Tuzuvchi:
B.M.Jo’rayeva
-“Ummumtexnik fanlar” kafedrasi
assisenti
Taqrizchilar:
H.A.Ravshanov
– TIQXMMI Qarshi filiali
“Umumtexnik fanlar” kafedrasi pfofessori v.b., t.f.d.
X.A.Fayzullayev
– QarMII “Umumtexnika fanlari”
kafedrasi mudiri, t.f.f.d.
“Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanidan uslubiy ko’rsatma:- Qarshi,
TIQXMMI Qarshi filiali, 2021 y. - 46 b.
Ushbu uslubiy ko’rsatma 3311000- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va boshqarish, 5410500 - Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini
saqlash va dastlabki
ishlash texnologiyasi, 5430100- Qishloq xo`jaligini
mexanizatsiyalash, 5450400- Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan
foydalanish, 5450200- Suv xo`jaligi va melioratsiya yo‘nalishi talabalari uchun
tayyorlangan bo’lib, “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanining о‘quv
dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Ushbu uslubiy ko’rsatma “Umumtexnik fanlar” kafedrasi yig`ilishida
(bayon №____, ______2021 y.), Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti
Uslubiy Komissiyasida (bayon №_____, ___________ 2021 y.) va
TIQXMMIning Qarshi filiali Uslubiy Kengashida (bayon №____, ___________
2021 y.) muhokama etilgan va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan.
“Chizma – texnikaning tilidir”
G.Monj.
“Chizma geometriya esa shu tilning gramatikasidir.”
V.I. Kurduyumov.
Kirish
Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har
tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali,
fidoiy va
tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada ta’lim
turlariga yangi qoidalar hayotga joriy etildi. Kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim
tizimini isloh qilishning huquqiy – me’yoriy asosi yaratildi.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
talablari asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy yetuk va jahon andozalari
talablariga javob bera oladigan, mustaqil bilim olish, o’rganish va ijodiy ishlash
qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal
qiladigan yuksak ma’naviyatli shahs qilib tayyorlash oliy ta’lim
tizimining
asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Respublikamizning
taraqqiyotida
raqobatbardosh
malakali
mutahassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero jamiyat
taraqqiyotida mutahassis kadrlar omilining muhimligi isbot talab yetmaydigan
hayotiy haqiqatdir. Mutahassis kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va
samaradorligini oshirish borasida ham so’nggi yillarda keng ko’lamli
ishlar
qilindi va qilinmoqda. Jumladan, tayyorlanayotgan mutahassis kadrlarning
mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi xislatlarni tarkib topdirishga
alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida
ta’kidlanganidek, “…o’qishni mustaqil bilim olishni
individuallashtirish
hamda distanstion ta’lim tizimi texnologiyasi hamda vositalarini ishlab chiqish va
o’zlashtirish” talab etiladi.
Ko’rinib turibdiki mustaqil ta’lim, o’z ustida mustaqil ishlab bilimini
kuchaytirish yosh mutaxasislarni tayyorlashda nihoyatda muhim kasb etganidan
u davlat siyosati darajasida talab qilinmoqda. Bu yo’nalishda qator tadqiqotlar
o’tkazilganligi va ko’p tavsiyalar ishlab chiqilishiga qaramasdan bu sohadagi
ahvolda tubdan o’zgarish ro’y bermayapti. Bunga sabab birinchidan ilmiy-
tadqiqot ishlar natijalarining amaliyotda tadbiqi
ommaviy tus olmaganligi
ya’ni o’quv yurtlariga aniq yo’l-yo’riq sifatida yetib borib, o’qituvchilar
quroliga aylanmaganligi bo’lsa ikkinchi tomondan xali ham xal qilinadigan
muammolarning yetarli darajada majud ekanligidadir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir
qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi
va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, fanga ijodiy yondoshgan holda
muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan
mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan
hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari vaqtida talabalarga
yetkazish qiyin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa
va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni
chuqur o‘zlashtirishi mumkin.
Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina
shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi
va ularda ijodiy
ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
“Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanidan talabalar tomonidan
mustaqil ishini bajarilishi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting
tizimi Nizomi talablari asosida nazorat qilinadi. Shuning uchun har bir
professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga
ishonch uyg‘otishi, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga
o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda
o‘zlashtiriladigan
bilim
va
ko‘nikmalarning
kursdan-kursga
murakkablashib,
kengayib
borishini
hisobga
olgan
holda
ularning
tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga
ko‘nika boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan
belgilab berilgan ishlarni
bajaribgina qolmay, o‘zining extiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb
hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga
o‘rganib boradi.