Mustaqil o`qish uchun:
Arxeologik topilmalarning yoshi qanday aniqlanadi?
Amerikalik olim Libbi 1948 yilda organik kelib chiqishiga ega arxeologik topilmalarning yoshini aniqlashning fizik uslubi–radiouglerod kashf etildi. Bu ilmiy ish uchun u 1960 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi.
Radiouglerod uslubining fizik g`oyasi, arxeologik topilmadagi qoldiq radioaktivlikning o`lchash va uni etalon element faolligi bilan taqqoslashga asoslangan. Uslubning fizik asosi quyidagicha. Koinotdan kelayotgan kosmik zarralar: katta tezlikdagi proton va al'fa atmosferaning yuqori qismida kislarod va azot atomlari bilan to`qnashib, ularning yadrolaridan neytronlarni urib chiqaradi. Bu neytronlar esa atmosferadagi boshqa azot atomlari bilan reaksiyaga kirishib, 14 6 S – radiaktiv uglerod va proton yoki 12 6 S – uglerod va tritiy hosil qiladi.
Birinchi xil jaryonning yuz berishi ehtimolligi ikkinchiga nisbatan 6 marta ko`p. Lekin, uglerod - 14 ham vaqt o`tishi bilan o`zidan elektron chiqarib, azot – 14 yadrosiga aylanadi. Hisoblashlarga qaraganda, atmosferada har yili 7 kg atrofida radiouglerod hosil bo`lar ekan. Bu radiouglerod atmosferada oksidlanib, karbonat angedrit gazi hosil qiladi. U asta – sekin atmosferaga aralashib, o`simlik dunyosi tomonidan fotosintiz tufayli «hazm» qilinadi. Yutilgan gaz tarkibida 12 6 S (99 %) va 13 6 S (1) uglerodni turg`un izotoplaridan tashqari biz aytgan radiouglerod 14 6 S (10 - 100 %) – izotopi bo`lar ekan. Shu jumladan tirik mavjudod va qandaydir darajada radio aktiv bo`ib qoladi. Lerin uglerod – 14 nafaqat to`planadi, balki radioktiv bo`lgani uchun o`zidan elektron chiqarib, azot – 14 ga aylanadi.Yil davomida taxminan 7 kg radioglerod parchalanadi, bu esa kosmik nurlar tomonidan hosil qilingan radiouglerod miqdoriga teng. Boshqacha aytganda, hosil bo`lgan va parchalangan radiouglerod – 14 izotopining miqdori doim saqlanadi.
Demak tarix o`simliklarda radiouglerodning miqdori (foizi) vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi. Ammo organizmda o`lgandan boshlab, u radiouglerod «hazm» qilishi to`xtaydi va uning faqat parchalanish jarayoni boshlanadi. Radiouglerod parchalanish tezligi ma'lum, ya'ni 5600 yildan so`ng uning yarmi qoladi. Bu degani uning yarmi yemirilish davri T = 5600 yil. Demak, 5600 yil avval o`lgan o`simlikning yoki hayvonning radiaktivligi hozir yashayotgannikidan ikki marta kam bo`ladi.
Tekshirilayotgan namuna radioaktivligini bilgan holda uning qaysi davrda yashaganligin aniqlash mumkin. Boshqacha aytganda, o`lim radioaktiv soatni ishga tushiriladi. Radiouglerod konyetrasiyasining yoki radioaktivlikning kamayishi quyidagi qonuniyat bo`yicha yuz beradi: N = N oetft yoki A=A oetft Bu erda N–t vaqtdan keyingi atomlar soni, A – esa faolligi, Yuqoridagi ifodani logarifm – lab, arxeologik topilmaning yoshi hisoblanadi: t = T * lg (A0 /A)/lg 2.
Tirik organizm va o`simliklar tarkibidagi uglerodning har bir grammida minutiga 14 ta parchalanish yuz beradi, ya'ni A 0 - 14 parchalanish / minut.
U holda, arxeologik topilmaning yoshi t = 5600 yil * lg ( 14 / A) lg 2 yoki t = lg (14/A/) * 18400 yil ifoda yordamida hisoblanadi. Radiouglerodning namunadagi miqdori, yo'ni namunaning radioaktivligi hosil bo`ladigan elektronlarni hisoblagichlar bilan qayt qilishga asoslangan. Buning uchun namuna yoqiladi va gassimon birikma SO2 karbonat angedrit yoki SN 4 – metan gaziga aylantiriladi va bu gazlardan biri radioaktivlikni o`lchovchi asbob – detektor kamerasiga qamaladi. Tashqi ta'sir va tabiiy nur – fondan himoya vositalari va choralari ko`rilib, namunaning nurlanish faolliga – A o`lchanadi. Ushbu uslubni yoshi 50000 yilgacha bo`lgan topilmalar uchun qo`llash mumkin emas. Bu davr Yerdagi hayotga kuchli ta'sir uchta muz davrini qamrab olganligi uchun, tarixiy topilmalar yoshini shu uslubda aniqlash yetarli hisoblanadi. Bu uslub yordamida muz davrining qachon bo`lganligi, muzlarning erishi, qadimiy vulqonlarini otish vaqtlari aniqlanadi.
Birinchi marta Respublikamizning Xorazm hududida topilgan qadimgi katta xumdan o`choq ko`mirining yoshi radiouglerod uslubida aniqlangan va 1800 yildan ortiqligi isbotlangan.
Shunday qilib, radiouglerod uslubi yordamida ajdodlarimizning turmush tarzini o`rganish, ularning bizga meros qilib qoldirgan yodgorliklarni aniqlashimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |