Fikrimizda davom etamiz. Ba’zi davlatlarning qonunlarida, jumladan, Ozarboyjon Respublikasi qonunida davlat tili me’yorlari va alifbosi ham alohida moddalar bilan belgilab qo‘yilgan. Biz ham mazkur masalani alohida moddalarda aks ettirsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan: -modda. Davlat tili me’yorlari. Davlat tili o‘zbek adabiy tili me’yorlariga asoslanadi. O‘zbek tilining orfoepik va imlo me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti har besh yil muddatda o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi so‘z va atamalar (sohalar bo‘yicha) lug‘ati, imlo lug‘atlarini nashr etib boradi. -modda. Davlat tili alifbosi. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili alifbosi — lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidir.Shunda ehtimol, qaysi yozuvda yozish kerak, degan ortiqcha savollarga o‘rin qolmas. Ayni vaqtdagi eng katta muammo, keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘layotgan holat — bu ko‘chadagi turli yozuvlar, e’lonlar, ulardagi davlat tiliga bo‘lgan e’tibor masalasi. Prezidentimizning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zlagan nutqida ham ayni masalaga alohida e’tibor qaratildi: “Afsuski, jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, ma’naviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi Chunki ijtimoiy obyektlarga nom berish — bu shunchaki shaxsiy yoki xususiy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va ma’naviy saviyamizni yaqqol ko‘rsatadigan o‘ziga xos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak”. - Fikrimizda davom etamiz. Ba’zi davlatlarning qonunlarida, jumladan, Ozarboyjon Respublikasi qonunida davlat tili me’yorlari va alifbosi ham alohida moddalar bilan belgilab qo‘yilgan. Biz ham mazkur masalani alohida moddalarda aks ettirsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan: -modda. Davlat tili me’yorlari. Davlat tili o‘zbek adabiy tili me’yorlariga asoslanadi. O‘zbek tilining orfoepik va imlo me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan tasdiqlanadi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti har besh yil muddatda o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi so‘z va atamalar (sohalar bo‘yicha) lug‘ati, imlo lug‘atlarini nashr etib boradi. -modda. Davlat tili alifbosi. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili alifbosi — lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidir.Shunda ehtimol, qaysi yozuvda yozish kerak, degan ortiqcha savollarga o‘rin qolmas. Ayni vaqtdagi eng katta muammo, keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘layotgan holat — bu ko‘chadagi turli yozuvlar, e’lonlar, ulardagi davlat tiliga bo‘lgan e’tibor masalasi. Prezidentimizning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda so‘zlagan nutqida ham ayni masalaga alohida e’tibor qaratildi: “Afsuski, jamoat joylarida, ko‘chalarda, binolar peshtoqida toponimik belgilar, turli lavha va reklamalar ko‘pincha xorijiy tillarda, ma’naviyatimizga yot mazmun va shakllarda aks ettirilmoqda. Bu davlat tili talablariga, milliy madaniyat va qadriyatlarimizga bepisandlikdan, umumiy savodxonlik darajasi esa tushib ketayotganidan dalolat beradi Chunki ijtimoiy obyektlarga nom berish — bu shunchaki shaxsiy yoki xususiy ish emas. Bu barchamizning vatanparvarlik va ma’naviy saviyamizni yaqqol ko‘rsatadigan o‘ziga xos mezondir. Buni hech kim hech qachon unutmasligi kerak”.
Do'stlaringiz bilan baham: |