N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


Katta miya  — oxirgi, oraliq va o'rta miyalarga,  rombsimon



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Katta miya 
— oxirgi, oraliq va o'rta miyalarga, 
rombsimon
miya 
— keyingi va uzunchoq miyalarga bolinadi 
(98-rasm).
Oxirgi miya 
— o‘ng va chap katta miya yarim sharlaridan 
tashkil topgan. Har bir yarim sharda yopqich, hidlov miyasi, targ'il 
tana va yon miya qorinchalari tafovut qilinadi. Yopqich va hidlov 
miyasining chegarasi miyaning pastki yuzasida bazal chegaralovchi 
ariqcha hisoblanadi. Targ'il tana hidlov miyasining ostida 
joylashadi.
343


Yopqich 
— miyaning kulrang va oq moddalaridan tashkil topgan. 
Kulrang modda — tashqi tomonda joylashadi va bosh miya 
po‘stlog‘ini hosil qiladi. U pushta va yoriqchalari bilan qoplab 
turadi. Yopqichning tashqi yuzasida uchta yoysimon pushtalar 
yaqqol ko‘rinib turadi va ular lateral yoki silviev suv yolini o‘rab 
turadi. Yoysimon pushtalar ayniqsa itlarda yaqqol ko‘rinadi. 
Yopqichning ichki yuzasida, asosan, qadoqsimon tana yonida ikkita 
yoysimon pushtalar ko'zga tashlanadi.
Oq modda 
— yopqich po‘stlog‘ining ostida joylashadi. U 
o'tkazuvchi yo'IIardan tashkil topgan.
Yopqichda peshana, chakka, tepa, ensa va hidlov bo‘laklari 
farqlanadi. Peshana bo‘lagi — itlarda tojsimon egatcha orqali aniq 
chegaralangan. Chakka bo'lagi — silviev egatchasining orqa 
tomonida yopqichning pastki qismini egallaydi. Tepa bo‘lagi 
peshana va ensa bo‘laklari oralig‘ida joylashadi. Ensa bo‘lagi — 
yopqichning orqa qismida joylashadi. Hidlov bo'lagi — hidlov 
miyasini hosil qiladi.
Hidlov miyasi 
— katta miyaning pastki oldingi qismida joyla­
shadi. Hidlov miyasi tarkibiga hidlov piyozchasi, hidlov yo'li va 
pushtalari, hidlov uchburchagi, noksimon bo‘lak, ammon shoxi, 
gumbaz va dumsimon yadro kiradi.
Hidlov piyozchasi — juft tuzilma bo'lib, ular panjarasimon 
suyakning chuqurchasida joylashadi. Piyozchaning yuqorigi medial 
qismi kulrang moddadan, pastki lateral qismi esa oq moddadan 
tashkil topgan. Piyozchaning ichida bo'shliq — hidlov piyozcha- 
sining qorinchasi mavjud. Piyozchaga burun bo'shlig'i shilliq 
pardasining hid bilish hujayralaridan ko'p sonli ipchalar chiqib, 
ular hidlov nervini hosil qiladi. Hidlov piyozchasi birlamchi hidlov 
markaz hisoblanadi.
Hidlov yo'li va pushtalar — o'tkazuvchi yo'llar orqali katta 
miya po'stlog'i bilan birikkan va ko'p miqdorda kulrang modda 
yadrolarini saqlaydi. Umumiy, medial va lateral hidlov yo'llari 
farqlanadi. Lateral hidlov yo'li o'zining yo'lida lateral hidlov 
pushtasini qoplab turadi.
Hidlov uchburchagi — kulrang moddadan tashkil topgan. U 
hidlov yo'li bilan chegaralangan.
344


Noksimon bo‘lak — lateral hidlov yo‘li va hidlov uchburchagi, 
katta miyaning lateral oyoqchasi orqasida joylashadi. Miya qorin- 
chasining yon tomon orqa qismi noksimon bolakka tarqaladi va 
unda bo‘shliq hosil qiladi. Bu yerda ammon shoxining pastki 
uchi joylashadi.
Chap va o ‘ng hidlov piyozchasi, hidlov uchburchagi va nok­
simon bo‘lak bir — biri bilan miyaning nazal bogMamchasi orqali 
birikadi.
Ammon shoxi yoki gippokamp — noksimon bo‘lak sohasida 
miya po'stlogMning juft burmasi hisoblanadi. U o‘zining yuqorigi 
qismi bilan dumsimon yadro orqarog'ida miyaning yon qorinchasi 
tubini hosil qiladi. Ammon shoxi va dumsimon yadro o‘rtasida 
tomirlar chigali — miyaning yon qorinchasi joylashadi. Ammon 
shoxi orqa tomonga lateral va pastga yoysimon qayrilgan, 
noksimon bo‘lakda tugaydi. Ammon shoxi ostida ko‘rish do‘ngligi 
joylashib, u ammon shoxidan miyaning uchinchi qorinchasining 
tomirli chigali orqali ajralib turadi.
Gumbaz — ammon shoxi va oraliq miyaning so‘rg‘ichsimon 
tanasi o‘rtasidagi o‘tkazuvchi tutamlardan hosil bo'Igan. Tutamda 
tarnovsimon varaq, ammon shoxining jiyagi, oyoqchalar, ustunlar 
va tutam tanasi, ammon shoxining bog‘lami farqlanadi. Tamov- 
simon varaq — noksimon bo‘lakning kulrang moddasi va ammon 
shoxidan kelib chiqadigan nerv tolalaridan tashkil topgan. Bu 
varaq yon miya qorinchasi yuzasidan ammon shoxini qoplab 
turadi. Gippokamp jiyagi - tarnovsimon varaqdagidek nerv 
tolalaridan tashkil topgan. U yon miya qorinchasining yuqorigi 
lateral cheti bo‘ylab joylashadi va tutam oyoqchasiga o‘tadi. 
Tutamning o‘ng va chap oyoqchalari tutam tanasini hosil qiladi 
va uchinchi miya qorinchasining qopqog‘i hisoblanadi. Nazal 
tomonda u ikkita ustunchaga bo‘linadi. Tutam ustunchalari 
dumsimon yadrodan medial tomonda joylashadi va oraliq miyaning 
kulrang moddasi (gipotalamus) va so‘rg‘ichsimon tanasigacha 
cho‘ziladi. Gippokamp bog‘lami ularning yuqorigi uchlarini 
biriktiradi.
Targ‘i.1 tana — dumsimon, yasmiqsimon va bodomsimon yadro, 
to‘siq, ichki va tashqi kapsulalardan tuzilgan.
345


Dumsimon yadro — oldinda va ammon shoxi yonida yon 
miya qorinchasining tubida joylashadi va uning boshchasi, dumi 
mavjud.
Yasmiqsimon yadro — ko‘rish do‘ngligi va dumsimon yadro 
boshchasining yon tomonida joylashadi va ulardan ichki kapsula 
orqali ajralib turadi. Yasmiqsimon yadroning yon qismi po‘choq 
(skorlupa), medial qismi esa oqish yadro nomini olgan. Oqish 
yadro ko‘rish do‘ngligidan lateral tomonda va tirsakli tananing 
lateral yadrosidan nazal tomonda joylashadi. Yasmiqsimon 
yadrodan lateral tomonda tashqi kapsula, kapsuladan lateral 
tomonda esa tor y o l kolinishida to‘siq joylashadi. To‘siq po‘choq 
va ammon shoxi oraliglda bodomsimon yadro joylashadi. Targ'il 
tana refleks zanjiri tutashadigan joy hisoblanadi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish