Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Eng muhim tushunchalar va atamalar



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/154
Sana07.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#327419
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   154
Bog'liq
5.mavzular to'plami 70 soat 1 kurs 2021x

      
 
Eng muhim tushunchalar va atamalar: 
inqilob, chor samoderjaviesi, ikki hokimiyatchilik, 
―Sho‘roi Islomiya‖ va ―Sho‘roi Ulamo‖, quriltoy.
 
REJA: 
1. Kirish. Mustaqillik - Turkiston  xalqlarining asriy orzusi 
2. Fevral inqilobi va uning Turkiston o‗lkasiga ta‘siri 
3. Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komiteti faoliyati 
4. Butunturkiston musulmonlari qurultoylari hamda ―Sho‗roi Islomiya‖ va ―Sho‗roi Ulamo‖ 
tashkilotlarining faoliyati 
          Yangi mavzu bayoni 
(20 daqiqa)
:
 
Tarix saboqlari. Tarix xalqqa saboq va ma‘rifat beradi. Tarixni o‗rganmasdan turib kelajakni 
anglab  bo‗lmaydi.  Har  bir  inson,  har  bir  xalq  o‗z  o‗tmishi  va  kechmishini  ajdodlari  tomonidan 
yaratilgan  tarixiy  kitoblarni  sinchiklab  o‗qish,  o‗rganish  va  mutolaa  qilish  orqali  bilib  oladi.  Tarix 
inson  aql-idroki  va  tafakkurining  shunday  bir  nodir  va  mo‗jizakor  mahsulidirki,  uning  ma‘naviy 
qudrati va yordami bilan biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga ham- 
dam-u hamnafas bo‗lamiz, o‗tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, kurashlari va ziddiyatlari 
bilan ko‗z o‗ngimizda gavdalantiramiz. Inson tarixdan ta‘lim-tarbiya oladi, tarix katta saboq beradi. 
Tarix  saboqlaridan  o‗ziga  tegishli  xulosa  chiqara  olmagan,  kechagi  kunini  yaxshi  bilmagan 
millatning kelgusi qismati o‗z-o‗zidan ravshan. 
Mashhur o‗zbek taraqqiyparvari, jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Abdurauf Fitrat 
1917-yilda ta rixdan saboq chiqarish to‗g‗risida shunday yozgan edi: ―Tarix millatlarning o‗tmishini, 
taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o‗rganaturg‗on ilmdir‖.  
Tarix  saboqlari  bugungi  kunda  ham  bizni  hushyorlikka  undaydi.  Xususan,  jahonning  ayrim 
davlatlarida  va  O‗zbekistonga  chegaradosh  ba‘zi  mamlakatlarda  siyosiy  barqarorlikni  izdan 
chiqarmoqchi bo‗lgan siyosiy kuchlar va terrorchi guruhlar mavjudligi kishini jiddiy o‗ylantirmasdan 
qo‗ymaydi.  Shuning  uchun  ham  Sizlar  mustaqillik  in‘om  etgan  ne‘matlarni  asrashingiz,  erk  va 
ozodligimiz  hamda  birlik  va  hamjihatligimizni  ko‗z  qorachig‗idagi  gavhardek  himoya  qilishingiz 
shart. 
O‗zbekistonning  sovet  davri  tarixining  alohida  xususiyatlari  va  davrlashtirish  masalalari. 
Mazkur  darslik  sahifalarida  Vatanimiz  tarixining  eng  murakkab  va  ziddiyatli,  katta  yo‗qotishlar  va 
talafotlarga  boy,  shuningdek,  ota-bobolarimizning  yurt  ozodligi  va  mustaqilligi  uchun  olib  borgan 
qahramonona kurashlari, mag‗lubiyatlari va zafarlari hamda o‗zbek xalqining bunyodkorlik faoliyati 
va 

dokorona mehnatlarini o‗z ichiga olgan O‗zbekistonning sovet davri tarixi yoritiladi. 
1917 – 1991-yillar O‗zbekiston tarixida sovet davrini tashkil qiladi. Mazkur davrni quyidagi 
katta 2 ta bosqichga ajratish mumkin: 1) birinchi bosqich – 1917 – 1924-yillar; 2) ikkinchi bosqich – 
1925 – 1991-yillar. Birinchi bosqich-da mintaqada Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari tashkil 
qilingan  bo‗lsa,  ikkinchi  davr  1925-yil  fevralda  O‗zbekiston  SSRning  tuzilishi  bilan  boshlanadi 
hamda 1991-yilda sovet davlatining parchalanishi bilan tugaydi. Bu bosqichlar ham o‗z navbatida bir 
nechta kichik bosqichlarga bo‗linadi

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  2016-yil  14-dekabrda  Oliy  Majlis 
palatalarining  qo‗shma  majlisida  so‗zlagan  nutqida  yaqin  o‗tmish  tariximizga  quyidagicha  baho 
bergan  edi:  ―O‗zbek  xalqining  necha  mingyillik  tarixida  qanday  murakkab  davrlar,  og‗ir  sinovlar 
bo‗lganini barchamiz yaxshi bilamiz. 
O‗zbekistonning  eng  yangi  tarixi  va  biz  erishgan  olamshumul  yutuqlar  mard  va  matonatli 
xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‗siq va sinovlarni o‗z kuchi va irodasi bilan yengib o‗tishga qodir, 
deb baralla aytishga to‗la asos beradi. 
Biz  ajdodlarimizning  yorqin  xotirasini  asrab-avaylab,  qalbimizda,  yuragimizda    abadiy  
saqlaymiz.    Bukilmas    iroda,   

doyilik  va  jasorat  namunasini amalda namoyon etib, o‗z hayotini 
aziz  Vatanimizning  har  tomonlama  ravnaq  topishiga  bag‗ishlagan  ustoz  va  murabbiylarimiz, 
zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz‖. 
1917  yil  27  fevralda  Petrogradda  bo‗lgan  demokratik  inqilob  Turkiston  o‗lkasiga  ham  o‗z 
ta‘sirini  o‗tkazdi.  Turkistonda  yangi  jamiyat  kurtaklarini  shakllantirish  uchun  harakat  boshlanib 


380 
 
ketdi.  Turkiston  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  o‗lka  muxtoriyati  masalasi  asosiy  masala  bo‗lib  qoldi. 
Turkistonga  muxtoriyat  maqomini  berish  g‗oyasi  nafaqat  demokratik  ziyolilar  orasida,  hatto  oddiy 
xalq o‗rtasida ham ancha ommalashgan edi. 
 
1917 yilning mart-aprel oylari o‗lkaning siyosiy uyg‗onishida burilish davri bo‗ldi. Turkiston 
jadidlari,  milliy  ziyolilari  va  islom  ulamolarining  yetakchilari  bo‗lgan  Mahmudxo‗ja  Behbudiy 
(1875-1919),  Munavvar  Qori  (1878-1931),  Ubaydullaxo‗ja  Asadullaxo‗jayev  (Ubaydulla  Xo‗jayev; 
1882-1938),  Fitrat  (1886-1938),  Fayzulla  Xo‗jayev  (1896-1938),  Sadriddin  Ayniy  (1878-1954), 
Abdulvohid  Burhonov  (1875-1934),  Mustafo  Cho‗qay  (1886-1941),  Muhammadjon  Tinishboyev 
(1879-1939),  Sherali  Lapin  (1868-1919),  Ahmad  Zakiy  Validiy  (1890-1970),  Obidjon  Mahmudov 
(1858-1936)  o‗lkada  yangi  tashkil  qilingan  ―Sho‗roi  Islomiya‖  (1917  yil  mart),  ―Sho‗roi  Ulamo‖ 
(1917  yil  iyun),  ―Turon‖  jamiyatlari  va  ―Turk  adami  Markaziyat  (federalistlar)  firqasi‖  (1917  yil 
iyul), ―Ittifoqi muslimin‖ (1917 yil sentyabr) siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rol o‗ynadilar.  
 
1917  yil  7  aprelda  Petrograddagi  Muvaqqat  hukumat  qarori  bilan  kadet  N.N.Shchepkin 
rayisligida  Muvaqqat  hukumatning  Turkiston  Komiteti  tashkil  qilindi.  Komitet  tarkibiga  9  kishi 
kirgan  bo‗lib,  ularning  to‗rttasi:  Alixon  Bukeyxonov,  M.Tinishboyev,  Sadri  Maqsudov,  A. 
Davletshinlar turkiy xalqlar vakillari edi. Keyinchalik Turkiston Komitetining tarkibi o‗zgartirildi. 
 
Jadidchilik  1917  yilda  ma‘rifatchilik  harakatidan  siyosiy  harakat  darajasiga  allaqachon 
ko‗tarilgan  edi.  O‗sha  1917  yilning  o‗zida  to‗rt  marta  Butunturkiston  musulmonlari  qurultoyi 
o‗tkazildi.  1917  yil  16-23  aprelda  Toshkentda  bo‗lgan  I-qurultoyda  demokratik  Rossiya  tarkibida 
Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g‗oyasi olg‗a surildi. Bu g‗oya Turkiston xalqlarining o‗z milliy 
davlatchiligini tiklash yo‗lidagi dastlabki qadami edi. 
 
Butunturkiston  musulmonlari  I  qurultoyining  so‗nggi  majlisida  Markaziy  rahbar  organ-
Turkiston  o‗lka  musulmonlari  Kengashi  (Kraymussovet)  tashkil  etilishi  haqida  qaror  qabul  qilindi. 
Uni tuzishdan asosiy maqsad milliy ozodlik harakatiga tashkiliy va markazlashtirilgan xususiyat kasb 
etish  uchun  bir-biri  bilan  tarqoq  aloqada  bo‗lgan  jamiyat,  qo‗mita  va  ittifoqlarni  birlashtirish  edi. 
Turkiston musulmonlari Markazi Kengashiga Mustafo Cho‗qay rayis, Validiy bosh kotib, Munavvar 
Qori,  Behbudiy,  U.Xo‗jayev,  O.Mahmudov,  Toshpo‗latbek  Norbo‗tabekov,  Islom  Shoahmedov  va 
boshqalar a‘zo qilib saylandi. Munavvar Qori va Sadriddinxon Sharifxo‗ja Qozi o‗g‗li boshchiligida 
Toshkent  qo‗mitasi  tuzildi.  Shuningdek,  Behbudiy  rahbarligida  Samarqand  va  Nosirxon  to‗ra 
yetakchiligida  Farg‗ona  bo‗limi  ham  tashkil  topdi.  Markaziy  sho‗roning  organi  sifatida  ―Najot‖ 
(muharriri-Munavvar  Qori),  keyinchalik  ―Kengash‖  (muharriri-Validiy)  gazetalari  chiqa  boshladi. 
Shuningdek,  1917  yilda  nashr  qilingan  ―Ulug‗  Turkiston‖,  ―Turon‖  gazetalarida  muxtoriyatchilik 
g‗oyasi bilan sug‗orilgan maqolalar chop qilindi. 
 
Shunday  qilib,  1917  yil  bahorida  Turkistonning  birligi  va  yaxlitligi  tomon  muhim  qadam 
tashlandi.  Tarixda  ilk  marta  Butunturkiston  miqyosida  musulmonlar  qurultoyi  chaqirilib,  unda  tub 
xalqlarning  muxtoriyat  tomon  qat‘iy  intilishi,  o‗z  an‘analari,  urf-odatlari  va  turmush  tarzini  izchil 
turib  himoya  qilishi  aytildi.  Bu  manfaatlarning  ifodachisi  bo‗lgan  Milliy  Markaz  -  Turkiston 
musulmonlari Markaziy Kengashi tashkil etildi. 
 
Afsuski,  birlashish  jarayonlari  har  doim  ham  bir  tekis  rivojlanmadi.  Asr  boshidan  buyon 
davom etayotgan ―jadid-qadim‖ nizolari demokratik harakat saflarida parchalanish yuz berishiga olib 
keldi. Ma‘lumki,  1917  yil 14 martda Toshkentda ―Sho‗roi  Islomiya‖ tashkil topgan  edi.  Aksariyati 
jadidlardan  iborat  bu  tashkilot  a‘zolari  Turkiston  mustaqilligi  uchun  kurash  olib  bordilar.  1917  yil 
iyun oyida Munavvar Qori boshchiligidagi ―Sho‗roi Islomiya‖ tashkilotidan ―Sho‗roi Ulamo‖ ajralib 
chiqdi.  Sherali  Lapin  uning  Toshkent  shu‘basiga  asos  soldi.  Oradan  ko‗p  vaqt  o‗tmay,  Qo‗qon 
shahrida  ham  ―Sho‗roi  Ulamo‖  jamiyati  tuzildi.  Lekin  ikki  jamiyat  o‗rtasida  g‗oyaviy 
kelishmovchiliklar  mavjud  bo‗lib,  ular  bir-biri  bilan  kelisha  olmasdilar.  Chunki  ―Sho‗roi  Ulamo‖ 
jamiyati  o‗z  dasturida  islom  dinining  an‘anaviy  asoslari  bo‗yicha  ish  ko‗rishini  ma‘lum  qilsa-da, 
aslida  Lapin  boshchiligidagi  Toshkent  ulamochilari  avval  rus  monarxiyasi,  so‗ngra  bolshevizm 
g‗oyalari bilan o‗z xarakatlarini muvofiqlashtirishga behuda urindilar. ―Sho‗roi Ulamo‖ jamiyati o‗z 
maqsadlari  targ‗iboti  uchun  ―Al  -  Izoh‖  jurnalini  chiqara  boshladi  (muharriri-Abdumalik  hoji 
Nabiyev). Har ikki jamiyat o‗rtasida g‗oyaviy kurash, xususan, matbuot sahifalarida avj olib ketdi. 
 
1917  yil  10  sentyabrda  Toshkentda  Butunturkiston  musulmonlarining  II  qurultoyi  ochildi. 
―Sho‗roi Islomiya‖ tashabbusi bilan chaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dexqon 
deputatlari  Sovetlariga  berishga  qarshi  chiqdi.  Ushbu  qurultoyda  qabul  qilingan  rezolyutsiyalarda 
milliy  demokratiya  o‗zi  tutadigan  yo‗lning  muhim  asoslarini  birinchi  marta  qat‘iy  qilib  aytdi: 


381 
 
hukumat  demokratik  siyosat  yurgizadigan  bo‗lsa,  ana  shundagina  musulmonlar  bu  hukumatda 
ishtirok  etadilar.  Ikkinchi  qurultoyda  faqat  Milliy  Markaz-Turkiston  musulmonlari  Markaziy 
Kengashi  mintaqadagi  tub  yerli  aholi  manfaatlarini  himoya  qilishi  mumkin  degan  fikr  qat‘iy  qilib 
qo‗yildi.  
 
1917 yil 20 sentyabrda Toshkentda bo‗lib o‗tgan Turkiston va Qozog‗iston musulmonlarining 
qurultoyi  ―ulamochilar‖  bilan  ―sho‗roi  islomchilar‖  o‗rtasidagi  uzoq  va  qizg‗in  baxslarga  qaramay, 
nihoyat,  kelishish  va  murosa  yo‗lini  topdi.  Qurultoyda  ―Sho‗roi  Islomiya‖,  ―Sho‗roi  Ulamo‖, 
―Turon‖  va  boshqa  siyosiy  tashkilotlarni  birlashtirish  yo‗li  bilan  butun  Turkiston  mintaqasi  uchun 
umumiy bo‗lgan ―Ittifoqi muslimin‖ degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi. 
 
Qurultoy ishidagi asosiy masala Turkiston o‗lkasining bo‗lajak siyosiy tuzumini belgilash edi. 
O‗sha paytda Toshkentda nashr qilingan ―Ulug‗ Turkiston‖ gazetasida yozilishicha, ―Qurultoy Mulla 
Muhammadxo‗ja  eshon  va  Mulla  Siddiqxo‗ja  eshonlarning  boshqaruv  shakli  haqida‖gi  nutqlarini 
tinglab,  duoyu  ijobat  ila  Turkiston  Muxtoriyatini  tayin  etishga  jazm  qildi.  Qurultoy  muxtoriyatga 
―Turkiston  Federativ  Respublikasi‖  degan  nomni  qo‗yib,  parlament  respublikasi  asosida  tuzilajak 
bo‗lg‗usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me‘yorlarini belgilab berdi.  
 
Shu tarzda Turkistonda muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin jamiyatning keng 
qatlamlari vakillari, ilg‗or ziyolilar bu harakatda faol qatnashib, uning poydevorini yaratishga zamin 
hozirladilar.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish