Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi


 Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan ta’limning



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

 
8.2. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan ta’limning 
tashkiliy shakllari 
Ta’lim islohoti talablariga ko‘ra oliy o‘quv yurtidagi pedagogik 
jarayonning asosiy maqsadi-bo‘lajak oliy ma’lumotli mutaxassislarda 
bilim, ko‘nikma, malakalar hosil qilish, ularni yuksak ma’naviy-
axloqiy salohiyat, yuqori kasbiy mahorat egasi bo‘lishga 
ko‘maklashishdir. Bundan tarbiyachilik va o‘qituvchilik ixtisosligiga 
tayyorlanayotganlar ham istisno emas. Bu pedagogik hodisa ta’lim 
jarayonida axborotlar almashinuvi orqali amalga oshadi. 


87 
Psixologiya fanlari doktori, professor V.M. Karimovaning 
ta’kidlashicha, bunday pedagogik muloqot jarayonidagi ma’lumotlar 
almashinuvi va monolog, dialog, polelog ko‘rinishida amalga 
oshiriladi.
Monolog
-ma’ruzadagii 
oq’ituvchining 
tinglovchilar 
yoki 
o‘quvchi talabalar qarshisiga chiqib nutq so‘zlashi, darsni bayon 
etishidir.
Dialog
- o‘quv mavzusi yoki muammoni guruh sharoitida 
o‘qituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yo‘lidir.
Polelog-
guruh ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki 
o‘quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy 
qobilyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi.
Oliy ta’lim maktablarida ham yuqoridagi shakllar bilan o‘quv 
ishlari tashkil qilinmoqda. 
Ma’ruza
(o‘quv ma’ruzasi)-oliy o‘quv yurti pedagogik 
jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim 
oluvchilarga maksimal darajada yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv 
materialini talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ma’ruzalarda 
talaba uchun zarur bo‘lgan kasbiy, ilmiy-nazariy ma’lumotlar bayon 
etiladi. 
Oliy ta’limda pedagogika fanlaridan tashkil etiladigan ma’ruzalar 
pedagogik qonuniyatlar, g‘oyalar mazmunini nuqtai nazarlar 
mohiyatini ochib berishga, bilimlarni tizimlash va umumlashtirishga 
qaratiladi. Bunda ma’ruzani tinglay olish, asosiy g‘oyalar va muhim 
sanalar, fikrlarini yozib borish muhim hisoblanadi. 
Ma’ruza jarayonida professor-o‘qituvchi bilan tinglovchi-talaba 
o‘rtasida jonli muloqot yuzaga keladi. Shuning uchun ma’ruzachi o‘z 
o‘quv predmetining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur va mukammal 
bilishi, fandagi ma’lumotlarni qiziqarli, tushunarli, jonli qilib 
talabalarga yetkaza olish mahoratiga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Ma’ruzada jonli muloqot tashkillashtirilganligi sababli talabalar ilmiy 
nazariy bilimlar olamiga kiradilar,o‘zlari uchun mavhum bo‘lgan 
pedagogik tushunchalarni mohiyatini tushunib oladilar. Bu hol 
ma’ruzachining o‘quv dasturidagi muhim ma’lumotlar, murakkab 
fikrlar mazmunini aniqlab, ochib berishi, farazlar mohiyatini 
izohlashi, talabalar oldiga muammolar qo‘yishi ularni mustaqil 
fikrlashga undashi yordamida ro‘y beradi. 


88 
Ko‘pgina ma’ruza raqiblari ma’ruzada lektorning faolligi, 
tinglovchi talabaning passivligini keltirib chiqaradi, talabalar 
mashg‘ulotda passiv tinglovchi sifatida ishtirok etadilar deb da’vo 
qilib ma’ruzani video ko‘rsativlar, texnika komputer vositalari bilan 
almshtirishni tavsiya qiladilar. Ammo tajriba shuni ko‘rsatadiki hech 
qanday texnika vositasi, hech qanday video ko‘rsatuv o‘qituvchining 
jonli bayoninimg o‘rnini bosa olmaydi.Chunki texnika vositasi video 
ko‘rsatuv yordamida tashkillashtirilgan o‘quv ishlartida sun’iylikdan 
iborat va shuning uchun ham ular ma’ruza uchun yordamchi vosita 
bo‘lib ishlatilishi mumkin. Sun’iylikning mohiyati shundaki 
ma’ruzadagi qarama – qarshi fikrlar nuqtaiy nazarlar ziddiyatlarning 
mazmunini texnika vositalari video ko‘rsatuvlar jonli muloqotchalik 
ochib bera olmaydi. Shuning uchun pedagogika fanlarini o‘qitishda 
ma’ruza oliy ta’lim tizimida muhim o‘rin egallaydi. 
Ma’ruzaning afzalligi shundaki u katta hajimdagi materialni qisqa 
mudatda, aniq izoh yordamida tinglovchiga yetkaza oladi va o‘quv 
ma’lumotlarini sistwmali bayon qilishni ta’minlaydi. Ilmiy pedagogik 
nazariya va amaliyot shundan darak beradiki, maruzani ta’limiy va 
tarbiyaviy imkoniyatlarini ijobiy bo‘lishi ko‘p hollarda auditoriyada 
maruzachi bilan tinglovchining aloqao‘rnatishiga bog‘liq. Maruzachi 
professor- o‘qituvchi va talaba - tinglovchining auditoriyadagi 
hamkorlik va aloqa o‘rnatishning muhim shartlari mavjud. Ularni 
pedagog olim N.V.Savin uch guruhga ajratadi.
Birinchi guruhga maruza mazmuni va tuzilishi bilan bog‘liq shart 
kiradi. 
1.
Maruza mavzusini aniq rejalash va ko‘rish; 
2.
Maruzani ilmiy informatsiyalarga boyitish; 
3.
Maruzada fanning eng yangi yutuqlarini bayon etish; 
4.
Maruza uchun o‘quv materialini puxta tayyorlash va uning 
mazmunini asosiy tushunchalar mohiyatini yoritishga qaratish; 
5.
Bayon etilayotgan o‘quv materialining darslikdagi izohini 
obyektiv baholash va qo‘shimcha ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish 
hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanish. 
Maruzachining talabalar bilan aloqasining ikkinchi sharti maruza 
sifatiga taa’lluqli: 
1.
Maruzachi mavqeining aniqligi uning g‘oyaviy va ilmiy 
ishonchi hamda bu ishonchning maruza mazmuniga, fikrlar bayonida 
ifodalanishi. 


89 
2.
Umumiy va ilmiy bilimdonlik, erkin axbarotlarni bayon etishi. 
3.
O‘z o‘quv faniga ishtiyoq va ilmiy ijodga qiziqish 
4.
Diktorlik mahorati, bilimdonlik va fikrlar boyligi, bayon etish 
malakasiga ega bo‘lish ( ma’ruzada diqqatini turli obyektlarga 
taqsimlay olishi va uni butun mashg‘ulot davomida saqlay olishi, aqliy 
faoliyatini stimullash va h.k). 
5.
Nutq sifati: fikrni til orqali ifodalashi, nutqning yorqinligi, 
auditoriyada aniq eshitilishi, ifodali bayon etish. 
6.
Ma’ruza o‘qish tizimi: barcha kurs talabalarining o‘quv 
ma’lumatlarni to‘liq idrok qilish va ayrim yozuvlarni qayd qilish 
imkoniyatining yaratilishi 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish