374
Boadab Yevropaning qullik zanjiri...
Men soat taqishni yoqtirmayman.
Qo‗limga zulmni taqib yuraman,
Yevropaning bema‘ni zulmini...
Metropoliyalar ham asta-sekin hukmronlikning avvalgi usullaridan voz kechib
bordi.
«Afrika yili».
Mustamlakachilikdan ozod bo‗lish jarayonining eng yuqori nuqtasi
1960-yilga to‗g‗ri keldi. U tarixga «Afrika yili» sifatida kirdi. Shu yili jahon xaritasida
17 ta yangi Afrika davlatlari paydo bo‗ldi. Ularning ko‗pchiligi fransuz va ingliz
mustam- lakalari edi. Afrikaning eng katta davlatlari Nigeriya va Kongo o‗z
mustaqilligini e‘lon qildi. Mustamlakachilik davrida ikkiga bo‗linib ketgan Somali
birlashib, mustaqil Somali Demokratik Respublikasi nomini oldi.
«Afrika yili» qit‘adagi holatni o‗zgartirib yubordi. Boshqa mam- lakatlarda ham
mustamlaka tuzumining qulashi muqarrar bo‗lib qoldi. Keyingi yillarda Buyuk
Britaniyaga qarashli deyarli barcha davlatlar o‗z mustaqilligini e‘lon qildi. 1975-yili
Portugaliyada inqilob yuz bergandan so‗ng uning mustamlakalari ham mustaqil
davlatlar sifatida tashkil topdi.
Shu tariqa, 1990-yillarga kelib, Sahroyi Kabirdan janubda 40 dan oshiq siyosiy
mustaqil davlatlar tashkil topdi. Ularning ko‗pchiligi o‗zlarini respublika deb e‘lon
qildi.
Afrika davlatlari muammolari. Mustamlakachilik rejimining ag‗da- rilishi va
siyosiy hokimiyatning afrikaliklarga o‗tishini butun Afrika juda katta yutuq deb
hisobladi. Ular o‗zlarining ulkan umidlarini mustaqillik bilan bog‗ladilar. Deyarli
birdaniga hayot tubdan yax- shilanadi, degan ishonch keng tarqalgan edi. Bu quvonchli
umidlarga aholining katta qismi singari soddadillik bilan bo‗lmasa-da, har qalay
afrikalik liderlarning ham ko‗pchiligi ishonar edi.
Hayot yaxshilanib bordi. Afrikaliklar davlat apparatining barcha bo‗g‗inlarini,
armiya, politsiyani o‗zlari shakllantira boshladi. Afrikaliklar madaniyatining rivoji
uchun keng imkoniyatlar paydo bo‗ldi. BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishida teng
huquq bilan ishtirok etish, yangi davlatlar va ular fuqarolarining o‗zligini namoyon
qilishida katta rol o‗ynadi. Yosh davlatlar dunyoning ko‗plab mamlakatlaridan,
BMTning ixtisoslashgan organlaridan, xalqaro fondlar va banklardan sezilarli yordam
ola boshladi.
«Sovuq urush» sharoitida qarama-qarshi bloklar o‗rtasida Afrika davlatlariga ta‘sir
ko‗rsatish uchun kurash boshlandi. Mustaqil- likka erishgan davlatlarning bir qismi
sotsialistik davlatlar, avvalo, Sovet Ittifoqiga ergashib, «nokapitalistik taraqqiyot
yo‗li»ni tanla- di. Ko‗pchilik hollarda nokapitalistik yo‗lni tanlagan mamlakatlarda
mushkul holatlar vujudga keldi, mustaqillik uchun kurashgan kechagi liderlar va
hukmron partiyalar hokimiyatga kelgach, zolim va dik- tatorlarga aylandilar, fuqarolar
urushlari esa ko‗plab qon to‗kishlarga olib keldi. Ammo kapitalistik yo‗lni muqarrar
deb bilgan boshqa bir qator
davlatlarda ham shunday, deyarli bir xil muammolar
paydo
bo‗ldi.
Ko‗plab Afrika davlatlari mustaqillik e‘lon qilingandan keyin ham dunyoning eng
kambag‗al davlatlaridan bo‗lib qolaverdi. Mustaqil davlatni qurish juda murakkab
jarayon bo‗lib chiqdi. Qiyinchiliklarning ko‗pchiligi o‗tmishdagi mustamlakachilik
bilan, yana bir qismi esa mustamlakachilikdan oldingi an‘analar bilan bog‗liq edi.
375
Mustamlakachilik tuzumi ag‗darilgandan so‗ng mustamlaka boshqa- ruv tuzumi
ham bekor qilindi va hokimiyatga yangi, davlatni boshqa- rish tajribasiga ega
bo‗lmagan kishilarning kelishi ham ahvolni ancha murakkablashtirdi. Bir qator Afrika
davlatlarida ko‗p sonli, tajribasiz va samarasiz, qulog‗igacha korrupsiyaga botib
qolgan, davlat boyligini talon-taroj qiluvchi va shu asosda bir-birini qo‗llab-
quvvatlovchi byurokratik apparat vujudga keldi. Bunday sharoitda yagona tartib va
kuchga ega bo‗lgan tashkilot armiya bo‗lib qoldi. Natijada to‗xtovsiz harbiy
to‗ntarishlar yuz berdi. Hokimiyatga kelgan diktatorlar cheksiz boyliklarni egallab
oldilar. Iqtisodiyotning yomon faoliyat yuritishi narkotiklar ishlab chiqarish va
tarqatish, noqonuniy ravishda oltin va olmos qazib olish va, hatto, odam savdosi kabi
salbiy holatlarning keng tarqalishiga olib keldi.
Davlat chegaralarining o‗ta sun‘iyligi ham Afrika davlatlarining shakllanishini juda
qiyinlashtirdi. Chegaralar mustamlakachilik davridan meros qolgan bo‗lib, mustaqil
davlatlar tashkil bo‗lishida aholi- ning etnik mansubligi inobatga olinmagan edi. Bu
hol doimiy etnik mojarolarni keltirib chiqardi va millionlab qochoqlarning pay do
bo‗lishiga olib keldi. Davlatlararo va bir davlat doirasidagi etnik mo- jarolar Afrika
uchun haqiqiy kulfatga aylandi.
Qashshoqlikdan, urush va genotsiddan, sanoatning yo‗qligi tufayli ishsizlik va
ilojsizlikdan qutulish uchun millionlab afrikaliklar o‗z qit‘asini tashlab ketdilar. Hozir
Buyuk Britaniya, Fransiya kabi Yevropa davlatlarida millionlab afrikaliklar istiqomat
qilmoqda. Nolegal immigrantlar ham ko‗p bo‗lganligi uchun ularning aniq sonini hech
kim bilmaydi. Ko‗plab afrikaliklar o‗z vatanlariga qay- tish uchun emas, Yevropada
o‗z huquqlariga ega bo‗lish uchun kurashmoqdalar.
1990-yillarga kelib, Sahroyi Kabirdan janubda 40 dan oshiq siyosiy mustaqil
davlatlar tashkil topdi.
Davlatlar va etnoslar o‗rtasidagi ko‗plab ziddiyatlarga qaramasdan, barcha
afrikaliklar qit‘adagi oxirgi mustamlaka rejimi - Janubiy Afrika Respublikasidagi
aparteid tuzumini qoralashda yakdil edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: