N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Oshqozon 
— bu ovqat hazm qilish nayining xaltasimon 
kengayishidan hosil bo'lgan organdir. Oshqozon bir kamerali 
(otlarda, cho‘chqa va itlarda ) hamda ko‘p kamerali (kavsh qayta- 
ruvchilarda) bo'ladi 
( 63-rasm A).
Shilliq pardasining tuzilishiga 
qarab, oshqozon qizilo‘ngach yoki bezsiz tipga, ichak yoki aralash 
tiplarga bo‘linadi.
Otlarning oshqozoni bir kamerali, qizilo'ngach-ichak (aralash) 
tipida bo'lib, unda katta qavariq joyi va kichik botiq farqlanadi. 
Oshqozonning diafragmaga qaragan tomoni — parietal yuzasi va 
ichki organlar bilan chegaralanuvchi tomoni esa visseral yuzasi 
deyiladi.
Bundan tashqari, kardia, ya’ni qizilo£ngachni oshqozonga 
kirgan joyi, piloms, ya’ni oshqozondan 
12
barmoq ichakka chiqa­
digan teshik va kengaygan qismi yoki oshqozon tubi farq qilinadi.
Oshqozon 3 qismga: chap — kardia bilan chegaralanuvchi — 
kardial qismi, o£ng — pilorus qismi va kardial hamda pilorik qismlari 
oralig£ida fundal qismga bo'linadi.
Kichik botiq joyidan oshqozon ichiga kardial va pilorik 
qismlarning chegarasi hisoblanuvchi chuqur burchak burmasi 
o’tadi. Otlar oshqozonining kardial qismi yaxshi taraqqiy etgan 
va ko£r xaltasi bo'ladi. Oshqozonning pilorik qismida 2 ta jiyak 
bilan pilorik bo'shliq ajraladi.

Victoria Aspinall.
Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-
York, 2015.
209


Oshqozon devori shilliq, muskul va zardob pardalardan tashkil 
topgan.
Shilliq parda (ichki qavat) ko'r xalta sohasida burmali burchak 
hosil qilib, u oshqozonning bezsiz va bezli qismlarining chegarasi 
hisoblanadi. Bezsiz qismda shilliq parda oq rangli, mustahkam va 
dag'al, ko‘p qavatli yassi epiteliydan tarkib topgan. Bezli qismda 
esa bu parda nafis, qizglsh rangli silindrsimon epiteliy bilan 
qoplangan, limfa follikulalari mavjud; shilliq pardaning yuzasi 
notekis, kichik oshqozon chuqurchalari bo'lib, ularga oshqozon 
bezlari ochiladi. Oshqozon bezlari qaysi zonada joylashuviga qarab: 
kardial, pilorik va fundal bezlar bo‘lishi mumkin. Bu bezlar 
oshqozon shirasini ajratadi.
Muskul pardasi silliq muskul to‘qimasidan tuzilgan bo‘lib, 
uch qavatdan iborat: uzunchoq qavat katta qavariq, kichik botiq 
va pilorik xaltada yotadi; aylana qavat pilorik qismda yaxshi taraqqiy 
etgan, kardial qismida esa bolmaydi, pilorik xaltaning burmasida 
2
ta sfinkter hosil qiladi; qiyshiq qavat faqatgina kardial bolim da 
bolib, tashqi qiyshiq tutamchalar va ichki qiyshiq tutamchalarga 
bo'linadi. Ular mustahkam kardial sfinktemi hosil qiladi.
Zardob parda oshqozon devorining tashqi qavati hisoblanadi. 
U bir organdan ikkinchisiga o ‘tishda erkin yotuvchi burmalar 
hosil qilib, ular pay sifatida xizmat qiladi.
Otlarning oshqozoni asosan, chap qovurg‘alar ostida, faqatgina 
pilorusning kichik qismi o‘ng qovurg'alar ostida joylashadi. U 
14—15-nchi qovurg‘alar oraliglda, pastdan esa 9— 14-nchi qovur- 
g‘alar to'g'risida, yelka bo‘glm i liniyasida qorin devoriga tegib 
turadi.
Cho'chqalarda - oshqozon bir kamerali, qizilo‘ngach-ichak 
(aralash) tipida bolib, uning kardial qismida oshqozon divertikulasi 
mavjud; burchak burmasi yaxshi ko'ringan. Shilliq pardasi 
oshqozonga kiradigan joyda bezsiz, ko'p qavatli yassi epiteliy bilan 
qoplangan. Bezsiz uchastkaning chegarasi yaxshi ko'rinadi. Shilliq 
pardaning qolgan hamma qismi silindrsimon bezli epiteliy bilan 
qoplangan va uchala zona bezlari ham boladi. Muskul pardasi 
uzunchoq, aylana va qiyshiq qavatlarini hosil qiladi. Aylana qavati 
pilorik va fundal qismlaridan tarqalgan b o lib , katta qavariq
210


tomondan pilorus ichiga olib boruvchi valik va kichik botiq 
tomondan oshqozon ichiga chiquvchi zamburug'simon do‘nglik 
hosil qiladi; qiyshiq qavati — ichki va tashqi qiyshiq tutamlari 
orqali kardial qismga kirish joyida sfinkter hosil qiladi. Zardob 
pardasi xuddi otlardagidek tuzilishga ega. Oshqozonning kardial 
qismi chap qovurg‘alar ostida, pilorik qismi esa o‘ng qovurg'alar 
ostida joylashadi. Katta qavariq joyi oshqozon to'lgan paytda qorin 
devorining ventral yuzasiga qalqonsimon tog‘ay tomon tegib turadi. 
Diafragma tomonida u jigarga tegib turadi. Katta charvisi kuchli 
rivojlangan va pastdan hamma ichaklami qoplaydi.
Itlarda — oshqozon hajmdor, bir kamerali, ichak tipida, bezli. 
Shilliq pardasi silindrsimon epiteliy bilan qoplangan, kardial, fundal 
va pilorik bezlari mavjud. Burchak burmalari yaxshi ko'ringan. 
Tashqi qiyshiq tutamchalar aylana qavatni, ichki qiyshiq tutam- 
chalari esa oshqozonga kirish joyini qoplaydi. Zardob pardalarning 
tuzilishi va oshqozon joylashuvi cho‘chqalarniki singaridir.
It va mushuklar oshqozoni oddiy, bir kamerali bo‘lib, ovqat 
hazm qilish tizimi monogastrik deb nomlanadi.
Oshqozon devori qalin va oziqa bilan biroz cho'zilgan bo‘ladi. 
Oshqozon bo‘sh holatda qovurg'a ostida, oziqa bilan toTgan holatda 
esa qorin bo‘shlig‘ining uchdan bir qismini egallaydi.
Oshqozonning kengayishi chuqur ko'krakli zotli itlar, ya’ni 
nemis ovcharkalarida ko‘p uchraydi. Bu oshqozon gaz bilan 
to £lganda shishadi va chala parchalangan oziq mahsulotlari 
chidamsiz bo'ladi hamda o‘z atrofida o'ralib, gazni chiqishiga 
qarshilik qiladi. It juda qiynaladi va o'z vaqtida damlanish 
yengillashtirilmasa yoki davolanmasa tezda shok holatiga tushishi 
va o‘lishi mumkin.
Bunday holatlarda oshqozon zich va n o g 'o ra singari 
taranglashgan, qorinning yarim qismini to'ldirib turadi.
Shilliq pardada oshqozon shirasini ishlab chiqaruvchi uch xil 
hujayralardan tuzilgan oshqozon chuqurchalari hosil bo'ladi:
— 
bokalsimon hujayralar oshqozonning hamma boiimlarida 
mavjud bo'lib, ular oziqani namlash va oshqozon devorini ovqat 
hazm qilish fermentlari tomonidan zararlanishidan (avtohazm- 
lanish) himoya qiluvchi shilimshiq ishlab chiqaradi;
211


— asosiy hujayralar pepsin fermentini faollashtiruvchi pepsi­
nogen ishlab chiqaradi; pepsin oqsillarni peptidlargacha parcha- 
laydi;
— tepa hujayralar xlorid kislota (HC1) ishlab chiqaradi; bu 
pepsinni samarali faoliyat kolsatishini ta’minlaydigan kislotali 
pH muhitni hosil qiladi.
Oziqa oshqozonga kardial sfinkter orqali tushadi. Oshqozon­
ning cho‘zi!ishi oshqozon devori bezlaridan gastrin gormonini 
ajralishiga ta’sir ko‘rsatadi va bu gormon oshqozon shirasini ishlab 
chiqarilishini ta ’minlaydi. Muskullarning ikki xil harakati 
oshqozonda oziqani shira bilan aralashtiradi:
— peristaltika oziqani oshqozon orqali o‘tkazadi va bo‘sh 
oshqozonda bolakchalarga boeladi;
— ritmik va segmentativ harakat oziqa luqmasini aralashtiradi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish