N. A. Egamberdieva



Download 6,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/99
Sana16.01.2022
Hajmi6,31 Mb.
#373528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
2 5278661355363112465

«Artefakt» 
-   insoniyat  tomonidan  yaratilgan  moddiy  madaniyat 
obyektlari  sanaladi,  ya’ni  turli  mehnat,  ov  va jangovor  qurollar,  sopol 
buyumlar, turli hunarmandchilik va zargarlik buyumlari, tangalar, uy-joy 
qoldiqlari,  qal’a,  qasr  va  qo‘rg‘onlaming  harobalari,  qadimiy  dalalar, 
ariq  va  kanallaming  izlari,  m ozor-qo‘rg‘onlar  va  boshqalar.  Moddiy 
madaniyat  arxeologiya  fanining  asosiy  tadqiqot  obyekti  bo‘lib,  ularni 
izlab  topish,  yoshini  aniqlash,  tahlil  qilish  va  ilmiy  sistemalashtirish 
asosida  tarixning  umumiy jihatlarini  tiklash  arxeologlar  oldida  turgan 
muhim vazifa hisoblanadi.
Eng  qadimgi  davr  moddiy  madaniyat  buyumlarini 
tadqiq  qilish 
jarayonida  arxeologlar  etnografik  ma’lumotlarga  ham  tayanadilar. 
Afrika,  Amerika  va Janubiy  Osiyo  hududlarida hozirgi  davrda  ibtidoiy 
qabilalar  yashaydi.  Ularning  turmush  tarzi  bilan  o‘tmishdagi  ibtidoiy 
qabilalaming yashash tarzi solishtirilib, tarixiy haqiqat aniqlanadi.
Tarixda  hech  bir  narsa,  hodisa  va  voqea  izsiz  yo‘qolmaydi.  Ular 
haqida  yozma  manbalarda  saqlanmasligi  mumkin,  lekin  moddiy 
madaniyatda 
albatta  iz 
qoladi.  Shulami  topish,  izlash  va  izohlash 
arxeologlar  vazifasi  sanaladi.  Shu  sababdan  arxeologik  tadqiqot  ishlari 
hech  qachon  tugallanmaydi,  chunki  moddiy  manbalarning aksariyati  er 
ostida boMib,  ularni topish mushkul va nihoyatda  ko‘p vaqt talab etadi.
Bugungi  kunda  arxeologiya  sohasi  nihoyatda  kengayib,  murakkab- 
lashib  bormoqda.  Uning  barcha  sohalarini  o‘rganib  chiqishning  o‘zi 
murakkab.  Shuning  uchun  arxeologlar  ma’lum  bir  davr,  ma’lum  bir 
hudud 
yoki 
ma’lum 
bir 
yo‘nalish 
bo‘yicha 
ixtisoslashadilar. 
Arxeologiyaning bir necha tarmoqlari  mavjud:
1.  Ib tid oiy   davr  arxeologiyasi  -  yozyvlargacha  boMgan  davr tadqiq 
qilinadi.  Unda  asosan  mehnat  qurollari  va  tabiiy  muhitni  oM'ganish 
asosida  ibtidoiy odamlarning butun bir yashagan davri qayta tiklanadi.
2.T arix iy  dav r  arxeologiyasi  -  yozma  manbalar  bilan  bogMiq 
boMgan  davrlar tadqiq  qilinadi.  Bunda topilmalar yozma  manbalar  bilan 
solishtiriladi.  Yozma  manbalarda  qayd  qilinmagan  yoki  biror  bir  sabab 
bilan  bo‘rttirilib yozilgan  tomonlarga aniqlik kiritiladi.
3.  0 ‘r ta   a s rla r arxeologiyasi о Mia asrlar davrini o‘rganadi.
4.  0 ‘rta   asrlardan   keyingi  d a v r  arxeologiyasi  o‘rta  asrlardan 
keyingi  davrlardan to  bugungi  kungacha  boMgan  davrlar arxeologiyasini 
o‘rganadi.
Arxeologiyaning quyidagi  yo'nalishlari mavjud:
Geoarxeologiya — tabiiy  muhitni  tuproq  qatlami va tog‘ jinslar orqali 
o ‘rganadilar.


Palinologiya  -  tabiiy  muhitni  o ‘simlik  changlari  orqali  o ‘rganadilar. 
La nils haft  arxeologiyasi  -   o‘tmishda  insonlarning 
tabiatga  qilgan 
ta’sirini  o ‘rganadi,  ya’ni  odamlarning  xo'jalik  faoliyatlarining,  bogMar- 
ning.  park,  qurilgan  binolarning  tabiatga  boMgan  ta’sirini  tadqiq 
qiladilar;
H arbiy  arxeologiya  -   jang  bilan  bogMiq  jaravonlar,  qurollar, 
mudofaa inshootlarini  o'rganadi;
Sanoat  arxeologiyasi  -   texnika  va  ishlab  chiqarish  bilan  bogMiq 
obyektlarni  va ularatrofidashakllangan  manzilgohlarni o‘rganadi;
Suv  ostidagi  arxeologiya  -   Qora  dengiz,  0 ‘rta  er  dengizi  qirg'oq- 
larida joylashgan  va  keyinchalik  suv  ostida  qolgan  shahar  xarobalarini 
o‘rganadi;
Cho‘kkan 
kemalarni  o‘rganish 
arxeologiyasi  -  
cho'kkan 
kemalarni  topish  orqali  kemalar  qanday  qurilganligini,  mamalakatlar 
o‘rtasidagi  aloqalarni  va  mamlakatlaming  iqtisodiy  madaniy  rivojlanish 
darajasini aniqlaydilar;
Shuningdek,  arxeologiyaning  arxebotanika,  arxeozoologiya,  etno- 
arxeologiya,  eksperimental  arxeologiya,  astroarxeologiya  va  boshqa 
tarmoqlari  ham mavjud.
Arxeologiya  fani  murakkab  boMishi  bilan  bir  qatorda,  nihoyatda 
qiziqarli  fan  ham  hisoblanadi.  Er  ostida  yashirinib  yotgan  moddiy 
buyunini  topish,  qayta  tiklash  va  uni  «gapirtirish»  arxeologdan  o‘ziga 
xos  mahoratni  talab qiladi.  Bu  mahorat  esa, yillar davomida  shakllanib, 
rivojlanib, yuksak malaka va tajribaga aylanadi.
Umuman  olganda,  arxeologiyada tarixni  tiklash  ko‘p  vaqt,  ilm,  bilim 
va  mahorat  talab  etsada,  bu yoMda  izlanish  olib  borayotgan  olimlari  safi 
yildan  yilga  kengayib  bormoqda.  Ularning  sa’yi-harakatlari  tufayli 
o‘tmishning 
ko‘plab 
noma’lum 
tomonlari 
ochilib, 
kashfiyotlar 
qilinmoqda.  Bu  esa,  insoniyatning  qoMga  kiritgan  yutuqlarining 
samarasini ko'rsatmoqda.


I  BOB.  ARXEOLOGIYA FANI, UNING VAZIFALARI
 

Download 6,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish