Mavzuni o'zlashtirish yuzasidan qo‘shimcha material:
Arxeolog olimlar eng qadimgi davr xronologiyasini aniqlashda
ko'pincha alp shkalasidan foydalanganlar, ya’ni Alp tog‘ining ko‘tarilish
jarayonida uning tarkibida sodir boMgan tektonik o‘zgarishlar asosida
davrlashtirish ilgari surilgan. Bu uslubni birinchi marta 1909 yilda
A.Penk va E.Breyukner «Muzlik davrida Alp» nomli kitobida ilmiy
asoslab, er yuzida 4 ta muzlik davrini aniqlab berganlar. Lekin XX
asming 20 yillaridayoq olimlar alp shkalasi asosida er yuzidagi barcha
hodisalami davrlashtirish mumkin emasligini anglab etganlar. Lekin,
mazkur uslubdan arxeologik yodgorliklami davrlashtirishda foydalanib
kelingan. Shu jumladan, 0 ‘zbekiston hududidan
topilgan qadimiy
buyumlar ham mazkur shkala yordamida davrlashtirilgan. XX asming
oxirlariga kelib, bu shkalani 0 ‘rta Osiyo mintaqasida qoMlash mumkin
emasligi aniqlandi. Bu masalani OM.Islomov va K.A.Kraxmallar 0 ‘rta
Osiyo hududining geotektonik va geomagnit hodisalarini o‘rganib, 0 ‘rta
Osiyo hududining ko‘p qismi pasttekislikdan iborat boMgani uchun bu
erdagi tuproq qatlamidagi ximik o'zgarishlar,
tog‘ jinslaridagi
o‘zgarishlarga nisbatan sekinroq kechishini isbotlab berdilar. Shuning
uchun, paleolit davri yodgorliklari yoshini 500-600 ming yilga
qadimiylashtirish mumkinligini ilgari surdilar.
Shu bilan 0 ‘zbekiston hududida paleolit davri 1 million yil emas, 2
million yildan kam emas degan g‘oyani ilgari surdilar. Shuningdek,
Fergantrop odamining yoshini 1 mln. 200 yil deb belgiladilar. Biroq
Selungur yodgorligi yoshi va uning topilmalari sanasi masalasida jahon
paleolitshunos olimlari orasida yaxlitlik yo‘q.
Arxeologik manbalami o‘rganishda absolyut va nisbiy yosh
aniqlanadi. Absolyut yosh tabiiy fanlar uslublari-dendroxronologiya,
radiouglerod, kaliy-argon, arxeomagnit, petrografik, agrobiologik,
hayvon suyaklari taxlili va boshqa uslublardan foydalanadilar.
Nisbiy yoshni aniqlashda stratigrafiya va qiyosiy solishtirmalar-
tipologiya kabi uslublardan foydalaniladi. Stratigraflyada madaniy
qatlamning ketma-ketlikda joylashishi o‘rganiladi. Unga asosan
yodgorlik madaniy qatlamining qadimiy deb, yuqori qatlam esa so'nggi
davrga oid deb belgilanadi va shunga asosan xulosa chiqariladi.
Tipologiya uslubida turli joylardan topilgan buyumlar solishtiriladi va
uning ishlanishi texnikasi, tarkibi tekshiriladi. Agarda ular bir xil boMsa,
uni bir davrga oid deb xulosa beriladi. Shu tariqa ibtidoiy qabilalarining
madaniy taraqqiyoti, tarqalgan hududi va ular o'rtasidagi o‘zaro aloqalar
aniqlanadi.
Tarixiy-sistemali uslub asosida paleolit davrida yaratilgan mehnat
qurollari tarkibi va takomillashtirish jarayoniga qarab sistemalashtiriladi.
Shu tariqa bugungi kunda paleolit davrining 3 bosqichi aniqlangan. 0 ‘z
navbatida har bir bosqich alohida xususiyatlarga ega boMgan, o‘zida
davomiylikni aks ettirgan davrlarga ajratiladi.
Paleolit davri tarixiy uslublarining tarixiy-genetik, retrospektiv,
sinxron, diaxron, tarixiy-solishtirish, tarixiy-tipologik va boshqa
uslublaridan foydalangan holda tadqiq qilinadi. Tarixiy-genetik uslubda
tarixiy voqealaming kelib chiqish sabablari va natijalari, o‘ziga xosligi
va umumiyligi taxlil qilinadi. Genetik uslub, o ‘tmishdan bugungacha
rivojini ko‘rsatsa, retrospektiv uslub uning aksini tadqiq qiladi, ya’ni
bugungi kun sabablarini o ‘tmishdan izlaydi. Bugungi kun voqealari
sababini va izohini o‘tmish voqealari asosida bayon qiladi. Sinxron
uslubda bir vaqtda sodir boMgan turli voqealar o ‘rganiladi va ularning
bogMiqlik
tomonlari
aniqlanadi.
Paleolit
davri
yodgorliklarini
davrlashtirishda diaxron uslubda rivojlanishning umumiy jihatlari
aniqlanadi, ya’ni davrlarining o‘ziga xos tomonlari aniqlanib, davrlash-
tirishning umumiy belgilari ishlab chiqiladi. Yana bir uslub-bu
xronologik uslub boMib, bunda tarixiy voqealar ketma-ketlikda taxlil
etiladi. Tarixiy solishtirish uslubida esa, aniq tarixiy voqealar bir biri
bilan solishtirish natijasida bir xillik tomonlari va natijalari aniqlanib,
xulosa chiqariladi. Tarixiy tipologiya uslubida turli xildagi ashyolarning
umumiy xususiyatldari aniqlanib, xulosa beriladi. U ashyolar analizining
mohiyatidir.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |