100
Allergiya-organizmnimg begona moddalarga nisbatan yuqori se-
zuv chanligidir. Bunday moddalar allergenlar deyiladi. Allergenlar ta’-
si rida
anafilaktik shok, Kvinke shishi, dori moddalariga allergik reak-
siya va boshqa kasalliklar kuzatiladi.
Anafilaktik shokning klinik ko‘rinishi turlicha. Shunga asoslanib
bir nechta variantlarga bo‘linadi. Gemodinamik variant yurak – qon
tomir yetishmovchiligi bilan ifodalanadi. Bunda bemorning pulsi tez-
lashadi, terisi qizarib so‘ng oqaradi,
sovuq ter bosadi, qon bosimi pa-
sayadi. Ayrim hollarda bemor hushidan ketadi. Anafilaktik shok mar-
kaziy nerv sistemasidagi o‘zgarishlar bilan kechganda bemor bezov-
talanadi, qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi, titroq bosadi, boshi og‘riy di, qayt
qiladi. Anafilaktik shok nafas organlaridagi o‘zgarishlar
bilan kech-
ganda bronxospazm kuzatiladi. Oshqozon ichak tizimidagi o‘zgarish-
lar ko‘ngil aynash, qusish, ixtiyorsiz ich ketish va siydik ajra lishi,
oshqozon va ichaklar sohasida og‘riqlar paydo bo‘lishi bilan kechadi.
Anafilaktik shok dori moddasi yuborilganidan so‘ng 10 sekunddan
10–15 daqiqa orasida, ba’zan 4–5 soatdan keyin ham rivojlanishi mum-
kin. Anafilaktik shokda bemorga o‘z vaqtida shoshilinch tibbiy yor-
dam ko‘rsatilmasa o‘limga olib kelishi mumkin. Anafilaktik shok
og‘irlik darajasiga ko‘ra uch darajaga bo‘linadi: yengil, o‘rta va og‘ir.
Be morlarda anafilaktik shokning tipik kechishi
quyidagi klinik bel-
gilarga ega bo‘ladi. Avval bemor bezovtalanadi, qo‘rquv hissi paydo
bo‘ladi. Badan birdan qizib ketadi. Yuz va bo‘yin terisida qichishish
va igna sanchilish sezgisi paydo bo‘ladi. Bemor holsizlanadi,
boshi
og‘ riydi. Ko‘krak qafasi siqiladi. Yurak sohasida og‘riq paydo bo‘ladi,
nafas olish qiyinlashadi, qorni og‘riydi. Og‘ir formalarida bemor shi-
koyatlarini aytishga ulgurmasdan hushidan ketadi.
Anafilaktik shokning obyektiv belgilari yuz va tana terisining
gipe rimiyasi hosil bo‘lib, uni tezda oqarib ketishi. Ko‘z qovoqlari, lab-
lar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardalarida shish paydo bo‘lishi. Oyoqlar
qal tirashi, ko‘z qorqchiqlari kengayishi
va yoruqlikka reaksiya qil-
masligi.
Anafilaktik shokning birlamchi belgilari boshlangan zahoti shoshi-
linch tibbiy yordam ko‘rsatishni boshlash shart. Buning uchun birin-
chi bo‘lib organizimga kiritilayotgan allergenni toxtatish kerak. Agar
allergen kiritib bo‘lingan bo‘lsa (imkoni bo‘lsa) o‘sha sohadan yuqo-
101
riroqqa jgut qo‘yish yoki ineksiya o‘rni atrofiga 0,3–0,5 ml 0,1% adre-
nalin eritmasidan inyeksiya qilish zarur. Bu muolaja allergenni to‘qi-
malarga so‘rilishini kamaytiradi. Bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa 0,1%
adrenalin eritmasini 0,1–0,2 ml 3–5 daqiqa davomida tomir ichi ga
yuboriladi. Bemorning qon bosimi mo‘tadillashganidan so‘ng antigis-
tamin dori vositalari kiritiladi. Anafilaktik shokning o‘rta va og‘ir
for
malarida glyukokartikosteroidlar vena ichiga yubori
ladi. Bron-
xospazmni yo‘qotish uchun 2,4% eufilin eritmasidan foyda laniladi.
Anafilaktik shok juda tez rivojlanganligi uchun bemorga tez sho-
shilinch yordam ko‘rsatish zarur bo‘ladi.
Shuning uchun har bir stoma-
tologik xonada quyidagi dori darmonlardan tashkil topgan to‘plam
bo‘lishi shart:
– 0,1% adrenalin, 0,2% noradrenalin, 1% mezaton;
– antigistomin dori moddalari: 2% suprastin, 1% demedrol, tave-
gil;
– kortikosteroidlar: prednizalon gemisuksinat ampulalari, predni-
zalonning 5mg li tabletkalari;
– bronxospazmni yoqotish uchun: 5% efedrin gidroxlorid, 2,4%
eufiln;
– eritmalar: 5% glukoza, 0,9% natriy xlorid eritmasi, 200–400 ml
gemodez;
– penitsillinaza;
– dori moddalarni tomir ichiga yuborish uchun bir marotabalik
steril sistema va shprislar, jgut, og‘iz ochgichlar.
Anafilaktik shokni profilaktika qilish
uchun bemorni birinchi bor
qabul qilayotganda anamnezni to‘liq aniqlash. Biror bir dori vosi tasini
yuborishdan oldin bemorning qo‘llanilmoqchi bo‘lgan dori vositasini,
avval, qabul qilganligi va shu dori vositasiga reak siyalar hosil bo‘lgan
bo‘lmaganligi aniqlanadi. Anamnezida aller gik reaksiyalar kuzatilgan
bemorlarga biror bir dori vositasini qo‘llash dan oldin antigistomin dori
moddalarini qabul qilish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: