0 ‘QISHIMDAGI PASAYISH
K unlar o ‘tgani sayin m enda o ‘zgarishlar paydo b o ‘la
boshladi. Y otog‘imga kirgach, hadeganda uyqum ni
topolmay qiynalam an. Poyoni y o ‘q o ‘y-xayollar gir-
dobida toliqib, tongga yaqin k o ‘zim ilinganday b o ‘lar,
uyg‘onganim da esa vujudim da lanjlik va qattiq char-
choqni his etardim.
Uyqum da alahsirab baqiradigan, k o ‘zim ga allaqan-
day alvastilar k o ‘rinib, dod solganim cha o ‘m im dan
turib k o ‘chaga chopadigan odat chiqardim.
Q o‘rqib ketgan onajonim tutib kelib, yana o ‘m im ga
yotqizar, ertalab u y g ‘ongach, hech nim ani eslay olm as-
dim. U yqusizlik natijasida qaysar va jirraki bolaga
aylanib qoldim.
67
B a'zan oddiy narsalarga ham fahmim yetmas, aqlim
to ‘xtab qolganday edi. Algebra, xim iya, fizika fanlarini
ham, o ‘qituvchilarini ham k o ‘rgani ko‘zim qolmadi.
Uy vazifalarini butunlay bajarm ay q o ‘ydim. Oxiri,
ustozlam ing ham men bilan m utlaqo ishlari b o ‘lmay
qoldi. Darslarni o ‘zlashtira olm asam, nim a qilay. B o‘l-
magurga b o ‘lishma. Hamma o ‘qib olim b o ‘laversa,
oddiy ishlam i kim qiladi? O dam larga traktorchiyam ,
suvchiyam, m ardikor ham kerak, to ‘g ‘rimi?
To‘xta! - deym an yana o ‘zim ga o ‘zim, axir men
dadam ga so‘z bergandim-ku. Bu y o g ‘i nim a b o ‘ladi?
0 ‘z so‘zida turm aslik o ‘g ‘il bolaga yarashmaydi.
Darslarni o ‘zlashtirolm ayotganim m enga ju da alam
qilardi, boshim qotib o ‘z y o g ‘imga o ‘zim qovurilaman.
Bir kun yaxshi b o ‘lsam, ertasiga m endan qaysar bola
y o ‘q. N ega bunday bo'lyapti? 0 ‘ylarim ning oxiri
k o ‘rinmasdi. Am m o k o ‘nglim ning ich-ichida y orug‘lik
bor, ham masi yaxshi b o ‘lishiga ishonehm i, umidmi -
qandaydir ilinj bor. U menga kuch berib turadi. Bular
yiqilganim dan keyingi asoratlar ekanligi xayolim ga ham
kelmas, tezda davolanishim zarurligiga bolalik aqlim
yetmasdi. Soddagina onajonim bolam ga jin lar ilashgan,
deb M axsum buvaga dam soldirar, Sora xolaga kinna
silatish bilan ovora.
Ilohiy duolardan ruhim birm uncha yengil tortadi.
Xuddi qovjirab qurib borayotgan nihol tagiga suv
quyganday, jonlana boshlaym an. Qalbimdagi sirli, ma-
dad beruvchi yorug‘likni chuqurroq his qilaman. U
ko ‘nglim ning tub-tubidan doim m enga taskin berar,
«Sabr qil, bu ham masi vaqtincha, hali sen katta odam
b o ‘lasan, puling ham jud a k o ‘p b o ‘ladi» deganday
bo ‘laveradi. M en o ‘sha sehrli ovozga chin dildan
ishonam an va sabr bilan baxtli kunlam i intiq kutaman.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |