Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik



Download 335,49 Kb.
bet81/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Vale azmim emdi budurkim xudoy,
Agar bo‘lsa umrumg‘a muhlat fizoy.
CHekib turfa tarixingga xomani,
Qilib nuktag‘a tez hangomani...
...Valodat kunidan tutub to bu dam,
Borin sharh ila aylagaymen raqam.
SHu tariqa xotima-masnaviyning so‘nggi baytlarida Navoiy shohsiz jahonga omonlik bo‘lmasligini aytib, Husayn Boyqaroga yaxshi tilaklar bildiradi, duosini yo‘llaydi va o‘zi ham duolardan umidvor ekanini aytib, asarni yakunlaydi.
Xullas, Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” asari shoirning tarixchi olim sifatidagi yana bir muhim qirrasini ochish bilan birgalikda SHarq xalqlarining tarixidan kengroq xabardor bo‘lish imkoniyatini beradi.
Alisher Navoiy o‘zining uch ustoziga bag‘ishlab uch yodnoma – manoqib yaratgan. Manoqib yuksak fazilatli, valiy va o‘ziga xos xislat egalarining tarjimai holi, siyrati va sajiyasini aks ettiruvchi mumtoz janr hisoblanadi.
SHunday asarlardan biri Navoiyning piri, ustozi Abdurahmon Jomiy xotirasiga bag‘ishlangan “Xamsat ul-mutahayyirin” (“Besh hayrat”) asari hisoblanadi. Muallif kirish qismida asar mundarijasini keltiradi. Unga ko‘ra, mazkur asar muqaddima, uch maqolat va xotimadan iborat.
Asar muqaddimasida Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyning nasl-nasabi, bolaligi, umr yo‘li haqida to‘xtaladi. SHuningdek, Jomiyning xizmatiga qachon kelganligi haqida ham xabar beradi. SHoir muqaddimada Abdurahmon Jomiyning bolaligi haqida hikoya qilish asnosida qiziq voqeani keltiradi. Bir kuni zamonasining piri murshidlaridan hisoblanmish Faxriddin Luristoniy Jom viloyatiga – Abdurahmon Jomiyning uylariga keladi. O‘sha paytlarda to‘rt-besh yoshlar atrofida bo‘lgan Abdurahmon juda sezgirlik bilan ulug‘ murshidning harakatlarini kuzatadi va shayx barmoqlari bilan “Umar” va “Ali” so‘zlarini havoga yozsa, ilg‘ab olib, o‘qib beradi. Buni ko‘rib, Faxriddin Luristoniy boladagi ziyraklikdan hayratga tushadi. Hazrat Navoiy Jomiyning umr yo‘li bilan bog‘liq ma’lumotlarni keltirib, ustozining SHohrux Mirzo zamonidan Abusaid zamonigacha Hirot shahrida yashaganligini aytadi. So‘ng avliyo Sa’diddin Koshg‘ariy mozori qoshida maskan tutadi. SHundan so‘ng umrining oxirgacha shu erda yashaydi.
Asarning ikkinchi qismi “Avvalg‘i maqolot” deb atalib, hazrat Navoiy o‘zi va ustozi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qiziq va ibratli voqealar, ma’naviy suhbatlar xususida ma’lumot beradi. Mazkur qismda Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ishtirokidagi o‘n to‘rt voqea keltirilgan. Ularning barchasi turli vaqt va holatlarda ro‘y bergan bo‘lsa-da, ustoz va shogirdning, balki ikki do‘stning mehru muhabbati, sadoqati, hamfikrliligi haqidagi xulosalarni beradi. Masalan, Navoiy keltirgan voqealardan birida kotib Abdullohning Alisher Navoiyga shayx Xoja Abdulloh Ansoriyning “Ilohiynoma” kitobini ko‘chirib keltirganligi qalamga olinadi. Kotib kitobni tashlab ketgach, Alisher Navoiy bir varaqlab ko‘rish bahonasida ikki qismdan iborat yirik asarni bir o‘tirishda o‘qib tugatib qo‘yadi. Ertasi kuni kotib Abdulloh shoirdan kitobni qaytarishini yoki haqini to‘lashini so‘raydi. SHunda atrofdagilar unga Alisher Navoiy kitobni qo‘liga olib, bir zarb bilan o‘qib tugatganligini aytadilar. Hayratga tushgan kotib: “Kecha kitobni hazrati Maxdumi Nuran – Abdurahmon Jomiyga ham eltib edim, ul zot ham xuddi shu tarzda uni xatm qilib edilar”, - deydi.
SHuningdek, yana bir qiziq voqea keltiriladi: Bir majlisda Udiy ismli hofiz Xoja Hasan Dehlaviyning g‘azalini kuylaydi. SHunda g‘azalning
Misoli qatri boron sirishki man ham dur shud,
CHunin asar dihad, alhaq, tului chun tu suhayle
“Mening yomg‘ir tomchisi kabi ko‘zyoshlarim injuga aylandi, haqiqatan, sening suhayl yulduziday chiqishing shunday ta’sirlantiradi” baytiga kelganda majlis ahli misradagi “dur” so‘zidan ko‘ra ko‘zyoshni qonga o‘xshatilganligi badiiy ta’sirchanlikni oshiradi, deyishadi. Hamma shunday fikr aytib, Navoiydan ham fikr so‘raydilar. SHoir g‘azaldagi ifodaning o‘zi chiroyli, lekin buni isbotlab berolmayman, kelinglar, bir kishini hakam qilamiz, u to‘g‘ri fikrni aytsin, garov o‘ynaymiz, deydi. Hamma rozi bo‘ladi va g‘azal bayti Abdurahmon Jomiyga yuboriladi. Baytdagi “dur” yoki “xun” (“qon”) so‘zlarining qaysi biri ma’qul ekanligini so‘rashadi. SHunda Jomiy:
Suxan durr astu taalluq bu go‘shi shah dorad –
“So‘z – dur, shohning qulog‘iga tegishli” mazmunidaga bir misrani bitib yuboradi. Davra ahli javobning nozik va qisqaligidan, Navoiy va Jomiyning shu qadar hamfikr ekanligidan hayratga tushadilar. Bu voqea butun Hirotga tarqalib ketadi, majlislarda uzoq vaqt aytib yuriladi.
YAna bir voqeada bir qurilishga sarv daraxtlari kesilib olib ketilayotgani bilan bog‘liq holat tilga olingan. Aravada qurilishga sarv daraxtlarini olib ketilayotganini ko‘rgan Jomiy aravakashdan sarv daraxt qoldimi, nechta yog‘och olib ketyapman, deb mutoyiba bilan savol bersa, bir yuz to‘rtta deydi. Navoiy adad, axir, sarv yorning qaddiga qiyosdir, “qad”35 so‘zining adadi ham bir yuz to‘rtdir deydi. Jomiy Navoiyning zakovatiga qoyil qoladi.
Asarning ikkinchi maqolati Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bir-biriga yozgan xatlari xususida. Bu maktublar Jomiy ham, Navoiyning ham ba’zi asarlari tarkibishga kiritilgan. Aynan shu qismda Alisher Navoiy o‘zining “Tuhfatu-l-afkor” qasidasining yozilishi tarixiga ham to‘xtalib o‘tadi. Maqolatda yozilishicha, bir kuni Alisher Navoiy va Jomiy suhbatlashib o‘tirganlarida Xusrav Dehlaviyning “Daryoyi abror” qasidasidan so‘z ketadi. So‘z asnosida Navoiy Xusrav Dehlaviyning “Agar aflok havodisi va ro‘zigor navoyibidin mening borcha nazmim zamona sahifasidan mahv bo‘lsa va bu qasidam qolsa, meng basdir, nevchunkim, har kishi ani o‘qisa bilurkim, nazm mulkida mening tasarruf va iqtidorim ne martabada erkandur” mazmunidagi faxriyasini eslab o‘tadi. Biroz vaqt o‘tib Jomiy Marvga ravona bo‘ladi. Hazrat Navoiy Jomiy huzuriga borganida Jomiy “Daryoyi abror”ga tatabbu tarzida yozilgan “Lujjatu-l-asror” qasidasini Navoiy e’tiboriga havol qiladi. Navoiy qasidani o‘qib, g‘oyat ta’sirlanganligidan yo‘lda bu qasidaga tatabbu tarzida matla’ni bitib, agar Jomiyga ma’qul kelsa, uni davom ettirishi mumkinligini aytadi. Jomiyga bu matla’ ma’qul kelib, uni yakunlashga Navoiyni ilhomlantiradi.
“Uchinchi maqolat”da Jomiy yaratgan asarlar ta’rifiga bag‘ishlangan bo‘lib, mazkur faslni jomiyshunoslikning poydevori deb aytish mumkin. Unda Navoiy Jomiyning 38 asarining nomini keltirgan.
“Xotima”da Navoiy ustozi Jomiy huzurida o‘qigan asarlari ro‘yxatini keltiradi. Bu asarlarning ba’zilari Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub bo‘lsa (“Risolai qofiya”, “Risolai muammo”ning ikkinchi daftari, “Risolai aruz”, “Lavoeh” (“YAltiroqliklar”), “Lavome’” (“Ravshanliklar”), “SHarhi ruboiyyot”, “Nafahot ul-uns” (“Do‘stlik tarovati”), “Ashi’at ul-lamaot” (“Porloq shu’lalar”), “SHavohid un-nubuvvat” (“Payg‘ambarlik shohidlari”), “Haft avrang”), qolganlari Xoja Muhammad Porsoning “Qudsiya”, Faxriddin Iroqiyning “Lamaot”, Xoja Ubaydulloh Ahrorning faqr va fano to‘g‘risidagi risolalari, Abdulloh Ansoriyning “Ilohiynoma” asari va boshqalar edi. SHuningdek, xotimada Jomiyning xastaligi, vafoti, dafn qilinish tafsilotlari ham keltirib o‘tiladi. Abdurahmon Jomiy vafotidan bir yil keyin Navoiy ustozi qabri ustiga katta maqbara qurdiradi, Sulton Husayn Boyqaro ishtirokida katta marosim o‘tkazib, bu marosimda o‘zining vafotiga bag‘ishlab yozgan ta’rix va marsiyasini o‘z davrining mashhur notig‘i Mavlono Husayn Voiz Koshifiyga o‘qittiradi. Mazkur marsiya keyinchalik “Devoni Foniy” tarkibidan o‘rin olgan.
Holoti Sayyid Hasan Ardasher” manoqibi Sayyid Hasan Ardasher vafotidan ikki yil keyin – 1490-91 yillarda yaratilgan. Alisher Navoiy Sayyid Hasan Ardasher bilan birinchi marta hijriy 860 yil – milodiy 1455-56 yillarda Sulton Ibrohim Mirzo taxtga o‘tirgan yili uchrashib, tanishgan. Buyuk shoirning bu zotga alohida hurmat va ehtirom bilan qaraganligini yigitlik davrida unga bag‘ishlab she’riy maktub – masnaviy bitganligi, uning nomini “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat” asarlariga kiritganligi, “Xazoyin ul-maoniy”dagi tarkibband-marsiyani buyuk zot vafotiga bag‘ishlaganligi, “Soqiynoma”da uning nomini alohida eslab o‘tganligi ham ko‘rsatadi.
Navoiy bu zotning sarf (morfologiya), nahv (sintaksis), lug‘at, arab tili, mantiq, kalom (e’tiqod ilmi), fiqh (islom huquqshunosligi), hadis, tafsir (Qur’on oyatlari sharhi), muammo va ta’rix ilmi, nujum ilmi (astronomiya), advor (musiqa nazariyasi) sohalarida mukammal bilimga ega bo‘lsa-da, g‘oyat kamtarlik va odob yuzasidan majlislarda sukut saqlab o‘tirishlarini chuqur hurmat bilan qayd etadi. Sayyid Hasan Ardasher Lutfiy, Atoiy, Muqimiy, Navoiy, forsigo‘y ijodkorlardan Xoja Hofiz SHeroziy, Sa’diy SHeroziy, Farididdin Attor asarlarini sevib mutolaa qilgan. Ayniqsa, hazrat Navoiyning quyidagi baytlarini takrorlab yurishni xush ko‘rgan:
Furqatingdin za’faron uzra to‘karmen lolalar,

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish