10
1-BOB.
OFTALMOLOGIYA TARIXI
Oftalmologiya (yunoncha oftalmos - ko'z) - bu ko'rish organining tuzilishi va
funksiyalarini, shuningdek uning kasalligini o'rganadigan fan. Oftalmologiya 19-
asrda xirurgiyadan alohida fan sifatida ajralib chiqdi.
Ko'z kasalliklari haqidagi ta'limot qadimgi sivilizatsiyalarda shakllana
boshladi. Birinchi marta ko'z kasalliklari “Xammurapi qonunlari “ kodeksida qayd
etilgan (Bobil, mil. Avv. XVIII asr). Ko'z kasalliklari to'g'risidagi
ma'lumotlarnio'zichiga olgan qadimgi Misrning birinchi papirusi asrimizdan
oldingi XVII-XVasrlarga oiddir.
Qadimgi Hindistonning sanskrit matnlarimiloddan avvalgi 3-4asrlarga oid
bo’lib Sushrut va Xaraki ta’limotida ko'z kasalliklari to'g'risida ta'limot mavjud.
Ushbu ta’limotga ko’ra yorug'likni sezadigan organ ko’z gavhari hisoblangan.
Hindistonda 74 ta ko'z kasalliklari bilan tanish edilar, ular ko’z kasalliklarining
kelib chiqishida ko’z tomirlari orqali kiradigan odam tanasidagi suyuqliklar (safro
va qon) dagi o'zgarishlar sabab deb hisoblashgan. Xitoy kimyogarlari ko'z
kasalliklarini o'rganish va davolashda faol ishtirok etishgan. Qadimgi
Yunonistonda Gippokrat (miloddan avvalgi V-IV asrlar) o'z asarlarida ko'z
kasalliklari haqida ma’lumot berib o’tgan. Aristotel
(miloddan avvalgi IV asr) "yorug'lik –bu nurli tanadan
chiqadigan shaffof vosita orqali ko'zning shaffof ligi
tanani idrok etadigan harakat" deb ishongan. Kornelius
Selsus (mil. Av. 1-asr) rangdor parda, kipriksimon tana,
oldingi va orqa kameralarning mavjudligini isbotladi.
Shuningdek, u glaukoma qaytarib bo’lmas ko’rlikni ,
katarakta qaytarib bo`ladigan ko’rlikni ajratib bergan.
11
Nafaqat O`zbekiston balki insoniyat tarixida ko`z kasalliklarini davolash va
uning anatomiya va fiziologiyasi IBN SINO bobomizning 1012-1024 yillarda
chop qilingan “ TIB QONUNLARI” kitobida keltirilgan. Unda ulug’ bobomiz
kataraktani limbdan 4mm uzoqdan skleral nish bilan reklinatsiya qilib davolagani
va shox pardaning pastki qismidan kesib xrustalik kapsulasini yorib gavhar
massasini chiqarib olish amaliyotini qo`llagani keltirilgan.
Sels 17-asrning o'rtalarida kataraktani kamaytrangdor pardah texnikasini
takomillashtirdi. Arab shifokorlarining o’rni katta (Ibn al-Xaytam Alxazen,
eramizning X-XI asrlari) zamonaviy ko'rish nazariyalarining paydo bo'lishiga
katta hissa qo'shgan "Optika kitobi" ni yozdi.
O'rta asrlarda Yevropada nafaqat eksperimental fanlarda, balki amaliy
tibbiyotda ham pasayish kuzatildi. Oftalmologiya bilimlari asosan Sharqdan kirib
kelgan. 13-asr oxirida ko'zoynak ixtiro qilinishi katta kashfiyot bo'ldi. 1583-
yilda Georg Bartish Yevropada birinchi ko'z kasalliklarini konservativ va jarrohlik
davolash bo'limlarini ochdi va oftalmologiya bo'yicha darslikni nashr etdi. Buyuk
matematik va astronom Yogann Kepler XVII asr boshlarida asosiy yorug'lik
qabul qiluvchi qurilma orqali yorug'lik nurlari retinada to'planishini isbotladi va
oftalmologiya nazariyasini shakllantirdi. Uyg'onish davri ilmiy kashfiyotlari, shu
jumladan, ko'rish organi anatomiyasi sohasida faollashuv bilan nishonlandi. O’sha
davrda akkomadatsiya jarayoni o’rganildi. Keyinchalik Gelmgolts gavhar
qavariqligining o’zgarishi kipriksimon muskullarning bo’shashishi va qisqarishi
hisobiga kelib chiqishini tasvirlab berdi.
1756- yilda buyuk rus olimi M.V. Lomonosov rangni ko'rishning uch
komponentli nazariyasini ilgari surdi. Akkomodatsiya va refraksiya nazariyalari
F.K.Donders nomi bilan bog’liq . U “Akkomodatsiya va refraksiya
anomaliyalari” asarida birinchi bo'lib gipermetropiya va miopiyalarda
refraksiyaning ikkita variantini taqqoslab, presbiopsiyani akkomodatsiyaning
buzilishi sifatida ajratdi. Kataraktning tabiati va davolash bo'yicha ko'plab bahs-
munozaralar mavjud. 1745- yilda Jak Devil limbal kesma orqali kataraktni olish
12
haqida maqola e'lon qildi. Glaukomada klinik ko'rinishining birinchi aniq ta'rifi
Richard Banister tomonidan berilgan. Glaukomaning mohiyatini anglash 1851 -
yilda G. Gelmgoltsning oftalmoskop ixtiro qilganidan so'ng yuzaga keldi. XIX
asr o'rtalarida. Ko'z ichidagi bosimni o'lchash uchun Fon Grefe birinchi
tonometrlar taklif qilindi. 1857- yilda Albrext fon Graefe glaukomaning o'tkir
xurujida birinchi iridektomiyani amalga oshirdi. XIX asrda ko'ruv o’tkirligini
o'lchash uchun jadvallar paydo bo'ldi.
Rossiyada oftalmologiya XIX asrda faol rivojlana boshladi. 1805-1806 yillarda
Moskva va Sankt-Peterburgda ixtisoslashgan ko'z kasalxonalari ochildi.
Lyudvig Gelmgolts
Fon Grefe
A.N.Maklakov
Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasi Jozef Grubi boshchiligida Rossiyada
birinchi (dunyoda ikkinchi) ko'z kasalliklari bo'limini yaratdi. Moskva
oftalmologiya maktabining asoschisi A.N. Maklakov bo`ladi. A.N. Maklakov ko'z
ichi bosimini o'lchashning zamonaviy usulini taklif qildi. Birinchi Moskva
Tibbiyot Institutining oftalmologiya kafedrasining mudiri A.N. Maklakov.V.P.
Odintsov oftalmologiya bo'yicha darslik va bir nechta kitoblarlarni chop etgan.
Ko'z jarrohligi bo'yicha qo'llanmani K.X. Orlov chop qildi.
L.G. Bellarminov, fiziologik optika va qorachiq reaksiyalarni aniqlash
usullarini joriy qildi. Traxoma bilan kurashish uchun mamlakatning turli
burchaklarida oftalmologik bo`limlar ochildi. 1929 yildan Leningradda harbiy
13
tibbiyot akademiyasining oftalmologiya bo`limi o`z faoliyatini boshladi. V.N.
Dolganov - ko'zlarni shikastlanishdan himoya qiluvchi turli xil asboblarning
ixtirochisi bo`ldi va harbiy oftalmologiya bo'yicha bir qator qo'llanmalar yaratdi.
Odessada oftalmologik maktab S.S. Golovin tomonidan tashkil qilib "Klinik
anatomiya" darsligini chop qildi. V.P. Filatov (1875-1956) dunyoga mashhur
Odessa
Ko'z
kasalliklari
ilmiy-tadqiqot
institutini
yaratdi
va
ko`z
transplantologiyasiga asos soldi.
Dunyo oftalmologiyasi tarixida Svyatoslav
Nikolaevich Fedorov (1927- 2000) tibbiyot fanlari
doktori, professor, SSSR fanlar akademiyasining haqiqiy
a`zosi, MNTK mikroxirurgiya markazlarining bosh
direktori, SSSR bosh vaziri o`rinbosari , Sotsialistik
mehnat
qahramoni
oftalmologiyada
inqilobiy
o`zgarishlar
qildi.
Intraokulyarlinzalar,
refraktsion
xirurgiya,keratoplastika,vitreoretinal
va
endovitreal xirurgiya,va.h.k.larni qo`llash bilan birga dunyoda yagona MNTK
miroxirurgiya
markazi
va
uning
12
filliali,
mikroxirurgik
mikro
instrumentlar,bemorlar uchun qulay mehmonxonalar haqiqiy oftalmologlar uchun
o`quv markaziga aylandi. Deyarli barcha o`zbekistonlik oftalmologlarning ustozi
hisoblanadi
O`zbekiston oftalmologiyasining 100 yillik tarixi (1920-2020)
O’zbekiston oftalmologiyasining asoschisi professor Aleksandr Georgievich
Trubin bo`ladi. 1920- yilda O`rta osiyo Universiteti meditsina fakultetining
oftalmologiya kafedrasini tashkil qilgan(1920-1924) va oftalmologiya to’garagi
tashkil qilib oftalmolog vrachlar tayyorlagan.
1924 – 1932 yillar bu kafedrani Aleksandr Nikolaevich Murzin (1885-
1954) boshqarib, o’quv metodologik qo`llanma yozib chop qilgan. Ko`z
kasalliklari klinikalarini traxoma uchun - boshqa viloyat markazlarida ochib, unga
14
oftalmologlar tayyorlagan. Respublikada traxomani, glaukomani va koniyunktivani
davolash usullarini joriy qilgan. Oftalmologlar ilmiy jamiyatini tashkil qilgan.
Petr Fedorovich Arxangelskiy tibbiyot fanlari doktori,
professor,1932- 1953 yillarda shu kafedra mudiri bo`lgan.
100 dan ortiq glaukoma,traxoma, toshmali tif va
brutsellyoz kasalliklarida ko`z kasalliklari mavzularida
ilmiy maqolalar chop qilgan
1936 -yilda sun`iy ko`z protez laboratoriysini ochgan .
Birinchi bo`lib 1940 yilda traxoma dispanserini
tashkillashtirdi. Oftalmologlardan mahalliy 2 ta fan doktori va 2 fan nomzodi
tayyorladi.( T.E. Kosimov va M.X.Xomidova)
Sofiya Alekseevna Popova 1953-1957 yillarda
ToshMI oftalmologiya kafedrasining tibbiyot fanlari
doktori, professori
Shu yillarda 3 ta fan nomzodi tayyorladi. 25 ta ilmiy
maqolalar chop qilgan. Respublikada < oftalmologlar
otryadi> tashkil qilib traxomani davolashga katta
xizmatlar qildi.Institutda patogistologiya muzeyi tashkil
qildi.
Kankrov A.A. Samarqand davlat tibbiyot institutining
birinchi kafedra mudiri 1930-1935 Yillarda Samarqand
davlat meditsina instituti oftalmologiya kafedrasining
mudiri. Traxomani tugatishda jonbozlik ko`rsatgan va
mahalliy oftalmologlar tayyorlashda ulkan xizmatlar
qilgan
15
Abdullaev Gafar Gaydarovich Asli Ozarboyjonda
tug’ilgan, butun umrini O` zbekistonda oftalmologiyani
rivojlantrangdor pardah uchun ulkan xizmatlar ko`rsatgan.
Samarqand shahrida abadiy qo`nim topgan ulug’ daho.
Tibbiyot fanlari doktori, professor, O`zbekiston fanlar
Akademiyasining akademigi, O’zbekistonda xizmat
ko`rsatgan fan arbobi, SSSR oliy sovetining deputati. Jahon faniga traxomani
davolashning yangi usullarini joriy qilgan ,1933 – 1953 yillar Samarqand davlat
meditsina instituti oftalmologiya kafedrasining mudiri.
Medvedev Naum Il`ich tibbiyot fanlari doktori,
professor O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi.
1951-1974 yillar Samarqand davlat tibbiyot instituti
oftalmologiya kafedrasining mudiri. O`zbekistonda
traxoma, glaukoma,tomir kasalliklari, ko`klam katari,
pterigium muammolari bo`yicha 100 dan ortiq ilmiy
maqolalar chop qilgan. Oftalmologiya muammolari
bo`yicha Respublika qo`mitasi raisi. Turkmaniston va O`zbekiston ilmiy
kengashlari a`zosi. 2 doktorlik va 12 nomzodlik dissertatsiyalariga rahbarlik
qilgan.
Kamilov Maxamadjan Kamilovich - tibbiyot fanlari
doktori, professor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan
arbobi, . O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan vrach,Ulug’
Vatan urushida xirurg va oftalmoxirurg, 1949- 1998-
yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshrangdor pardah
instituti assistenti, dotsenti va 1957- yildan boshlab
kafedra
mudiri
vazifalarini
bajargan.”
Blefaritni
davolashda antibiotiklarni qo`llash”mavzusida (1955)
nomzodlik dissertatsiyasini, “ Sanoat korxonalarida ko’z jarohatlarining
klinikasi,diagnostikasi
va
davolash
usullari”
mavzusida
doktorlik(1970)
16
dissertatsiyalarini Moskvada himoya qilgan.1938- yilda Finlyandiya urushiga
chaqirilib undan Leningrad qamalida harbiy vrach bo`lib xizmat qilgan, Leningrad
harbiy oftalmologiya akademiysiga shu vaqtda adyunkturaga kirib bir vaqtning
o`zida harbiy gospitalda ham faoliyat ko`rsatgan. Harbiy qismlar bilan Leningrad
qamalini, Ukraina , Belorussiya, Polsha va Chexoslovakiyani ozod etishda
qatnashgan. 1945 -yil Pragani ozod qilishda qatnashib 1946- yilda Toshkentga
qaytgan.O`zbekiston oftalmologlari jamiyatining tashkilotchisi va raisi, SSSR
oftalmologlar boshqaruvi Prezidiumining a`zosi, SSSR oftalmologlar
boshqaruvi jamiyatining a`zosi,O`zbekiston tibbiyot jurnali kengashi a`zosi.
M.K. Komilv ko`z kasalliklari travmalari, glaukoma, katarakta, tomir va to`r parda
kasalliklarining diagnostikasi va davolash usullarini nafaqat O`zbekistonda , balki
butun sobiq SSSR oftalmologlariga o`rgatgan ustoz hisoblanadi.O’zbekistonda
traxomani tugatishda oxirgi nuqta qo`yishga ulkan hissa qo`shgan olim(1964)
M.K.Komilov 1979- yilda Toshkentda SSSR oftalmologlari minglab delegatlari
qatnashgan syezdining bosh tashkilotchisi. 3 monografiya, 10 ilmiy maqolalar
to`plami, 130 ilmiy maqolalar muallifi. 1 doktorlik va 3 nomzodlik
dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.SSSR davrida “Mehnat Qizil bayroq”, “ Qizil
yulduz “, 12 marta “Ulug vatan urushi qatnashchisi” orden va medallari bilan
mukofotlangan. O`zbekistonda mikroxirurgiya rivojiga bosh-qosh bo`lgan.
Yusupov Abdiaziz Yusupovich - tibbiyot fanlari
doktori, professor O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan
arbobi,sog’liqni
saqlash
a`lochisi,
O`zbekistonda
xizmat ko`rsatgan vrach , Samarqand davlat meditsina
institutini 1953 -yili tamomlab 1953-yildan aspirant,
assistent, meditsina fanlari nomzodi (1953), 1966 -
yilda “ O’zbekistonda glaukoma” temasida doktorlik
dissertatsiyasini himoya qilgan.1974 -1995- yillar
oftalmologiya kafedrasi mudiri ,dosent. 1995-2008 - yillarda shu kafedra
professori. 1 monografiya, 1 darslik , 18 ta uslubiy qo`llanma, 8 ta
17
ratsionalizatorlik taklif va 200 ta ilmiy ishlar muallifi, 1 doktor va 11 ta nomzodlik
dissertatsiyaga rahbarlik qilgan. A.A. Yusupov O`zbekistonda birinchi bo`lib
pterigiumni jarrohsiz usulda davolash,bosimsiz glaukoma klinikasi va uni
davolash,traxomani
davolash
usullarini,ko`z
kasalliklarida
ultratovush
diagnostikasini joriy qilgan.1-O`rta Osiyo oftalmologlarning va 5- SSSR
oftalmologlar
anjumani
tashkilotchilaridan
biri.
SSSR
xalq
xo`jaligi
ko`rgazmasining (VDNX ) faxriy yorlig’i bilan mukofotlangan. A.A.Yusupov
butun faoliyati davomida O`zbekistondan tashqari
Turkmaniston ilmiy kengashlarining ham a`zosi bo`lib
faoliyat ko`rsatgan
Tursun Yoqubovich Qosimov1957 -1969- yillar ToshMI
kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent ,
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan vrach.Glaukoma va ko`z
travmalari mavzusida 40 ilmiy ish chop qilib, 3 fan nomzodi
tayyorladi. Qoraqalpog’istonda traxomani tugatish tashkilotchisi
1969- yildan birinchi o’zbek tibbiyot fanlari doktori,
professor Muxtaram Xamidova ToshMI oftalmologiya
kafedrasini boshqardi. 150 dan ortiq glaukoma, katarakta ,
ko`z toksoplazmozi va ko`z olmasi embriogeneziga
bag’ishlangan ilmiy maqolalar muallifi.Birinchi o`zbekcha
Ko`z kasalliklari darsligi muallifi(1994). 2006 yilda bu
darslik qayta nashr qilingan va hozirgacha barchamizga
ilm berishda davom etmoqda.
T.G.Il`ina1976 - yildan 1990- yilgacha O`zbekistonda
xizmat ko`rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori,
professor, ToshMI oftalmologiya kafedrasining mudiri. 17
yil davomida 120 ta ko`z mikrosirkulyatsiyasi , glaukoma
patogeneziga bag’ishlangan ilmiy maqolalar chop qilgan.
16 ta fan nomzodi tayyorladi. Respublikada glaukoma
18
kabinetlariga asos solgan.
Kamilov Xalidjon Maxamadjanovich - O`zbekiston
Qahramoni, tibbiyot fanlari doktori, professor,
O`zbekistonda ximat ko`rsatgan fan arbobi, Toshkent
vrachlar
malakasini
oshrangdor
pardah
instituti
oftalmologiya kafedrasining 1998 -yildan boshlab
mudiri.1972- yilda “Optoxiazmal araxnoiditlarning
oftalmologik
klininkasi”mavzusida
kandadidatlik
dissertatsiyasini Moskvadagi Geilmgolts institutida,
1984 yilda “ Ko`z nervi kasalliklariniEVM avtomatik sistemasi orqali masofadan
diagnoz qo`yish” bo`yicha doktorlik dissertatsyiasini himoya qilgan. O`zbekiston
Oftalmologlar jamiyatining raisi. 6 ta monografiya, 603 ta ilmiy maqolalar,119 ta
uslubiy qo`llanma,8 ta ixtiro, 8 mualliflik guvohnoma muallifi. 4 doktor va 32 fan
nomzodi va falsafa doktorlari tayyorlagan. Oftalmologiya fanigako`rish organlari
jarohatlari , yalliglanish, neyrooftalmologiya, optik nerv xastaliklari,glaukoma,
katarakta kasalliklarini diagnostikasi, davolash usullarini takomillashtrangdor
pardahning qator yangi zamonaviy usullarini tadbiq qilib , uni Resbublika
oftalmologlariga ham o`qitib o`rgatgan ustozdir. X.M. Kamilov qator xalqoro
oftalmologlar anjumanining faol ishtirokchisi va tashkilotchisi( Janubiy Koreya,
Turkiya,Rossiya,
Ukraina,
Qozogiston,Germaniya
Berlin
(2010),YaponiyaTokio(2014).X.M.Kamilov 2006 -yilda “Mehnat shuhrati”, 2011-
yilda O`zbekiston Qahromoni unvonlari olib, oltin medal bilan mukofotlangan .
O`zbekiston Respublikasi oily majlisi senatining 2 marta a`zosi, O`zbekiston
Respublikasi
oily
attestatsya
komissiyasi
a`zosi,
O`zbekiston tibbiyot jurnali hay’ati a`zosi, qator ilmiy
kengashlar raisi va a`zolari sifatida ham faoliyt ko`rsatib
kelayotir.
Levchenko Oksana Glebovna- tibbiyot fanlari doktori,
professor .1972-1993- yillarda davrlarda O`rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti
19
( SAMPI) faoliyat boshlaganida birinchi oftalmologiya kafedrasiga asos solgan.
Bolalarda myopiya xastaligi etiologiya, patogenez va davolash ilmlarini chuqur
o`zlashtirib minglab bolalar oftalmologlarini tayyorlagan.
Zaxidov Bosit Obidovich- tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent . 1972-1993
yillarda O`rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti ( SAMPI oftalmologiya
kafedrasida mudir bo’lib faoliyat ko`rsatgan. . 1973- yil Moskvadagi
Neyroxirurgiya institutida aspiranturani bitirib “ Karotid –kavernoz sinuslarda
ko`z olmasi gidrodinamikasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Ish
faoliyati davomida bolalarda g’ilaylik, kataraktaga IOL
qo`yish, glaukoma, keratitlar va bolalar ko`z travmatizmi
kasalliklariga yangi davolash usullarini joriy qilgan.
O`zbekistonda birinchi bo`lib shox pardaning yiringli
teshib
o’tuvchi
xastaliklarida
qatlamli
gomotransplantatsiyasini keng ko`lamda qo`llab 100
lab ko`zlarni asrab qolgan olim. 70 dan ortiq ilmiy ishlar
muallifi. B.O.Zoxidovning O`zbekiston oftalmologiyasiga qo`shgan yana bir
ulkan ishi bu mashhur Angliyalik Jek Kanskiyning ‘Oftalmologiya’ 2 tomlik
suratliva izohli kitoblarini o`zbek tiliga tarjima qilib ,barcha o`zbekistonlik
oftalmologlarga bepul tarqatib tarixiy savob ish qildi.
Yusupov Amin Azizovich 1981- 1992 - yillar
Moskvadagi Gelmgolts nomli ko`z kasalliklari institutida
ordinatura, aspirantura va doktarantura o`tib, asli
Samarqandlik professor E.S. Avetisov rahbarligida
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya
qilgan. Oftalmologiyada O`zbekistonning eng yosh tibbiyot fanlari doktori
hisoblanadi. . 1995 - yildan Samarqand davlat Universiteti oftalmologiya
kafedrasining mudiri ,100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, “
Oftalmologiyada tez yordam” darslik kitobi chop qilgan. Ilmiy yo`nalishi
bolalarda miopiya, g’ilaylik, refraksiya va katarakta xirurgiyasi bo`yicha mohir
20
mutaxassis va ustoz. A.A..Yusupov rahbarligida 4 nomzodlik dissertatsiya
yoqlangan.100 dah ortiq mutaxassislar magistr va klinik ordinaturada o`qib ,
oftalmolog bo`lib faoliyat ko`rsatmoqdalar. A.A. Yusupov Osiyo, Amerika,
Yevropanining ko`plab mamlakatlari ilmiy jamiyatlarining a`zosi sifatida doimiy
xalqaro oftalmologik anjumanlar ishtirokchisi hamdir.O`zbekistonda birinchi
bo`lib xususiy oftalmologik klinika ochib, uni eng zamonaviy asbob - uskunalar
bilan jihozlagan va barcha hozirgi zamon diagnostikalari (OKT,retiofot,
fluorescent
angiografiya
va
h.k)
va
davolash
(
refraksiya
xirurgiysi,fakoemultsifikatsiya va. h.k) usullarini joriy qilgan
Baxritdinova Fazilat Arifovna- tibbiyot fanlari doktori,
professor , 1997- 2014- yillarda Toshkent tibbiyot
akademiyasi oftalmologiya kafedrasining mudiri.
2005 - yilda ikkala ToshMI yana birlashganidan keyin –
oftalmologiya kafedralarini ham birlashtirib mudirlikni
2014- yilgacha davom ettirgan va hozirgacha shu kafedra
professori . Baxritdinova Fazilat Arifovna MDH mamlakatlari, turk tillari
mamlakatlari assotsiatsiyalarining a`zosi, O`zbekiston Respublikasi Innovatsiya
vazirligi ilmiy texnik qo’mitasi a`zosi.
Qator ilmiy unvonlar beradigan kengashlar a`zosi. O`zbekiston Respublikasi
farmakologiya qo’mitasi,“Fan –texnika” ,”OAK” va Sog’liqni saqlash vazirligi
bioetika milliy qo’mita prezidiumi a`zosi . 500 dan ortiq ilmiy maqolalari,o’quv
qo`llanmalar va ixtirolar muallifi. 6 doktorlik va 32 nomzodlik dissertatsiyalarga
rahbarlik qilgan.O`zbekiston oftalmologiyasining 21 -asrdagi yorqin yulduzi.
Xudoyberdiev Alisher Raximovich- tibbiyot fanlari
nomzodi,dotsent
.1990-
yildan
2000-
yilgacha
O`zbekiston Respublikasi bosh oftalmologi, 1990 -yil
ToshMI ikkiga bo`lingandan keyin 1 –ToshMI
oftalmologiya kafedrasining mudiri (1991- 2002) , 90
dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 1 monografiya, 8 ta
21
mualliflik guvohnoma muallifi. 8 ta nomzodlik dissertatsiyaga rahbarlik qilgan.
O`zbekistonda birinchi bo`lib katarakta fakoemulsifikatsiyasini va miopiyada
lazer
keratotomiya
jarrohlik
amaliyotlarini
amalga
oshirgan
ustoz
oftalmologlardan.
Buzrukov Botir To`lqunovich - tibbiyot fanlari doktori,
professor.
2009-
yildan
beriPediatriya
tibbiyot
oftalmologiya
kafedrasining
mudiri
.
Glaukoma
kasalligining genetik kelib chiqishi, uning klinikasi,
potogenezi va davolashning turli xil konservativ va
jarrohlik usullarini, tug’ma dakriosistitni zondlash,
tug’ma katarakta xastaliklarini davolashning zamonaviy usullarini joriy qilib 100
lab bolalar oftalmologlarini tayyorlamoqda.
Bilalov Erkin Nozimovich- tibbiyot fanlari doktori,
professor . 2014 -yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi
oftalmologiya kafedrasining mudiri. TTA va TSI Maxsus
ilmiy kengashlarining va ilmiy seminarlar a`zosi. Turk
tillari oftalmologlari assotsiatsiyasining a`zosi. 100 dan ortiq
ilmiy maqolalar ixtiro va ratsionalizatorlik takliflar hamda
o’quv uslubiy qo`llanmalar muallifi.1 doktorlik va 2 ta
nomzodlik dissertatsiyalarga rahbarlik qilgan.
Hozirgi kunda har xil ko`z kasalliklarida turli xil dori vositalarini qo`llash va uni
amaliyotga joriy qilish bilan shug’ullanyapti.
Qosimova Munira Sodiqjonovna- tibbiyot fanlari doktori, professor, Toshkent
vrachlar malakasini oshirish instituti direktorining ilmiy ishlar bo`yicha muovini,
Ko`ruv nervi ishemiyalari bo`yicha yirik mutaxassis
Karimova Muyassar Xamidovna- tibbiyot fanlari
doktori, professor 2004 -yildan Respublika ixtisoslashgan
ko`z mikroxirurgiyasi markazi direktorining ilmiy ishlar
22
bo`yicha muovini. “Ko`z olmasi yallig’lanish kasalliklarining klinik o`tishi rivoji
va davolash usullari” mavzusida mutaxassis.Hozirgi vaqtda o`ta dolzarb birlamchi
ochiq burchakli glaukoma, retina kasalliklari, vena trombozi mavzularida ilmiy
tadqiqotlar olib boryapti. 5ta nomzodlik dissertatsyialarga 10 magistr va 120
bakalavrlarga rahbarlik qilgan
Yangieva Nodiraxon Raximovna - tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent,
Toshkent stomatologiya instituti oftalmologiya kafedrasining mudiri,
O`zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi o`quv uslubiy
qo`llanmalar markazining boshligi. 1997- yilda “Qandli diabetda ko`z kasalliklari
tarqalishi klinikasi va epidemiologiyasi “ mavzusida nomzodli dissertatsiyasini
himoya qilgan. Maxsus ilmiy kengash a`zosi, turk tillari oftalmologiya muammolar
kommissiyasining a`zosi. 35 uslubiy, 10 ta metodik va 150 ilmiy maqolalar
muallifi. Oftalmologiyada makulodistrofiyalar, diabetik retinopatiyalar bo`yicha
ko`plab ilmiy tadqiqotlar o`tkazgan. Oftalmolog magistrlar tayyorlash normativ va
huquqiy hujjatlari muallifi. O`zbekistonda birinchi ruscha va o`zbekcha elektron
multimeidal o`quv qo`llanmlar muallifi.Toshkent davlat stomatologiya instituti
huzuridagi Ds c28. 122017 ilmiy kengashning Oftalmlologiya sohasidan
doktorlik va falsafa doktori ilmiy darajalar berish
seminarining a`zosi, 14.00.08 Oftalmologiya ixtisosligi
bo`yicha ilmiy seminar raisi. Oliy ta`lim rektorlar
rayosatida oftalmologiya bo`yicha monotemstik komissiya
raisi. N.R.Yangieva mudirlik qilayotgan kafedra o`qish
jarayonida Respublikada namunali bo`lib,Respublikada
birinchi Oftalmologiydan elektron multimediyali o`zbek
va rus tillarda o`quv darslik joriy qilgan( patent- DG 06512). N.R. Yangieva
Belorussiyaning diplomdan keyingi akademiyasi( BELMAPO) bilan ham
hamkorlikda faoliyat yuritib 2 ta o`quv uslubiy qo`llanmalar yaratganligi
O`zbekiston oftalmologlarining obro’ va salohiyatini oshirgan
23
Yusupov
Azamat
Farxadovich.
O`zbekiston
Respublikasi ixtisoslashgan ko`z mikroxirurgiya markazi
direktori, tibbiyot fanlari doktori (2018) Xususiy “ Sihat
farog’at” klinikalarini zamonaviy asbob - uskunalari bilan
jihozlagan.Respublikada
ixtisoslashgan
ko`z
mikroxirurgiya markazi direktori vazifasida barcha hozirgi
zamon diagnostikalari (OKT,retiofot, 3d. mikroskop, fakoemulsifikatsiya,
flyuressent angiografiya, retinofot va h.k) va davolash (keratoplastika
refraksiyaxirurgiyasi,fakoemultsifikatsya va. h.k) usullarini joriy qilgan. 2002 -yil
tibbiyot falsafa doktori va 2016- yilda “ Katta yoshdagi kishilardagi
makulodistrofiya” mazusida tibbiyot fanlari doktori dissertatsiyasini himoya
qilgan.58 ilmiy maqolalar muallifi. Ko`plab xalqaro ilmiy anjumanlar
ishtirokchisi.
Islamov Ziyovutdin Sadriddinovich- Tibbiyot fanlari
doktori, O`zbekiston respublikasi onkologiya va radiologiya
ilmiy markazining oftalmoonkologiya bo`limi mudiri. 1965-
yilda tashkil bo`lgan bu bo`lim tom ma`noda
oftalmoonkologiya bo`yicha ilmiy- amaliy markaz bo`lib
xizmat qiladi. Z.C. Islamov ko`z qovoqlari, olmasi va retinaning onkologik
kasalliklarini erta diagnostikasi va davolash algoritmlarini ishlab chiqqan. Bolalar
retinoblastomasining patogenezi, klinikasi va jarrohlik davolash, ko`zni
protezlash jaraiyonlarining haqiqiy ilmiy mutaxassisi. Respublika bo`ycha barcha
oftalmoonkologik bemorlar mana shu markazda davo
topadilar.
Siddikov Zafar Umarovich-tibbiyot fanlari nomzodi,
Rossiya –Qozog’istonnning Chimkentdagi tibbiyot instituti
faxriy professori, O`zbekistonda ximat ko`rsatgan vrach
(2000),O`zbekiston vrachlar assotsiatsiyasining raisi,2004 -
24
yilda O`zbekistonda ixtisoslshgan ko`z mikroxirurgiya markazi asoschisi,
“O’zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi” ilmiy jurnali redaktori. 15000 mikroxirurgik
amaliyot bajargan, shulardan 700 tasi total (to`liq) keratoplastika. 4 marta
xalqaro mikroxirurgiyaning dolzarb muammolari mavzusida konferensiyalar
o`tkazgan, 2 ixtiro, 3 ta o`quv dastur muallifi, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop
qilgan. Termizda va Xorazmda mikroxirurgiya markazlarining filiallari
tashkilotchisi. Barcha viloyat ko`z klinikalarini diagnostik ISUZU avtobusi bilan
ta`minlashni tashkillashtirgan.
Nabiev Abdivali Mirzaliyevich- tibbiyot fanlari doktori,
2000-2006- yillarda bosh oftalmolog. Glaukomaning
Ozbekistondagi hozirgi zamon klinikasi,diagnostkasi va
jarrohlik davolash usullarini amaliyotga tadbiq qilgan
.100 dan ortiq ilmiy maqolalar,2 ixtiro, 7 ta
ratsionalizatorlik taklif, 1 monografiya muallifi. 2 ta doktorlik dissertatsiyaga
rahbarlik qilgan.
Rustamov Sultonmurod Sa`dullaevich- 2018 yilda
Shaxrizabz tuman oftalmologiya shifoxonasida ishlasa
ham, Shurtang- gaz kompleksi ishchilarida oftalmologik
kasalliklar tarqalishi epidemiologiyasi, klinikasi va
davolash algoritmini yaratgan. 2 ta doktorlik
dissertatsiylarga rahbarlik qilgan, 1 ixtiro , 7 ta ratsional taklif , 1 monografiya va
60 dan ortiq ilmiy ishlari muallifi.
Normatova Nargiza Mirshakatovna- Dotsent ,70 dan
ortiq ilmiy maqolalar va 10 ta uslubiy qo’llanma muallifi.
Qandli diabetda ko`zdagi diabetik retinopatiyaning
respublikada tarqalish epidemiyologiyasi, davolash va
diagnostikasi algoritmini yaratgan
25
Zaxidov Ulug’bek Basitovich- tibbiyot fanlari doktori. 50
ilmiy maqolalar va 3 uslubiy qo`llanma muallifi. Bolalarda
glaucoma xastaligi diagnostikasi va davolash mexanizmi
bilan shug’ullanadi
To`xtaboev Isroil To`ychievich- tibbiyot fanlari
doktori, professor, Andijon tibbiyot instituti oftalmologiya
kafedrasining mudiri, institut ilmiy qo’mitasi raisi, 100
dan ortiq ilmiy maqola va 10 uslubiy qo’llanmalar muallifi.
Bosh miyaning ensa qismidagi ko`rish markazining
hujayralar sitoarxitektonikasini ukkamal o`rgangan noyob
mutaxassis.
Zakirxo`jaev Rustamjon Asralovich- tibbiyot fanlari
doktori, Tibbiyot akademiysining dekani. Bolalarda tug’ma
ko`z kasalliklari diagnostikasi , tarqalishi va davolash
jarayonlari algoritmini ishlab chiqqan. 100 ga yaqin ilmiy
maqolalar va 5 ta uslubiy qo`llanmalar muallifi. 70 dan
ortiq ilmiy maqola va 10 uslubiy qo’llanmalar muallifi
Do'stlaringiz bilan baham: |