N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

Q izilishton
Qizilishton zo ‘r usta
Ishtoni qizil tusda.
Qushlar qiynalmasin, deb
Uy qurganmish uch yuzta.
Jalilov domlamiz, o ‘qib o ‘rganishda davom etsang
sendan yaxshi shoir chiqadi, dedi. Sinfda obro‘- 
yim oshib ketdi. Ayrim sinfdoshlarim allaqachon 
shoir deb ham chaqiradigan bo ‘lishdi. Bu menga juda 
yoqardi. Tanaffusda har xil qiziq voqealami qofiya- 
ga solib, bolalarga o ‘qib berar va bundan o‘zim ham 
rohatlanardim. Ana shunday kunlaming birida kutil- 
magan voqea ro ‘y berdi-yu, o ‘qishlarim chappasiga 
keta boshladi.
DADA MISHA
Ertalab uyimizga Dada Misha shogirdi bilan kelib, 
pol qoqish ishlarini boshlab yubordi. Qishlog‘imizda 
ikki nafar duradgor usta bor. Ulardan biri Dada Misha,
59


ikkinchisi Sam intoy aka degan bizdan sal narida 
yashaydigan q o ‘polroq bir kishi. O dam lar duradgorlik 
ishlariga k o ‘proq Dada Mishani chaqirishar, Samintoy 
akani esa unchalik xushlam asdilar. Dadamning ayti- 
shicha, uning o g ‘zi qattiq, sal narsaga to ‘n g ‘illar, usti- 
ga-ustak ovqat tanlar emish. Yana yo g ‘ochlam i k o ‘r- 
k o ‘rona arralab isrof qilar ekan.
Eng yom oni - ishlagan xonadonining ahli ayoliga 
yom on k o ‘z bilan qararmish.
Dada M isha esa uning teskarisi b o ‘lib, bir qarich 
y o g ‘ochni 
ham joyini 
topib 
ishlatarkan. U rus 
b o ‘lishiga qaramay, xotini Jannat (Janna) xola bilan 
qishlog‘im izda yashardi. 0 ‘zbekchani suv qilib ichib 
yuborgani shuki. tilim izni rosa qishloqcha qilib shevada 
gapiradi. D yadya M ishani qishloq odam lari osongina -
Dada M isha deb qo ‘yaqolishgan.
M isha to g ‘aning b o ‘yi past, k o ‘zlari kulrang, soch- 
soqoli hatto qoshlarigacha oppoq, so‘zlari muloyim, 
yuzlari qip-qizil, yetm ish yoshlardagi kishi edi. Oyo- 
g ‘ida qishin-yozin qop-qora qilib m oylangan etik, 
boshida doim furashkasi b o ‘lardi.
Eng yaxshi tomoni - u bolalam i ju d a yaxshi k o ‘- 
rardi.
Kelgan kunidanoq men bilan, yaxshim isiz, o ‘rtoq, 
deb so‘rashdi.
Dada M isha o ‘n sakkiz yoshlardagi shogirdi 0 ‘k ­
tam aka bilan ju d a inoq, har bir so ‘zdan kulgi chiqarib 
taxtalam i randalashardi. U lam ing suhbatini eshitish ju da 
maroqli edi. D adam ham ustalarga im kon qadar yordam
berar, men esa m ayda-chuyda ishlariga qarashib, choy- 
nak b o ‘shasa, choy dam lab, ularga dastyorlik qilib 
turdim.
U sta-shogird o ‘tirib ozgina nafas rostladilar. - Eshit 
Davronbek, - dedi 0 ‘ktam aka m enga qarab va mix 
o ‘ralib keltirilgan eski gazetani xuddi artistlarday ifodali
60


o ‘qiy boshladi. U shunday ravon, tutilm ay o ‘qirdiki, 
beixtiyor havasim keldi. Ertakning qisqacha m azm uni 
shunday:
Uchta o ‘g ‘ri bir boyning xazinasini o ‘maribdi. Ular 
o ‘ljani taqsim lam oqchi b o ‘lib bir kim sasiz kulbaga 
yig‘ilibdilar. 0 ‘g ‘rilam ing biri qozon boshida ovqatga 
unnabdi. Sheriklari bezatilgan dasturxon atrofida m ai- 
shat qilib o ‘tirib, fikrlari buzilibdi. Ikkovlon qozon 
boshidagi safdoshlarini gum don qilib, boylikni o ‘zaro 
b o iish ib olm oqchi b o iib d i. M asalliqni qozonga bosib 
davraga kelib o ‘tirgan o ‘g ‘riga zahar solingan qadahni 
berib, urishtirib ichibdilar. 0 ‘g ‘ri shu zahotiyoq jon
taslim qilibdi. M urodlariga yetgan ikki o ‘g ‘ri xursand 
bo‘lib ovqatni paqqos tushiribdi va ular ham tarashadek 
qotibdilar. Q ozon boshidagi o ‘g ‘ri boylikka faqat 
o‘zi egalik qilish m aqsadida ovqatga zahar solgan va 
oqibatda ochk o‘z o ‘g ‘rilam ing hech biriga o ‘lja nasib 
qilmagan ekan.
G azeta-jum allarda shunday qiziq ertaklar berilishini 
bilm asligim dan afsuslandim . U stalar uylariga ketgach, 
o‘sha gazeta b o ‘lagini olib, 0 ‘ktam akaga o ‘xshatib 
o ‘qishga harakat qila boshladim . O datdagi tushlikdan 
so‘ng 0 ‘ktam aka barm oqlari bilan patnisni chertib 
biram z o ‘r q o ‘shiq aytdiki, shunday ovoz bilan pol 
qoqib yurganiga hayron b o ‘ldim.
Dada M isha esa randalangan taxtaga patnis ushlab 
ashula aytayotgan bola rasm ini tezda chizdi-da, tagiga 
0 ‘ktamjon, deb yozdi va m enga qarab jilm aydi.
Shogird ham patnisni q o ‘yib, furashka kiygan ser- 
soqol boboy suratini chizib, tagiga 0 ‘ktam jonning 
ustozi, - deb yozib q o ‘ydi. U chalam iz m iriqib kulishdik. 
Endi men bu usta-shogirdlarga butunlay qoyil qoldim
va ularga havas-u m ehrim yanada ortdi.
-
Seni q o ‘lingdan nim a keladi? K o‘rsat huna- 
ringni, - dedi 0 ‘ktam aka kutilm aganda m enga qarab.
61


- S he’r o ‘qisam ham b o ‘laveradim i? - dedim biroz 
uyalib.
- B o ‘laveradi, b o ‘laveradi... dedi m uloyim lik bilan 
M isha to g ‘a.
0 ‘zim yozgan she’rlardan birini boplab o ‘qib ber- 
dim.
- O, z o ‘rsan-ku, deyishdi usta-shogird xursand b o ‘- 
lib. - Bu kim ning she’ri?
- 0 ‘zim yozganm an, - dedim men ham kim ligimni 
bildirib q o ‘yish maqsadida.
Ular meni m aqtay boshladilar.
Sal narida, negadir m azam b o ‘lm ayapti, - deb yon- 
boshlab yotgan dadam ham tabassum bilan bizlam i 
kuzatar, sh e’r yozganim dan quvonib o ‘zini q o ‘ygani 
jo y topolm asdi.
- Sinflaringda eng birinchi z o ‘r kim? - dedi 0 ‘ktam 
aka yelkam ga qo ‘lini q o ‘yib.
- Abror!
- Ikkinchi z o ‘r-chi?
- Maqsud!
- U chinchi z o ‘r kim?
- U chinchi z o ‘r y o ‘q.
- Sen-chi? U chinchiyam em asm isan.
M en indam ay yerga qaradim.
- Yigit kishi hech b o ‘lmasa, o ‘zini him oya qilishni 
bilishi kerak, - dedi 0 ‘ktam aka uzil-kesil.
- H echqisi y o ‘q. H aliyam kech emas. 0 ‘zim senga 
z o ‘r pryom lam i o ‘rgatib q o ‘yaman.
U chindanam ishdan b o ‘sh paytlarida m enga oz- 
ozdan boksdagi him oya usullarini o ‘rgata boshladi. 
M en bu sportga astoydil qiziqib, m ashqlam i qunt bilan 
takrorlardim . 0 ‘ktam aka bolaligida shaharda boks 
to ‘garagiga qatnashgan ekan.
Taraqa-turuqlar avjiga chiqib, ustalar pol qoqishni 
boshlab yubordilar. K utilm aganda uyim izga Samintoy
62


aka kirib keldi. U to ‘g ‘ri ustalar ishlayotgan uyga 
y o ‘naldi. Tashqarida sabzi to ‘g ‘rayotgan onajonim
ro ‘molini yuziga tushirib, o ‘zini panaga oldi. Sam intoy 
aka dadam bilan m ensim aygina q o ‘l uchida so‘rashdi. 
Misha to g ‘a bilan esa eski qadrdonlarday quchoqlashib 
ko‘rishdi.
U ning k o ‘zlari javdirab ham m a tom onga bir-bir 
qarab chiqdi. Dadam bir piyola choy quyib m ehm onga 
uzatdi. Sam intoy aka choyni olib gap boshladi.
- Endi M ishaka, biz ustalar bir-birimizni q o ‘llab 
turamizda-a.
- A lbatta, nima so ‘rab keldingiz, tortinm ay ayta- 
vering.
- Oma, ju d a ziyraksiz-da M ishaka. Drelingizni 
(elektr tokiga ishlaydigan parm a) berib turm asangiz 
b o ‘lmaydi. Juda zarur. Ishimni bitiram an-u, bir soatga 
borib-bormay, lichno o ‘zim keltirib beram an, aka.
M isha to g ‘a bir so ‘z demay, sum kasidan drelni olib 
berdi.
- Endi, Samintoy, bugun b o ‘lm asa ertaga bu asbob 
bizga kerak b o ‘ladi.
- Bir soatga borm ay keltirib beram an, dedim -ku, 
ota.
Sam intoy aka qanday tez kelgan b o ‘Isa, shunday 
shoshib chiqib ketdi. Faqat tashqariga chiqqach, dadam - 
ga xo'm rayib dedi:
- A rzonginaga qoqib berardim shu polingni... 0 ‘zing 
bir m ardikor b o ‘lsang... Yo puling k o ‘payib qoldim i? 
Tavba, ham m ang shu tomi ketgan, kelgindi cholga 
chopasan-a.
- Hali sizgayam ishlar bor, - dedi dadam xijolat 
tortib.
- M ana k o ‘rasan, qoqqan poli o ‘n kunga borm ay 
ochilib ketadi, - dedi-da, jahl bilan j o ‘nab qoldi.
Ichkariga kirdim.
63


- Chakki qildingiz, ustoz - dedi 0 ‘ktam aka M isha 
tog ‘aga qarab. - Bir soat tugul bir yildayam dumini 
tutqazm aydi bu tullak. Shaytonni (baland-pastni k o ‘rsa- 
tadigan asbob) olib ketib, qaytib kelmagani esingizdan 
chiqdimi?
- M ayli-da, bungayam qiyin. H am irturishi shunday 
bo ‘lsa, u bechora nim a qilsin. Bunaqa odam lam i faqat 
go ‘r to ‘g ‘rilaydi.
M ix uchun d o ‘konga chiqib ketgan dadam m enga 
chiroyli shim ham olib keldi.
- Bu sh e’r yozganing uchun, o ‘g ‘lim, - dedi qo ‘lim- 
ga qop-qora shimni tutqazib.
X ursand b o ‘lib darrov kiyib k o ‘rdim. 0 ‘zim ga rosa 
loyiq keldi. Z o ‘r ish b o ‘ldi-da. M aktabga ham m a qatori 
shalvarishton bilan borardim . Endi m ening ikki yonida 
ch o ‘ntakli shimim bor. Rahm at, dadajon!
U sta-shogirdlar jadallik bilan polni qoqib b o ‘ldilar. 
M isha to g ‘a uyim izning to ‘ridagi va ikki deraza o ‘rta- 
sidagi tokchalar ustiga ortib qolgan taxtalardan eshik 
yasab, tokchajavon qurib berm oqchi b o ‘ldi. Endi elektr 
parm a kerak b o ‘lishini aytib, o ‘ylanib qoldi. 0 ‘ktam 
aka haq b o ‘lib chiqdi. Oradan ikki kun o ‘tsa hamki, 
Samintoy akadan darak b o ‘lmadi. U lafzsizlik qildi.
- Davronbek, Samintoyni uyini bilasanm i? - dedi 
M isha aka xijolat tortib.
- Bilaman. U m ahallam izda turadi.
- Borib drelni olib kelsang, bizga ju da katta yordam
qilgan b o ‘larding-da, o ‘g ‘lim.
- X o ‘p b o ‘ladi. Birpasda borib olib kelaman, -
dedim-da, chopib k o ‘chaga chiqib ketdim.
Sam intoy akaning eshigi ochiq ekan. H ovlisiga 
kirib uzoq chaqirdim . Hech qanday javob b o ‘lmadi. 
Endi izim ga qaytayotgan edim, uydan g ‘ingshiganicha 
yarim yalang‘och Sam intoy aka chiqdi.
- Kim u!
64


- Men, Davronman!
- U yquniyam beliga tepding-ku, zumrasha. Qaysi 
Davron!
- Men Ergash akaning o ‘g ‘liman. U stalam ing drelini 
olgani kelgandim.
- Obbo... Yeb q o ‘yarmidim , o ‘zim obborib berardim, 
o ‘sha sopi tilladan matohini.
- U stalarga kerak b o ‘lib qoldi-da.
Sam intoy aka to ‘n g ‘illab uyiga kirib ketdi. Shu 
payt chorvoq tom ondan eshakday keladigan it chopib 
kelib, m enga qarab hura boshladi. Q o ‘rqqanim dan nim a 
qilishimni bilmay, joyim da qotib turaverdim.
X ayriyat, ichkaridan Sam intoy akaning qorasi k o ‘- 
rindi.
- Qoplon! - dedi u baland ovozda.
It sal pasayganday b o ‘ldi.
- Yurakdan ham bor ekan-ku. Q o ‘rqma, qopog‘on 
emas, - dedi q o ‘limga drelni berarkan.
O rtim ga qayrilib, bir-ikki qadam yurganim ham ono 
it huriganicha m enga qarab jon-jahdi bilan tashlanib 
qoldi. K o‘cha eshik tom onga qarab qochdim. Biror 
narsaga qoqildim m i, qanday qilib orqam bilan yiqildim 
aniq eslolm aym an. Boshim qattiq bir narsaga zarb bilan 
urildi. H ushim ni y o ‘qotdim.
- Ana, k o ‘zini ochdi, - dedi 0 ‘ktam aka xursand 
bo‘lib. M en uyda qalin k o ‘rpachalar ustida yotardim.
Boshim da dadam, onajonim , M isha to g ‘a va 0 ‘k ­
tam akalar m enga xavotir bilan term ilib turishardi. 
Onajonim tinm ay yig‘lar, atrofimda aylanib, o ‘rgilardi.
- N im a b o ‘ldi, o ‘g ‘lim, tuzukm isan? - dedi dadam
ovozi titrab.
- Hech narsa b o ‘lgani y o ‘q. N ega y ig ‘layapsizlar?
- Bizni q o ‘rqitib yubording-ku, Davronbek, -
dedi M isha to g ‘a jilm ayib. X afa b o ‘lma. Ham m a ayb 
menda.
3 - 8 8 1
65


- H am m asiga Toy b o ‘lmay o ig ir, o ‘sha Samin 
sababchi, - dedi 0 ‘ktam aka so ‘kinib.
- K elib-kelib drelga seni yuborganim ga ming pu- 
shaym on yedim. X ayriyat tuzuk ekansan. Tangrimga 
shukur, - dedi M isha to g ‘a afsuslanib.
- Drel q a n i? - dedim shoshilib.
- M ana, o ‘zing olib kelding-ku, shu savil qolgum i, -
dedi M isha to g ‘a.
N im a b o ‘lganiga tushunmay, o ‘ylana boshladim. It 
quvdi, yiqildim . Yodimga boshqa hech narsa kelmadi. 
Eslaganim shuki, xuddi tushdagiday yurib kelayotib 
ortim ga qaradim , Sam intoy aka m enga qo ‘lini bigiz 
qilib, xandon otib kulyapti. Shu xolos.
O nam ning aytishlaricha, uyga kelib aljirabm an. U lar 
q o ‘rqib ketib, m enga jo y solib yotqizishibdi. Tezda 
uxlab qolibman. Uch soatlik uyqudan turganimni keyin 
anglab yetdim.
M isha to g ‘aning poldan tashqari yana ikkita tokcha 
javon yasab berishi, uym izning chiroyini ochib yubordi. 
Ish yakunlangan kuni dadam ning o ‘zi boplab palov 
damladi. Oshdan keyin ustalam ing haqini berib, ulam i 
rozi qildi. M isha to g ‘a tez-tez ahvolim ni so‘rar, b o ‘lib 
o ‘tgan k o ‘ngilsizlikda o ‘zini aybdor sanab, afsuslanardi.
U m enga nim adir yaxshilik qilib, k o ‘nglim ni olishni 
istardi. Shunday ham b o ‘ldi.
M isha to g ‘a shaharlik bir m agazin mudirining 
uyida uch oy ishlagani, ish haqiga pul bilan birga 
ikkita Volxov rusum li televizor berganini va o ‘sha 
televizom ing birini bizga sotishi m um kinligini aytib 
qoldi.
Dadam qoTi kaltaligini aytib, bu taklifni rad etdi. ] 
M isha to g ‘a esa o ‘z so ‘zida qattiq turib oldi.
- Ergashboy, sen ham m enga o ‘xshab k o ‘pchilikni 
hojatini chiqarib yuradigan odam san. X ijolat b o ‘lma. 
Pulini qistam aym an, topganingda berarsan. Bermasang


ham rozim an. 0 ‘zbeklarda berganda ol, urganda qoch, 
degan gap bor. O laversang-chi, uka, - dedi jilm ayib.
D adam ning rozi b o ‘lishdan boshqa chorasi qolm adi. 
Bu ishlam i M isha aka aynan men uchun qilayotgan 
edi g o ‘yo. Q uvonchim ning cheki y o ‘q. Z o ‘r b o ‘ldi-da! 
Chunki u paytlarda televizor ju d a katta yangilik hisob- 
lanib, m ahallam izda bitta-ikkita xonadonlarda endigina 
paydo b o ‘lgan edi. Biz, bolalar, q o ‘shnilam ikiga k i­
rib, yarim tungacha televizor k o ‘rishni odat qilgan 
edik. Bu ishim iz uy egalariga b a ’zan malol kelsa- 
da, bizga sezdirishm as, uyning bir chetiga jo y solib 
uxlayverishardi. Biz esa bolaligim izga borib surlik bilan 
yana kiraverardik.
0 ‘sha gapning ertasigayoq 0 ‘ktam aka televizom i 
velosipedining b o g ‘ichiga boylab, uym izga olib keldi. 
Usta-shogird kun b o ‘yi urinib antenna yasab, tom ga 
o‘matdilar. Endi qo ‘shnilarim iz biznikiga tom oshaga 
chiqadigan b o ‘lishdi.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish