N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari


O’SIMLIKLAR BIOLOGIYASINING SHAKLLANISH



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

O’SIMLIKLAR BIOLOGIYASINING SHAKLLANISH 
SHAROITI. 
Reja 
1.
O’simlikshunoslikning fan sifatida rivojlanishi. 



2.
O’simliklar biologiyasini rivojlanish bosqichlari. 
3.
Dala ekinlarini biologik guruxlari. 
O’simlikshunoslikning ekinlarni yetishtirish texnologiyasi qismining 
vazifalariga-o’simlikning me’yorida o’sib, rivojlanishi, yuqori hosil shakllantirish 
uchun – ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni joriy etish, ekinni eng yaxshi 
o’tmishdoshidan keyin joylashtirish, tuproqni ishlashda ildiz tizimining yaxshi 
rivojlanishi uchun optimal suv–havo, oziqlanish rejimini yaratish, organik-
ma’danli o’g’itlardan samarali foydalanish, begona o’tlar, kasalliklar va 
zararkunandalarga qarshi kurashda integral (uyg’unlashgan) uslublardan 
foydalanish, ekish uchun Davlat standart (andoza)lari talabiga javob beradian 
urug’lardan foydalanish, ekish muddatlari, me’yorlari, chuqurligini optimallashti-
rish, o’simlikni o’suv davrida, eng maqbul sug’orish tartibini yaratish, Davlat 
reyestriga kiritilgan yoki istiqbolli navlar, duragaylarni ekish, hosilni qisqa 
muddatda, nobudgarchiliksiz yig’ishtirib olish, dastlabki ishlov berish va saqlash 
tadbirlarini o’z vaqtida hamda sifatli bajarish masalalarini o’rganish kiradi. 
O’simlikshunoslik- aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan, chorvachilikni 
ozuqa bilan, qayta ishlash sanoatini xomashyo bilan ta’minlash uchun o’simlik 
maxsulotlari olish maqsadida ekinlarni o’stirishdir. O’simlikshunoslik tarmog’i 
o’simliklar o’stirish bilan bog’liq barcha soxalarni – dalachilik, o’tloqshunoslik, 
sabzavotchilik, mevachilik, uzumchilik, gulchilik, o’rmonchilikni o’z ichiga oladi. 
Ilmiy fan sifatida O’simlikshunoslik dala ekinlari, xaydaladigan yerlarda 
o’stiriladigan guruxiga kiruvchi – don ekinlar, dukkakli don ekinlar
tugunakmevalilar, oziqabop ildizmevalilar, tolalilar, moyli, efir moyli, ko’p yillik 
va bir yillik o’tlar, boshqa ayrim ekinlarni o’rganadi. 
Er sharida o’stiriladigan o’simlik turlari 20 mingdan ortiqrog’i odamlar 
tomonidan o’stiriladi. 640 taga yaqin tur o’simliklar muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi, shulardan 90 tasi dala ekinlaridir. O’simlikshunoslik fani 
shug’ullanadigan o’simlik guruhi shu 90 taga yaqin o’simliklar turlari hisoblanadi. 
O’simlikshunoslikning fan va tarmoq sifatida o’rganish ob’ekti bo’lib 
o’simlik va uni muhitning asosiy omillariga talablari, bularni qondirishning usul va 
yo’llarini o’rganib yaxshi sifatli, yuqori hosil olishdir. 
O’simlikni o’sish va rivojlanishiga muhitning barcha omillari tuproqning 
granulametrik va kimyoviy tarkibi, uni namlik bilan ta’minlanganligi va 
aeratsiyasi, issiqlik rejimi dinamikasi, quyoshinsolyatsiyasi, shamol tezligi, havo 
namligi va boshqalar u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ma’lum 
ekin (nav)ning aniq ekologik sharoitda o’sish muhitini maqbullashtirish uchun 
o’simlikshunos bu omillarni xolatini hisobga olmog’i zarur. 
K.A.Timiryazev bu to’g’rida shunday yozadi: “xechqaerda ehtimol, hech 
qanday faoliyatda muvaffaqiyat uchun shunday ko’p turli sharoitlarni, 
ma’lumotlarni solishtirib tanlab olish, zarur bo’lmasa kerak, bunda bir tomonlama 
xulosaga kelish bir sohada dehqonchilikdagi kabi yirik muvaffiyatsizlikka olib 
kelmaydi”. 



O’simlikshunoslik fan sifatida fundamental, amaliy –o’zaro yaqin fanlar 
bilimlarini uyg’unlashtiradi.
O’simlikshunoslikni fan sifatida diqqat markazida o’simlik va uni biologik 
talablari turadi. O’simlik o’stirishdan maqsad – hosil va uni sifatidir. Xosil va uni 
sifatiga tashqi muxit omillari tuproq va texnologiya orqali ta’sirida ko’rinadi.
O’simliklar biologiyasini bilish uchun, botanika, o’simliklar fiziologiyasi va 
biokimyosi, genetika, selektsiyava urug’shunoslik fanlarini bilishlozim bo’ladi. 
Ekinning biologik talablarini ta’minlash, o’sish sharoitini maqbullashtirish uchun 
tuproq haqida ma’lumotga ega bo’lish, buning uchun geologiya, mineralogiya
tuproqshunoslik, mikrobiologiya, agrokimyo, gidrologiya kabi fanlarni o’rganish 
bulardan tashqari meteorologiya, geodeziya, yer tuzish, ekologiya, dehqonchilik 
fanlaridan bilimga ega bo’lmoq zarur. Madaniy o’simliklarni zararli 
organizmlardan ximoyalash uchun entomologiya, fitopotologiya, o’simliklarni 
ximoyalashning biologik va kimyoviy usullarinio’rganish zarurdir.
O’simlikni o’sish sharoitlari texnologiyalar yordamida boshqariladi. Bunda 
o’simlikshunoslik maxsulotlari yetishtirishni iqtisodiy tomonlari – iqtisodiyot,
tashkil etish va boshqarishni bilish talab etiladi. yetishtirilgan hosil qayta ishlanib, 
iste’molchiga yetkazilishi kerak. Bu fanlarni barchasini o’zlashtirish uchun 
matematika, fizika, noorganik, organik, analitik, fizik va kalloid kimyo fanlaridan 
yetarli ma’lumotlarga ega bo’lish kerak.
SHunday qilib, o’simlikni o’sishi, rivojlanishini hosilni miqdori va sifatini 
boshqarish bilimni yaxshi egallash uchun ko’p fundamental va amaliy fanlarning 
bilimlarni uyg’unlashtirish zarurdir.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish