Muzeylar – O’tmish ko’zgusi ziyoda Turg’unboyeva Namdu tarix yo’nalishi talabasi Annotatsiya



Download 35,14 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi35,14 Kb.
#312345
  1   2
Bog'liq
Turg'unboyeva Ziyoda iqtidorli talabalar jurnali uchun


MUZEYLAR – O’TMISH KO’ZGUSI

Ziyoda Turg’unboyeva

NamDU Tarix yo’nalishi talabasi



Annotatsiya: Mazkur ishda dastlabki mjuzaylarning qachon va qayerda ochilganligi va muzeylar ishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni hamda Farg’ona viloyati muzeyini tashkil topishi va keyingi faoliyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar: Luvr, Britanya muzeyi, Ptolomey I, “Farg`ona viloyat xalq muzeyi”, “Farg`ona shahar ilmiy muzeyi”, “Farg`ona viloyati o`lkashunoslik muzeyi”, N.G.Gorbunova, B.Z.Gamburg, “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni.

Tarixni anglashda, uni kelajak avlodlarga qoldirishda muzeylar juda katta ahamiyatga ega. Muzey – tarixiy, moddiy va ma`naviy yodgorliklarni to`plash saqlash, o`rganish va targ`ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-ma`rifiy muassasa hisoblanadi. Muzey – bu sotsial axborotlarning tarixan o`zaro bog`lovchi ko`p funksiyali institut bo`lib, madaniy-tarixiy va tabiiy-ilmiy boyliklarni saqlashga, axborotlarni to`plashga va muzey predmetlari orqali tarqatishga mo`ljallangan muassasadir. Muzey – turli jarayonlarni, tabiat va jamiyat hodisalarini hujjatlashtiradi, muzey predmedlarining kolleksiyasini to`ldiradi, saqlaydi, o`rganadi, shuningdek, ulardan ilmiy, ma`rifiy- tarbiyaviy va tashviqotchilik maqsadlarida faydalaniladi.

Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi muzeylarning paydo bo`lish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi. Muzeyning o`tmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xo`jalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Kritdagi Knos xazinasi, Vanlar saroyi va ink kohinlarining arxivlari, Nineviya saroy kutubxonasi va boshqalar shular jumlasidandir.

Birinchi muzey – ta`lim muassasasi miloddan avvalgi taxminan 290-yilda Aleksandriyada Ptolomey I tomonidan tashkil etilgan. Uning tarkibiga yashash ovqatlanish xonalari, kutubxona hamda o`quv xonasi, botanika va zoologiya bog`lar, rasadxonalar kirgan. Keyinchalik unga tibbiyot va astronomik asbob-uskunalar, haykallar va byustlar ham ko`rgazmali qurollar sifatida qo`shib yuborilgan. Boshqa muzeylardan farqli ravishda u davlat ta`minotida bo`lib,unda ishlagan xodimlarga moashlar to`lagan. Milodning 270-yilida bu muzey yong`in natijasida yo`q bo`lgan va kutubxonaga jiddiy zarar yetgan.

Dastlab Vizantiya sobor va monastirlarida keyinroq, Fransiya, Italiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar soborlarida ham turli xil noyob to`plamlar, asarlar saqlab kelingan.

Muzeylar ayniqsa, Yevropada Uyg`onish davrida rivojlangan. XV asrda Italyada ilk marotaba ommaviy muzey ochilgan. Londondagi Britanya muzeyi (1753), Parijdagi Luvr muzeyi (1793) va boshqalar ham Yevropadagi ilk ommaviy muzeylar hisoblanadi.

O`rta Osiyoda qadim zamonlardan noyob san`at asarlari, ilmiy va diniy kitoblar, qummtbaho buyumlar, qurol-yarog’lar yig`ib kelingan. Lekin ommaviy muzeylar yurtimizda rus bosqinidan so’ng paydo bo’lgan. Mustaqilikka erishganimizdan so`ng, vatanimizda o`zlikni tiklashga, milliy qadriyatlarimizni, asori-atiqalarimini asrab-avaylashga alohida e`tibor berilmoqda. Mustaqillik yillarida O`zbekistonda bir qator yangi muzeylar tashkil qilindi, mavjud muzeylarga e’tibor kuchayib eksponatlar bilan boyitildi. Respublikamizdagi O`zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O`zbekiston Davlat amaliy san`at muzeyi, Qo`qon o`lkashunoslik muzeyi, Erkin Vohidov memorial muzeyi, O`zbekiston san`at muzeyi, O`zbekiston sog`liqni saqlash muzeyi va boshqalar shular jumlasidandir.

Farg`ona viloyati o`lkashunoslik muzeyi ham mustaqillikka erishganimizdan so`ng qaytadan ta`mirlandi va ko`plab eksponatlar bilan boyitildi. Maskur muzey O`zbekistondagi eng keksa muzeylardan biridir. Unga 1894-yilning 16-oktabridan – 17-noyabrigacha Yangi Marg`ilon (hozirgi Farg`ona) shahrida bo`lib o`tgan qishloq xo`jaligi va sanoat ko`rgazmasi negizida tashkil etilgan. Ko`rgazmadan qolgan eksponatlar muzeyning asosini tashkil etgan. 1895-yil 2-noyabrda Farg`ona viloyati harbiy gubernatorining buyrug`iga ko`ra, gubernator uyining ikkinchi qavatida to`rtta xona muzey uchun ajratib beriladi.1

1897-yilda 4-iyulida muzeyning nizomi tasdiqlangan. 1899-yilning 26-may kuni esa “Farg`ona viloyat xalq muzeyi”ning (uning birinchi nomi shunday edi) tantanali ochilishi bo`lib o`tadi. Muzey ochilgan vaqtda undagi eksponatlar soni 80 ming donadan ortiq bo`lsa, bu vaqtga kelib eksponatlar soni 2223 dona buyum va kitoblarga yetadi.2 Muzey gubernator uyining yordamchi xonasida joylashgan bo`lib, odatda dam olish kunlari va bayram kunlari yoki viloyatga kelgan nufuzli mehmonlar uchun maxsus ochilar edi.

1911-yilda muzey ayrim sabablarga ko’ra yopiladi va faqatgina 1920-yilda Farg`onadagi siyosiy tuzumning o`zgarishi natijasida, hokimiyat sovetlar qo`liga o`tgach, qayta ochildi. Bu paytda uning maqsadi va vazifasi ham butunlay o`zgargandi. Muzeyning nomi esa, “Farg`ona shahar ilmiy muzeyi” deb ataladi.3

1922 – 1927-yillarda muzey ekspozitsiyasida qishloq xo`jalik, hunarmandchilik, numizmatika, tabiat, tarix va etnografiya bo`limlari mavjud bo`lgan. 1928-yilda yangi – arxeologiya bo`limi ochilib ushbu kolleksiya soni keskin orta boshladi. Arxeologiya bo`limi dastlab tashkil etilgan yilda 108 dona arxeologiya namunalari saqlanar edi.

1938-yildan muzey “Viloyat o`lkashunoslik muzeyi” sifatida faoliyat ko`rsata boshlagan. Bu vaqtga kelib kirish, tabiat, tarix va sotsialistik qurilish ekspozitsiyasi mavjud edi. Eksponatlar soni ham oshib 15 mingdan oshadi.

Muzey ikkinchi jahon urishi yillarida o`z faoliyatini yanada kuchaytirdi, uning xodimlari fondlarni farg`onaliklarning frontdagi mislsiz jasorati va front ortidagi fidokorona mehnati to`g`risidagi hujjatlar bilan boyitiladi.

1939 – 1940-yillarda Katta Farg`ona kanalining ulkan qurilish jarayonida arxeologik nazorat uyushtiriladi. Maskur ekspeditsiyaning bosh qarorgohi Farg`ona muzeyi binosida joylashgan edi. Shu munosabat bilan qurilish vaqtida topilgan ko`plab arxeologiya namunalari bilan muzey kolleksiyasi boyitiladi.

1950-yillarning boshlarida muzey arxeologik ishlarni olib borishdaga astoydil kirishadi. Bu ishlarni Leningrat universitetining bitirivchilari, keyinchalik muzey xodimlari N.G.Gorbunova va B.Z.Gamburglar olib borishadi. 1956-yillarda muzey fondi 3000 tadan ortiq arxeologik buyumlar bilan boyitildi.4 Voholanki, muzey ochilgan paytda uning fondlarida faqatgina 2 dona arxeologik buyumlar mavjud bo`lgan.

Hozirgi vaqtda muzeyning arxeologik fondi Farg`ona vodiysidagi eng boy kolleksiyalardan biridir. Ular tosh davridagi mehnat qurollari qabrlar va arxeologik tekshirishlar natijasida topilgan sopol va bronza buyumlar, shuningdek, Farg’ona vodiysi hududidan topilgan ko`plab arxeologik buyumlardan iboratdir. Muzey fondining katta qismini Farg`ona vodiysi aholisining XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kunlarga qadar bo`lgan turmush tarzini ask ettiruvchi fotosuratlar, hujjatlar, o`lkaning qadimiy va hozirgi zamon tarixiga oid ashyoviy yodgorlik buyumlari tashkil etadi. Muzeyda dastlabki farg`onalik professional rassomlar M.N.Yansin, P.M. Nikiforov, xalq rassomlari A.N.Volkov, Sergay Alibekov, shuningdek, zamonaviy rassomlarning asarlarini mujassamlashtirgan o`ziga xos tasviriy san`at kolleksiyalari mavjud bo`lgan. Rishton va G`urumsaroy kulolchiligi, misgarlik va zargarlik buyumlari, mato buyumlar kolleksiyasi hamda turli xil kashtalar namunasi ham mavjud bo`lgan.

1985- yildan buyon muzey maxsus qurilgan yangi binoda faoliyat ko`rsatmoqda. Muzey fоndlarida hоzirda 80 mingdan оrtiq ekspоnatlar saqlanmоqda.5 Hozir muzeyda o`lka tabiati va vodiy tarixining XX asr boshlariga qadar bo`lgan davrni aks ettiruvchi ekspozitsiya faoliyat ko`rsatib turibdi. Bu ekspozitsiyalar tarix va madaniyatimizning asl yodgorliklari ko`rgazmasi bo`lib, ularda zamonaviy diogramalardan foydalanilgan.

Mustaqillik yillarida viloyatning ijtimoiy hayotida maskur muzeyning roli keskin ortdi. Ayniqsa, xalqimizning boy va o`ziga xos tarixini tiklashda, uni tadqiq etishda malakali muzey xodimlarining xizmati beqiyos bo`ldi. Bevosita ularning xizmatlari evaziga, nafaqat mamlakatimiz, balki butunjahon miqyosidagi tantanalarmi nishonlashga muvaffaqat bo`linmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12- yanvardagi 1913-sonli “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-matdagi 98-sonli “Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalasi to`g`risida”gi va 2002-yil 9-yanvardagi “Noyob zargarlik san`ati asarlarini asragan holda foydalanish va saqlanishni ta`minlash bo`yicha qo`shimcha choralar to`g`risida”gi qarorlari muzey faoliyatini yanada takomillashtirishga yordam berdi.6

Hozirgi kunda Farg`ona viloyati o`lkashunoslik muzeyi barcha turdagi zamonaviy texnika vositalari bilan ta`minlangan bo`lib, ular ilmiy-tadqiqot ishlariga katta samara bermoqda. Muzeyning ilmiy xodimi G.P.Ivanov O`zbekiston Respublikasi Arxeologiya instituti bilan hamkorlikda “Ahmad al-Farg`oniy davrida Quva shahri” nomli monografiyasi ikki tilda ya`ni o`zbek va ingliz tillarida nashr etildi. Bundan tashqari ayniqsa, Hoshimova va G.P. Ivanovlarning hammualiflikda uchta tilda chiqargan “Farg`ona viloyati o`lkashunoslik muzeyi” nomli rangli katalogi muzey tarixidagi muhim hodisalardan biri bo`ldi.

Hozirgi kunda Farg`ona o`lkashunoslik muzeyida 5 ta tarix,tabiat, san`at, ilmiy-oqartuv va fond bo`limlari 10ta tasviriy san`at, metal va sopol buyumlar hujjatlar, gazeta va plakatlar, yog`och buyumlar, arxeologiya va numizmatika tabiat va suratlar zahiraxonalari faoliyat ko`rsatadi. Shuningdek, Farg`ona viloyat o`lkashunoslik muzeyining tumanlarda 7 ta tarmog`i mavjud bo`lib, ulardga quyidagilar kiradi: Shohimardon qishlog`ida Hamza Hakimzoda Niyoziy muzeyi, Farg`ona tumani Kaptarxona qishlog`ida Usmon Yusupov memorial muzeyi, Yaypan shahrida O`zbekiston tuman tarixi muzeyi, Marg`ilon shahar tarixi muzeyi, Uvaysiy uy muzeyi, Uchko`pirik tumanidagi Ziyovuddin Xaziniy uy-muzeyi va Oltariq tuman tarix muzeylaridan iborat. Bundan tashqari Farg`ona muzeyida saqlanuvchi eksponatlarning ko`pi xalqaro miqyosdagi ko`rgazmalarda namoyish etilmoqda. 1957 va 1972- yillarda Leningrad (Rossiya), 1978-yilda Kiyev (Ukraina), 2000-yilda Gonnover (Germaniya), 2003-yilda London (Angliya) shaharlarida, bundan tashqari 1980-yildan 1990- yilgacha Toshkentda Farg`ona muzeyi eksponstlari asosida bir necha marta ko`rgazmalar tashkil etilgan.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 350 dan ortiq muzey faoliyat yuritmoqda. Bu muzeylar o`zining eksponatlari – ashyoviy dalillari bilan yosh avlodni Vatan tarixiga bo`lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.


Download 35,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish