O‘tkir umumiy pulpit. O‘tkir umumiy pulpitda bemor o‘z-o‘zi-
dan hosil bo‘luvchi davomli, xurujsimon og‘riqdan shikoyat qiladi.
Og‘ riqlar orasidagi oraliq qisqargan. Og‘riqlar uchlamchi nerv shox-
lari bo‘ylab uzatiladi va natijada bemor bezovta qilayotgan tishni aniq
ko‘rsatib bera olmaydi. Zondlanganda pulpa bo‘shlig‘i yopiq. Termo-
metriya iliqdan og‘riqli bo‘lib sovuq ta’sirdan og‘riqlarning susayishi
kuzatiladi. Pulpaning elektr sezuvchanligi tishning hamma do‘m-
boqlarida pasaygan bo‘ladi. Perkussiya ayrim hollarda og‘riqli. Tunda
og‘riqlar zo‘rayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |