4.
5.
1.1519-YILDA Bobur tuzgan devoni qanday nomlanadi
2.Z.M.Bobur tarjima qilgan asar.
3.Bobur ijodiga mansub menuar asar.
4.Boburning ona tomonidan bobosi ,Toshkent hokimi.
Bobur vafot etgan shahar.
Boburiylar shajarasi bilan tanishiladi.Darslikda berilgan Bobur hayoti va ijodiga oid
savol va topshiqlar bajiriladi.
5.Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchi:Bobur o`zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir.U turkiyda yozgan sherlarni to`plab 1519-yilda Kobulda,1528-1529-yillarda Hindistonda
devonlar tuzgan.Saqlanib qolgan she`rlari 400 dan ortiq: 119 tasi g`zal,231 tasi
ruboiy.Bobur devonidan tuyuq,farq,maslabiy,qit`a,muammo kabi janirlar o`rin olgan.
Z.M.Bobur haqida bugun kun adabiyotimiz namoyondalari bir qancha asarlar va she`rlar yozganlar.O`quvchilar E.Vohidov,A.Oripov,M.Shayxzoda,M.Yusuf she`rlaridan
yod olganlar.
Barot Boyqobilov ,,Kun vat un”dostoni
Andijon shaxriga qo`yganda qadam
Bog` aro sezaman Bobur ruxini
Za`farondevonim varaqlagandam
Tinglayman shoirning mungli ohini
Jang jadal taxt-talash,mungli alvido
Yetim qolgan tuproq ezar ko`ngilni
Diyorin tark etmak bo`lgan shahzoda
Samoga so`ngi bor uzatar qo`lni.
Sirojiddin Sayid “O`n ikki yoshimda podishoh bo`ldim” she`ri.
Yaratgan hukmidin oliyjoh bo`ldim
O`n ikki yoshimda podishoh bo`ldim
Temurbek avlodi-otamUmarshayx
Qismat jon ichurdi g`oyat achiq talx
Buyuk bir qo`l surub elturdi meni
Shatranj donasidek keltirdai meni
Aytmangizki yo`lda bir sipoh bo`ldim
O`n ikki yoshimda podishoh bo`ldim
Yuz yil yo bir yilda davron aylanur
Yuz oh Zahiriddin Muhammad Bobur
Ko`klarda oy bo`lib qolgandir ohim
Yurak bag`ring ezib,o`rtanma ,Mohim
Dardlaringni olib ko`zim yumoyin
Mendan so`ng hushyor bo`l o`g`lim Humoyun
Muhammad Yusuf “Bobur she`ri”
Toqatim toldi oqibqt Bog`ishamol sayrin endi
Taxtni yov oldi oqibat Qilg`ay chiqib g`ayir endi
O`z yurtim qoldi oqibat Boburing der “Xayr endi
Afg`on kettim daeyo kechib Anjon!”ketdim daryo kechib.
5.Darslikda berilgan Bobur g`azallaridan o`qib tahlil qilanadi:
Mening ko`nglumki,gulning g`unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o`lsa ochilmog`i ne imkondir.
Agar ul qoshi yosiz bog` gashtini orzu qilsam,
Ko`zimga o`qdurur sarv-u ko`ngulga paykondur.
Bahor-u bog` sayrin ne qilaykim dilsitonimnin,
Yuzi gul, zilfi sunbul,qomqti sarfi xromomondur.
Visoli lazzatin zavq topmoqlig` erur dushvor,
Firoqi shiddatiga yo`qsa jon bermaklik osondur.
Boshidin evrulur armoni birla o`ldum,ey Bobur,
Mening na`shimni bori ul pari ko`yidin aylondur.
O`quvchilar tomonidan mustaqil yod olingan g`azallar aytiladi.
Bobur ruboiylari rus va ingliz tillarda aytiladi:
Yuz oh Zahiriddin Muhammad Bobur,
Tuz oh Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarishtayi ayishdin ko`ngilni zinhor,
Yuz oh Zahiriddin Muhammad Bobur.
Очнисъ Захириддин Мухаммад шах Бобур,
Проснись Захириддин Мухаммад шах Бобур.
Освободись от всех онов земного счастя,
Смерись Захириддин Мухаммад шах Бобур.
Tole yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi,
Har neniki ayladim xatolig` bo`ldi.
O`z yerni qo`yib Hind sari yuzlandim,
Yo Rab netayin bu ne yuz qzrolig` bo`ldi
Misfortuna coused my soul a trable,
Anything a tred let me to mistake.
I went to India living my mother lend ,
What to do my god it is so sorryful for me.
Texnik vosita yordamida Bobur g`azali bilan aytiladigan qo`shiq qo`yib eshitiladi .
Bu vaqtda o`quvchilar adabiyot daftarlariga bugungi darsimizdan olgan xulosalari
asosida Z.M.Bobur haqida bittadan qo`shma gap yozadilar.
-
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
|
1
|
2
|
3
|
Shoh sifatida
|
Shaxs sifatida
|
Shoir sifatida
|
Qo`shiq tugagach , unda aks etgan shoirning ichki kechilrisida suhbat o`tkazamiz.
6.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mamlakatimizda yo`lga qo`yilgan texnik imkoniyatlar yordamida o`quvchilar
Internet orqali Boburning ijodkor avlodlari haqida ma`lumotlar oladilar va o`zaro
muhokama qiladilar.
7.Uyga vazifa berish.
Darslikda berilgan Bobur g`zallaridan yod olish . Adabiyot daftariga “Shoirlikda
shoh,shohlikda shoir-Bobur” mavzusida ijodiy insho yozish.