brutto
— 1) tovarning qadoq bilan birgalikdagi massasi; 2) korxona
yoki tashkilotlarning sarf-xarajatlar hisoblab ajratilmagan yalpi daromadi.
Bum
— narxlar va ishchanlik faolligining tez va barqaror ko‘tarilib
borishi.
Baho
–
tovar qiymatining puldagi ifodasi
Chakana savdo
— aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini anglatuvchi termin.
Chakana savdo tovarlar assortimenti shakllanishida qatnashadi, xaridorlarga
tovar sifat ko‘rsatkichlari haqida axborot beradi, tovarlarni saqlash,
qo‘shimcha ishlash, baholarni belgilash va boshqa funksiyalarnibajaradi.
Chakana savdo texnologiyasi
— istalgan har qanday do‘konning asosiy
vazifasi bo‘lgan tovar sotishni amalga oshirish silsilasi.
11
Dagmar
(ingl. dagmar)
— marketingda va reklamani rejalashti- rishda,
shuningdek, amaliyotda foydalaniladigan, olingan natijalarni o‘lchash uchun
reklama maqsadlarini belgilash.
Demarketing
(ingl. demarketing) —
vazifalari sirasiga (xarid qilishdan yoki
qanday mahsulot, masalan, sigaret, pivo iste’mol qilishdan chalg‘itish)
kiradigan marketing amaliyotining bir turi. Demarketing shuningdek, biror
mahsulot nuqsonlari aniqlanganda va ana shu mahsulotni ishlab
chiqaruvchilari o‘z obro‘-e’tiborini tavakkalgaqoldirmaslikni istagan hollarda
ham qo‘llaniladi.
Demping
— tovarlarni tashqi bozorda ichki bozordagiga nisbatan arzon
narxlarda sotish; ba’zan tashqi bozorni egallash uchun tovarlarni tannarxidan,
ishlab chiqarish xarajatlaridan past baholarda chetga chiqarish (raqobatda
yutish uchun ham shunday qilinadi).
Defitsit
(ingl. shortage)
— bozordagi bir
vaziyat bo‘lib, unda aynan o‘sha narxda talab kattaligi taklif kattaligidan
yuqoriroq bo‘ladi.
Diler
— 1) qimmatli qog‘ozlar, valuta, qimmatbaho metallar oldi-
sotdisi bilan o‘z nomidan va o‘z hisobiga shug‘ullanadigan fond birjasining
a’zosi (alohida shaxs yoki firma) yoxud bank. Qimmatli qog‘ozlar bozorining
dilerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan professionalishtirokchisi. Faqat tijorat
tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsgina diler bo‘lishi mumkin; 2) ulgurji
(ko‘tarasiga) olgan mahsulotini chakanalab sotayotgan tadbirkor; 3) ishlab
chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini
aynan o‘sha tashkilotning nomidansotishni tashkil qiluvchi yuridik shaxs
11
A. Mamanazarov, M. Mamanazarov. Marketing terminlari izohli lugati -T.: Sharq.2012 y.
353
Do'stlaringiz bilan baham: |