Muxandislik va kompyuter grafikasi



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana20.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#502209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
MKG Mustaqil ishlarni barish bo`yicha uslubiy ko`rsatma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1.
MUSTAQIL ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
Talaba mustaqil ishining maqsadi
- o’qituvchining bevosita rahbarligi va 
nazorati ostida talabada o’quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bo’lgan 
bilim va ko’nikmalarini shakllantirish va ruvojlantirishdir. 
Talaba mustaqil ishi -muayyan fandan o’quv dasturida berilgan bilim, 
ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi 
maslahati va tavsiyalari asosida auditoriyadan tashqarida o’zlashtirishiga 
yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir. 
Talaba mustaqil ishining vazifalari: 
- ma’ruza darslarida olingan nazariy bilimlarini mustaqil va puxta 
o’zlashtirish; 
- elektron o’quv adabiyotlar bilan ishlashini o’rganish; 
- axborot manbalaridan foydalanishni bilish; 
- me’yoriy hujjatlar bilan ishlash; 
- ilmiy adabiyotlardan foydalanishni bilish; 
- internet tarmog’idan maqsadli foydalanishni bilish; 
- mustaqil ishlarni bajarishda ijodiy yondashishini bilish; 
- o’z ishini mutaxassislar jamoasida himoya qila bilish; 
- yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirish, o’stirish. 
2.
 
TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL
ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI 
Ma'lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur'atlar bilan kengayib 
borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma'lumotlarni faqat dars mashg'ulotlari 
paytida talabalarga yetkazish qiyin. Ta’lim jarayoni natijasida sifatga erishishda 
talabalar auditoriyada ma’ruza va amaliy mashg’ulotlaridan tashqari mustaqil 
ta’lim olishi zarur. Chunki o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan o’quv soatlari fandagi 
mavzularni to’la-to’kis o’zlashtirishga imkoniyat bermaydi. Shularni hisobga 
olib, ayrim mavzular talabalar tomonidan mustaqil o’rganishga tavsiya etiladi. 
Tajribalar shuni ko'rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug'ullansa va o'z 
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o'zlashtirishi mumkin. Talabalarning 
erkin mustaqil ta'lim jarayonida bilim, ko'nikma va malakalari mustahkam 
shakllanadi va saqlanadi, mustaqil faoliyatda qobiliyati rivojlanadi va ularda 
ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo'ladi. 
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta'lim olishlarini rejalashtirish, 
tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlami yaratish, dars 


mashg'ulotlarida talabalarni o'qitish bilan bir qatorda ularni ko'proq o'qishga 
o'rgatish, bilim olish yo'llarini ko'rsatish, mustaqil ta'lim olish uchun yo'llanma 
berish oliy ta'lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Talaba mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan o'quv dasturida belgilangan 
bilim, ko'nikma va malakaning ma'lum bir qismini talaba tomonidan fan 
o'qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida guruhda yoki guruhdan tashqarida 
o'zlashtirilishiga yo'naltirilgan tizimli faoliyatdir. 
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik 
darajasi semestrdan-semestrga ko'nikmalar hosil bo'lishiga muvofiq ravishda 
o'zgarib, oshib borishi lozim. Ya'ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi 
mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli 
va ijodiy yondashishga o'rgatib borish kerak bo'ladi. 
Mustaqil ishni tashkil etishda talabaning akademik o'zlashtirish darajasi 
va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: 
- fanning ayrim mavzularini o'quv adabiyotlari yordamida mustaqil o'zlashtirish, 
o'quv manbalari bilan ishlash; 
- amaliy mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rib kelish; 
- ma'lum mavzu bo'yicha referat tayyorlash; 
- hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; 
- maket, model, jihoz, uskuna, dasgohlar ustida ishlash; 
- amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish, test, munozarali savollar 
va topshiriqlarni bajarish;
- amaliy mazmundagi nostandart masalalarni echish va ijodiy ishlash; 
- uy vazifalarini bajarish va boshqalar. 
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun 
boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi 
turdagi topshiriqlami berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. 
Topshiriqlar puxta o'ylab ishlab chiqilgan va ma'lum maqsadga yo'naltirilgan 
bo'lib, talabalaming olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, 
kengaytirish va to'ldirishga xizmat qilishi kerak. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish