Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

“Skarabey” texnologiyasi. 
“Skarabey” interaktiv texnologiya 
bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning 
rivojlanishiga imkon yaratadi,qandaydir muammoni hal qilishda o‘z 
fikrini erkin va ochiq ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur 
texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va 
saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha 
va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda, turli 
g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga 
imkon yaratadi. “Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, 
undan o‘quv materialining turli bosqichlarini o‘rganishda 
foydalaniladi: 
-boshida – o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida (“Aqliy 
hujum”); 
-mavzuni o‘rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilishi va 
mazmunini belgilash, ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, 
aloqalar xarakterini aniqlash, mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, 
yangi jihatlarini ko‘rsatish; 
-oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash 
maqsadida. 
“Skarabey” texnologiyasi o‘quvchilar tomonidan oson qabul 
qilinadi,chunki u faoliyatning fikrlash bilish xususiyatlari inobatga 
olingan holda ishlab chiqilga. U o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni 
ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy 
izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlarga ega. Mazkur 
texnologiyaning 
ayrim 
afzalliklari 
sifatida 
idrok 
qilishni 
yengillashtiruvchi chizma shakllaridan foydalanishni ko‘rsatish 
mumkin. 
“Skarabey “ alohida ishlarda,kichik guruhlarda hamda o‘quv 
jamoalarda qo‘lanilishi mumkin. 
Ta’limdan tashqari mazkur metot tarbiyaviy harakterdagi qator 
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: 
-o‘zgalar fikriga hurmat; 
-jamoa bilan ishlash maxorati; 
-faolik; 


215 
-xushmuomalalik; 
-ishga ijodiy yondashish; 
-imkoniyatlarini ko‘rsatish ehtiyoji; 
-o‘z qobilyatlari va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi; 
-“men” ligini ifodalashga imkon beradi; 
-o‘z faoliyati natijalarga masulyat va qiziqish uyg‘otadi. 
Asosiy tushunchalar quydagilar : 
-
Assosiasiya – mantiqiy bog‘liqlik bo‘lib, sezgilar,tasavvurlar, 
idrok qilish, g‘oyalar va boshqalar orasida xosil qiluvchi mantiqiy 
aloqadir. 
-
Zanjirlash (muayan tartib)- ahamiyati, muhimligi, mazmuni 
darajasiga qarab tartiblash. 
O‘qituvchi va o‘quvchi talabaning maqsatli natijaga erishishida 
qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala 
tomoning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda 
o‘quvchi talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab 
ishlatiladigan texnologiy tanlanadi masalan,natijaga erishish uchun 
balki kompuyuter bilan ishlash lozimdir,balki film, tarqatma 
material,chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi 
kerak bo‘ladi, bular o‘qituvchi va o‘quvchi talabaga bog‘liq. 
Shu bilan bir qatorda o‘qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish 
zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos 
tomonini joy va sharoitini, o‘quvchining imkoniyati va ehtiyojini 
hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishni hisobga olishi 
kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. 
Qisqa qilib aytganda o‘quvchi- talabani ta’limning markaziga olib 
chiqish kerak. 
Shuningdek, mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tuzimiga, ayniqsa 
oliy ta’lim muassasalarida, taraqqiyotning hozirgi bosqichida, 
“Tabaqalashtirilgan a’lim texnologiyasi”, “ Dasturlashtirilgan ta’lim 
texnologiyasi”, “Bilish o‘yin texnologiyasi”, “Forstu texnologiyasi”, 
“Masofali 
o‘qitish 
texnologiyasi” 
“Indivudiallashtirilgan”, 
“Kompuyuterni o‘qitish” kabi texnologiyalar ham keng qo‘llaniladi.

Shunday qilib, ko‘rib o‘tilgan zamonaviy o‘qitish texnologiyalari 
o‘zida zamonaviy ta’lim shakllari majmuasi sifatida ta’lim 
beruvchida va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi o‘quv 
1
Avliyoqulov N.Q. “Zamonaviy o’qitish texnologiyalari” . Toshkent. 2001 


216 
faoliyatlarini tashkillashtirish, mujassamlashtirishni yo‘lga qo‘yadi va 
amalga oshiradi. Shu asosida oliy ta’lim maktablarida o‘qitiladigan
pedagogik turkum fanlarni o‘qitishni jadallashtirish, mahsuldor ( 
produktiv ) qilish asosida talaba – yoshlarda erkin va mustaqil 
fikrlash, bilim doirasini kengaytirish, o‘z fikrini erkin, mazmunli 
bayon etish, jamoada o‘zini tuta bilish, jamoa ishlarida faol ishtirok 
etish, nutqi va muomila madaniyatini rivojlantiradi hamda 
takomillashtiradi zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash 
jarayonida, ta’limning interaktiv metodlarni tadbiq etish masala 
yechishni osonlashtiradi . 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish