Tayanch iboralar:
Jag‘ sinish – jag‘ suyak butunligining kuch ta’siri ostida qisman
yoki to‘liq buzilishi;
To‘liq sinish – suyak bo‘laklari to‘liq ajralishi bilan kuzatiladigan
sinish turi;
To‘liq bo‘lmagan sinish – darz ketishi yoki suyak yuzasining si-
nishi;
Le-For – yuqori jag‘ sinishlarini ta’riflagan jarroh;
Dislakatsion asfeksiya – tilning orqaga ketib qolishi oqibatida ho-
sil bo‘lgan asfeksiya;
Obturatsion asfeksiya – halqumning yot jinslar bilan berkilib qoli-
shi oqibatida yuzaga keladigan asfeksiya;
Stenotik asfeksiya – nafas yo‘llari gematomasi, shishishi natijasida
hosil bo‘ladigan asfeksiya;
Klapan asfeksiya – nafas yollarini yumshoq tanglay to‘qimalari
bilan yopilishi oqibatida hosil bo‘ladigan asfeksiya;
Aspiratsion asfeksiya – hushsiz bemorning nafas yo‘llari qon, so‘-
lak, qusuq massalari bilan berkilib qolishi oqibatida yuzaga kela digan
asfeksiya;
Repozitsiya – singan suyak bo‘laklarini joylash;
Do'stlaringiz bilan baham: |