N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

0 ‘GAY OTA
Tegirmonboshi qishlog‘iga borib, suhbatlashib o ‘tir- 
gan chollardan Q obilvoy akaning uyini so ‘radik. Qa- 
riyalardan biri aniq-tiniq qilib m anzilni tushuntirdi. 
Rahm at aytib, yoTim izda davom etdik. Yo‘l k o ‘rsatgan 
odam ning sheriklaridan savol b o ‘ldi shekilli:
107


- N oqobilni uyini so ‘rashyapti, - dedi o ‘sha chol ba- 
land ovozda.
Bu gapdan keyin ko ‘nglim da qandaydir xijillik pay- 
do b o ‘ldi. Qanchalik unutishga urinm ayin, shu birgina 
so ‘z xotiram da m uhrlanib qoldi.
Q obilvoy akaning uyini osongina topdik. Soyibjon 
to g ‘am taxtadan yasalgan qiyshiq, ikki tavaqali q o ‘lbola 
darvozani qiyinchilik bilan ochib chaqira boshladi. 
Yillar davom ida yerga ishqalanvergan bechora eshik 
b o ‘sag‘ada o ‘ziga silliq iz, y o ‘l ham ochib olgan edi.
Ichkaridan kiravering, - degan ovoz eshitildi. Asta 
hovliga kirdik. Ishkom tagidagi baland so‘rida bir kishi 
yonboshlab yotar, uning ro ‘parasida onajonim bilan bir 
bola nonushta qilib o ‘tirardi. Badalposhsho ena aytgan 
o ‘tbosar Otash shu bola b o ‘lsa kerak, o ‘yladim men.
M ezbonlar bizni k o ‘rib shosha-pisha so ‘ridan tusha 
boshladilar.
Onajonim kalishiniyam kiym ay chopib keldi-da, 
meni b ag ‘riga bosdi, yuzlarim dan o ‘pdi. U ndan keyin 
o ‘gay otam va uning o ‘g ‘li Otash bilan ko ‘rishdim. 
K o ‘rishdim -u, ichim da nim adir uzilganday b o lib , ang- 
rayib qoldim.
- Qani, boshqattan achom lashib k o ‘rishinglar-chi, -
dedi o ‘gay otam Otash ikkim izga qarab. Biz quchoqla- 
shib k o ‘rishdik.
- A n a , bugundan boshlab ikkoving aka-uka boMding. 
Qani so‘riga yuringlar.
Ha, bu o ‘sha, topib olgan pulimni meniki, - deb 
qasam ichgan m orchashm kishi, ota-bola m uttaham lar 
edi. X ayriyat, ular meni tanimadi.
Suhbatga quloq tutib, jim o ‘tirganday k o ‘rinsam-da, 
xayolim da mol bozorida bo ‘lib o ‘tgan voqealar kino 
tasm aday o'taverdi.
- Ha bechora onajonim -a, nam uncha peshonangiz 
sh o‘r b o ‘lmasa, boshingizda bu shafqatsiz dunyoning
108


shunday g ‘irrom o ‘yinlariyam bormidi hali. Siz bu 
odam bilan o ‘t bilan suvsiz-ku, axir. B o‘lar ish b o ‘l- 
gandi. Bu y o g ‘iga Xudo poshsho. Peshonam izda borini 
k o ‘raveram iz.
Tog‘am vaqti ziqligini aytib, ketishga ruxsat so ‘radi. 
0 ‘gay otam velosipedini minib ishga, Otash m aktabga 
j o ‘nadi. O najonim bilan maza qilib gaplashib o ‘tirdik.
Mol bozoridagi hangom alam i aytib, kayfiyatini buz- 
gim kelmadi. 0 ‘rnimdan turib, tevarak-atrofni, chor- 
voqni asta kuzata boshladim.
Uylar pol qilinmagan. Biznikidan k o ‘ra g ‘aribroq, 
oddiygina kulba. U yim izdagi fayzdan bu yerda asar 
ham y o ‘q, ayvon, tandir boringki, ham m a narsa xuddi 
qovog‘ini uyib turganday k o ‘rinardi. Ishkom tagidagi 
baland so ‘ri oddiy xodalardan yasalgan. B eo‘xshov 
butoqlam ing olib tashlanm agani «usta»ning naqadar 
loqaydligini yaqqol k o ‘rsatib tarardi. S o ‘rining tepasiga 
qoqilgan tunukalar zanglab, ayrim joylari teshilib, hilvi- 
rab qolgan.
Chorvoqdagi bostirm a tagida govmish beparvo 
kavsh qaytarar, tagi vaqtida tozalanm agani bois, terisiga 
yopishgan g o ‘ng qotib qolgandi.
H ovlining ovloq joyida uch-to‘rt ming dona pishgan 
g ‘isht hafsala bilan taxlanib, ustiga xas-xashaklar tash- 
lab q o ‘yilgan.
Biroz k o ‘nikm a hosil qilgach, o ‘qishim ni shu qish- 
loqdagi o ‘rta maktabga ko ‘chirib, Otash bilan birga 
8-sinfda o ‘qiy boshladim. U m endan bir yosh katta 
b o ‘lsa-da, darslarni o ‘zlashtira olm agani uchun bir yil 
sinfda qoldirilgan ekan.
K unlar o ‘taverdi. Buyurilgan yum ushlarni o ‘z vaq­
tida bajarib yuraverdim. Yangi m uhitga ko‘nikishim 
qiyin kechayotgan bo'lsa-da, butun vujudim bilan unga 
moslashishga urinardim. 0 ‘gay otam har yakshanba 
Otashni olib mol bozoriga borib dallollik, olibsotarlik
109


bilan shug‘ullanadi. Asosiy ishi g ‘isht zavodida kunora 
qorovullik qilish. Am m o ishdan b o ‘sh paytlarida ham 
zavodga bir borib kelmasa, ko ‘ngli joyiga tushmaydi.
0 ‘ziga sezdirm ay o 'g ay otamni kuzata boshladim. 
Velosipedining rulida doim chang bosgan, eski qora 
sum ka osig ‘liq turadi. Uning biror tikilm agan joyi 
qolm aganini bir qarashda payqash qiyinmas. Har kuni 
ishdan qaytayotganida shu sumkaga to ‘rt dona pishgan 
g ‘isht solib keladi. Vaziyatga qarab, b a ’zan nim anidir 
bahona qilib, uch-to‘rt mahal qatnab qolishi ham mum- 
kin. M abodo g ‘isht b o ‘lmasa, tutning kallagim i, mayda- 
chuyda taxtami, b o ‘sh q o g ‘oz qutimi, uyga nim adir 
tashim asa, uyqusi kelmaydi. X aridor topib kelib 
y ig ‘ilgan g ‘ishtlam i sotadi. Ro‘z g ‘orga nim adir zarur 
bo‘lib qolsa, undan pul olish am rimahol. 0 ‘nta gapirib, 
noiloj so'ragan pulingizning yarm ini beradi. Tomdan 
yashirincha elektr toki tortib, kech tushishi bilan darrov 
o ‘sha sim ga ulab qo ‘yadi. Yomg‘ir yoqqan kuni tok 
urib o ‘lishiga bir baxya qolgan b o ‘lsa-da, bu odatini 
tark etgani y o 'q . K im dir m ahalla hovuzini kovlashgam i, 
obodonchilik uchunm i, ham m adan pul y ig ‘sayam, 
otam dan so‘ram aydi. S o‘rasa baloga qolishini biladi. 
Yo yoqasidan oladi yoki aybini topib ustidan yozadi. 
Chunki ellik yoshdan o ‘tgan b o iish ig a qaramay, arzi- 
m agan gapga tutaqib, m ushtlashishga shoshadi.
Qishloqqa quvurlar tortilib, xonadonlar gazlash- 
tirilayotganidan rosa quvondik. Lekin qaysar o ‘gay 
otam: - O ta-buvam o ‘tin yoqib yashagan, o ‘lib qolgani 
y o ‘q-ku, - deb gaz tushirishdan bosh tortdi.
Undan har qadam da cho‘chib turam an. Hozircha 
m unosabatim iz chakki emas.
Biror yom onlik sodir b o ‘lmasligi uchun hushyorlikni 
oshiraman.
M eni xursand qilgan tom oni shuki, qanchalik xasis 
va johil b o im a sin , u onam ni sizlardi. A sta-sekinlik
no


bilan b o ‘lsa-da, bu nokas kim sa yaxshilik tom on yuz 
burayotgandek k o ‘rinardi. O nam bunga qanday qilib 
erishmoqda, u yo g ‘i m enga qorong‘i. Ishqilib k o ‘z 
tegmasin-da.
OTASH
Otash bilan k o ‘cha eshikdan kiraverishdagi uyda 
yotam iz va har kuni m aktabgayam birga borib kelamiz. 
Uning o ‘qishlari o ‘lda-jo‘lda, am m o tengdoshlari ora- 
sida obro‘yi baland. 0 ‘ziga b o ‘ysunm aganlarga tinimsiz 
zug‘um qilar, boplab ta ’zirini berib q o ‘ym aguncha 
tinchim asdi. Shundanmi, bolalar uning talablarini so ‘z- 
siz bajarishar, q o ‘rqqanlaridan unga xushom ad qili- 
shardi. Ayrim ayol o ‘qituvchilar sinfdagi to ‘polon-u 
shovqinni tinchitishga kuchi yetm asa, Otashdan yordam 
so ‘rashardi. Shundan keyin sinfda pashsha uchsa eshit- 
guday jim lik hukm surardi. Bundan ruhlangan Otash 
zo ‘ravonlikka yanada k o ‘proq kuch berib, tobora talta- 
yib boraverdi.
Biz ikkim iz o ‘y-fikrlari bir-biridan keskin farq 
qiladigan, ichki dunyosi boshqa-boshqa bolalar edik. 
Boshida birm uncha inoq j o ‘ralarday k o ‘ringan b o ‘l- 
sak ham, asta-sekin o ‘rtam izda kelishm ovchiliklar 
orta bordi. H ar safar undan past kelib, o ‘rtadagi iliq 
m unosabatni saqlashga urinaverdim . Otash esa menga 
buyruq berib, so‘zsiz bajarishim ni talab qilardi. U 
boshqalardan yuqori b o ‘lishni qanchalik istamasin, 
o‘qish borasida buni aslo uddalay olmasdi. Ayni holat 
Otashga ju d a alam qilar, talabchan o ‘qituvchilam i 
ko‘rgani m utlaqo toqati y o ‘q, a ’lochi o ‘quvchilarga 
oshkora hasad bilan qarardi. Bitta partada o ‘tirganim iz 
uchunmi, o ‘qituvchilar Otash javob berolm agan savolni
-
Qani, Ergashev, sen aytgin-chi, - deb mendan so ‘- 
rashardi.
111


M en har qalay, to ‘g ‘ri javob topardim. Bunday payt- 
da O tashning baxilligi, g'ayirligi kelib, darrov tumtayib 
olardi.
N onushta payti o ‘gay otam o ‘zini bilim don qilib 
ko ‘rsatgisi keldimi, kutilm aganda O tashga savol berib 
qoldi:
- Qani ayt-chi, O bzbekistonda nechta daryo bor?
- Uchta, - dedi Otash biroz o ‘ylanib.
- Qaysi-qaysi daryolar, nomini aytgin-chi?
- Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo.
- Ha, bilim ing yaxshi, - dedi o ‘gay otam xursand 
bo'lib.
Cham am da bu savolning javobini o ‘ziyam bilmasdi. 
Men esa bolaligim ga borib, shu yerda xatoga y o ‘l qo 'y - 
dim.
- 0 ‘zbekistonda ikkita daryo bor. Biri Sirdaryo, ik- 
kinchisi A m udaryo, - dedim jav ob ga aniqlik kiritish 
maqsadida.
- Ana, yasha, Davron! Bu oshqovoq shuniyam bil- 
maydi.
- Sendan birov so ‘rayaptimi?!
Otash m enga zarda qilib o ‘m idan turib, uyga kirib 
ketdi.
K eyinchalik m aktabga ketayotganim izda Otash pa- 
na-pastqam joylarga sum kasini yashirib, qayerlargadir 
ketib qoladigan odat chiqardi. M aktabdan qaytayot- 
ganim da yana y o ‘limda paydo b o ‘lib, dadasiga xuddi 
o ‘zini o ‘qishdan kelayotganday qilib k o ‘rsatardi. Dars­
dan keyin mol boqqani boram iz va qaytishda bir choy- 
shabdan o ‘t yulib kelishim iz ham kerak.
Yaylovga k o ‘plab bolalar m ol-u q o ‘ylarini olib bo- 
rishar, shu bahona yayrab futbol o ‘ynashardi.
Otash o ‘ziga o ‘xshagan qitm irlar bilan qartada 
«jizza», «yigirm a bir» degan pullik o ‘yinlam i tashkil 
qilib, qim or o ‘ynardi. Uzoqlarga ketib qolgan m ollam i
112


qaytarib kelish va o ‘t y ig ‘ishni butkul mening zim - 
mamga yuklab q o ‘ydi. B a'zan qiziqishlarim ustun kelib, 
ularning o ‘yinini tom osha qilaman. O tash yutayotgan 
b o ‘lsa, indamaydi. Yutqazayotgan b o ‘lsa, ish chatoq.
- Bor, m ollam i qaytar! Yo‘qol, o ‘tingni ter! - deb 
hay dab qoladi.
Yutqazgan kuni kim bilandir, albatta, mushtlashadi.
Otash mol bozoriga borm asligini aytib, oyoq tirab 
turib olgani bois, o ‘gay otam har yakshanba meni 
o ‘zi bilan birga olib keta boshladi. Vazifam qo‘lim ga 
tutqazilgan q o ‘yni arqonidan ushlab jim tursam b o ‘ldi, 
xaridom i otam ning o ‘zi topib keladi.
- Men xolis odam man. Shu yetim cha bolani qo ‘yini 
oling, savob b o ‘ladi. B o‘lsa, shu yetim ga b o ‘lsin, - deb 
xaridom i avraydi, k o ‘ziga qarab turib aldaydi.
U yalganim dan yerga qarab jim turaveraman.
O libsotarlikning hadisini olgan ustasi farang, o ‘gay 
otam birpasda ellik, oltmish, b a ’zan yuz so ‘m gacha 
ishlab oladi.
Bir kuni bozordan chiqib to ‘g ‘ri uyga keldim. Otash 
qayerdandir topgan q o ‘rg ‘oshin b o ‘laklarini, o ‘t yoqib 
eritmoqda edi. Sim obday erigan q o ‘rg ‘oshinni oldindan 
tayyorlab q o ‘yilgan doira shaklidagi lappaksim on chu- 
qurchaga quydi va o ‘rtasidagi ch o ‘plam i olgach, ikkita 
teshikcha hosil b o ‘ldi.
- Buni nim a qilasan?
- Bitsa k o ‘rasan.
Otash qotib qolgan q o ‘rg ‘oshinni olib, erinm ay par- 
dozladi. Teshigidan cho‘ziluvchan ip o ‘tqazib bo g ‘ladi- 
da, o ‘ng q o ‘lining panjasiga taqib, qo ‘lini musht qildi. 
Tashqi tom ondan m ushtiga m ahkam joylashgan q o ‘r- 
g‘oshin ustidan q o ‘lqop kiyib, kafti va yuzlariga yengil- 
yengil urib, z o ‘r chiqdi, deb q o ‘ydi.
- A gar ji g ‘imga tegsang, m ana shu mushtdan bitta 
yesang kifoya, senga yetadi, - dedi-da, ch o ‘ntagidan pi- 
choq chiqarib m aqtana boshladi.
113


- M anaviniyam k o ‘rib q o ‘y. Bu pichoqni menga 
Tolik sovg‘a qildi.
- Qaysi Tolik?
- Sen uni tanim aysan. Tolik ju da z o ‘r, mujik bola!
Otash tugm achani bosgan edi, pichoq tashqariga
otilib chiqdi va shu zahoti uni daraxtga qaratib otdi. 
Pichoq daraxtga borib sanchildi.
- Qoyilmisan!
Otash o ‘zining bu qiziqishlari bilan razolat va qabo- 
hat, oqibati, albatta, afsus-nadom atlar bilan yakun- 
lanadigan, xuddi ertaklardagiday «borsa kelm as» deb 
atalguvchi qing‘ir y o ‘lning boshida turardi.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish