N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

Qulupnay
Har sahar quyoshdan ham
Erta turar qulupnay.
Do ‘stlarim uyg ‘oning, deb
Chala boshlar kulib nay.
Yuzin yuvib shabnamda,
Chiroy ochdi о ‘zgarib.
Quyoshdan uyaldimi,
Ketdi asta qizarib.
104


- Yigit kishi ikki narsada xato qilmasligi kerak, -
derdi u m enga nasihat qilib.
- Biri yaxshi kasb tanlash, ikkinchisi o ‘ziga mos 
turmush o ‘rtoq topish. Shu ikkisida xato qilmasang, 
ishlaring besh boMaveradi.
- 0 ‘zingiz xato qilm aganm isiz? - deym an shumli- 
gim tutib.
- Ha endi, esim y o ‘q paytda uylanib q o ‘yganm an- 
da, - deydi m a ’yus jilm ayib.
Chindanam Dilbar kelinoyim to g ‘am ga mos emasdi. 
Chiroyli ismi fe’l-atvoriga m utlaqo zid, uylar tartibsiz, 
ivirsib ketsa-da, yasanib o ‘tiradiganlar xilidan edi. 
Bir voqea sira esim dan chiqmaydi. Tuman gazetasida 
bosilgan to g ‘am ning hikoyasini o ‘qib, xursand b o ‘lga- 
nim dan uni tabriklash uchun uylariga bordim. Tog‘am 
maktabda, ishda ekan.
- Tog‘am ning hikoyasi bosilibdi, - deb gazetani 
kelinoyim ning q o ‘liga tutqazdim . U bum ini jiyirib, 
ro ‘znom aga birrov k o ‘z yugurtirdi:
- Hih, tanish-bilish, - dedi-da, gazetani yerga uloq- 
tirdi.
Tog‘am nikida bir hafta qolib ketdim. Em ing qarin- 
dosh-urug‘larini unchalik xushlam aydigan kelinoyim ­
ning gaplari kunlar o ‘tgani sayin q o ‘pollashib bora- 
verdi. 0 ‘zim ni bilm aganga olib, uydagi m ayda-chuyda 
ishlarini bajarib yuraverdim. H ovuzdan suv keltirib 
joyiga q o ‘yayotgandim , D ilbar kelinoyim chaqirib qol­
di.
- M enga qara Davron, agar uzugim ni joyiga q o ‘yib 
qo‘ysang, senga ellik so ‘m beram an. Aks holda, meli- 
saga xabar beram an. U lam ing apcharka iti kelib seni 
tishlaydi.
A vvaliga gap nim ada ekanligini anglamadim. K eli­
noyim tobora jazavaga tushib, meni o ‘g ‘rilikda ayblay 
boshladi.
105


M en uzukni k o ‘rm aganim ni aytsam ham, sira ishon- 
masdi. N im a qilishimni bilmay, k o ‘chada to g ‘amning 
ishdan kelishini poylab o ‘tirdim.
- Rostdan sen olganing y o ‘qmi? - dedi tog ‘am 
gaplarimni diqqat bilan eshitib.
- N im alar deyapsiz, to g ‘a. N ahot m enga ishonma- 
sangiz?
- Qani yur-chi...
Tog‘am uyga kirib yo tig ‘i bilan tushuntirm oqchi 
bo'ldi. K elinoyim eshitishni ham istamadi va to g ‘amni 
senlashga o ‘tdi.
- To‘yiga novvos qilgan jiyaning o ‘g ‘ri! Yarim 
kechada baqirib o ‘takam ni yorgani yetmay, uzugim- 
niyam o ‘g ‘irlabdi, nim jinni. Shu bugunoq y o ‘qolsin 
uyim dan bu shumqadam!
- 0 ‘chir ovozingni!
- 0 ‘chirm aym an. Uyga m ehmon boshlab kelguncha 
o ‘g ‘lingning to ‘yini qil! Erkakmisan!
Bu gaplarga toqat qilolm agan to g ‘am xotinini bir- 
ikki tarsaki urishdan boshqa chorasi qolm adi. Tash­
qariga o ‘qday otilib chiqqan kelinoyim hovlini ayla­
nib, o g ‘ziga kelganini qaytarm ay baqirar, to g ‘amni 
sharm anda qilishga bel b o g ‘lagan edi.
- Bezorining dastidan dod! Piyanistaning dastidan 
o ‘lib b o ‘ldim! Kim bor, qutqaringlar!
Q o ‘shnilar chopib chiqishdi-da, uni uyga olib kirib 
yupatishga urindilar. A ndisha, nom us nim aligini bil- 
m aydigan kelinoyim sira pastga tushgisi kelmasdi. Zum 
o ‘tm ay shu m ahallada turadigan to g ‘am ning qaynana- 
qaynatalari yetib keldi. G ‘azabga m ingan qaynana nima 
desa dedi.
- Sichqon sig ‘mas iniga, g ‘alvir b o g ‘lar dumiga! 
Bu davandakka nim a bor, bu yerda! U zukni shu olgan. 
K o ‘zi o ‘ynab turibdi-ku, bu bolani q o ‘li qalp!
Tog‘am nodonga sukut, - deganday boshini egib jim
o ‘tiraverdi.
106


Q aynana qanday kelgan b o ‘lsa, shunday tez chiqib 
ketdi. X ayriyat, qudabuvada ozgina in sof bor ekan. U 
ketishidan oldin to g ‘amga qarab:
- Xafa b o im a n g , Soyibjon, - dedi u yoq-bu yoqqa 
qarab ovozini pasaytirarkan.
- Peshonangizga bitgani-da, o ‘g ‘lim. M enga rahm at 
deng. M en m ana shu xotiningizning onasi, y a ’ni ustozi 
bilan yashayapm an. 0 ‘lib qolganim y o ‘q-ku.
0 ‘sha kuni ertalabgacha uyqum kelmadi. Tog‘am 
bechoragayam oson em asligini tushundim . Azonda yuz- 
qo ‘limni yuvib, to g ‘am bilan birga nonushta qildik.
- Meni kechiring, - dedim katta janjalga sababchi 
b o ‘lganim dan xijolat b o ‘lib.
- Senda ayb y o ‘q, Davronbek. 0 ‘sha savil qolgur 
uzuk topildi. 0 ‘zi choynakning ichiga solib q o ‘ygan 
ekan y alm og‘iz.
- Xayriyat-ey, - dedim yuzim yo rug‘ b o ‘lganidan 
quvonib.
- Afsus... Ikkita bolam bor-da, jiyan. G o‘daklam i 
tirik yetim qilishni, hech narsa bilan oqlab b o ‘lmaydi. 
Men bolalarim uchun yashayapm an.
Tog‘am q o ‘lidagi sigaret tutunini o ‘ynardi.
Bu uyda m enga jo y y o ‘qligi kunday ravshan edi. 
Tog‘am dan oyijonim ning oldiga eltib q o ‘yishini so‘ra- 
dim. Boshqa iloji qolm agan to g ‘am indam ay bu tak- 
lifimga rozi b o ‘ldi. Erta tongda ikkim iz o 'g ay otamni- 
kiga, Tegirmonboshi qishlog‘iga qarab y o ‘lga chiqdik.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish