Muzey fondlarini to’ldirish



Download 25,54 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi25,54 Kb.
#697102
Bog'liq
Davlat muzey fondi. muzey fondlarini to’ldirish.


Davlat muzey fondi. Muzey fondlarini to’ldirish.
Reja:
1.Muzey fondi tushunchasi.
2.Muzey fondlarini ilmiy asosda tashkillashtirish.
3.Fond ishlarining asosiy yo’nalishlari.
4.Muzey ashyolarini o’rganish uslubiyati.
5.Muzey fondlarini to’ldirish.
6. Muzey ashyolariga ilmiy pasportlar qo’yish.

Muzey faoliyati muzey fondlari orqali amalga oshiriladi. Muzey funktsiyasi bajarilishining muvafaqiyatli bo’lishi, muzey kadrlarining bilim manbalari va emotsional va madaniy qadriyatlarni, yaxshi bilishga va tashkil etishga bog’liq ya’ni muzey predmetlarining o’ziga xosligi va ularning tarixiy jarayonlarni aks ettirishini to’g’ri tushuna olish va tashkillashtira olishga bog’liq. Muzey fondlarini saqlash, tadqiq etish va ilmiy, tarbiyaviy ishlarda ulardan to’g’ri foydalanish kerak bo’ladi. Fondlar orqali o’gmish, bugun va kelajakni bog’lash mumkin. Fond ishlarida boshqa yirik davlatlarda bo’lgani kabi tarixiylik, ilmiylik, xolislik uslubiyatlari asosiy o’rinni egallaydi. Tarixiylik printsipi orqali muzey ashyolari jamiyatning tarixiy rivojlanishining jonsiz guvohi va natijasi sifatida o’rganiladi. Tarixiy qonuniyatlarga alohida
e’tibor beriladi.
Tarix yo’nalishidagi muzeylar fondlariga muzey ashyolari, ijtimoiy — iqtisodiy jarayonlarning hujjatlari, ichki va tashqi siyosat, madaniyat tarixiga oid materiallar kiradi.
Muzey fondlari arxiv va kutubxona fondlaridan farq qilib tarixiy jarayonlarni kompleks hujjatlashtiradi.1) Moddiy. 2) Tasviriy. 3) Yozma. 4) Fonoyozuv,kinofilm.(manbalar)
Muzey uchun nafaqat semantik informatsiya, balki e’tibor jalb qilish, ya’ni attraktiv jihati hamda to’lqinlantira olish (hayajonlantirish) — ya’ni ekspressiv jixati ham bo’lishi kerak.
Muzey fondlarini ilmiy tashkillashtirish.
Muzey fondlari predmetlarning murakkab kompleksi bo’lib ularning ijtimoiy ahamiyati bir —biridan farqlanadi. Muzey faoliyatida ham ularning roli bir —biridan farqlanadi. Muzey fondlarini ilmiy asosda tartibga solish kerak bo’ladi. Ularning:

  1. — dan muzey ashyosi ekanligiga;

  2. —dan ilmiy yordamchi ashyo ekanligiga e’tibor beriladi.

Fondlarni ilmiy tashkillashtirish boshqa tomondan ham katta ahamiyatga egadir.
Fond predmetlari o’zaro qarindoshlik belgilari bilan farqlanadi. Ular materiallar turi, tuzilishi, mavzusi, syujeti (yozma, tasviriy manbalar, kinohujjat va fonoyozuvlar) joyi, vujudga kelgan vaqti, avtori alohida shaxsga tegishliligi bilan bir —biriga yaqin bo’ladi. Fondlarni ilmiy tashkillashtirishda informatsiya qimmati (uning sifati, hajmi) ga ham e’tibor
beriladi.
Bir yoki bir necha belgisining o’xshashligi, ilmiyligi, badiiyligining bir — biriga yaqinligidan tashkil topgan predmetlar muzey kollektsiyalari deyiladi. Masalan ularga o’zbek va g’arbiy Evropa matolari, sharq qurollari, qishloq xo’jalik qurollari va boshqalar misol bo’la oladi. Kollektsiyaning muzeyga xosligi uni son va sifatdan to’laligiga bog’liq. Kollektsiya shuningdek o’zaro tarixiy jarayonlarning u yoki bu jihatini hujjatlashtirishga ham bog’liq. Masalan g’arbiy Evropa matolari va sharq qurollari O’zbekistonning chet el bilan olib boradigan aloqalarini aks ettirishi kerak. Bir kollektsiyadagi jarayonlar boshqa kollektsiyadagi mazmunni to’ldirishi kerak.
Fondlarni ilmiy tashkillashtirish ikkita masalani echadi.
Birinchidan, predmetlarning fan va madaniyat uchun ahamiyatini ko’rsatadi, alohida muzey ishini yuritishda va predmetlarning yuridik jihatlarini tashkillashtirishda kerak bo’ladi;
Ikkinchidan, predmetlarni saqlash, tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabi jihatlarini o’rganadi.1
Muzey fondlari: muzey predmetlari fondi va ilmiy — yordam fondiga bo’linadi. Muzeyda saqlanadigan barcha predmetlar asosiy fond deyiladi.
Muzey fondlari 2 ga bo’linadi:

  1. Muzey ashyolari fondi.

  2. Ilmiy — yordam fondlari.
    Muzey ashyolari fondi:

Asosiy fond va almashuv fondiga bo’llnadi.
a) Asosiy fond: kollektsion va dublet fondiga bo’linadi;
Kollektsion fond: yirik va tipik predmetlariga bo’linadi.
Dublet fondiga yirik va tipik predmetlar kiradi.
b) Almashuv fondiga: noyo’nalish predmetlari va ortiqcha
dublet nusxa fondlari kiradi. Noyo’nalish fondida ham yirik va
tipik predmetlar fondi kiradi O’zaro bir —biriga yaqin
predmetlar va ularni chuqur o’rganishga maksimal yo’nalish bera
olish, o’rganish, to’ldirish, saqlash, foydalanish muzey fondlari
strukturasi deyiladi.

  1. Aniq asosda bo’linadi. Masalan shisha predmetlarni bir
    vaqtning o’zida ham materiali, ham rangiga qarab bo’lib
    bo’lmaydi.

  2. Manbalarni turiga qarab bo’lib bo’lmaydi.

  3. Fondlarga bo’lishda ular bir —biridan farq qilishi kerak.
    Misol uchun rasm solingan piyola bir vaqtda ham moddiy,
    ham tasviriy manbaga kirmasligi kerak.

  4. Misol uchun qurollar sovuq va portlovchi qurollarga bo’lib
    uning aniq tiplari bo’linmaydi.

Moddiy, tasviriy, yozma manbalarga fonoyozuv va kinohujjatlarga qarab bo’linadi.2
Mustaqillik yillarida O’zbekiston muzeylarida to’xtovsiz davom etgan yig’uv faoliyati tufayli numizmatik, harbiy — tarixiy, etnografik, zoologik, botanika va badiiy xarakterga ega bo’lgan katta miqdordagi asl muzey ashyolari to’plandi. Yig’ilgan muzey materiallaridan fanda foydalanish uchun dastavval ularni muzey xodimlarining o’zlari o’rganib chiqishlari taqozo qilinadi, chunki har bir yodgorlikning haqiqiyligi va ilmiy manba sifatidagi ahamiyatini belgilovchi aniq ilmiy pasporti bo’lishi lozim.
Barcha mamlakatlarda bo’lgani singari, O’zbekistonda ham muzey fondlarini to’ldirish va ularning ilmiy bo’lishiga katta e’tibor beriladi.
To’ldirishning xususiyatlari uning rejali va maqsad sari yo’naltirilgan bo’lishida ko’rinadi. Ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilish tabiat va turmushni rejali ilmiy tekshirishning yagona yo’lidir. Ekspeditsiya — lar to’xtovsiz ravishda yangi materiaAlar topib turmasa, muzeylarning ilmiy faoliyatini zarur darajaga ko’tarish qiyin. Kam o’rganilgan noxiyalarda ish yuritadigan va malakali ilmiy mutaxassislarga ega bo’lgan ekspeditsiyalar ayniqsa yaxshi samaraga erishadilar. Bunday ekspeditsiyalar o’tkazishdan oldin muzey fondlaridagi materiallar bilan batafsil tanishilib, adabiyotlar o’rganiladi, boshqa muassasalar: fanlar akademiyasi, qo’shni respublikalar akademiyalari ilmiy — tadqiqot institutlariga o’xshash obro’li muassasalar bilan zarur koordinatsiyalar amalga oshiriladi. Ekspeditsiyalar institut va muzey xodimlarining birgalikda ishtirok etishi uchun zarur ko’nikmalarni rivojlantiradi, eksponatlarni puxta tanlash va ularga ilmiy yondoshishni o’rgatadi, o’zaro hamkorlik tajribasini hosil qiladi. Ekspeditsiya - yig’uv ishi muzey tomonidan bir necha yilga mo’ljallab oldindan puxta rejalashtiriladi. Bunday ish rejalari ekspozitsiya vazifalari, ilmiy tadqiqot va eng avvalo, fondlar ahvolini hisobga olish bilan uzviy bog’liq holda tuziladi. Har bir ekspeditsiya oldidan u bajarishi lozim bo’lgan ishlarning ilmiy rejasini aks ettiruvchi yig’uv ro’yxat — jadvali tuziladi. Etnografiya kollektsiyalarini komplektlashda har bir eksponat ro’yxatdan o’tkazilib tekshirilayotgan xalq yoki elat tarixi hamda turmush tarzi bilan uzviy bog’liq holda, muayyan vaziyatda o’rganiladi. Har bir etnografik mavzu yoki hodisa (turar joy, kiyim - kechak, kasb —kor, oila va boshqalar) dala sharoiti jarayonida tarixan o’rganiladi.
Materialni qat’iy ilmiy asosda tanlash yig’uv —to’plov ishining majburiy shartidir. Dala sharoitida eksponat haqida: predmet va uning ayrim qismlari nomlari (tayyorlagan odam tilidagi mahalliy nomi), nima uchun tayyorlanganligi va foydalanganligi, joylashgan rayoni, tayyorlangan vaqti singari barcha ma’lumotlar to’planadi. Demak, dala sharoitida kollektsiya to’plash ilmiy — tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Dala sharoitida yig’uv ishining asosiy shakli bevosita kuzatish, axborot beruvchilar bilan suxbatlar o’tkazish va materialni ekspeditsion lavha, kundalik fotosurat sifatida ro’yxatga olishdan iborat. Axborot beruvchi yoki uning joylardagi yordamchilari tomonidan to’ldirilgan anketadan yordamchi usul sifatida foydalaniladi.
Muzey kollektsiyalarini to’plash — ilmiy izlanish samarasidir. Buyumni majmuaga qo’yish uchun inventar kitobiga yozish kerak. Ammo oldin uning nimaligini aniqlash, mazmunini bilish, xdqiqiyligiga ishonch hosil qilish, unga to’liq nom berish lozim. Muzey fondlarida shunday buyumlar borki, ularni aniqlash va o’rganish uchun yillab vaqt sarflanadi. Shuning uchun ko’pincha muzey buyumlarini o’rganuvchi fanni «buyumshunoslik» deb ataydilar. Buyumni inventar kitobiga yozishdan oldin uning muallifini, materiali va texnikasini, mazmuni, ahvoli va qaerdan kelganligini bilish lozim.3
Navbatdagi bosqich — ilmiy pasportlarni to’ldirishdir. Bunda buyumlar haqidagi ma’lumotlar kengaytirilib, tarixiy sharhlar beriladi. Namuna uchun bir necha ilmiy pasportni keltiramiz. Buyumning nomi - chopon. Inventar nomeri 322, qayd qilish kitobi nomeri 3-1. Bo’lim nomeri 111. Saqlanadigan joyi -34 —yashik. ^
Tasviri. Qumrang ip gazlamali erkaklar to’ni, hunarmandchilik maxsuloti. Asosi va arqog’i ikki ipdan eshilgan gazlamadan iborat. Choponning etagi, bari va englari yo’l — yo’l qizil matodan, yoqalari oq hoshiyali havorang chitdan tikilgan. Yoqasining cheti, etaklari va engining uchi binafsharang ipak jiyakdan iborat. Eng ichiga ham ana shunday jiyakning parchasi tikilgan. Orqa etagi, bari va eng qaytarmasi binafsharang ipak hamda qora ip bilan baxyalangan. Baxya yirik yirik qavilgan. Chopon qo’lda tikilgan. Yoqasi mashina usulida fabrika ipida baxyalangan.
O’lchami: uzunligi 1,38, engi - 0,72, qaytrmasi - 0,32, etagi - 1,95 sm.
Saqlanish darajasi: yangi.
Olingan joyi va vaqti: O’rta Osiyo muzeyi topshirig’iga muvofiq M.F.Gavrilov tomonidan tuzilgan predmetlar ro’yxati. To’ldirilgan vaqti: 8.11.31 y. Tuzuvchii: M.Bekjonova.
Buyumning nomi — chinni tovoq.
Tasviri: shakli tsilindirsimon, qirrasi yuqoriga qarab bo’rtgan. Oq fonga rangli emal bilan gul solingan. Yuqori qismi zangori naqshlar bilan bezatilgan. Ikki yonida ushlagich uchun ikki o’yiq bor. Satxi qovoq hosili yig’ish manzarasini aks ettiruvchi bezaklar bilan qoplangan; birinchi manzarada 3, boshqasida 4 dehqon shakli, ular ustida uchayotgan kapalaklar. Quyi qirrasida zangori shakllar mavjud. Tovoq qopqog’ining ustida it shakli va janr manzarasi aks etgan. Ikkinchi tovoq ham huddi birinchisiga o’xshaydi, lekin undagi janr manzaralari yaltiroq tasvirda berilgan.
Har ikkala tovoq ham bir hil hajmda: balandligi 143, diametri 165, chuqurlik diametri 130 mm.
Qopqoqlar hajmi har xil: birinchisining diametri 183 mm, balandligi 50 mm; ikkinchisiniki esa 180 mm, balandligi 50 mm. Tagida sulolaning qizil markalari (Daouguan 1821-1851 yillar).
Saqlanish darajasi: yaxshi.
Olingan jotsi va vaqti: Toshkent, Murodovdan 40 so’mga sotib olingan.
Ma’lumotlar manbai: adabiyot materiallari va ko’p yillik shaxsiy kuzatauvlar. Eslatma: Evropa bozorlariga chiqariladigan mahsulotlarning xarakterli namunasi.
To’ldirilgan vaqti: 10.03.1973 y. Tuzuvchi prof.G.N.Chabrov.
Ilmiy pasportlar yozish — ilmiy kataloglarni nashrga tayyorlashning asosiy zaminidir. Bu — muzey ekspozitsiyasida predmetlarni ilmiy asosda namoyish qilish hamda etnografiya, san’atshunoslik, arxeologiya bo’yicha tadqiqot olib boruvchilar uchun izoh xizmatini o’taydi.
Umuman muzey fondlarini komplektlash muzey faoliyatining asosiy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Bu ish tez yoki sust sur’atlarda butun muzey faoliyati jarayonida davom etadi.
Zamonaviy muzeyshunoslikda fondlarni komplekt — lashga muzeyning funktsiyasi bo’lgan sotsial axborotlarni to’plash, jamiyat taraqqiyotini hujjatlashtirishning usuli sifatida qaraladi. Bu amal qilayotgan sotsial muhitdan turli davrga oid va turli maqsadlarga qaratilgan predmetlarni tanlab va ajratib, ularni muzey predmeti sifatida muzey to’plamiga kiritish yo’li bilan olib boriladi.
Topib olingan muzey predmetlari muzey to’plamining yadrosini — muzey fondi predmetini hosil qiladi, va muzeyning butun faoliyatining fundamentiga aylanadi. Bu fondning asosiy qismi mangu saqlashga mo’ljallab tuziladi.
Komplektlash jarayonida predmetlarning muzey uchun qimmati
aniqlana boshlaydi. Buning uchun predmetlarning o’z axborotlari
va predmet amal qilgan muxitdan predmet haqida olingan yordamchi
axborotlar o’rganiladi. Bu predmetlar, yo’ldosh, davrdosh
axborotlar, ularning hayotiy aloqalarini, ular ortida turgan
insonlarning o’zaro munosabatlarini to’laroq ochishga yordam
beradi.
Masalan, kumush samovar o’zining ko’rinishi bilan uning nima maqsadga mo’ljallanganligi, yasalgan vaqti va joyi haqida guvohlik beradi, lekin uning amal qilish tarixi haqida, uning aynan qaysi oilaga tegishli ekanligi haqida maxsus jalb qilingan qo’shimcha manbalar ma’lumot beradi.
Yo’ldosh axborotlar avvaldan qayd qilingan bo’lishi mumkin (biografik ma’lumotnoma, gazeta qirqimi); shuningdek, komplektlash paytida olinishi mumkin (tanlab olingan milliy kiyimning kiyilish usulini qayd qilish maqsadida suratga olish); yoki olingan materialni o’rganish jarayonida qayd qilinishi mumkin (tanlab olingan predmetaing an’anaviy joylashishi haqida xikoya qiluvchi dehqon chaylasi intererining maketi).
Yo’ldosh axborotlarni tashib yuruvchi va muzey predmeti qimmatiga ega bo’lmagan predmetlar, yordamchi — ilmiy materiallar fondini to’ldiradi. Yo’ldosh axborotlarning bir qismi og’zaki formada tushadi (predmetlar egalarining, guvohlarning, avlodlarning ma’lumoglari va u kechiktirmasdan maxsus formadagi xujjatda yozma ravishda qayd qilinadi.)
Aytilganlardan xulosa qilib muzey fondlarini komplektlashga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Fondlarni komplektlash — muzey faoliyatining asosiy ko’rinishlaridan biri, jamiyat rivojini xujjatlashtirish jarayonining muxim .zvenosidir. U o’tmishga va hozirgi kunga tegishli bo’lgan haqqoniy predmetlarni ajratib olish, ularni muzey predmetiga, davrining hujjatiga, mangu asrashga mo’ljallangan muzey yodgorligiga aylantirish orqali amalga oshiriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOT
1. Gless YU. I, Landa L. M. «Muzey O`zbekistana» Toshkent. 1961 g.
2. Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» Toshkent «O`kituvchi» 1979 yil.
3. «Mustaqil izoxli ilmiy ommabop lugat». Toshkent. «SHark» 1998 yil.


1 Gless YU. I, Landa L. M. «Muzey O`zbekistana» Toshkent. 1961 g.

2 Juraev N. «Agar ogoxsen» Toshkent «YOzuvchi» 1908 yil.

3 Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» Toshkent «O`kituvchi» 1979 yil.

Download 25,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish