SO‘LAK BEZI KISTALARI
Kichik so‘lak bezlarining retensiyalangan kistalari
Lab yoki lunjlarni tishlash natijasida, so‘lak ajralish qiyinlashishi
oqibatida kelib chiqadi. Kista sharsimon shaklda bo‘lib qattiq elastik
bo‘ladi. Kista kapsulasi butunligi buzilganda ichidan sarg‘imtir suyuq-
lik ajraladi. Davolash jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirilib kista kapsu-
lasi bilan birgalikda olib tashlanadi va chok qo‘yiladi.
Til osti so‘lak bezining retensiyalangan kistasi (ranula)
Til yuganchasi yonida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi ostida joyla-
shadi. Kista yumaloq, ko‘kimtir pushti rangda bo‘lib palpatsiyada elas-
tik konsistensiyaga egaligi aniqlanadi. Kista kattalashib tilni tanglayga
ko‘tarib qo‘yishi mumkin. Ayrim hollarda kista jag‘ til osti mushagi
ostida joylashishi mumkin. Kista o‘lchamlarini aniq lash uchun kontrast
sistorontgenografiya tekshiruvi o‘tkaziladi. Til osti so‘lak bezi kistasini
lipoma, kavernoz gemangioma va limfangioma bilan solishtirma tash-
xis o‘tkaziladi.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |