Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Marketing haqida 34 ma’lumot 
 
1.
Har yili jahonda reklama uchun 500 milliard dollardan ortiq pul 
sarflanadi.
2.
65 yoshgacha inson o‘rtacha 2 million ta reklama roliklarini ko‘rishga 
ulguradi.
3.
Standart reklama taxta (shit) birinchi marta 1900–yilda Amerikada 
yaratilgan. Ana shu davrdan boshlab bilbordlarni ko‘chalar va magistrallar 
bo‘ylab navbatma-navbat o‘rnatishni o‘ylab topishgan edi.
4.
Oddiy bola yiliga o‘rtacha 40000 ta TV reklama roliklarini ko‘radi. 
Bu kuniga 100 ta rolikdan ortiq.
5.
Bolalar tovarlari reklamasi “injiqlik omili”ga ko‘ra bog‘liq 
hisoblanadi. U bolalarni ma’lum tovarni sotib olishga qiziqtiradi, go‘yoki bu 
narsa bilan u o‘z tengdoshlari orasida zo‘r, taniqli va olifta bo‘lib ko‘rinar 
emish, qolgani esa ota-onalarning sabr-toqatiga bog‘liq. Tadqiqotlarga 
qaraganda, amerikalik erkatoylar ota-onalaridan, to ular bolaning 
injiqliklariga bo‘ysunib, xaridga rozi bo‘lgunga qadar reklama qilingan 
tovarlarni olib berishlarini 9 marta so‘rar ekan.
6.
Muz bo‘lakchalari reklama syomkasi paytida erib ketmasligi uchun 
ularni akrildan tayyorlashadi. Ichimliklardagi pufakchalar uchun yuvish 
vositalaridan foydalaniladi, yorug‘lik yaxshiroq o‘tishi uchun esa, albatta, 
suv qo‘shiladi.
7.
New York Universitetining olimlari Amerika farmatseftika 
kompaniyalari reklamaga tadqiqotlarga nisbatan ikki marta ko‘p mablag‘ 
sarflashlarini aniqladilar.
8.
Kovboy Marlboro haqidagi mashhur (taniqli) reklama 1955-yilda 
chiqdi. Avvaliga bosh erkak obrazi sifatida boshqa personajlar: sportchi,


340 
qurol-yarog‘ ustasi va kapitandan foydalanishdi. Biroq qat’iyatli kovboy eng 
ko‘p tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Kovboy Marlboro rolida suratga 
tushgan aktyorlardan uchtasi keyinchalik o‘pka rakidan o‘ldi. Brend esa 
“Kovboylar qotili” (Cowboy Killer) laqabini oldi. 
9.
2013–yilda Super Boul (AQSh NFA chempioni unvonini olish 
uchun final o‘yin) translyatsiyasi paytida 30 soniyalik reklama roligining 
narxi 3 million dollarni tashkil qilgan.
10.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar reklama - san’atning yerdagi eng 
ahamiyatli va ta’sirli shakli, deb ta’kidlaydi.
11.
IKEA brendi – 1994 – yilda ikki erkak do‘konlarni aylanib, mebel 
tanlayotgani ko‘rsatilgan rolikni birinchi bo‘lib reklamada ko‘rsatgan 
deyishadi.
12.
Har qanday qo‘l soati reklamasida soat millari soat 10 dan 10 
daqiqa o‘tganini ko‘rsatadi. Bu tabassum uyg‘otish usuli bo‘lib, reklamaga 
qaragan odamda beixtiyor yengil kayfiyat paydo qiladi.
13.
Amerika Psixologlar Assotsiatsiyasi 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar 
reklamani tanqidiy baholashga qodir emas, ular ko‘rsatilgan hamma 
ma’lumotlarni haqiqiy va obyektiv deb hisoblaydi, deyata’kidlaydilar.
14.
Shirin gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar 2006-yilda reklamaga 
umumiy 492 million dollar sarfladilar. Taqqoslash uchun sut ishlab 
chiqaruvchi Milk Processor Education Program “Got Milk” kompaniyasi 
tashabbuskorlari o‘sha yili reklamaga 67 million dollarsarflagan.
15.
Tadqiqot davomida so‘ralgan bolalarning yarmidan ko‘pi reklama 
qilingan tovarlarni xarid qilish o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirishini 
ta’kidlashgan.
16.
Birinchi pullik reklama ma’lumoti (xabari) AQShda, 1704–yilda 
Boston News Letter gazetasiga joylashtirilgan. Bu Long-Aylenddagi hovli 
(uy-joy) edi.
17.
Tarixdagi eng qimmatli reklama 2008-yilda reklama kompaniyalari 
tomonidan AQShdagi prezident saylovlarida, 2,6 milliard dollar sarflangan 
reklama edi. Barak Obama 310 million dollar, Jon Makkeyn esa 136 mln. 
dollar sarflashgan.
18.
Reklamada “samaradorlik shartlari” texnikasi ko‘p ishlatiladi: 
reklama qilinayotgan mahsulot, tovar va predmetlar bilan o‘raladi, buesa 
iste’molchilarda ijobiy tuyg‘ular uyg‘otadi. Masalan, kir yuvish kukunlarini 
bolalar, gullar, quyosh yorug‘ligi va boshqalar bilan o‘rab olgan ma’qul. 
Brendni bunday muhitda bir qancha marta namoyish qilish iste’molchida, 
shuningdek, albatta, reklama berilgan tovarda ham ijobiy munosabat 
uyg‘otadi.
19.
Odamlarni tovarni sotib olishga undash uchun qilingan reklama 
ularning psixologik ehtiyojlariga ta’sir o‘tkazadi. Reklamada eng ko‘p 
ekspluatatsiya qilinadigan tuyg‘ular – bu qo‘rquv, o‘zini qadrlash tuyg‘usi, 
o‘zini saqlab qolish tuyg‘usi, taqlid qilish va hokimiyatga intilishdir.


341 
20.
Tadqiqotlar 
shuni 
ko‘rsatadiki, 
arang 
sezilarli 
bo‘lgan 
qo‘zg‘atuvchiga ko‘p marta ta’sir o‘tkazish, obyektni pozitiv idrok etishini 
kuchaytiruvchi “ko‘zdan kechirish” (“exposure effect”)ni yara- tadi. 
Masalan, ko‘pchilik odamlarni bannerlar qiziqtirmasada, reklama baribir 
reklama qilinayotgan tovarga nisbatan ijobiy munosabatlarni shakllantiradi. 
Bundan tashqari hatto bannerning yigirma marta ko‘rsatilganidan keyin ham 
“jonga tegish” samarasi yuzaga kelmaydi.
21.
Taomning tashqi ko‘rinishi ustida reklamada fud-stilistlar ishlaydi. 
Qovurilgan jo‘jalar reklamasida, masalan, quyidagi tayyor- garlik ko‘riladi: 
avvaliga fud-stilistlar jo‘janing terisini tortishadi va ip igna yordamida 
terisini mustahkamlaydi. Keyin uni ho‘llangan qog‘oz sochiq bilan qayta- 
qayta uriladi, bundan jo‘janing hajmi ortadi va isitilayotgan paytda “ishtaha 
ochuvchi” bug‘ chiqadi. Shundan keyinjo‘jani tashqi tomondan terisi pishib, 
tayyor bo‘lguncha (ichi xomligichaqoladi) qovuriladi. Jarayon yakunida jo‘ja 
oltinrang – jigarrang tusga kiradi.
22.
Bolalar uchun reklamalarda yosh aktyorlar qoidaga ko‘ra maqsadli 
potensial auditoriyaga nisbatan biroz kattaroq bo‘ladi. Masalan, 8 yoshli 
bolalar uchun o‘yinchoqlar reklamasida reklama qilinayotgan tovarni 
o‘ynayotgan 11-12 yoshli bolalar olinadi. Bu atayin qilinadi. Aktyorlar rol 
o‘ynayotgan modellar sifatida chiqadilar, ular kichik bolalar uchun taqlid 
qilishga namuna bo‘ladilar.
23.
Deydilarki, go‘yo Microsoft Rolling Stonesda ularning “Start Me 
Up” kompozitsiyasidan Windows-95ning reklamasida foydalanish uchun 9 
mln. dollar to‘lagan emish. Bundan tashqari istalgan yosh ijrochining 
noma’lum qo‘shig‘i, undan reklamada foydalanilganidan keyin bir kechada 
xitga aylanishi mumkin ekan.
24.
Mars kompaniyasi “O‘zga sayyoralik” filmining bosh qahramonini 
shunchalik badbashara, deb hisoblaganki, filmda bu badburush mavjudotni 
aldab, “qo‘lga tushirish” uchun M&M’s konfetidan foydalanishga ruxsat 
bergan. M&M’sning o‘rniga filmni yaratuvchilari Reese’s Pieces konfetidan 
foydalanishgan va film ekranlarga chiqqach, bu konfetning sotilishi 65 % ga 
o‘sgan.
25.
1950–yillar oxirida Doyle Dance Bernbach agentligida Volkswagen 
reklama kompaniyasining “Think Small” reklamasi olamshumul hisoblanadi, 
sababi, aynan uning sharofati bilan Gitlerning buyurtmasi bilan yaratilgan 
nemislarning Volks wagen Juk avtomobili urushdan keyingi Amerikada 
muvaffaqiyatli sotilish imkoni tug‘ildi. 
26.
Eng yangi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, skeptik odamni biror narsa 
sotib olishga ko‘ndirish, bu reklamadagi aniq faktni bekor qilish (bosh 
tortish) va his-tuyg‘u tomoniga urg‘u berishdir. Va aksincha, skeptizmga 
moyil bo‘lmagan odamlarni reklamadagi faktorlar va axborotlar ko‘proq 
ishontirar ekan. 
27.
1440–yilda bosma stanok kashf qilinguniga qadar reklama ovozli 


342 
e’lon tarzida mavjud bo‘lgan. 
28.
Reklama beruvchilarning eng katta guruhini oziq-ovqat mah- 
sulotlari ishlab chiqaruvchilari tashkil etar ekan.
29.
Tadqiqotlarga ko‘ra ayollar jurnallarida erkaklar jurnallariga 
nisbatan vaznni kamaytirish uchun vositalarni ilgari suruvchi reklama va 
maqolalar 10,5 marta ko‘p. Ayollarning silliq, yaltiroq muqovali 
jurnallarining 75% muqovasida o‘z tanasini parhezlar, mashqlar yoki plastik 
xirurgiya yordamida qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida kamida bitta 
maqola chiqar ekan.
30.
Ronald Makdonald birinchi marta 1963–yilda reklamada paydo 
bo‘ldi. 2010–yilda esa Corporate Accountability international tashkilotidagi 
amerikalik faollar, uni 50 yildan buyon bolalarni zararli ovqatga “mahkum 
qilib”, ularni semirib ketishiga va nosog‘lom ovqatlanish bilan bog‘liq 
kasalliklar epidemiyasini tarqatishida ayblashgan.
31.
«Dove»ning «Go‘zallik evolyutsiyasi» («Evolution of Beauty») 
reklamasi bir kechada virusli reklama bo‘lib qoldi: milliondan ortiq odam 
You Tubeda ushbu qiziqarli rolikni ko‘rgan edi.
32.
Embient kutilmagan joylarda (zinalar, jamoat hojatxonalari, 
ustunlar va boshqalar) reklama-qonuniymi, qonunsizmi yoki kutilmagan 
joylarda (ko‘chalar, savdo markazlari) ularni o‘tkazish shunchalik 
muvaffaqiyatlimi, deya o‘rganishdi, chunki reklamachilar yangidan yangi 
reklama tashuvchilarni o‘zlashtira boshlagan edilar. Biroq tadqiqotchilar 
reklamaning 
bunday 
ko‘rinishi iste’molchilarda ishonchsizlik 
va 
begonasirash tuyg‘ularini uyg‘otishini, odamlar shubha- lanuvchan bo‘lib 
qolishini va har bir inson o‘zaro munosabatda reklama ta’siri hamda 
reklamadagidek rejalashtirilgan harakatlarni bajarishayot- ganini ko‘rishlarini 
aniqlashdi.
33.
1938-yilda radioda berilgan reklamalardagi daromad matbuot 
nashrlaridagi reklamalardan keladigan daromaddan oshib ketdi. 
34.
2000-yilda AQShning internet reklamalarga qilgan xarajati 8,1 
milliard dollardan oshdi. 2013-yil uchun bu miqdor 42 mlrd. dollarga chiqdi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish