Muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin


Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana12.04.2022
Hajmi0,78 Mb.
#544814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
14.1-Mavzu. Ijtimoiy ne\'matlar va umumiy resurslar.

Ba’zi bir muhim ommaviy mahsulotlar 
Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) mahsulotlar uchun misollar talaygina. 
Quyida biz ulardan eng muhim uchtasini ko`rib chiqamiz. 
Mudofaa tizimi.
Mamlakatni xorijiy bosqinchilardan himoya qiluvchi 
mudofaa tizimi bunga klassik misol bo`la oladi. Butun mamlakat 
himoyalangandan keyin biror bir kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’molidan, 
ya’ni tinchlikdan bahra olishdan mahrum qilib bo`lmaydi. Undan tashqari biror 
kishi mudofaa tizimidan foydalanayotganda, u boshqa bir kishini bu 
mahsulotdan (xizmatdan) foydalanishiga to`sqinlik qila olmaydi. Shunday qilib, 
mudofaa tizimi iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ham cheklanganlik 
xususiyatiga ham ega emas. 
Shu bilan birga mudofaa tizimi eng serharajat ommaviy mahsulot 
hisoblanadi. Bu mablag`ni ko`p yoki kamligi yuzasidan aholi o`rtasida turli xil 
fikrlar mavjud bo`lganiga qaramay, hech 
 
kim mudofaa tizimi uchun davlat 
harajatlari zarur ekanligini inkor etmaydi. Davlatni o`ziga hos himoyachilari 
bo`lgan iqtisodchilar ham mudofaa tizimini ommaviy mahsulot ekanligini 
inobatga olib, uni davlat tomonidan ta’minlanishini yoqlashadi. 
Fundamental ilmiy tadqiqotlar.
Bilim ilmiy tadqiqotlar asosida yuzaga 
keladi. U yoki bu davlatning bilimlarni shakllantirishga yo`naltirilgan siyosatini 
baholashda umumiy bilimlarni aniq texnologik bilimlardan farqlash zarur. 
Uzoqroq muddat xizmat qiluvchi batareykalarni ixtiro qilish, kichikroq hajmdagi 
mikrochiplarni yaratish yoki yaxshiroq musiqa eshitish asbobini ishlab chiqishga 
o`xshagan aniq texnologik bilimlar odatda patentlangan bo`lishi mumkin. Patent 
ixtirochiga ma’lum bir muddatda u yaratgan yoki ixtiro qilgan sohada faoliyat 
yuritish uchun alohida huquqni beradi. Boshqa shaxslar patentlangan 
ma’lumotlardan foydalanganlik huquqi uchun ixtirochiga haq to`lashadi. 
Boshqacha so`z bilan aytganda patent ixtirochini bilimini iste’moldan mahrum 
qilinish xususiyatiga ega qiladi. 
Bunga qarama-qarshi ravishda, umumiy bilimlar ommaviy mahsulot 
hisoblanadi. Masalan, matematik olim teoremani patentlay olmaydi. Teorema 


299 
isbotlanganidan so`ng bilim iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ega 
bo`lmaydi. Teorema umumiy foydalanishdagi bilimlar sirasiga kiradi, har kim 
biror-bir ayblovsiz undan foydalanish huquqiga ega. Teorema shuningdek, 
iste’molda ta’qiqlangan ham emas, biror kishini teoremadan foylanishi boshqa 
bir kishini undan foydalanish imkoniyatlarini kamaytirmaydi. 
Daromad olishga intilgan firmalar keyinchalik ularni patentlash yoki qayta 
sotish hisobiga ko`proq daromad olishni ko`zlab, tayyor ilmiy tadqiqotlar 
hisobiga yangi loyihalarni ishlab chiqishga juda ko`p mablag` ishlatishadi, biroq 
ular fundamental ilmiy izlanishlarga ko`p mablag` sarf etishmaydi.Bunda ularni 
rag`batlantiruvchi omil - ilgari boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan umumiy 
bilimlarga mablag`ni iqtisod qilish. Buning natijasi o`laroq, u yoki bu davlat 
siyosatining mavjud emasligi tufayli jamiyat yangi fundamental ilmiy 
izlanishlarga juda kam resurs sarflaydi. 
Davlat ommaviy mahsulot hisoblangan umumiy bilimlarni turli xil usullar 
bilan ta’minlashga harakat qiladi. Sog`liqni-saqlash milliy instituti va Milliy 
ilmiy jamg`arma kabi davlat idoralari tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, 
biologiya va hatto iqtisodiyot kabi yo`nalishlarda fundamental tadqiqotlar uchun 
turli xil subsidiyalar ajratadi. Ba’zi kishilar davlatning kosmik dasturlarni
moliyalashtirish siyosatini ularni jamiyatda umumiy bilimlarni kuchaytirilishiga 
qo`shishi mumkin bo`lgan hissasi tufayli yoqlashadi (biroq ba’zi olimlar komik 
sayoxatlarni amalga oshirishga qaratilgan loyihalarga skeptik yondoshishgan). 
Olinayotgan foydani aniqlash qiyinligi hisobiga davlat tomonidan mazkur 
urinishlarga mustahkam qo`llab quvvatlashni aniqlash qiyin. Bundan tashqari 
mazkur tadbirlarga yo`naltirilgan moliyaviy mablag`larni tasdiqlab bergan 
Kongress a’zolari ushbu yo`nalishlarda etarlicha bilim va tajribaga ega emas, bu 
tadbirlarni samarali ekanligini aniqlab berishga qodir emaslar. Shunday qilib, 
fundamental izlanishlar ommaviy mahsulot bo`lgan bir paytda davlatni ularni 
kerakli hajm va yo`nalishlarda moliyalashtirishga qodir emasligiga hayron 
bo`lishimiz kerak emas. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish