SURUNKALI PULPITLAR
Surunkali fibroz pulpit. Kasallik anamnezi aniqlanganda bezov-
ta qilayotgan tish, avval o‘tkir pulpitga xos bo‘lgan og‘riqlar bilan
bezovta qilganligi ma’lum bo‘ladi. Surunkali fibroz pulpitda og‘riqlar
mexanik va termik ta’sirlardan hosil bo‘ladi. Zondlanganda chuqur
kariyes kovagi borligi, kariyes kovagi tish bo‘shlig‘i bilan tutashma-
ganligi va aniq zondlanganda bir nuqtada og‘riqli bo‘ lib, qonaydi.
Termometriya sovuq ta’sirdan og‘riqli bo‘lib hosil bo‘l gan og‘riq, avval
sust bo‘lib borgan sari zo‘rayib boradi. EOD o‘tkazilganda pulpaning
sezuvchanligi 20–40 mkA ga teng. Rentge nologik tekshirish ildiz
uchi da suyak to‘qimasining so‘rilishi kuzatiladi.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |