N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Ko‘zning to‘r pardasi 
ko‘radigan va ko'rmaydigan qismlarga 
boMinadi. Ko‘radigan qismi ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: 
a) pigmentlangan qavat tomirli qavatga yaqin birlashgan: b) yoki 
xususiy (chin) to‘r qavat ko‘rish nervining kirish joyidan kipriksi- 
mon tanagacha boradi. Rangi qizg‘ish-tiniq bo‘ladi. To‘r pardaning 
ko‘rish nerviga o‘tadigan joyi ko‘rish g‘uddasi deyiladi. Uning 
diametri 4,5—5 mm. To‘r pardaning o‘rtasida markaziy hoshiya 
bo‘lib, u eng yaxshi ko'rish joyi hisoblanadi.
Kipriksimon (ko‘rmaydigan) qismi 
va rangli parda qismi juda 
yupqa bo‘lib, ikki qavatdan iborat, ularning biri kipriksimon 
tanaga, ikkinchisi rangli pardaga birlashadi.
Gavhar 
ikki tomonlama qavariq linza bo‘lib, rangli parda 
orqasida joylashadi. U juda tiniq va zich konsistensiyali bo‘lib, 
yorug£lik nurini sindirib, to‘r pardaga tasvir tushirish uchun xizmat 
qiladi. Uning diametri har xil hayvonlarda turlicha: otlarda 
gorizontal holda 22 mm, vertikal holda 19 mm, qalinligi 13,25 mm; 
qo'ylardagorizontalholda 14—15 mm, qalinligi 12—14mm, og‘irligi 
2,5—2,2 g bo'ladi. Gavharning sirti kapsula bilan o‘ralgan bo‘Ub, 
unda po‘stloq, zich yadro qismlar bo‘ladi. Ko‘z gavhari kipriksimon 
tanaga pay orqali yoki ko'tarib turuvchi pay bilan birlashib turadi. 
Bunda limfa yoriqchalari boiib, ular limfa suyuqligi bilan to‘lib 
turadi. Shu paylarning qisqarishi va yozilishi natijasida doiirt elastik 
holatdagi gavhar kengayib-torayadi va buyumlarni ko'rishni 
osonlashtiradi.
Shishasimon tana 
sharsimon, tiniq organ bo‘lib, gavhar bilan 
to‘r parda orasidagi bo'shliqda joylashadi. Uning ichida quyuqroq 
modda bor. Ko‘z soqqasining tomirlari ikki qismga: to‘r parda va 
oraliq parda qismlarga bo‘linadi. To‘r parda arteriyasi kipriksimon
373


tana arteriyasidan hosil bo‘lib, ko‘rish g‘uddasi yonidan o‘tadi. 
Arteriyalar qisqa va uzun kipiik arteriyalaridan hosil bo'ladi. Vena 
qon tomirlari yulduzsimon shakl hosil qilib, kiprik venasiga borib 
qo‘shiladi. Ko‘z soqqasida limfa tomirlari bo'lmaydi, ulaming 
vazifasini limfa bo‘shliqlari bajaradi. Bunday bo'shliqlarga fontanovi 
episkleral, to‘r parda bo‘shhg‘i va boshqalar kiradi.
It va mushuklaming fotoretseptor hujayralari 95% tayoqcha 
va 5% kolbachasimonlardan tashkil topgan. Bu ular yorug‘lik va 
qorong£ulikning har xil darajalarini ko‘rishidan dalolat beradi, 
ammo rangli ko‘rish ularda past rivojlangan.
• 
Bipolyar sezuvchi nervlar tayoqcha va kolbachasimon 
retseptorlardan ma’lumotni olib keyingi qavatga uzatadi.
Tasvirning shakllanishi. Ko‘zning vazifasi — obyektdan 
yorug'lik nurini o‘tkazish va to‘r pardada tasvirni shakllantirishdan 
iborat. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:
1. Yorug‘lik nuri shox parda orqali o‘tib, to‘r pardaga yo‘naladi.
2. Yorug‘hk nuri ko‘z qorachig‘i orqali o‘tadi. Qorachiqning 
o ‘lchami tushayotgan yorug‘lik nurining jadalligiga javoban 
kamalak parda tomonidan boshqarilib turadi. Qorachiqning 
kengayishi vegetativ nerv tizimi nazorati ostida bo‘ladi.
3. Yorug‘lik nuri gavharga tushadi. Gavharning holati siliar 
muskullar yordamida o'zgarib turadi. Yorug‘lik nuri tezda to‘r 
pardaga o'tkaziladi.
4. Yorug'lik nurlari to‘r pardaga tushadi va hujayralar qatla- 
midan o‘tib, ko‘rish retseptorlariga boradi. Retseptorlar taassurotni 
qabul qilib impulslami nerv tolalari orqali ko‘rish nerviga uzatadi. 
Axborot bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining ko‘rish markaziga 
o‘tkaziladi va tasvir sifatida shakllanadi. Tasvir to‘r pardada shaklla- 
nadi, ammo miya axborotlarga boshqa sezgilarga bog‘liq holda 
ishlov beradi va to‘g‘ri yo‘naltiradi.
5. Yorug'lik nurining bir qismi fotoretseptorlar hujayralariga 
qaytadi. Ular past darajadagi yorug‘likni qabul qiladi va undan 
ta’sirlanadi.
Gavharning shaklini obyektlaming yaqin yoki uzoqligiga qarab 
o‘zgarishi hayvon tug‘ilganidan keyin rivojlanadi. Hayvon yoshi 
kattarishi bilan gavharning elastikligi yo‘qola boradi va uning shakli
374


o‘zgarisliiga ko‘proq vaqt ketadi. Odamiarda bu holatni ko‘zoynak 
yordamida o‘zgartirish mumkin, ammo hayvonlar «qarilik» bilan 
bog‘liq bunday holatda o‘z hatti-harakatlarini moslashtirishga 
o'rganishi kerak bo‘!adi.'

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish