Muxandislik va kompyuter grafikasi



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana20.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#502209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
MKG Mustaqil ishlarni barish bo`yicha uslubiy ko`rsatma



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI 
MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI 
 QARSHI FILIALI 
 
“Umumtexnik fanlar” kafedrasi 
“ MUXANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI” 
fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha 
 
USLUBIY KO‘RSATMA 
 
 
 
 
QARSHI- 2021
 


Tuzuvchi:
 
B.M.Jo’rayeva 
-“Ummumtexnik fanlar” kafedrasi
assisenti
 
Taqrizchilar: 
H.A.Ravshanov
– TIQXMMI Qarshi filiali 
“Umumtexnik fanlar” kafedrasi pfofessori v.b., t.f.d. 
X.A.Fayzullayev 
– QarMII “Umumtexnika fanlari”
kafedrasi mudiri, t.f.f.d. 
 
“Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanidan uslubiy ko’rsatma:- Qarshi, 
TIQXMMI Qarshi filiali, 2021 y. - 46 b. 
Ushbu uslubiy ko’rsatma 3311000- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirish va boshqarish, 5410500 - Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini 
saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi, 5430100- Qishloq xo`jaligini 
mexanizatsiyalash, 5450400- Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan 
foydalanish, 5450200- Suv xo`jaligi va melioratsiya yo‘nalishi talabalari uchun 
tayyorlangan bo’lib, “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanining о‘quv 
dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Ushbu uslubiy ko’rsatma “Umumtexnik fanlar” kafedrasi yig`ilishida 
(bayon №____, ______2021 y.), Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti 
Uslubiy Komissiyasida (bayon №_____, ___________ 2021 y.) va 
TIQXMMIning Qarshi filiali Uslubiy Kengashida (bayon №____, ___________ 
2021 y.) muhokama etilgan va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan. 


“Chizma – texnikaning tilidir”
G.Monj.
“Chizma geometriya esa shu tilning gramatikasidir.” 
V.I. Kurduyumov.
Kirish 
Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har
tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va 
tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada ta’lim
turlariga yangi qoidalar hayotga joriy etildi. Kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim 
tizimini isloh qilishning huquqiy – me’yoriy asosi yaratildi.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
talablari asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy yetuk va jahon andozalari 
talablariga javob bera oladigan, mustaqil bilim olish, o’rganish va ijodiy ishlash
qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal
qiladigan yuksak ma’naviyatli shahs qilib tayyorlash oliy ta’lim tizimining
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Respublikamizning 
taraqqiyotida 
raqobatbardosh 
malakali
mutahassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero jamiyat
taraqqiyotida mutahassis kadrlar omilining muhimligi isbot talab yetmaydigan 
hayotiy haqiqatdir. Mutahassis kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va 
samaradorligini oshirish borasida ham so’nggi yillarda keng ko’lamli ishlar 
qilindi va qilinmoqda. Jumladan, tayyorlanayotgan mutahassis kadrlarning 
mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi xislatlarni tarkib topdirishga 
alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida 
ta’kidlanganidek, “…o’qishni mustaqil bilim olishni individuallashtirish
hamda distanstion ta’lim tizimi texnologiyasi hamda vositalarini ishlab chiqish va 
o’zlashtirish” talab etiladi. 
Ko’rinib turibdiki mustaqil ta’lim, o’z ustida mustaqil ishlab bilimini 
kuchaytirish yosh mutaxasislarni tayyorlashda nihoyatda muhim kasb etganidan 
u davlat siyosati darajasida talab qilinmoqda. Bu yo’nalishda qator tadqiqotlar 
o’tkazilganligi va ko’p tavsiyalar ishlab chiqilishiga qaramasdan bu sohadagi
ahvolda tubdan o’zgarish ro’y bermayapti. Bunga sabab birinchidan ilmiy-
tadqiqot ishlar natijalarining amaliyotda tadbiqi ommaviy tus olmaganligi
ya’ni o’quv yurtlariga aniq yo’l-yo’riq sifatida yetib borib, o’qituvchilar
quroliga aylanmaganligi bo’lsa ikkinchi tomondan xali ham xal qilinadigan 
muammolarning yetarli darajada majud ekanligidadir. 


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir 
qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi 
va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, fanga ijodiy yondoshgan holda 
muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan 
mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan 
hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari vaqtida talabalarga 
yetkazish qiyin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa 
va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni
 
chuqur o‘zlashtirishi mumkin. 
Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina 
shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy 
ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi. 
“Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanidan talabalar tomonidan
mustaqil ishini bajarilishi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting 
tizimi Nizomi talablari asosida nazorat qilinadi. Shuning uchun har bir 
professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga 
ishonch uyg‘otishi, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga 
o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda 
o‘zlashtiriladigan 
bilim 
va 
ko‘nikmalarning 
kursdan-kursga 
murakkablashib, 
kengayib 
borishini 
hisobga 
olgan 
holda 
ularning 
tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga 
ko‘nika boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni 
bajaribgina qolmay, o‘zining extiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb 
hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga 
o‘rganib boradi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish