Qozog‘iston Respublikasining davlat tili qozoq tilidir. Davlat tili — davlat boshqaruvida, qonun hujjatlari, sud ishlarini yuritish, ish yurtitish hujjatlari tili bo‘lib, davlatning barcha hududida ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida amal qiladi. Davlat tilini bilish Qozog‘iston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir, bu esa Qozog‘iston xalqlarini birlashtirishda eng muhim omil hisoblanadi. Hukumat, boshqa davlat, mahalliy vakillik va ijroiya organlari: Qozog‘iston Respublikasida davlat tilini to‘liq rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini mustahkamlash; Qozog‘iston Respublikasining barcha fuqarolari davlat tilini erkin va bepul o‘rganishlari uchun barcha zarur tashkiliy, moddiy va texnik sharoitlarni yaratish; Qozoq diasporasiga o‘z ona tilini saqlash va rivojlantirishda yordam berishga majburdir. Ozarboyjon, Gruziya davlatlari qonunlarida ham shunday manzarani kuzatish mumkin. Biz ham taxminan shunday shakllantirsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi: -modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. Davlat O‘zbekistonning barcha hududlarida davlat tilining konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan maqomini himoya qiladi va nazoratini ta’minlaydi. Davlat tili — davlatni boshqarish tili, qonunchilik, sud, ijtimoiy munosabatlar, ishlab chiqarish, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi barcha sohalarga tegishlidir. O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining davlat tilini bilishi uning fuqarolik burchi sanaladi yoki har bir fuqaro davlat tilini bilishi shart (Ozarboyjon, Armanistonning davlat tili to‘g‘risidagi qonuni). O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari hurmat qilinishi ta’minlanadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar. Davlat ta’lim muassasalarida fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi. - Qozog‘iston Respublikasining davlat tili qozoq tilidir. Davlat tili — davlat boshqaruvida, qonun hujjatlari, sud ishlarini yuritish, ish yurtitish hujjatlari tili bo‘lib, davlatning barcha hududida ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida amal qiladi. Davlat tilini bilish Qozog‘iston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir, bu esa Qozog‘iston xalqlarini birlashtirishda eng muhim omil hisoblanadi. Hukumat, boshqa davlat, mahalliy vakillik va ijroiya organlari: Qozog‘iston Respublikasida davlat tilini to‘liq rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini mustahkamlash; Qozog‘iston Respublikasining barcha fuqarolari davlat tilini erkin va bepul o‘rganishlari uchun barcha zarur tashkiliy, moddiy va texnik sharoitlarni yaratish; Qozoq diasporasiga o‘z ona tilini saqlash va rivojlantirishda yordam berishga majburdir. Ozarboyjon, Gruziya davlatlari qonunlarida ham shunday manzarani kuzatish mumkin. Biz ham taxminan shunday shakllantirsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi: -modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. Davlat O‘zbekistonning barcha hududlarida davlat tilining konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan maqomini himoya qiladi va nazoratini ta’minlaydi. Davlat tili — davlatni boshqarish tili, qonunchilik, sud, ijtimoiy munosabatlar, ishlab chiqarish, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi barcha sohalarga tegishlidir. O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining davlat tilini bilishi uning fuqarolik burchi sanaladi yoki har bir fuqaro davlat tilini bilishi shart (Ozarboyjon, Armanistonning davlat tili to‘g‘risidagi qonuni). O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari hurmat qilinishi ta’minlanadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar. Davlat ta’lim muassasalarida fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |