Mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika va psixologiyasi


Ilmiy  tadqiqotlar natijasida shaxsiy indikatorlar o’rtasida suitsidal xulq-atvor



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/84
Sana10.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#772021
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Bog'liq
Suitsidal metodikalar to\'plami

Ilmiy 
tadqiqotlar natijasida shaxsiy indikatorlar o’rtasida suitsidal xulq-atvor 
quyidagilarga ajratilgan: 
-emotsional yuklamalarga bag’rikenglikning kamayishi; 
-qat’iylik; 
-chiqarilgan hukmning etilmaganligi; 
-o’zaro fikr almashinuv doirasining nochorligi; 
-teng imkoniyatlarga shaxsning o’z bahosi; 
-shaxsiy psixik himoyaning sustligi; 
-hayot qadrini tushishi va yo’qotilishi; 
-perfektsionizm; 
-moslashuvchanlik usuli; 
-fikrlarning ikki xilligi va boshqalar. 
O’z joniga qasd qilishning ishonchli ko’rsatkichlaridan biri suitsidga avvalgi 
urinishlar yoki parasuitsidal ko’rinishlar hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy 
mualliflarning tadqiqotlariga ko’ra, suitsidal urinish kuzatilgan shaxslar, umumiy 
aholiga taqqoslaganda, 20–30 karra ortgan. Mahalliy tadqiqotlarning ma’lumotiga 
ko’ra, har ikkinchi suitsident yil davomida qaytadan o’z joniga qasd qilishga uringan 
va natijada har o’ninchisi vafot etgan (G.V. Starshenbaum). 


22 
Suitsidal xavfning ijtimoiy muhitdagi omillari 
 
O’z joniga qasd qilishga undovchi ijtimoiy muhitdagi jiddiy omillari sirasiga 
og’ir stress holatlari ta’siri (yaqin kishisining o’limi, oilaning barbod bo’lishi, 
jismoniy yoki jinsiy zo’rlangan va boshqalar), ma’lum ijtimoiy tavsiflar (oila, doimiy 
ish joyining yo’qligi va b.), o’limga olib boradigan suitsid vositalarning mavjudligiga 
ko’ra ajratiladi. 
Suitsidal xulq-atvorga undovchi 
stressli holatlar
– yaqin odamining o’limi, 
sevimli kishisi bilan ajrashish yoki munosabatlarning buzilishi, shaxslararo 
ixtiloflarning turli ko’rinishi, farzandining o’limi yoki og’ir kasallikka duchor 
bo’lishi, ish joyini yo’qotish yoki ish topa olmaslik va boshqalar. Mahalliy 
tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko’ra, o’z joniga qasd qilishlarning 
2
G’

ga yaqini 
shaxsiy-oilaviy sabablar ta’sirida sodir etiladi. Shu sababli 16–20 yoshlilar o’rtasida, 
ko’pincha, omadsiz sevgi munosabatlari, 30–40 yoshlilar orasida turli oilaviy 
mojarolar, 60 yoshdan kattalarda esa, yaqinlarini yo’qotish va yolg’izlik o’z joniga 
qasd qilishga sabab bo’ladi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, jismoniy va nomusga tajovuzni boshdan 
kechirganlarda o’z joniga qasd qilish darajasi oshadi. Niderlandiyada o’tkazilgan 
tadqiqotga ko’ra, 1490 nafar o’smirlardan to’plangan materialida nomusiga tajovuz 
qilinganlarning ko’pchiligida, boshqa jarohat olgan tengdoshlaridan ko’ra, suitsidal 
xulq-atvor, depressiya va ruhiy buzilishlarning turli ko’rinishlari kuzatilgan. Boshqa 
tadqiqotlarda o’zini zaharlashga urinish bilan kasalxonaga yotqizilgan ayollarning 
ko’pchiligining, boshqa sabablar bilan kasalxonga yotqizilgan ayollarga nisbatan, 
avval nomusiga tajovuz qilinganligi ko’rsatilgan. 
Suitsidal xulq-atvorga ta’sir qiluvchi eng muhim omil – 
din
hisoblanadi. Dinga 
e’tiqodli kishilarda e’tiqodsiz kishilarga nisbatan suitsid holati ancha kam uchraydi. 
Shuningdek, diniy e’tiqod, o’z joniga qasd qilishga ta’sir ko’rsatadi. Aholisining katta 
qismi islom va katolik diniga mansub mamlakatlarda ayniqsa, protestantlik dini ustun 
bo’lgan mamlakatlarga qaraganda, suitsid darajasi ancha past ko’rsatkichga ega 
ekanligi tadqiqotlarda aniqlangan. Turli etnik guruhlar o’rtasida olib borilgan 


23 
tadqiqotlarga ko’ra, Singapurda etnik malayyaliklarning – islom tarafdorlari orasida 
o’z joniga qasd qilish past darajada, shu bilan bir vaqtda, o’z joniga qasd qilishga 
qat’iy to’siqlar qo’yilmagan etnik hindular orasida ko’pligi bilan ajralib turadi.
Foydalanilgan suitsid usulining – asosiy omili, o’z joniga qasd qilishga urinish 
orqali o’limga olib kelish ehtimoli bilan belgilanadi. Rossiyada o’z joniga qasd 
qilishda tez-tez foydalaniladigan uslublar o’zini osish, zaharlanish (birinchi navbatda, 
medikamentoz preparatlar bilan), sovuq qurollardan foydalanish va balandlikdan 
o’zini tashlash hisoblanadi. AQShda sodir etiladigan suitsidlarda taxminan
2
G’

qismida olov sochuvchi qurollardan foydalaniladi. Angliyada o’z joniga qasd qilishda 
gaz chiqaruvchi avtomobillardan zaharlanish usullari keng qo’llaniladi. Xitoyda keng 
tarqalgan uslub – pestitsidlar bilan zaharlanish hisoblanadi. Aholining o’limga olib 
keluvchi vositalarga imkoniyatlarni chegaralash (masalan, olov sochuvchi qurol), o’z 
joniga qasd qilish darajasini kamaytiradi. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, biologik, psixo-psixiatrik va ijtimoiy muhit 
omillari suitsidal xulq-atvor rivojlanishi jarayonida o’zaro aloqadorligini ta’kidlash 
zarur. Masalan, suitsidal xulq-atvorda genetik omillar bevosita psixik va ijtimoiy 
muhit omillariga ta’sir ko’rsatadi. Genetik omil shaxslarda ko’pincha, stressli 
vaziyatlarga undovchi ijtimoiy xulq-atvorga moyillik, shuningdek, o’z navbatida, 
depressiya va suitsidal reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish