Muammoli ta’lim texnologiyasi.
Pedagogik manbalarda qayd
qilinishicha, muammoli o‘qitish texnologiyasi g‘oyasi yangi emas.
O‘tmish pedagoglari bilim oluvchilar aqliy kuchlari, qobilyatlari,
tafakkurini
rivojlantirishga
xizmat
qila
oladigan,
o‘quvchi
9talaba)larga rohat va quvonch bahsh etadigan, bilish faoliyatlarini
takomillashtiradigan o‘quv jarayonini qurush to‘g‘risida yillab
izlandilar va uning yo‘llarini topishga intildilar (Ya.A.Komenskiy,
Burxonidin Zarnutjiy, Az-Zamaxshariy, J.J.Russo, I.G.Pestolosiy,
F.A.Disterberg, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniy va hokazo) .
XX asrga kelib muammoli ta’lim jadal rivojlanish bosqichiga
kirdi. Dastlab amerikalik filosof, pedagog, psixolog Dmon Doi, XX –
asrning 30- yillarida ananaviy, dokmatik o‘qitishga qarshi faol,
mustaqil o‘qitishda o‘quvchilar amaliy faoliyatlarini rivojlantirishga
yordam beruvchi muammoli o‘qitish g‘oyasini ilgari surdi. U o‘zining
“Biz qanday fikrlaymiz“ risolasida, “ Tafakkur muammolarini yechish
sharti” deb ta’riflaydi va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilishi
mumkin bo‘lgan ta’lim – muammoli o‘qitishi deb biladi.
Keyinchalik bu g‘oya amerikalik psixolog Djon Bruner va
polshalik pedagog Vintensi Okon tomonidan, XX asrning 2- yarmida
tatar pedagogi M.I.Maxmudov tomonidan rivojlantirildi. Bularning
g‘oyasi mazmunida muammoli vaziyatni yaratish, muammolarni
shakllantirish va bu muammolarni xal qilishga o‘quvchilar aqliy
kuchlarini jalb qilishi yotadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarda fanlarni, jumladan,
pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda pedagog talablar oldida har bir
fanning hususiyatidan kelib chiqib o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha
muammolar qo‘ydi, ularni yechish uchun muammoli vaziyat yaratadi,
bu vaziyatga talabani kiritadi va yechimini topishga talabani o‘zini
yo‘naltiradi. Bunda talabalrning faol, ijodiy, mustaqil izlanuvchanlik
faoliyati yotadi.
210
Shunday qilib, muammoli o‘qitish degandA, o‘quvchilarning faol
mustaqil faoliyatlarini ko‘zda tutadigan, bilim ko‘nikma, malakalarini
ijodiy o‘zlashtirishga qaratilgan pedagog tomonidan muammoli
vaziyat yaratilib muammoni o‘qituvchi rahbarligida yechishga
yo‘naltirilgan ta’lim tushuniladi.
Rus
pedagoglari
M.A.Danilov,
V.P.Eshnov,
I.Ya.Lerner,
G.V.Pudrasev, M.I.Mahmudov va boshqalar muammoli o‘qitish
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi tiliga kirib muntazam ravishda
ta’lim oluvchilarini izlanishga, mustaqil o‘rganishga yo‘llovchi,
pedagog va talabaning o‘zaro hamkorligi muloqot vositasida ta’lim
oluvchilarining bilim faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
ta’lim deb takidlaydilar.
Muammoli o‘qitishning asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil
etadi. O‘qituvchi rahnamoligida muammoni yaratish, muammoli
bayon qilish evristik suhbatlar tashkil etish muammoli topshiriqlarni
bajarish natijasida talabalarda mustaqil izlanish ko‘nikmalari
shakllanadi, ijodiy tafakur rivojlanadi, faol, erkin faoliyat tashkil
topadi.
Yuqorida
qayd
qilganimizdek,
muammoli
o‘qitish
texnologiyasining asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil etadi .
Muammoli vaziyatda o‘quv muammosi, farazlar, ispotlar, izohlar,
taxlil, sintez, mustaqil anglash, o‘rganishlar asosiy component
hisoblanib, ular o‘quvchilarni yangi bilim, ko‘nikma, malakalr bilan
qurollantirish aqliy faoliyatlarni egallashga qaratilganligi sababli
o‘quv- bilim faoliyatini o‘stiradi va ijodiylashtiradi. Bu jarayonda
o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, yo‘lga soluvchi, muammoni bayon qiluvchi
rolini bajaradi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi bayon etgan ma’lumotlar
emas talabalar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka haqiqiy
hisoblanadi shuning uchun bu jarayonda talaba eshituvchi emas,
muammoni hal qiluvchi faol bajaruvchi hisoblanadi.
Pedagogika
fanlarini
o‘qitishda
muammoli
ta’lim
texnologiyasidan foydalanish bo‘lajak tarbiyachi- o‘qituvchilarda
ijodiy tafakkur, mustaqil faolikni o‘stiradi muammoli vaziyatlarni
yaratish va ularni yechish yo‘larini o‘rgatadi; vaziyatni turlicha
yechish yo‘llari haqida tushuncha beradi, aynan bir hildagi pedagogik
voqeallarga turlicha yondoshish haqida ma’lumot beradi.
211
Olib borilgan tajriba ishlarning natijalariga asoslanib, aytish
mumkinki,pedagogika fanlarini muammoli o‘qitishda quyidagilarga
rioya qilish lozim:
-
Eng zarur muammoli ta’lim yordamida yechiladigan muhim
mavzular tizimini ishlab chiqish;
-
Turli o‘quv mashg‘ulotlari (maruza, seminar, amaliy
mashg‘ulotlar)da muammoli vaziyatlarni yaratishda, muammoli
ta’limning o‘ziga xos pedagogik jihatlarida kelib chiqish ;
-
Muammoli talimda talabalarning bilm darajasi, aqliy zakovati
o‘zlashtirish meyorlarini inobatga olish;
-
O‘z shaxsiy tajribasi, mahorati o‘quvchi –talabalrga tasir etish
qiymatidan kelib chiqish v.h.k
Shundagina pedagogik fanlarni o‘qitishda muammoli o‘qitish
texnologiyasidan maqsadli foydalanish amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |