N. A. Egamberdieva



Download 6,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/99
Sana16.01.2022
Hajmi6,31 Mb.
#373528
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99
Bog'liq
2 5278661355363112465

gadan
 ortiq boMgan.  Ark devorining balandligi  8  metr, 
pastdan  eni  3  m etrdan  ortiqroq  qilib  tiklangan.  Shahar  arkida  2  ta 
darvoza  boMgan.  A rk  va  undagi  binolari  pishiq  gMsht  va  xom  gMshtdan 
qurilib,  bezashda  m arm ar tosh,  ganch, yog‘och  hamda  turli  xil  sirlangan 
koshinlardan  keng foydalanilgan.


Arkda  hukumat  idoralari,  masjid  va  madrasalar,  shohona  uy-joylar, 
15  ming jildli  noyob  kitoblami  o‘zida jam lagan  ulkan  kutubxona,  Am ir 
Temuming  xazinasi, 
taxti, 
zarbxona, 
aslahasozlik 
ustaxonalari, 
hammom,  hovuz,  zindon  va  boshqa  binolar  joylashgan.  Shuningdek, 
unda  madaniy-maishiy  binolar,  suv  inshootlari,  yashil  zona,  gulzorlar, 
hunarmandchilik  ustaxonalari,  do‘konlar  va  savdo  rastalari  tartib  bilan 
joylashtirilgan.  Ark  ichida  davlatning  asosiy  qarorgohi  bo‘lgan 
Ko‘ksaroy hamda Bo'stonsaroy  joylashgan.
K o‘ksaroy  tuzilishi  jihatidan  to‘rt  qavatli  boMib,  go‘zal  naqshlari 
betakror  boMgan.  Ushbu  saroyning  bezaklarida  ko‘k  zangori  rangdagi 
sirkor  koshinlar  ko‘p  ishlatilganligi  sababli  K o‘ksaroy  deb  ataganlar. 
Unda  saltanatning  muhim  tadbirlari  oMkazilgan.  Jum ladan,  xonni  taxtga 
oMqazish yoki  uni taxtdan olish kabi marosimlar, elchilar,  shahzodalami, 
oliy  maqomdagi mehmonlami shu saroyda qabul  qilganlar.
Bo‘stonsaroyda  asosan  hukmdorlaming  yaqin  kishilari,  vazirlar, 
ularning  oila  a’zolari  yashaganlar.  Shuningdek,  bu  erda  turli  tadbirlar -  
bazm  va  to‘y-tomoshalar,  oliy  martabali 
kishilam ing  tantanali 
uchrashuvlari oMkazilgan.  Elchi va mehmonlar shu erda qabul qilingan.
Samarqand  shahri  darvozalari  6  ta  boMgan.  Ulardagi  peshtoqlarning 
ikki  tarafida  mustahkam  minoralar  boMgan,  devorlari  esa  turli  ranglar- 
dagi  naqshlar bilan bezatilgan
Rabotda turli-tuman  kasbdagi  hunarmandlarning  mahallalari  boMgan. 
Shahar  tashqarisida  Temur  BogM  Naqshi 
Jahon  (Cho‘pon-O ta 
yonbagMrlarida),  BogM  Baland(hozir  shu  nomli  m ahalla  o‘mida),  BogM 
Shamol  (hozir shu nomli  daha o‘mida),  BogM  Behisht,  BogM Nav (qal’a 
yonida),  BogM  Chinor,  BogM  Dilkusho,  BogM  BoMdu,  BogM  Zag‘on, 
BogM  amirzodai  Shohruh,  BogM  Davlatobod,  BogM  Jahonnoma  kabi 
bog*  va charbogMami  bunyod qildirgan.
Shahar XVIII  asm ing 20 yillarida shahar inqirozga uchrab, uzoq  vaqt 
bo‘shab  qoldi.  Shahardagi  me’moriy  yodgorliklar, jum ladan,  darvozalar 
ham harobaga aylangan.
Samarqandni  arxeologik  jihatdan  o ‘rganish  ishlari  XlX-asm ing 
oxirlarida  boshlangan.  1895  yilda  sharqshunos  olim   V.V.Bartoldning 
tashabbusi  bilan tuzilgan «Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi» 
a ’zolari  Samarqanddagi  Afrosiyobni  ko‘p  asrlar  xazinasi  deb  qarab, 
unda  keng  koMamdagi  arxeologik  qazilma  ishlarini  olib  bordilar. 
V.L.Vyatkin,  N.I.Veselovskiylar  o'tkazgan 
arxeologik  qazilmalar 
natijasida turli  holdagi  qadimiy  buyumlar topilib,  m uzeyga  berildi.  1908 
yilda  V.L.Vyatkin 
Samarqand  chekkasida  joylashgan  U lu g'bek


rasad xonasining  o ‘m ini  aniqladi  va  qazish  ishlarini  o‘tkazdi.  Natijada 
rasadxona  harobasi  ham da  uning  er  ostidagi  butun  qolgan  qismi  qazib 
ochildi.
Keyingi  davrlarda  ham  Samarqand  hududida  arxeologik  tadqiqot 
ishlari  keng  k o ‘lam da  davom  etdi.  2001  yilda  YUNESKOning 
Finliyandiyada  o'tkazilgan  25-sessiyasida  Jahon  merosi  ro‘yxatiga 
kiritildi.  Sam arqandda  73  ta yirik tarixiy-me’moriy yodgorliklar  mavjud 
bo‘lib,  bular;  R egiston  ansambli,  Shohi  Zinda  ansambli,  Amir  Tem ur 
maqbarasi,  U lu g 'b ek   rasadxonasi,  Bibixonim  jom e  masjidi,  Ruhobod 
maqbarasi,  A bdidarun  majmuasi,  Hoja  Ahror  masjidi,  Hazrati  Xizr 
masjidi va boshqalar.
Amir  T em ur  davrida  qurilgan  bino  va  chorbog1 laming  ko‘pgina 
qismi  bizning  davrim izgacha  saqlanmagan.  Saqlanib  qolganlari  ham 
o ‘sha  davr  m e’m orchiligining  yuksakligini  ko‘rsatib  turibdi.  Bular 
jumlasiga,  Shohi  Zinda  yodgorligi,  Bibi  Xonim   masjidi,  maqbarasi  va 
madrasa qoldiqlari,  Ruhobod  (Shayh Burxoniddin  Sag‘oijiy  maqbarasi), 
G o‘ri  Amir ansam blining asosiy qismi,  Sharisabzdagi  Oqsaroy,  Jahongir 
maqbarasi,  Sham siddin  kulol  maqbarasi,  Turkistondagi  X o‘ja   Ahmad 
Yassaviy xonaqohlarini kiritish mumkin.
Tem uriylar  davri  shaharsozligini  o ‘rganish  shuni  ko‘rsatdiki,  ular 
ko‘p  asrlik 
m e’m oriy  an’analarni  davom  ettirganlar.  Bu  davrda  ham 
shaharlar  to ‘rtburchak  shaklda  qurilgan  bo‘lib,  mustahkam  m udofaa 
devoriga,  burj  va  darvozalarga  ega  boMgan.  Har  bir  shaharda  ark  va 
hisor boMgan.  U ning  markaziy qismida, y a’ni  ko‘chalar kesishgan joyda 
yopiq  savdo  gum bazlari  boMgan.  Juma  masjidlari  shahar bozoriga yaqin 
joylashtirilgan.  M adrasalarning  oldida  ham  keng  maydon  tashkil 
qilingan.  H unarm andlarning 
o ‘z  sohalari  b o ‘yicha  ixtisoslashi  va 
aholining tabaqalarga  boMinib yashashi  shahaming daha va mahallalarga 
boMinishiga  olib  kelgan.  Bosh  ko‘chalarda  hunarmandchilik  va  savdo 
rastalari  boMgan.
Aholining  tu rar joylari  ilk  o ‘rta  asrlardagidan  farqli  ravishda  hovlili, 
bolaxonali  va  darvozali  qilib  qurilgan.  Qurilish  materiali  sifatida  xom 
gMsht  va  paxsa  ishlatilgan.  Pishiq  gMsht  poydevorlariga  va  hovlining 
yuzasiga  ishlatilgan.  Bu  davrlardagi  turar joylarning tuzulishi  ko‘pincha 
o ‘sha  davrda  yaratilgan  m o” jaz 
tasviriy  san’at  asarlaridan  olingan. 
Shuning  uchun  oddiy  aholining  turar joylari  haqida  ma’lumotlar  etarli 
emas.
Temur  davrida  bunyod  etilgan  qasrlardan  Shahrisabzdagi  O q  saro y  
bir  muncha  saqlanib  qolingan.  Bu  qasr  Shahrisabz  arki  hisoblanadi.


Saroyning  qurilishi  1380  yilda  boshlanib,  pardoz  ishlari  1404  boMgan. 
Uning  ikkita tayanch  qismi  bugungi  kungacha  saqlanib  turibdi.  Shuning 
o ‘zi  ham  bu qurilgan  imoratning salobatli  boMganligidan  darak yilgacha 
davom  ettirilgan.  Qasrga  kirish  qismida  ulkan  va  bejirim   peshtoq  berib 
turibdi.  Peshtoq  ustunlari  girih,  islimiy va hattotlik naqshlari  bezatilgan. 
0 ‘ng  ustunga  Temurga  bag‘ishlangan  tarixiiy  lavha  oltin  suvi  bilan 
yozilgan.
Temuriylar  davri  shaharsozligida  bozor  v a  savdo  inshootlari 
qurilishlariga ham  katta e’tibor berilgan.  Bular to ‘g ‘risida Ispaniya qiroli 
Karl  Illning  Temur  saroyidagi  elchisi  Rui  G onzales  Klavixo  asarida, 
«Bobumoma»  kabi  o ‘sha  davr  qoMyozma  asarlarida  maMumotlar 
saqlanib  qolgan.  Ularda  ochiq  bozorlar  bilan  bir  qatorda  rasta,  chorsu, 
tim va boshqa usti yopiq savdo  inshootlari to‘g ‘risida yozib qoldirilgan.
Temuriylar  davrida  bunyod  etilgan  eng  noyob  inshootlardan  biri 
Ulug‘bek  rasadxonasidir.  U  1424  yilda  Obi  R ahm at  arigM  yonida,  osti 
tog‘  jinsli  toshlardan  iborat  tepalik  ustiga  qurilgan.  Rasadxona dumaloq 
shaklda  boMib,  diametri  48  metr  boMgan.  A bdurazzoq  Samarqandiy  uni 
etti  qavatli,  Bobur  esa, 
uch  oshyonali  deb  yozadi. 
Arxeolog 
V.L.Vyatkin  tomonidan  rasadxonaning  poydevori  va  asosiy  asbobi- 
Faxriy  sektanti  joylashtirilgan  chohi  qazib  o ‘rganilgan.  Bu  choh 
aylananing  oltidan  bir  qismi  erga  o ‘yib  yasalgan.  Uning  ikki  hoshiyasi 
marmar  bilan  pardozlanib  gradus,  daqiqa,  soniyalar  tushirilgan.  Bino 
pishiq gMshtdan  ishlangan.
Temur davrida  bunyod  etilgan  madrasalaming  maMum  bir qismigana 
saqlanib  qolgan,  ular  to‘g ‘risida  tadqiqotchilar  o ‘rtasida  turli  xil  fikrlar 
mavjud.  Ulug‘bek  davrida  bunyod  etilgan  m adrasalar  yaxshi  saqlanib 
qolgan.  Samarqandda  1417-1420  yillarda  qurilgan  madrasa  boshqa 
madrasalardan  qurilishi  va  bezalishi jihatdan  alohida  ajralib  turadi.  Bu 
madrasaning  tomonlari  81x56  metmi  tashkil  etgan.  T o‘rt  burchagida 
minora boMgan.  Binoning old tomonida peshtoq  qurilgan.  Hovli  atrofida 
28  ta  hujra  ikki  qavatli  tarzda  joylashgan  va  hujralam ing  har  biri  ikki 
boMimli  boMgan.  M adrasa  hovlisida  4ta  ravoqli  ayvon  bor.  Uning  3tasi 
yozgi  darsxona  vazifasini  o ‘tagan.  Bosh  peshtoq  tomonida  joylash- 
ganlari  esa,  qishki  darsxona  vazifasini  o'tagan.  Hovli  to‘rida  masjid 
joylashgan.  Binoning  tashqari  qismi  girih  va  hattotiy  naqshlar  bilan 
koshinlangan.  Peshtoq  10  yulduzli  girih,  bosh  ravoq  cheti  morpechdan 
iborat.  Flovli  ichidagi  ayvonlar,  hujra  peshtoqlari  girih,  islimiy  va 
hattotiy naqshlar bilan  bezatilgan.


Ulug‘bek  tom onidan  1417  yilda  Buxoroda  qurilgan  madrasaning 
kom pozitsion  echim i  birmuncha  oddiyroqdir.  Unda  bir  qishki  va  ikkita 
yozgi  darsxona  m avjud.  Hujralar  ikki  qavat  qilib  qurilgan  bo‘lsa  ham, 
bosh  peshtoq  tom onidagi  hujralar ko‘cha tomonga  qaratilgan.  Binoning 
to ‘rt burchagida  m inora emas,  guldastalar o'm atilgan.  Shu  madrasaning 
darvozasida 

Download 6,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish