N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


Uchinchi juft (III) — ko‘zni harakatlantiruvchi nerv



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

362


Uchinchi juft (III) — ko‘zni harakatlantiruvchi nerv 
katta miya 
oyoqchalaridan boshlanib, ko'z teshigi orqali ko'z kosasiga boradi. 
Bu nervning yuqorigi va pastki tarmoqlari bo'lib, yuqorigisi 
ko‘zning yuqorigi to'g'ri muskuliga, pastkisi pastki qiyshiq o'rta 
hamda pastki to 'g 'ri muskullarga boradi. Pastki tarmog'ida 
parasimpatik nervning kiprik tuguni (gangliy) hosil bo'ladi.
To‘rtinchi juft (IV) — g‘altak nervi 
miya to'rt tepachasining 
keyingi tepasi ro'parasidan chiqib, uch tarmoqli nerv bilan ko'z 
teshigidan o'tadi va ko'zning ichki devori orqali o'tib, yuqorigi 
qiyshiq muskulga tarqaladi.
Beshinchi juft (V) — uch tarmoqli 
nervning uchta tarmog'i 
bor, ular orasida sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari 
bo'ladi. Sezuvchi tolalar boshdagi organlarning shilimshiq 
pardasiga, terisiga; harakatlantiruvchi tolalar boshdagi muskullarga 
boradi. Uch tarmoqli nerv bosh miyadan ikkita ildiz bilan bosh­
lanib, yuqorisi anchagina yo'g'on — sezuvchi, pastkisi esa 
ingichkaroq — harakatlantiruvchi nervlar hisoblanadi. Yuqorigi 
ildizda yarim oysimon tugun (yoki Gesser tuguni) bo'ladi. Uch 
tarmoqli nerv ko'z, yuqorigi hamda pastki jag' nervlariga bo'linadi.
Ko'z nervi eng ingichka tarmoq bo'lib, ko'z teshigi ichida 
quyidagi uchta mayda tarmoqchaga bo'linadi:
Ko'z yoshi nervi ko'z yoshi beziga, yuqorigi kovakka va 
peshana terisiga tarqaladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda peshana 
kovagiga va shoxga ham nerv tarqaladi.
Peshana nervi oldin ko'z kosasiga, so'ngra ko'z usti teshigi 
orqali peshonaga chiqib, peshana va tepa qism terisiga tarqaladi. 
Cho'chqalarda yonoq o'simtasining orqarog'idan chiqadi.
Kiprik — burun nervi ko'z soqqasiga kiprik nervi kirib, davomi 
panjarasimon nerv orqali miya bo'shlig'iga o'tadi va burun 
bo'shlig'ining yuqorigi shilimshiq pardasiga tarqaladi.
Yuqorigi jag' nervi miya bo'shlig'idan yumaloq teshik orqali 
chiqib, ko'z kosasiga kirmasdan quyidagi uch tarmoqqa bo'linadi:
Yonoq nervi pastki qovoqqa tarqaladi. Kavsh qaytaruvchi 
hayvonlarda bu nerv juft bo'ladi.
Ko'z osti nervi ko'z osti kanali orqali o'tib, jag' tishlarga va 
kurak tishlarga tarmoqlanadi va kanaldan chiqib, uch tarmoqqa:
363


a) burunning tashqi nervi — burun terisi uchun; b) burunning 
oraliq nervi; v) yuqorigi lab nerviga bo'linadi. Bular teriga va 
shilimshiq pardaga tarqaladi.
Ponasimon — tanglay nervi yumaloq teshikdan chiqib, shu 
joydagi chuqurchada quyidagi uch tarmoqqa: a) burunning keyingi 
nervi — burun bo'shlig'iga o‘tib, burun to'sqichi va kataklarining 
shilimshiq pardasiga tarqaladi; b) tanglayning katta nervi — qattiq 
va yumshoq tanglayga, kurak tishlarga, hatto, burun bo'shlig'iga 
ham tarqaladi; v) tanglayning kichik nervi — yumshoq tanglayning 
shilimshiq pardasiga tarqaladi.
Pastki jag1 nervi anchagina yo‘g‘on bo'lib, miya bo£limidan 
ensa suyagi teshigi orqali chiqadi. Bu nerv tarkibida sezuvchi va 
harakatlantiruvchi tolalar bo'ladi. Nerv chiqishi bilan bir necha 
tarmoqqa bo'linadi:
Chaynash nervi to'g'ri katta chaynash muskuliga boradi.
Chakkaning chuqur nervi chakka muskuliga boradi.
Qanotsimon nerv qanotsimon muskulga, nog'ora parda 
muskuliga va yumshoq tanglay muskuliga boradi.
Lunj nervi lunj muskulining pastki qismidan o'tib, shu mus­
kulga, qanotsimon muskulga hamda lunj va pastki labning shilim­
shiq pardasiga tarqaladi. Bu nerv cho'chqalarda va kavsh qayta- 
ruvchi hayvonlarda quloq osti parasimpatik nervini hosil qilib, 
quloq osti beziga tarqaladi.
Chakkaning yuza nervi bo'yin tomondan pastga o'tib, jag' 
bo'g'imi yonida yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo'linadi. Yuqorigisi 
peshana — chakka qismining terisiga, pastkisi esa yettinchi nervga 
qo'shilib, lab va lunj terisiga tarqaladi.
Til nerviga yettinchi juft nervdan nog'ora teri nervi kelib 
qo'shiladi, u esa tilning sezuvchi so'rg'ichlariga boradi. Til nervi 
yuza va chuqur tarmoqlarga bo'linadi. Yuza tarmog'i tilning yon 
muskuli orqali o'tib, uning shilimshiq pardasiga va so'rg'ichlariga 
tarqaladi. U yerda parasimpatik nervning jag' osti tuguni joylashadi. 
Chuqur tarmog'i til muskullariga va so'rg'ichlariga tarqalib, tilning 
uchigacha boradi.
Jag'lararo nerv jag'lararo muskulga va ikki qorinli muskulga 
tarqaladi.
364


Pastki jag‘ning alveolyar nervi pastki. jag‘ kanali orqali olib
jag‘ tishlarga va oxirgi kurak tishlarga tarqaladi. Bu nerv iyak osti 
teshigidan chiqib, iyak osti nervi pastki lab muskuli, shilimshiq 
pardasi va terisiga tarqaladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish