; 7) kesmani balzam yorda­
mida buyum oynasiga yopishtirib preparat tayyorlash 
(2-rasm).
Preparatlar tayyorlash uchun maxsus o'ldirilgan laboratoriya 
hayvonlari yoki go'sht uchun so'yilgan qishloq xo'jalik hayvon- 
larining organ va to'qimalaridan kichik bo'lakchalar-namunalar 
olinadi. Bo'lakcha hayvon o'ldirilgach imkoniyat boricha tez 
olinishi, uning kattaligi 0,5 x 0,5 x 0,2 sm dan oshmasligi kerak.
Fiksatsiya to'qimalardagi buzilish jarayonlarini to'xtatib, struk­
turalaming saqlanishini ta’minlaydi. Bunga organlardan olingan 
bo‘ 1 akcha-namunani fiksator (spirt, formalin, og'ir metallarning


tuzlari, osmiy kislotasi, maxsus fiksatsiya qiluvchi aralashmalar)ga 
solish yo‘Li bilan erishiladi. Formalinda fiksatsiya qilish uchun 12 
foizli formalin eritmasi fiksatsiya qilinadigan bo'lakcha-nam u- 
nalardan hajmi bo‘yicha 20—30 marta ko‘p miqdorda olinadi. 
Bunda fiksatsiya 24 soat davom etadi.
Fiksator ta’sirida to'qima va organlarda murakkab fiziko-ki- 
myoviy o'zgarishlar ro'y beradi. Bulardan eng muhimi oqsillarning 
qaytmas koagulyatsiyasi bo'lib, uning natijasida to'qimalardagi 
hayotiy jarayonlar to'xtaydi, strukturalar esa o ‘lib, fiksatsiyalanadi. 
Fiksatsiya bo‘lakcha-namunalarning zichlashishi va hajmining 
kichrayishiga, shuningdek, hujayra va to ‘qimalaming bo'yalish 
xususiyatlarining yaxshilanishiga olib keladi. Formalinda fiksatsiya 
qilingan bo'lakchalar 24 soat mobaynida sekin oqib turuvchi 
vodoprovod suvida yuviladi.
To'qimalar tarkibidagi suvni chiqarib yuborish uchun bo'lak- 
chalar quwati oshib boruvchi (60°-, 70°-, 80°-, 90°-, 96°— va 
100° li) spirtlar batareyasidan o'tkaziladi. Bo'lakchalar har bir 
spirtda 24 soatgacha saqlanadi va natijada to'lig'icha suvsizlanadi. 
Suvsizlantirilgan bo'lakchalar 100°h spirt va efiming teng miq- 
dordagi aralashmasi orqali ham o'tkazilishi lozim. Chunki, zich- 
lashtiruvchi modda — selloidin 100°li spirtda erimaydi, balki 100°li 
spirt va efiming aralashmasida eriydi.
Spirt-efir aralashmasi orqah o'tkazilgan bo'lakchalar m a’lum 
muddatga selloidinning suyuq (4 foizli) va quyuqroq (8 foizli) 
eritmalariga solinadi. Selloidindan chiqarib olingan va yog'och 
bo'lakchasiga yopishtirilgan obyekt - blok 70°li spirtda saqlanadi.
Kesma tayyorlash uchun maxsus asbob — rnikrotom ishlatiladi. 
Mikrotomda selloidinli bloklardan 10—15 mkm qalinlikdagi kesma- 
lar tayyorlash mumkin. Zichlashtirish uchun selloidin o'rniga 
parafin ishlatilganda 4—6 mkm qalinlikdagi kesmalar tayyorlash 
imkoniyatiga ega bo'linadi.
Gistologik tuzilmalami bo'yash usullari juda xilma-xil bo'lib, 
ularni tanlashda tadqiqotning maqsadlariga qarab ish tutiladi. Ular 
ishqorli (asos), kislotali va neytral bo'yoqlarga bo'Unadi. Azur II 
va gematoksilin bo'yoqlaii asos bo'yoqlarga misol bo'hb, hujayralar 
o'zagini binafsha (ko'k-binafsha) rangga bo'yaydi, eozin esa
9


kislotali bo‘yoq bo‘lib, sitoplazma va hujayraaro moddalami och 
qizil-sariq rangga b o ‘yaydi. Ayrim strukturalarning muayyan 
bo‘yoqlarni tanlab qabul qilishi ularning kimyoviy tarkibi va fizik 
xossalari bilan belgilanadi. Kislotali b o ‘yoqlar bilan yaxshi 

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish