Bahr nomi
|
Vaznlar soni
|
|
Musamman vaznlar
|
Musaddas vaznlar
|
Murabba’ vaznlar
|
Jami
|
1.
|
Hazaj
|
11 / 24
(ruboiy vaznlari)
|
10
|
1
|
46
|
2.
|
Rajaz
|
6
|
6
|
1
|
13
|
3.
|
Ramal
|
7
|
4
|
2
|
13
|
4.
|
Munsarih
|
8
|
3
|
2
|
13
|
5.
|
Muzori’
|
8
|
5
|
-
|
13
|
6.
|
Muqtazab
|
2
|
1
|
4
|
7
|
7.
|
Mujtass
|
7
|
1
|
2
|
10
|
8.
|
Sari’
|
-
|
6
|
-
|
6
|
9.
|
Jadid
|
-
|
2
|
-
|
2
|
10.
|
Qarib
|
-
|
4
|
-
|
4
|
11.
|
Xafif
|
-
|
6
|
-
|
6
|
12
|
Mushokil
|
1
|
2
|
2
|
5
|
13.
|
Mutaqorib
|
8
|
2
|
- / Mutatavval
|
10
|
14.
|
Mutadorik
|
4
|
3
|
-
|
7
|
15.
|
Komil
|
1
|
-
|
-
|
1
|
16.
|
Vofir
|
1
|
-
|
-
|
1
|
17.
|
Tavil
|
1
|
-
|
-
|
1
|
18.
|
Madid
|
1
|
-
|
-
|
1
|
19
|
Basit
|
1
|
-
|
-
|
1
|
|
Jami
|
91
|
55
|
14
|
160
|
Navoiy vaznlarga ta’rif berar ekan, unga ko‘proq misollarni o‘z g‘azaliyotidan keltiradi. Xususan, hazaji musammani solim vaznini ta’riflashda
Zihi mulkungning o‘n sekiz mingidin bir kelib olam,
Bu olam ichra bir uyluk qulung Havvo bilan odam,
Rajazi musammani matviyi maxbun vazni bilan bog‘liq o‘rinda
Gar alamimg‘a chora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay,
Vah, g‘amima shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun netay.
Mutaqoribi musammani mahzuf vaznida
Ochildi chaman, gul’uzorim qani,
Sihi sarv bo‘yluq nigorim qani?
kabi baytlarni keltiradiki, bu holat Navoiy keltirgan vaznlar turkiy adabiyot uchun shunchaki tajriba bo‘lmay, balki ularda badiiyat jihatdan yuksak g‘azallar yozish mumkinligini ko‘rsatadi.
“Mezon ul-avzon”da 9 ta poetik shakl va ularning vaznlari haqida ham ma’lumot keltirilgan bo‘lib, ularning aksariyati turkiy xalq og‘zaki ijodiga mansubdir. Navoiy ularning xalq orasida tarqalgan nomlaridan foydalanadi, nomi yo‘qlarini esa aruzdagi vaznlardan qaysi biriga mos bo‘lsa, shu vazn nomi bilan ataydi. Ushbu poetik shakllar quyidagilardir: o‘n olti ruknli ramali maxbun, tuyuq, qo‘shiq (1), qo‘shiq (2), chinga, muhabbatnoma, mustazod, aruzvoriy, turkiy.
“Mezon ul-avzon” turkiy aruzshunoslikka qo‘shilgan munosib hissa bo‘lib, o‘z davridayoq zamondoshlari tomonidan yuksak baholangan. Xondamir “Makorim ul-axloq”da risolaga yuqori baho berib, Navoiyning iste’dodi va badiiy mahoratini ko‘rsatib beruvchi asar ekanligini, avvalgi risolalarda keltirilmagan doiralarni kiritganligini uning aruzshunoslikdagi eng katta xizmati sifatida e’tirof etadi. “Mezon ul-avzon” o‘zidan keyin turkiy tilda Boburning “Risolai aruz” asari yaratilishi uchun zamin hozirladi, XIX asrda Furqatning “Ilmi she’rning qoidai avzonini bayoni” dastxatiga asos bo‘ldi.
Navoiy turkiy tilning rivojiga shoh asarlar yaratish bilangina hissa qo‘shib qolmay, uning taraqqiyotini nazariy jihatdan ham boyitdi. Uning bu boradagi xizmatlaridan biri 1499 yilda yaratilgan “Muhokamat ul-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asaridir.
Mazkur asarida Navoiy turkiy va forsiy (sort) tillarini bir-biriga qiyoslash asnosida, turkiy tilning boy va keng imkoniyatlarga ega ekanligini isbotladi. Asar musulmon SHarqi adabiyoti an’analariga muvofiq Allohga hamd aytishdan boshlangan. Alisher Navoiy arab tilidagi hamddan so‘ng turkiy tilda bir ruboiy keltirib, uning ilk baytidayoq so‘z bilan olam yaratilganligini, arab tilining barcha tillardan ustun ekanligini ta’kidlaydi. Bu tilda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) so‘zlashgani, muqaddas kitob – Qur’oni Karimning nozil qilinganligi uning sharafli ekanligini bildiradi, deb aytadi.
Navoiy arab tilidan so‘ng uch (turkiy, forsiy va hind) tilini “asl va mo‘‘tabar” deb hisoblab, ushbu tillarning kelib chiqishi Nuh payg‘ambarning uch o‘g‘li – YOfas, Som va Hom bilan bog‘lanishini aytib o‘tadi. Abu Turk laqabi bilan mashhur bo‘lgan YOfas payg‘ambarlik toji bilan sarafroz va rasullik mansabi bilan mumtoz etilganligini ta’kidlaydi.
Navoiy yashab ijod etgan davrda turkiy til forsiy tilga nisbatan pastroq maqomda deb hisoblanib, turkiy tilda ijod etgan Haydar Xorazmiy, Sakkokiy, Atoyi, YAqiniy, Gadoiyning ijodi forsiy meros bilan teng keladigan darajada emas edi. Alisher Navoiy ushbu shoirlarning nomlarini keltirib, ular orasida forsiy adabiyotdagi Xoqoniy, Avhadiddin Anvariy, Kamol Ismoil, Zahir Foryobiy, Salmon Sovajiy kabi qasidanavislar, Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviydek masnaviy ustalari, Sa’diy SHeroziy va Hofiz SHeroziy kabi g‘azalnavis shoirlar etishib chiqmaganligiga e’tiborni qaratadi va turkiy shoirlardan faqat Lutfiygina ular bilan she’riy musobaqaga kirishish salohiyatiga ega bo‘lganligini ta’kidlaydi. Bu bilan Alisher Navoiy turkiy til va bu tilda ijod qiluvchi shoirlarning zimmasida ulkan vazifa turganligini eslatib o‘tadi.
Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn”da turkiy va o‘zi mukammal bilgan forsiy tilni o‘zaro chog‘ishtirish yo‘lidan borib, ikki tilning leksik va poetik imkoniyatlarini ilmiy nuqtai nazardan asoslab beradi. Asarda turkiy va forsiy tillar fonetika, leksika va morfologiya doirasida o‘zaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, Navoiy forsiy tilda unlilar sonida chegara borligi, turkiy tilda esa unlilar bir qancha ma’no farqlovchi xususiyatlarga ega ekanligi va ular o‘zaro uzun-qisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali ko‘rsatib bergan. Xususan, turkiy tilning fonetik xususiyati qofiyadosh so‘zlar uchun forsiy tilga nisbatan qulayligini asoslar ekan, “vov” – “ﻭ” hamda “yoy” – “ﻯ” harflari forsiy til fonetikasida faqat ikki harakatni: “vov” “o‘” hamda “u”ni, “yoy” esa “i” va “e” tovushlarini berishini, (masalan, “xud” (ﺧﻭﺪ) hamda “dud” (ﺪﻭﺪ) so‘zlarida “u” tovushi; “zo‘r” (ﺯﻭﺮ) va “nur” (ﻧﻭﺮ) so‘zlarida “o‘” tovushini), turkiy tilda esa bu ikki harfning har biri uch yoki to‘rt tovushni ifodalashini “ter” so‘zi orqali ko‘rsatib beradi. Bu o‘rinda Navoiy “ter” so‘zining termoq, may, o‘q ma’nolari borligini va “ter” (ﺘﻳﺮ) so‘zidagi “yoy” (ﻯ)ning talaffuzi ma’nosiga ko‘ra farqlanishini, ammo yozuvda bir xil ko‘rinishda bo‘lishini ta’kidlash orqali turkiy tilning fonetik imkoniyatlariga e’tibor qaratadi.
Navoiy asarda forsiy tilda muodil (ekvivalent)i bo‘lmagan 100 ta fe’lni keltiradi. Masalan, “telmurmak” so‘ziga izoh berar ekan, bu so‘z anglatgan ma’no forsiylarda yo‘qligini, mahbubaning nazari oshiq yuziga tekkach, oshiqning “niyoz yuzidin telmurmagi asru munosib ish” ekanlilini aytadi va quyidagi baytni keltiradi:
To‘kadur qonimni har dam ko‘zlaring boqib turub.
Kim, necha yuzumga boqqaysen yiroqdin telmurub.”
Bu o‘rinda Navoiy “telmurmak” so‘zining nozik semasini tahlil etib, “telmurish” orqali ikki insonning o‘zaro muhabbati namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. Keltirilgan misoldan: “Ko‘zlaring har lahza menga boqib qonimni to‘kadi, chunki uzoq-uzoqlardan menga telmurib boqasan”, degan mazmun orqali mahbubaning o‘z oshig‘iga befarq emasligi ma’lum bo‘ladi.
Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillar leksikasini qiyoslash uchun turli sohalarga doir narsa-buyum, tabiiy hodisalar va hayvonlarning forsiy tilda mavjud bo‘lmagan turkiy tildagi nomlarini berib, ularning ba’zilari forsiy til leksikasi tarkibiga ham kirganligini aytib o‘tadi. Xususan turkiylar ovlanadigan kiyikni jinsiga qarab nomlashlarini, erkagini “huna”, urg‘ochisini “qilchoqin” deb atashlarini, forsiy tilda esa bular bir xil qo‘llanilishini yoki yana forsiylar qo‘yning faqat ba’zi a’zolarini nomlaganliklarini, lekin qo‘yning orqasini, oshiq-ilikni, yon suyakni, qovurg‘ani, ilik, o‘rta ilik, bo‘g‘izni turkcha aytishlarini ta’kidlaydi. SHuningdek, qaymoq, qatlama, bulama, qurut, uloba, quymoq, urkamoch kabi taom nomlari forsiy tilga turkiy tildan o‘zlashganligini aytib o‘tadi.
Alisher Navoiy omonimlik va so‘zlarning ko‘p ma’noliligi jihatidan turkiy tilning imkoniyati kengligini, ularning she’riyatda turli nozik ma’nolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, bor, sog‘in, tuz, ko‘k kabi so‘zlar talqinida) ko‘rsatadi, shu orqali tajnis va iyhom san’atiga asos bo‘ladigan so‘zlarning forsiy tildagiga nisbatan ko‘pligini misollar bilan isbotlaydi, aynan tajnis orqali vujudga keladigan va forsiy she’riyatda qo‘llanilmaydigan tuyuq janrining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib beradi.
Navoiy ba’zi mansab egalari yoki kasb-hunar, umuman, muayyan soha bilan shug‘ullanuvchi shaxs nomlarini bildiruvchi “-ch” hamda “chi”qo‘shimchalarini keltirib, forsiylar ushbu qo‘shimchalar orqali yasaladigan qo‘rchi, suvchi, chavgonchi, qo‘riqchi kabi o‘nlab so‘zlarning muodili o‘z tillarida bo‘lmaganligi uchun ularni turkiy tildagi varianti asosida qo‘llashlarini aytib o‘tadi.
“Muhokamat ul-lug‘atayn” asari adabiyot va adabiyotshunoslik fanlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy asarda forsiy tilda yaratilgan adabiyotning etuk namoyandalarini chuqur hurmat bilan tilga oladi, ularning musulmon SHarqi she’riyatiga qo‘shgan hissasini, turkiy adabiyot, xususan, o‘z ijodiga ko‘rsatgan ta’sirini alohida ta’kidlaydi, forsigo‘y va turkiy shoirlar orasidagi o‘zaro adabiy hamkorlik – adabiy mavzularda suhbat, munozaralar, badiiyatga doir mubohasalar bo‘lib turishi haqida ma’lumot beradi. Navoiy turkiy she’riyatning forsiy she’riyatga nisbatan sustroq rivojlanganligini bir necha sabablar orqali ko‘rsatib beradi: 1) turkigo‘y ijodkorlar turkiy tilda ona tilining murakkab va nozikligini bildiruvchi bir necha ma’noli so‘z va ifodalar ko‘p bo‘lganligidan, ularni tushunish va she’riyatda mahorat bilan ishlatish mashaqqatidan cho‘chib, osonlik sari mayl ko‘rsatadilar; 2) ba’zi idrokli shoirlar o‘z zamonidagi hukmron an’ana va adabiy rasm-rusumlardan chetga chiqishni xohlamay, shu doirada qolishni o‘zlariga munosib deb biladilar; 3) yosh ijodkorlar o‘z yozgan asarlarini tajribali ustozlarga ko‘rsatib, ularning e’tirofini eshitmoq istaydilar, bunday ustozlarning aksariyati esa forsigo‘y bo‘lganliklari uchun yosh shoirlar o‘z she’rlarini forsiyda yozmoqni ma’qul ko‘radilar.
Asarda Alisher Navoiyning ijodiy biografiyasi bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlar ham keltirilgan. Asarda muallif devonlari, dostonlari va boshqa ko‘plab asarlarining ro‘yxati va ixcham tavsifi mavjud. Xususan, shoirning turkiy tilda yaratgan asarlari ro‘yxati ularga asos bo‘lgan manbalar nomi bilan birga keltirilishi Navoiy asarlarining tub mohiyatini anglashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, uning “Xamsa” tarkibiga kiruvchi dostonlarning har biri uchun asos bo‘lgan manbalar quyidagi tartibda keltiriladi: 1)“Hayrat ul-abror” ↔ “Maxzan ul-asror” (Nizomiy); 2) “Farhod va SHirin” ↔ “SHirin va Xusrav” (Xusrav Dehlaviy); 3) “Layli va Majnun” ↔ “Gavharnoma” (Hoju Himmatiy), 4) “Sab’ai sayyor” ↔ “Haft paykar” (Ashraf Marog‘iy); 5) “Saddi Iskandariy” ↔ “Xiradnomai Iskandariy” (Abdurahmon Jomiy).
“Muhokamat ul-lug‘atayn”da o‘sha davrdagi turkiy til bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Husayn Boyqaro turkigo‘y shoirlarni o‘z ona tillarida ijod qilishga chorlab, maxsus farmonlar chiqarilganligi, Husayn Boyqaroning o‘zi turkiy tilda Husayniy taxallusi bilan ijod qilganligi va devon tartib berganligi bilan bog‘liq masalalar haqida fikr yuritiladi.
Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari mohiyatida adabiy til masalasi bosh mavzu sifatida tanlangani, forsiy va turkiy tilni leksik, fonetik va grammatik jihatdan qiyoslagani nuqtai nazaridan tilshunoslik yo‘nalishidagi muhim manba bo‘lish bilan birga ilmiy nasrning yorqin namunasidir.
Davlatshoh Samarqandiy Alisher Navoiyni “Mir Nizomiddin”, ya’ni “dinning nizomi – qonuni” deb bejiz ulug‘lamagan. Hazrat Navoiyning deyarli barcha asarlarida, xususan, “Xamsa” dostonlarining muqaddimalarida Allohga hamd, Payg‘ambarga na’t, munojot va Rasululloh s.a.v madhining mavjudligiyoq bu fikrni tasdiqlaydi. Biz quyida ko‘rib chiqadigan asarlarda Alisher Navoiy shariat va tasavvuf ilmining chuqur bilimdoni, nazariyotchisi sifatida namoyon bo‘ladi.
“Arba’in” (“Qirq hadis”) – hadislarning she’riy tarjimasi bo‘lib, an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi. Asar muqaddimasi – “Sababi ta’lifi manzuma”da Navoiy ustozi Abdurahmon Jomiy sahih hadislardan 40 tasini tanlab olib, forsiy tilda “Arba’in” yaratganini, lekin turkiy kitobxon bu chashmadan bebahra ekanligini aytib, Jomiyning ruxsati bilan shu 40 hadisni turkiy tilga tarjima qilganligini yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |