N. A. Egamberdieva



Download 6,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/99
Sana16.01.2022
Hajmi6,31 Mb.
#373528
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Bog'liq
2 5278661355363112465

№ Davr xususiyatlari
Paleolit
Mezolit N eolit
Eneolit
Bronza
1
Dehqonchilik
 
vujudga kelgan
2
0 ‘q -yoy ixtiro
 
qilingan
3
Muzlik davri
 
hukmron boMgan
4
Sun’iy olov ixtiro
 
qilingan
5
Sopol  ixtiro
 
qilingan
6
Odamlar g ‘orlarda
 
yashagan
7
Chorvachilik
 
vujudga kelgan
8
Odamlar
ko‘chmanchi  hayot
 
kechirishgan
9
Neandertal  odam
 
yashagan
10 Ijtimoyi tengsizlik
 
vujudga kelgan
u
Mikrolit qurollar


ishlab chaqarilgan
12
Sug‘orma 
dehqonchilik 
vujudga kelgan
13
Bug‘ular ovlangan
14
Ilk shaharlar 
vujudga kelgan
15
Mis ixtiro qilingan
16
Makrolit qurollar 
ishlangan
17
Nukleuslar
ishlangan
18
Mustahkamlangan 
qishloqlar v/k
19
Patriarxat davri 
boshlangan
20
Qoya tosh suratlar 
ko‘p ishlangan
9-12 to‘g‘ri javob "qoniqarli" 
13-16 to‘g‘ri javob  "yaxshi" 
17-20 to‘g‘ri javob  "a’lo"


IV BOB.  Q A D IM G I VA 0 ‘RTA ASRLAR DAVRI M ADANIYATI
l-§ . Qadimgi davr  madaniyati
Qadimgi  davrda  ijtimoiy  -   iqtisodiy  taraqqiyotida  tub  o ‘zgarishlar 
sodir  bo‘lgan.  Bunda,  birinchi  navbatda  ishlab  chiqarish 
usuli  va 
mulkchilik  shakllari  tubdan  o ‘zgargan.  Bu  tem ir  davri  jam iyatining 
rivojlanishi  asosida vujudga kelgan  boMib, jam iyatda shaharlar,  davlatlar 
va  jahon  im periyalari  tarkib  topgan.  Aholi  o'rtasida  tabaqalanish 
kuchaygan.  Zodagonlar,  qohinlar,  jangchilar,  hunarmandlar,  dehqonlar, 
chorvadorlar  patriarxal  oilaning kichik  a’zolari -  xizmatkorlar «qulllar» 
-  jam iyatning asosini tashkil etgan.  Lekin qulchilik hamma  mamlakat va 
halqlarda  ham   bir  xil  taraqqiy  etmagan.  Ular  Yunoniston  va  Rimda 
o‘zining  eng  rivojlangan-klassik  shakliga  ega  boMgan.  Bu  mamla- 
katlarda  ishlab  chiqarish  usulining  asosini  qullar  mehnati  tashkil  etgan. 
Qullar  xuddi  jonli  buyum  tariqasida  foydalanilgan.  Ularning  hech 
qanday  huquqi  boMmagan.  Ular  eng  ogMr  ishlarda  betinim  ishlashga 
majbur etilgan.
0 ‘rta  O siyoda  esa,  ishlab  chiqarishning  asosini  erkin  dehqon 
jam oalari  tashkil  etgan.  Qul  nomi  ostida  yuritilgan  xonadon  xizmat- 
korlari  m ehnatidan  esa,  faqat  uy  yumushlarini  bajarishda  foydalanilgan 
va  ularga  oilaning  kichik  a’zosi  sifatida  qaralgan.  0 ‘rta  Osiyoda  uy 
qulchiligining vujudga kelishini  tabiiy  iqtisodiy  sharoit taqoza etgan.  Bu 
asosan,  su g ‘orm a  dehqonchilik  xo‘jaligi  bilan  bogMiq.  To‘g ‘onlar, 
ariqlar,  kanallarni  qurish va  tozalab  turish  kabi  ishlami  faqat jam oaning 
erkin,  o‘z  m ehnatidan  manfaatdor  aholigina  bajara  olgan.  Bu  ishlami 
bajarishda sustkashlik,  loqaydlik, beparvolikka yoM  qo‘yib  boMmagan.
Arxaik  davr  taraqqiyoti  miloddan  aw alg i  VI  asrda  dunyodagi 
birinchi 
i m p e r i y a g a  
asos  solgan  Erondagi  ahamoniylar  sulolasi  tarixida 
aks  etgan.  U lar  o ‘zlariga qaram  oMkalar to‘g ‘risida ko‘plab  m a’lumotlar 
qoldirganlar.  Ular jum lasiga Bexistun qoya toshlaridagi  tasvirlar, Naqshi 
Rustam  va  Persepol  saroyidagi  tasvirlami  keltirish  mumkin.  Ularga 
bo‘ysungan  m am lakatlarda  ahamoniylar  madaniyatiga  xos  boMgan 
moddiy  m adaniyat  izlari  topilgan.  Shuningdek,  imperiyada  yagona  pul 
tizim i(darik),  yagona  aloqa  tizimi  va  diniy  e’tiqod(zardushtiylik)


shakllantirilgan.  Buyuk  ipak  yoMining  dastlabki  shahobchasi  «Shoh 
yuli» xuddi shu davrda o ‘z faoliyatini boshlagan.
Ahamoniylar  imperiyasi  200  yilcha  hukmronlik  qilgan.  M il.aw .IV  
asrda  jahon  sahnasida  yunon-m akedonlam ing  gegemonligi  ko'rina 
boshlaydi. 
M il.aw .V II-IV   asrlarda  yuksak 
m adaniyat  yaratgan 
yunonlar,  m il.aw .IV   asrda  Makedoniyali 
A leksandr  tomonidan 
bo'ysundiriladi  va  u  boshka  xalqlami,  shu  jum ladan,  ahamoniylar 
imperiyasini  ham  o ‘ziga  bo‘ysundirib,  ikkinchi  jah on  imperiyasini 
tashkil  etadi.  Shu  tariqa  Aleksandr  Makedonskiy  tobe  qilgan  xalqlarda 
yunon  madaniyati  kirib kela boshlaydi.
M il.aw .IV   asrdan  boshlab  yunon  tangalari  jahon  savdosida  etakchi 
o'rinni  egallaydi.  Qadimgi  davrda tanga m il.aw .  VII  asr boshida Kichik 
Osiyodagi  Lidiyada  paydo  boMgan  va  shu  davrdan  tanga  pullar  ishlab 
chiqish  Yunoniston,  Mesopotamiya,  Eron,  M isr  va  boshqa  davlatlarga 
yoyilgan.  Qadimgi  davrda  tanga  pullar  uch  xil  m etall-oltin,  kumush  va 
misdan  ishlangan,  ulardan  kumush  keng  iste’m olda boMgan.  Lidiy  halqi 
yaratgan  tangalar  dumaloq  yoki  tuxumsimon  shaklda  boMib,  ularga 
davlat  tam g‘asi  bosilgan.  Yunonlarning  pullarida  esa,  badiiy  jihatdan 
tasvirlar  mukammal 
bo'rttirib  ishlangan.  Ularga  k o ‘proq  mifologik 
suratlar ishlangan.  Shuningdek,  har bir mamlakatning o ‘z tangalari  ham 
boMgan.  Ularda  ko‘pincha  o‘z  podshosining  surati,  uning  nomi  va  ular 
e’tiqod qiladigan xudolar tasviri  boMgan.
Qadimgi  davrda  dehqonchilikning  rivojiga  alohida  e ’tibor  bilan 
qaralgan.  Erga  asosan  omoch  va so‘qa  bilan  ishlov  berilgan.  Pantikapey 
tanga  pullarida so‘qaning tasviri  ham  saqlanib qolgan.  Uning tishi  yotiq, 
shoti  egri  va  qoM  ushlaydigan  dastasi  tikka  qo ‘yilgan.  S o‘qa  va  omoch 
temirdan  ishlangan.
Don  dastlab  yorg‘uchoqlarda  yanchilgan,  antik  avtorlam ing  maMu- 
motlariga  ko‘ra,  yorg'uchoqlarda  cho‘rilar  ishlagan.  N eolit  davridan  to 
antik  davrgacha  yorg‘uchoqlar  deyarli  o'zgarm agan.  M il.av.IV-IlI 
asrlarda  qo‘l  tegirm oni  tarqalgan.  U  Italiyada  ixtiro  qilingan.  QoM 
tegirmon  ustm a-ust  qo‘yilgan  ikkita  yumaloq  yassi  toshdan  iborat 
boMib,  bu  toshlami  aylantirib,  un  tortganlar.  Uning  pastki  toshi  qavariq, 
ustidagi  botiq  boMib,  ikki  tosh  o'rtasiga  don  sekinlik  bilan  to‘kib 
turilgan.  Kichikroq  tegirmonlar  qoM  bilan  aylantirilgan,  kattalarini  esa, 
cho‘ri  yoki  hayvonlar 
aylantirganlar.  M il.aw .  II  asrga  kelib,  qoM 
tegirmonlari  deyarli  barcha  mamlakatlarga  tarqalgan.  M il.aw .  I  asrda 
suv  tegirmoni  Rimda  ixtiro  qilingan,  lekin  u  keng  tarqalmagan.


U  bizning  davrim izgacha  saqlanib  qolmagan.  Faqat  antik  davr  muallif- 
lari asarlarida yozib qoldirilgan.
Q adim gi  davrda  sopol  buyumlari  ishlash  texnikasi  takomillashgan. 
Y unonistonda  o ‘ziga  xos  idishlar  ishlangan.  A m fora  (ko‘za)  eng  ko‘p 
ishlatadigan  idish  boMgan.  Amforaning  og‘zi  tor,  tagidan  yuqoriga 
tomon  kengaytirilib  ishlangan,  ikkita  dastasi  boMgan.  Uning  ichiga  har 
xil  narsalar  solib  tashiganlar.  K o‘proq  don,  vino,  yog1,  suv,  baliqlar 
solingan.  K em alam ing  katta  kichikligi  ularga  siqqan  am foralar  soni 
bilan  belgilangan.  Don,  vino  va  suv.  saqlashda  yana  -   pifos  degan 
idishdan  ham   foydalanganlar.  Bu  katta  sopol  xum  boMib,  unga  bemalol 
odam  ham   siqqan.  K atta  pifoslar  erga  ko‘milib,  undan  ombor  sifatida 
foydalanganlar.
Y unonlar 
sopol 
idishlami 
kulolchilik 
charxida 
ishlaganlar. 
R o‘zg‘orda  ishlatadigan  idishlar yaxshi  pishirilgan,  ularning ranggi  sariq 
va  pushti  rang  boMgan.  Sopol  idishlarga  turli  badiiy  bezaklar  berilgan. 
Badiiy  sopol  buyum lar  naqsh  solishdan  oldin  va  naqsh  solingandan 
keyin ham   ikki  m arta pishirilgan.
M il.aw .V I 
asrda  yunonlarda  sopollarga  q o ra  lak   bilan  ishlov 
berish  keng  tarqalgan.  Idishlarda  mifologiyaga  doir  yoki  hayotdan 
olingan  turli  xil  m anzaralar tasvirlari  ishlangan.  M il.aw .V -IV   asrlarda 
qizil  s u ra tli  v a z a la r  keng  tarqalgan.  Bunda  idish  butunlay  qora  lak 
bilan  bo‘yalib,  suratlar  va  atrofdagi  naqshlar  sopolning  tabiiy  rangida 
qoldirilgan.  M ifologik  va  realistik  mavzular  nihoyatda  aniq  va  nafis 
chiziqlar bilan  ishlangan.  M il.aw .IV   asrdan  sopol  buyumlarni  bezashda 
oq,  qizil,  yashil  va  ko ‘k  bo'yoqlar  bilan  ham  ishlov  berganlar.  Badiiy 
sopol  buyum lar  ayniqsa,  olimpiada  g ‘oliblariga taqdim  etilgan.  U  oddiy 
amforaga  o ‘xshatib  ishlangan,  lekin  qaysi  sport  turi  g‘olibiga 
moMjallagan  boMsa,  shu  sport  turining  tasviri  tushirilgan.  Jumladan, 
mushtlashish,  yugurish,  nayza  otish  o ‘yinlari  va xk.  Shuningdek,  ularda 
m a’buda A fina tasviri  ham tushirilgan.
Rim 
im periyasi 
davrida  sopol  buyumlariga 
bezak 
berishda 
o ‘zgarishlar kuzatiladi.  Ular idishlarni  qizil  lak  bilan  qoplashgan.  Naqsh 
va  suratlar  esa  b o ‘rtm a  tarzda  aniq  ishlangan.  Ko‘pincha  meva,  gul  va 
barglar tasviri  berilgan.
Shisha  buyum lari  ishlab  chiqarish  ham  qadimgi  davrda  rivojlangan. 
S hisha  bronza  davrida  M isrda  ixtiro  qilingan.  Misrning  shisha 
munchoqlari  bu  davrda ham  haridorgir boMib,  u  suv yoMi  orqali  Evropa, 
Rossiya,  0 ‘rta O siyo xudularigacha tarqalgan.


Yunonlar  va  rimliklarda  kitoblar  ko‘pincha  o‘ram  shaklida  boMgan. 
Ular  ikki  xil  materialga:  papirus  va  pergamentga  yozganlar.  P ap iru s 
M isrdan  keltirilgan.  Papirus  nil  o'sim ligi  boMib,  uning  poyasi  qat-qat 
bo‘lib,  qatlarga  ajralgan.  Uning  qatlamlari  dum alatib  siiliqlangan. 
N atijada  qog‘ozga  o‘xshagan  sarg‘ishroq  pishiq  narsa  hosil  boMgan. 
Yozish  uchun  ishlatadigan  materiallarning  ikkinchi  xili  uy  hayvonlari 
terisidan  ishlangan.  Bu 
Kichik  Osiyodagi  Pergam  shahrida  kashf 
qilingan va  uning nomidan  perg am en t so‘zi  kelib  chiqqan.  Keyinchalik 
Rimda  o ‘ram  shaklidagi  kitoblar  bilan  birgalikda,  hozirgi  kitoblarga 
o ‘xshash  kitoblar ham paydo boMa  boshlagan.
Qadimgi  davrda  murakkab  geometrik  bezaklami  ishlashda  sirk u l 
ishlatilgan.  U  dastlab  ikki  daryo  oraligMda  kashf etilib,  Yunoniston  va 
Rimda  keng  ishlatilib,  takomillashtirilgan.  Italiyada  esa,  mashstablarini 
ko‘paytirish  va  kamaytirish  uchun  ishlatiladigan  p ro p o rsio n a l  sirk u lla r 
ham  topilgan.  Bu  sirkullaming  hammasi  hozirgi  zam on  sirkullariga 
o ‘xshab ketadi.
Rim  imperiyasi  davrida baliqchilik, dehqonchilik,  vinochilik,  sohalari 
rivojlangan.  Vino  ishlab  chiqarishda  presslardan  foydalanilgan.  Rim 
avtorlaridan  Vitruviy  b u ram a  va  ricliagli  p re ssla r  haqida  yozib 
qoldirgan.  Ular bulardan  tashqari  o ‘roq  m ashina  va suv  teg irm o n i  ham 
ixtiro  qilganlar,  lekin  ularning  qiymati  qul  m ehnatidan  qimmat 
tushganligini  sababli,  Rimdan tashqarida  keng yoyilmagan.  Mil.  I  asrda 
Italiyada  deraza  oynasi  ixtiro  qilinadi.  U  tezlik  bilan  o b -havo si  yomon 
hududlarga tezlik bilan yoyiladi.
Qadimgi  davr  ijtimoiy,  iqtisodiy  taraqqiyotida  Eron,  Yunoniston  va 
Rim  muhim  o ‘rinni  egallagan.  Ularning  madaniy  sohada  qoMga  kiritgan 
yutuqlar iqtisodiy va  madaniy aloqalarning rivojlanishi  natijasida boshqa 
xalqlarga  ham  yoyilgan  va  bu  ularning  madaniy  rivojlaniishda  muhim 
o ‘rinni  egallagan.
Qadimgi  davrda  0 ‘zbekiston  hududida  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  mada­
niy jihatdan  katta o‘zgarishlarsodir boMdi.
0 ‘zbekiston  tarixining qadim gi  d av ri  mil.avv.  VI  a s r d a n   -  mil.  IV 
gacha  davom  qilgan.  Bu  davrda  0 ‘zbekistonning  m oddiy  madaniyati 
rivojiga  ahamoniylar,  yunon-makedonlar,  kushonlar  m adaniyati  sezilarli 
ta ’sir ko'rsatgan.
0 ‘zbekistonning qadimgi  davri  ikki  bosqichga boMib o ‘rganiladi:
1-bosqich  miloddan  oldingi  V I-IV  
asrlar  boMib,  u  arxeologik 
adabiyotlarda arxaik d a v r deb beriladi.


2 -b o sq ic h   miloddan  oldingi  IV   asrdan  mil.  IV  asrgacha  davom 
qiladi v a a n t ik  d a v r deb aytiladi.
Q adim gi  davrda 0 ‘zbekistonda yirik qal’a-shaharlar vujudga kelgan. 
Ularning  m arkaziy  binolari  -  ark  va  ibodatxonalar  hisoblanib,  ular  turli 
haykallar  va 
devoriy  suratlar  bilan  bezatilgan.  Ark  va  shahriston 
m udofaa  inshootlari  bilan  mustahkamlangan.  Diniy  e’tiqodlar  bilan 
bog‘liq  yangi  tipdagi  binolar -  nauslar qurilgan.  Qadimgi  davrga  kelib 
shaharlar nihoyatda tez o‘sgan.
Ilk  shaharlar  dehqonchilik  vohalari  markazlarida  ibodatxonalar 
atrofida  shakllangan.  Shaharlar  ishlab  chiqarishning  markazi  boMgan. 
U  erda  hunarm andchilik,  savdo, 
diniy  e ’tiqod  va  boshqaruv  bilan 
bogMiq  boMgan  binolar  bunyod  qilingan.  Shu  paytdan  boshlab  ilk 
shaharlarda  davlatchilik elem entlari shakllana borgan.
S haharlar  quyidagi tashqi  xususiyatlariga ega boMishi kerak:
1.  B aland  binolar  -  ark,  ibodatxonalar  va  aholining  zich  qurilgan 
uylari;
2.  B urj,  mustahkam   darvoza,  shinaklarga  ega  boMgan  baland,  qalin 
m udofaa devorlar;
3.  Shaharda  keng 
ko‘chalar  va  kanalizaciya  sistemasi  boMishi 
lozim.
M il.a w .  VI  asrda  0 ‘zbekiston  hududida  ilk  davlat  uyushmalari 
« K a tta   X o ra z m »   q a b ila la r  konfederaciyasi  va  Q adim gi  B aq triy a 
p od sholigi mavjud boMib, ular o ‘ziga xos  madaniyatni  shakllantirganlar. 
Ilk  davlatlar  keyinchalik  Ahamoniylar  imperiyasi  tarkibiga  kirgan 
boMsalarda,  madaniy  rivojlanishda  mahalliy  elementlar saqlanib  qolgan. 
Faqat  sopol  idishlarining  ishlash  uslublari,  arxitektura  elementlari, 
davlatni  boshqarish tartiblari va pul birliklari  kirib kelgan.
Bu  davrning  madaniy  rivojlanishi  yozma  va  arxeologik  manbalar 
asosida 
o ‘rganilgan. 
Arxitektura, 
hunarmandchilik, 
dehqonchilik, 
zargarlik,  tikuvchilik  va  kulolchilik  kabi  sohalar  rivojlangan.  Surxon- 
daryo,  Qashqadaryo,  Amudaryoning  quyi  oqimi,  Zarafshon  vodiylarida 
yirik  hunarm andchilik 
markazlari  vujudga  kelgan.  Arxeologlar  shu 
hududlardan yirik qal’alarning  izlarini  topishgan.  Shulardan  biri  qadimgi 
Sam arqand  -   Smarakansa  ning  qadimgi  markazi  A frosiyob  yodgor- 
ligidir.  A rxeologik  tadqiqotlar  natijasida  Afrosiyobdan  mil.  a w .  V I-IV  
asrlarga oid qadimgi  shahar izlari  topilgan.  Uning umumiy  maydoni 219 
gektarni  tashkil  qilgan.  Bu  erdan  sopol  idishlar,  temir  va  bronzadan 
ishlangan  k o'p lab  uy -ro ‘zg ‘or buyumlari  va qurol yarogMar topilgan.


XX  asrning  60-70  yillarida  V.A.Shishkin  va  Y a.G ‘.G ‘ulom ovlar 
rahbarligida  keng  koMamli  arxeologik  tadqiqotlar olib  borilib,  1966  yil­
da  Afrosiyobni  «arxeologik qo ‘riqxona»  deb  e’lon  qildilar.  A rxeologik 
tadqiqotlar  natijasida  shahaming  yoshi,  tarixiy  topografiyasi,  shahar 
tarkibi,  shahar  hayotining  rivojlanish  bosqichlari  va  saroy  qoldiqlari 
ochildi.  Tadqiqotlar  natijasida  1970  yilda  Samarqandning  2500  yillik 
yubileyi  keng nishonlandi.
Mustaqillik  yillarida  arxeologik  va  ilmiy  tadqiqot  ishlarining 
samaradorligini  oshirish  maqsadida  o 'zbek  arxeolog  olim lari  professor 
M.Isomiddinov,  A.Anorboev  va  tadqiqotchi  A.Otaxo‘jaev lar  fransiyalik 
arxeologlar  Pol  Bemar  va  Franc  Grene  bilan  ham korlikda  ishladilar. 
Natijada 
Afrosiyobning  eng  quyi  madaniy  qatlamlarini  o ‘rganish 
jarayonida  er  sathidan  10-15  m.  chuqurlikda  miloddan  avvalgi  IX-VII 
asr o‘rtalariga oid ashyolar topildi;  qoMda yasalgan rangli  naqsh  berilgan 
sopol  idishlaming  parchalari,  7  m etr  qalinlikdagi  guvaladan  tiklangan 
mudofaa  devori  qoldiqlari  va  boshqalar.  Topilgan  ushbu  nam unalar 
Fransiyada  radiokarbon  tadqiqot  usulida  o‘rganildi  va  ular  m iloddan 
avvalgi  VIII  asr,  ya’ni  Samarqandning  2750  yoshga  ega  ekanligi 
isbotlandi.
Qadimgi  Xorazm  hududidan  K o‘zaliqir,  Qal’aliqir,  O ybuyirqal’a  va 
Dingilji  qo ‘rg‘onlari topib o'rganilgan.
K o‘z a liq ir  qal’asi  mil.avv.  VI-IV  asrlarga  oid  yodgorlik  b o ‘lib,  u 
Amudaryoning  chap  sohilida  qadimgi  Xorazm  hududida  joylashgan. 
Yodgorlik 
1938  yilda  S.P.Tolstov  rahbarligidagi  Xorazm   arxeologik 
ekspeditsiyasi  tomonidan  topilgan.  Umumiy  maydoni  25 
ga
  dan  ortiq. 
YoMaksimon,  burj  va  shinaklari  boMgan  mustahkam  m udofaa  devori ga 
ega  boMgan.  Ko‘zaliqirda  stansionar  arxeologik  tadqiqotlar  1953  yilda 
boshlanib,  XX asrning 80-yillarigacha davom etgan.
Yodgorlikni  dastlab  tadqiq  qilganda,  yoMaksimon  m udofaa  devori­
ning  janubiy  ichki 
qismidan 
madaniy  qatlam  topilgan  va  uni 
arxeologlar,  aholining  yashash  joylari  deb  taxmin  qilganlar.  Q al’aning 
markaziy  qismi  tekislik  boMib,  hech  qanday  madaniy  izlar  topilm agan. 
Shuning  uchun  S.P.Tolstov  q al’ani  «devorlari  ichida  odam   yashay- 
digan  qal’a»  sifatida  ta’riflagan.  Lekin  XX  asrning  70-80  yillarda  olib 
borilgan  arxeologik  tadqiqotlar  natijasida  qal’aning  sharqiy  tom onida 
temirchilik  ustaxonasi,  markaziy  qismidan  1 
ga
  maydonni  egallagan 
saroy  qoldiqlari  topilgan.  Saroydan  20dan  ortiq  xonalar,  qal’aning 
shimoliy 
qismidan  o‘ziga xos  3  minorali  bino  topilgan.  Shuningdek, 
bu  erdan  sopol  buyumlar,  diniy  e’tiqod  bilan  bogMiq  bino  va  buyum lar


ham  topilgan.  Arxeologlar  uni  qadimgi  xorasmiylaming  ilk  shahri  deb 
baholaydilar.

Download 6,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish